A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti
Download 1.79 Mb.
|
STRATEGIK BOSHQARUV 05 01 2023 охирги варианти
Tayanch iboralar:
barcha tashqi omillar, muayyan imkoniyatlar, tahdidlarning yuzaga kelish ehtimolini baholash, muayyan imkoniyatlar yoki tahdidlarni tasniflash, tashkilotning resurs salohiyati, yulduzlar, sog‘in sigirlar, yovvoyi mushuklar. IV BOB. UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARI RIVOJLANISHINING UMUMIY YO‘NALISHINI ANIQLASH Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining kompetensiyaviy g‘oyalari Umumiy o‘rta ta’lim maktablari rivojlanishining umumiy yo‘nalishini aniqlash o‘zaro bog‘liq ikkita vazifani hal qilishni o‘z ichiga oladi. a) umumiy o‘rta ta’lim maktablarining kompetensiyaviy g‘oyalarini ishlab chiqish; b) ishlab chiqilgan kompetensiyaviy g‘oyalari asosida uni rivojlantirish maqsadlarini belgilash. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining kompetensiyaviy g‘oyalari mahalliy iqtisod fanlari tomonidan eng kam o‘rganilganlaridan biridir, chunki bizning mamlakatimizda kompetensiyaviy g‘oyalarni ishlab chiqish bozor yo‘nalishlariga egiluvchan, moslashuvchan bo‘lgan kichik va hatto, o‘rta toifadagi faoliyat subyektlari uchun go‘yoki unchalik ahamiyatli emasdek tuyuladi. Ushbu muammoni muvaffaqiyatli hal qilgan umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘z kompetentsiyasini biladi, ammo, afsuski, kelajak strategiyasi uchun, unga asos bo‘ladigan qarorlar ishlab chiqish va qabul qilishga yetarli darajada qudratga ega emas. Shundan kelib chiqqan holda o‘z navbatida ta’kidlash joizki, yirik G‘arb umumiy o‘rta ta’lim maktablarining faoliyat yuritish amaliyotini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, kompetensiyaviy g‘oyalarni to‘g‘ri ta’riflamasdan turib, muvaffaqiyatga erishib bo‘lmaydi. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning kompetensiyaviy g‘oyalarini keng va tor ma’noda izohlash mumkin. Keng ma’noda umumiy o‘rta ta’lim maktablarining kompetensiyaviy g‘oyalarini hayot falsafasining bir turi sifatida, shunigdek, umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘z faoliyatini amalga oshirishga asos bo‘ladigan milliy qadriyatlar, e’tiqodlar, udumlar, urf-odatlar va tamoyillar sifatida tushunish mumkin.Chunki har qanday faoliyat negizida milliy g‘oya, mustaqillik g‘oyasi yotadi. Tor ma’noda umumiy o‘rta ta’lim maktablarining kompetensiyaviy g‘oyalarini bu umumiy o‘rta ta’lim maktabi nima uchun mavjudligini va boshqa o‘rta ta’lim muassasalaridan qaysi jihati bilan farq qilishiga aniqlik kiritib beradigan aniq shakllantirilgan bayonot sifatida qarash mumkin. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining kompetensiyaviy g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish muammosini hal qilishda umumiy qabul qilingan yagona yondashuvlar mavjud emas. Ammo, quyida eng keng tarqalgan yondashuvlardan ba’zilarini ko‘rib chiqishimiz mumkin. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining vazifaviy kompetensiyalari, shuningdek, burchlari qisqa, ravon, jozibali shior yoki vizual va og‘zaki usullar orqali madaniyatli tarzda e’lon qilinadi. Masalan, ta’lim muassasasi sanalgan qaysidir umumiy o‘rta ta’lim maktabi OTM ga yo‘naltirishda yetakchi bo‘lishga da’vogar yetuk ta’lim muassasalaridan biri o‘z kompetensiyaviy burchini shunday e’lon qiladi: “Biz Yangi O‘bekistonni bilimdon ziyoli yoshlar bilan birgalikda quramiz. Biz yangilanish yo‘lida doimo oldinga boramiz va davlatimizni o‘z bilimimiz, kuchimiz va qudratimiz bilan jahonga tarannum etamiz”. O‘z ta’lim sohasida yetakchilikka intilayotgan yirik ishlab chiqarish subyekti o‘z kompetensiyaviy burchini “Biz bunyod qilayotgan mahsulotlar o‘z brendimiz bilan dunyo xalqlariga xizmat qiladi!” degan qisqa shior tarzida tantanavor, jarangdor ravishda tarannum etadi. Kompetensiyaviy g‘oyaning kichik matni umumiy o‘rta ta’lim maktablari tarkiblarining peshtaxtalariga ko‘zga tashlanadigan qilib joylashtiriladi, shuningdek,ommaviy axborot vosilari sanalgan televideniya, radio va boshqa davriy nashrlarda reklama sifatida berib boriladi. Germaniyaning yirik xo‘jalik yurituvchi subyektlaridan birining temir beton buyumlar ishlab chiqarish bo‘yicha kompetensiyaviy burchining matnida shunday yozilgan: “Korxonamizning mulkchilik shakli aksiyadorlik jamiyati shaklidadir, maqsadimiz mijozlarimiz va xodimlarimizning a’lo darajadagi turmush tarzini shakllantishdan iborat.Shuning uchun ham raqobatda hamisha g‘olibmiz. Mijozlarimiz har doim bizning mahsulotlarimini xarid etishadi. Jamoamiz a’zolari korxonamiz muvaffaqiyati bilan g‘ururlanadilar! Korxona har doim harakatda bo‘lib kelgan va har doim harakatda bo‘ladi!” Ta’lim muassasasi raxbarining bayram munosabati bilan jamoa yig‘ilishida so‘zlagan nutqida, masalan, o‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan o‘quvchi va talabalarga, ota-onalarga, shuningdek, ta’lim muassasasi pedagogika jamoasiga yo‘llagan murojaati kompetensiyaviy g‘oyaning keng jamoatchilikka balandparvoz tarzda yetkazishning juda mazmundor ravon, yorqin usullaridan biri sanaladi.Odatda, murojaatda ta’lim muassasasi rahbarining jamoatchilikka murojaati munosabati bilan erishilgan yutuqlar haqida ma’lumot beruvchi albatta kirish qismi mavjud, so‘ngra ta’lim muassasasining rivojlanish strategik yo‘nalishlariga to‘xtalib o‘tiladi va uning hozirgi holati ta’lim muassasasi uchun ijobiy, foydali nuqtayi nazardan tavsiflanadi. Murojaat yakunida ta’lim muassasasining ta’lim sohasida yanada olg‘a qarab intilishiga ishonch bildiriladi va u pedagogika jamoasining bu jabhada hormay-tolmay mehnat qilishlarida sog‘liq salomatlik tilash izhori bilan o‘z yakunini topadi. Kompetensiyaviy g‘oyaning matnida quyidagi tarkiblar bo‘lishi maqsadga muvofiq hisoblanadi: Ta’lim muassasasining faoliyat doirasi va ko‘lami, u yaratayotgan mahsulotlar (xizmatlar yoki ishlar), u faoliyat yuritadigan mintaqaviy hududlar; faoliyat yuritishning o‘zidan tashqaridagi uni atrofdan o‘rab turgan tashqi muhitini va faoliyat yuritishning shart-sharoitlarini baholash; umumiy o‘rta ta’lim maktab jamoasidagi sog‘lom ruhiy muhit, mijozlar va hamkorlar bilan munosabatlar. Kompetensiyaviy g‘oyaning ushbu tarkibiy jihatlarini mujassamlashtirish uchun avvalo, bir-biri bilan o‘zaro uyg‘unlikda bo‘lgan uchta savolga javob berish kerak, ular quyidagilardir: Birinchidan, trofning, shu jumladan xalqning eng dolzarb ehtiyojlari tarkibi qanday? Ikkinchidan, umumiy o‘rta ta’lim maktabi xalq ehtiyojlariga qanday javob bera oladi va ularning zaruratini qay darajada amalga oshiradi? Uchinchidan, umumiy o‘rta ta’lim maktabi rahbariyati xalqning ishonchiga sazovor bo‘lishi uchun qanday strategik dasturlarni amalga oshirishga tayyor? Umumiy o‘rta ta’lim maktabining kompetensiyaviy g‘oyasini aniqlash va ro‘yobga chiqarish o‘z-o‘zidan paydo bo‘lgan oddiy jarayon emas, balki bu xalq dardidir, uning xohish istaklarining mahsulidir. Niyat asosida shakllangan faoliyatning natijasi albatta o‘ziga yarasha ijobiy, shuning bilan birgalikda, jozibador qiyofa shaklantirishi kerak. Umumiy o‘rta ta’lim maktabi uchun qulay jozibador qiyofa quyidagi xususiyatlarga ega bo‘lishi maqsadga muvofiqdir: o‘ziga xoslik va moslik - shakllanayotgan jozibador qiyofa subyekt faoliyatiga va kompetentsiyaviy g‘oyasiga mos kelishi kerak; o‘ziga xoslik - umumiy o‘rta ta’lim maktabi taniqli, o‘ziga o‘xshash boshqa ko‘plab ta’lim muassasalari orasida hurmat e’tiborga ega bo‘lishi kerak; qayishqoqlik, egiluvchanlik, ya’ni atrofdagi o‘zgarishlarga tezda javob berish va o‘zining qazongan obro‘ e’tiborini doimo saqlab qolish qobiliyati albatta bo‘lishi lozim. Download 1.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling