A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti


Download 1.79 Mb.
bet23/54
Sana21.01.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1107814
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   54
Bog'liq
STRATEGIK BOSHQARUV 05 01 2023 охирги варианти

omadlilik - umumiy o‘rta ta’lim maktabining kelajak rejasini (strategiyani) ro‘yobga chiqarish davridagi (ijobiy, salbiy yoki hech qanday o‘zgarishsiz) ahvoli bo‘lib, mazkur holat umumiy o‘rta ta’lim maktabining quyidagi haqiqiy harakatda bo‘lgan imkoniyatlariga to‘g‘ri kelishi zarur: ular, ijobiy o‘zgarishlarni ro‘yobga chiqarishga asos bo‘liadigan moddiy va moliyaviy resurslar, shuningdek, xodimlarning salohiyati va ularning motivatsion yo‘nalishlaridir.

  • hisob-kitobli, aniq o‘lchovga ega bo‘lgan omillar - umumiy o‘rta ta’lim maktablarining orzu-havas negizidagi maqsadini belgilashga asos bo‘lgan haqqoniy hisob-kitoblar bilan aniqlanadigan va raqamli ko‘rsatkichlarda ifodalanadigan barcha omillar;

  • rivojlanish strategiyasi uchun ajratilgan vaqt resursining aniqligi - umumiy o‘rta ta’lim maktablarining orzu-havas negizidagi maqsadini ro‘yobga chiqarish uchun ajratilgan vaqt ichida rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish yoki ushbu strategiyani rejalashtirilgan muddatda amalga oshirishdir;

  • egiluvchanlik ta’siridagi moslashuvchanlik – umumiy o‘rta ta’lim maktabining xo‘jalik faoliyatidagi o‘zgarishlar, shuningdek, atrof-muhitning murakkabligi va ortib borayotgan mavhumliklar tufayli, ko‘plab omillarning o‘zgarishi oqibatida erishib bo‘lmaydigan maqsadlarni ro‘yobga chiqarish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar negizidagi ko‘nikish holatidir.

    Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining strategik rivojlanish maqsadlarini strategik menejment vositasiga aylanishini quyidagicha tasniflash mumkin:

    • umumiy o‘rta ta’lim maktablarining strategik rivojlanish maqsadlari aniq belgilangan va ifodalangan, shuning bilan birgalikda, yo‘nalish obyektiga ega bo‘lishi kerak;

    • umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘z strategik rivojlanish maqsadlarini jamoasi bilan ulashish, ularni bundan xabardor qilish;

    • umumiy o‘rta ta’lim maktablarining strategik rivojlanish maqsadlari pedagogik jamoa yig‘ilishida oshkora muhokama qilinadi va o‘z navbatida, jamoatchilik ovozi bilan qabul qilinadi.

    Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining strategik rivojlanish maqsadlarining mazmun-mohiyatini tasniflash turli toifalarda yaratiladi.
    Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining xo‘jalik faoliyati yakunlariga ko‘ra, maqsadning menejment vositasiga, ya’ni ta’sir doirasiga qarab, ularni quyidagi turlarga bo‘lish mumkin:

    • birlamchi - bu umumiy o‘rta ta’lim maktablarining asosiy faoliyati doirasida amalga oshiradigan mashg‘ulotlari bo‘lib, ular avvalo, mazkur maqsadlarni yakunlamasdan turib ikkinchi darajali diversifikatsion maqsadlarini amalga oshirmaslik haqidagi faoliyatidir, boshqacha aytganda, umumiy o‘rta ta’lim maktablarining so‘zsiz erishilishi kerak bo‘lgan dastlabki maqsadlaridir. Masalan, umumta’lim maktabi iqtidorli o‘quvchilarni shakllantirish uchun uzoq masofadan yetuk pedagoglarni jalb qiladi. Mazkur pedagoglarga haq to‘lash tizimini shakllantirish uchun esa birinchi navbatda, mavjud maktab bog‘i parvarishiga e’tiborni qaratishi, shuning bilan birgalikda,uning hosilidan yuqoridagi maqsadlarni amalga oshirishni mo‘ljallashi mumkin;

    • - ikkilamchi - umumiy o‘rta ta’lim maktablarining asosiy faoliyati yo‘nalishidagi maqsadlarga qo‘shilish va shu asosida umumiy o‘rta ta’lim maktabining nufuzini yanada oshirish. Ikkilamchi maqsadning mohiyati shundan iboratki, umumiy o‘rta ta’lim maktabi, modomiki, mazkur maqsadni amalga oshirmasa ham umumiy o‘rta ta’lim maktabining kelajagi uchun hech qanday fojiali holat hisoblanmaydi. Masalan, umumta’lim maktabi maktab bog‘i parvarishiga e’tiborni qaratish bilan birga, qo‘shimcha daromad manbaini shakllantirish maqsadida mahalliy hokimiyat organining qarori asosida subsidiya ham talab etadi;

    - qo‘shimcha maqsadlar - umumiy o‘rta ta’lim maktablarining asosiy faoliyati bilan umuman uyg‘unlashmagan, ammo, uning nufuziga, obro‘siga nafi tegadigan maqsadlardir, masalan, tuman xalq ta’limi bo‘limining reytingi yuqori bo‘lgan umumta’lim maktablari pedagog xodimlari uchun sport-sog‘lomlashtirish uyini ishga tushirishi borasidagi tashabbusi va mazkur motivatsion boshqaruv ta’sirida pedagogika jamoasining harakatchanligini, shuningdek, pirovardida, OTM ga qamrovni yuksaltirish oqibatida, ta’lim muassasasining mavqeini yanada oshirishdir.
    Qabul qiluvchiga qarab, maqsadlar quyidagilarga ajratiladi:

    • rasmiy - tashqi yo‘nalishga ega, ya’ni, ular rasmiy ravishda e’lon qilinadi va shuning uchun soddalashtirilgan xarakterga ega. Rasmiy maqsadlarning asosiy kompetetsiyasi - umumiy o‘rta ta’lim maktabi to‘g‘risida ijobiy taasurotni qoldirishdan iborat;

    • tezkor – “umumiy o‘rta ta’lim maktabining mahalliy tarzda hujjat almashish tizimi”, ya’ni o‘z mehnat resurslariga, umumiy o‘rta ta’lim maktabiga qarashli bo‘lgan direktiv hujjatlarni qanday yo‘sinda amalga oshirishi haqida batafsil ma’lumotlar berish faoliyatidir. Tezkor maqsadlar - raqamlarda ifodalangan ko‘rsatkichlardan iborat bo‘ladi va kelajak (strategik) maqsadlarni ro‘yobga chiqarish uchun umumiy o‘rta ta’lim maktablari yoki uning mehnat resurslarining har qanday bog‘inlarining aniq kompetentsiyasi bilan birlashadi.

    Umumiy o‘rta ta’lim maktablari maqsadlarining doirasi va ko‘lami hamda ularni ro‘yobga chiqarish vaqti bo‘yicha quyidagi turlarga bo‘linadi:

    • umumiy o‘rta ta’lim maktablarining kelajagiga yo‘naltirilgan uzoq muddatli strategik dasturlari, odatda, umumiy o‘rta ta’lim maktabining majmuaviy jihatlarini o‘z ichiga qamrab oladi. Ushbu maqsadlar, ko‘pincha o‘n, o‘n besh yillarga mo‘ljallangan bo‘ladi;

    - umumiy o‘rta ta’lim maktablarining kelajak poydevori sanalgan rivojlanish strategiyasining tarkibiy bo‘limi bo‘lgan mo‘ljallangan dasturni ro‘yobga chiqarish bilan uyg‘unlashgan o‘n yildan kam bo‘lgan yoki yillik, oylik maqsadlar. Ushbu strategik dastur butun umumiy o‘rta ta’lim maktabi yoki uning ba’zi tarkibiy bo‘linmalari kesimida ro‘yobga chiqarilishi mumkin. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining ushbu tarzdagi strategik dasturlarini ro‘yobga chiqarilish muddati ko‘pi bilan besh yil etib belgilanadi;
    - umumiy o‘rta ta’lim maktablarining maqsadlarini ro‘yobga chiqarish muddati qisqa muddatli,ya’ni taktik tarzda ham belgilanadi, ular odatda, kelajak poydevori sanalgan strategik yoki tezkor maqsadlarga itoat etuvchi va ularning ijrosi bilan bog‘liq bo‘ladi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining strategik dasturlari umumiy o‘rta ta’lim maktabining rivoji yoki tanazzuliga bog‘liq holatda vaqt o‘tishi bilan bir yil ichida amalga oshirilishi ham mumkin. Umumiy o‘rta ta’lim maktabining rivoji yoki tanazzuliga qaratilgan bu kabi maqsadlarni ro‘yobga chiqaruvchi shaxs sifatida boshida umumiy o‘rta ta’lim maktabining shaxsan o‘zi turadi, ammo, ishlar taqsimoti bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘p hollarda alohida tarkibiy bo‘linmalar tomonidan bajariladi.
    Umumiy o‘rta ta’lim maktabining maqsadlarini yaratish tartibi birlamchi va ikkilamchi talqinida ketma-ketlik tartibida amalga oshiriladi, ammo, yuqori boshqaruv bog‘inlari tomonidan rasmiy tartibda biror joyga qayd etilmaydi, buning asosiy sababi, har bir umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘ziga xos xususiyatlarga, o‘ziga xos muhitdagi kompetentsiyaviy vazifalarga ega va shunga mos ravishda, uning faoliyati natijalarini va keyingi rivojlanish istiqbollarini baholashga alohida yondashuvlar zarurligidan kelib chiqadi.


    Download 1.79 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   54




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling