A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti
Download 1.79 Mb.
|
STRATEGIK BOSHQARUV 05 01 2023 охирги варианти
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.1. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari faoliyatini o‘rganishning SWOT tahlili va uni amalga oshirish yo‘llari
Tayanch iboralar:
tashqi muhit, siyosiy muhitning ta’sir etuvchi omillari, umumiy iqtisodiy ta’sir omillari, ijtimoiy-madaniy omillar, ilmiy-texnik ta’sir omillar, atrof muhit omillari. III BOB. UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARI FAOLIYATINI STRATEGIK TAHLIL QILISHNING MAJMUAVIY USULLARI 3.1. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari faoliyatini o‘rganishning SWOT tahlili va uni amalga oshirish yo‘llari Umumiy o‘rta ta’lim maktablari faoliyatini o‘rganishning SWOT tahlili –umumiy o‘rta ta’lim maktablarining kelajagini batafsil o‘rganib chiqish uchun eng keng miqyosda qo‘llaniladigan rasmiy tarzdagi tahliliy uslub sanaladi. SWOT degan so‘zning kengaytirilishini inglizcha so‘zlarning birinchi harflaridan quyidagicha keltirib chiqarilgan: kuch – qudratli tomonlar (strength), zaiflik – qudratsiz tomonlar (weaknees), imkoniyat – imkoniyatlar (opportuni-ties-ynitis), xavf-xatarlar– tashqi tahdidlar (threats). Ikkinchi taraflama mazkur jarayonga ta’rif beradigan bo‘lsak, umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyatini batafsil o‘rganib chiqish natijasida umumiy o‘rta ta’lim maktabining mazkur qudratni samarali ishlatgan holda qanday qilib olg‘a qarab siljish jihatlari aniqlanadi. Shu bilan birga, umumiy o‘rta ta’lim maktabining qudratsiz, ya’ni kuchsiz jihatlari va ushbu kuchsiz jihatlari bilan chambarchas bo‘lgan paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan xafv-xatarlar negizidagi tahdidlar o‘rganib chiqiladi , bu umumiy o‘rta ta’lim maktabiga kuchsiz jihatlarni qanday kuchaytirish va xafv-xatarlar negizidagi tahdidlarga qarshi keng qamrovli choralarni amalga oshirish, bu dastavval, umumiy o‘rta ta’lim maktabiga o‘z qudratidan va imkoniyatlaridan samarali foydalanish bo‘yicha qaror qabul qilishga zamin yaratadi. Umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyatini o‘rganib chiqish (tahlil) ning o‘zi o‘zaro juft bo‘lgan ketma-ketlikda bajariladi. Ketma-ketlikda birinchisi tashqi atrof muhitdan kutiladigan imkoniyatlar va xafv-xatar negizidagi tahdidlarni baholash bo‘yicha umumiy o‘rta ta’lim maktabining majmuaviy muhiti (tahlil) ni o‘rganib chiqishni o‘zichiga oladi. Yuqorida qayd etilganlarni ro‘yobga chiqarish uchun yagona andozaviy uslubiyat yaratilmagan, ammo tadqiqotchilar (mualliflar) tomonidan ishlab chiqilgan quyida keltirilgan ketma-ketlik bo‘yicha bajarish ko‘rsatib o‘tiladi. Umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyatiga bog‘liq bo‘lgan atrofdagi tashqi omillarni keng qamrovli holda o‘rganib chiqish va ularning har biri uchun faoliyat imkoniyatlarini va xavf-xatar negizidagi tahdidlarni aniqlash. Faoliyat yuritishdan asosiy maqsad nufuzga ega bo‘lish (foyda olish) bois, o‘rab turgan atrofdagi tashqi muhit omillarini o‘rganishda, avvalombor, nufuzga ega bo‘lish (foyda) ga sezilarli darajada o‘z ta’sirini o‘tkazishga qodir bo‘lgan jihatlarga e’tiborni qaratish darkor. O‘z navbatida, nufuzga ega bo‘lish (foyda), bir tomondan, sizga hamkorlarning (xaridor) ishtiyoqmandligi va moliyaviy tomondan baquvvatliligiga, boshqa tomondan, umumiy o‘rta ta’lim maktabining amalga oshirayotgan faoliyatining sa’y-harakatlari bilan (tannarxi) bog‘liq. Xulosa shundaki, umumiy o‘rta ta’lim maktabi, avval o‘zining hamkor (mijoz) lari ko‘lamini va moliyaviy tomondan baquvvatliligiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan barcha komponentlarni, ya’ni har tomondan o‘sish yoki aksincha, aholining qiziqish tafakkuridan chiqib ketishi, xalq ahvoli (demografik vaziyat) ning o‘zgarish dinamikasi, unga har jihatdan hamkor bo‘lgan yirik faoliyat yurituvchi subyektlarning xo‘jalik faoliyatining sinishi (bankrotligi) yoki aksincha, hamkorlik bo‘yicha takliflar (foydali buyurtmalar) ni qabul qilish bilan bog‘liq holda ularning hayotiy holatlarini mustahkamlash kabilarni batafsil o‘rganib chiqish lozim. a) Yuqorida qayd etilgan omillarning pirovardi hamkor (mijoz) lar ko‘lamining oshishi yoki ularning moliyaviy ahvoli (xarid qobiliyati) ning yaxshilanishi hisobiga o‘quvchilarni OTM larga yo‘naltirish uchun ta’lim segmentlarining (bozor) geografik doirasi (radiusi) ni kengaytirish yoki faoliyati avj olgan hududiy ta’lim segmentlarida yangi shaxobchalarni ochish orqali majmuaviy rivojlanish bo‘lib ko‘rinishi mumkin. b) Faoliyat yuritayotgan umumiy o‘rta ta’lim maktabi tomonidan foydalaniladigan boshlang‘ich negiz subyektida raqobatning avji, ya’ni kuchayishi sezilarli tarzda unga sarflanadigan sa’y-harakatni va unga mutanosib bo‘lgan har bir ta’lim muassasasining o‘z xususiyatiga ko‘ra yaratadigan qilinayotgan sa’y-harakatlarni (ta’limda o‘quvchilar uchun sarf xarajatlar) pasayishiga va (ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalari uchun foydaning oshishiga) sa’y-harakatlarning tejalishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bu jarayonlar nafaqat ijobiy, balki salbiy tomonga ham ega bo‘lishi mumkin. Bunday holda, gap imkoniyatlar haqida emas, balki umumiy o‘rta ta’lim maktabiga qilinadigan xafv-xatar negizidagi tahdidlar haqida boradi7. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari mavjud imkoniyatlarining va xafv-xatar negizidagi tahdidlarning qudratini (ko‘lamini) aniqlash. Qudrat deganda ma’lum bir imkoniyat yoki tahdidning umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyatiga ta’sir qilish ko‘lami, ya’ni qodirlik darajasi tushuniladi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari faoliyatini batafsil o‘rganib chiqish (tahlil) ko‘plab omillar ichidan eng muhimlarini, ya’ni umumiy o‘rta ta’lim maktabini sezilarli darajada kuchaytirishi yoki susaytirishi mumkin bo‘lgan, yoki uning hayot faoliyatini jiddiy ravishda yomonlashtirishi mumkin bo‘lgan imkoniyatlarni va xafv-xatar negizidagi tahdidlarni aniqlaydi. Misol uchun, agar umumiy o‘rta ta’lim maktabi OTM ga kvotaning juda kam darajada (3-5% dan ko‘p bo‘lmagan) qismini tasarruv eta oladigan va shu bilan birga muntazam raqobatchilar yengilayotgan (ishlab chiqaruvchilar va xizmar ko‘rsatuvchilar uchun yetkazib beruvchidan) negiz faoliyat subyektidan zaruriy boshqariladigan obyekt (ishlab chiqaruvchilar va xizmar ko‘rsatuvchilar uchun ashyolarni sotib olish), uning (ishlab chiqaruvchilar va xizmar ko‘rsatuvchilar uchun bozor) negiz faoliyat subyektini faoliyatdan chiqishiga majbur qiladi. Ammo bu (ishlab chiqaruvchilar uchun xaridorlar) talabgorlar (talabgorlar o‘rnida faoliyat xususiyatiga qarab xaridorlar, mijozlar va ta’lim muassasalari uchun o‘quvchilar ishlatiladi) uchun fojia bo‘lmaydi, chunki boshqa ishlab chiqaruvchilarning yoli boshqa faoliyat subyektlarining aynan shu boradagi hamkorlik natijalaridan foydalanish mumkin bo‘ladi. Agar umumiy o‘rta ta’lim maktabi joylashgan mintaqada (ishlab chiqaruvchilar, xizmat ko‘rstuvchilar uchun bitta yetkazib beruvchi) bitta negiz faoliyat subyekti bo‘lsa va boshqa mintaqalardan negiz faoliyat subyekti (yetkazib beruvchilar) ning hamkorligi (xizmatlari) dan masofa uzoqligi sababli foydalanish imkoni bo‘lmasa, bunday holatda butunlay boshqacha qudratli xavf-xatar tahdidi yuzaga keladi. Albatta ko‘rinib turibdiki, bu kabi hamkorlik aloqalariga, jarayonga yuqori transport xarajatlari o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi. Bunday (ishlab chiqaruvchilar, xizmat ko‘rstuvchilar uchun yetkazib beruvchi) negiz faoliyat subyektining hamkorlik qilishdan bosh tortishi esa umumiy o‘rta ta’lim maktabini faoliyat yuritishini falokat (bankrotlik) yoqasiga keltirib qo‘yishi mumkin. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun muayyan imkoniyatlar yoki xavf-xatar negizidagi tahdidlarning paydo bo‘lish ehtimolini baholash. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari oldida o‘zi tasavvur etolmaydigan shunday imkoniyatlar mavjud bo‘ladiki, bularning maktab uchun qanday taqdim qiladigan ulushini taxmin qilish yoki imkoniyatning salbiy ko‘rinishdagi aksi bo‘lgan xavf-xatar negizidagi tahdidlar esa faqat nisbatan bo‘lishi mumkin (ularni bartaraf etish shaxsning o‘ziga bog‘liq). Xo‘sh o‘zi tasavvur etolmaydigan imkoniyatning beradigan qudratini yoki kelishi mavhumroq faqat nisbatan bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavf-xatar negizidagi tahdidlarni qanday payqash mumkin? Albatta, bunday holatda avvalobor, ilmiy asoslarga, shuningdek, asoslangan ilmiy bashoratlarga ishonish va tajribadan va mahoratdan kelib chiqadigan sezgiga tayanish tavsiya etiladi. Aslida, aksariyat hollarda umumiy o‘rta ta’lim maktabi uchun o‘zi tasavvur etolmaydigan imkoniyatlar yoki xavf-xatar negizidagi tahdidlarning yuzaga chiqishi umumiy o‘rta ta’lim maktabining keng jamoatchiligiga ma’lum bo‘lgan boshqa faoliyat yurituvchi subyekrlar hayoti bilan uyg‘un bo‘lgan juda hayotiy, haqqoniy voqea va hodisalar bilan chambarchas bo‘g‘langan holda bo‘ladi. Masalan, qishloqga sanoatni olib kirish, qishloq (qo‘rg‘on) hududi orqali temir yo‘l uchun temir relslarni yotqizish yoki avtomobil magistral yo‘li uchun asfalt yotqizish, boshqa hududlardagi yirik xo‘jalik yurituvchi subyektlar bilan foydali hamkorlik kelishuvlarini tuzish va hokazolar, bu vaziyatni imkoniyat sifatida xolisona o‘zgartirib yuborishi mumkin. Xolbuki, bunday imkoniyat o‘z navbatida diversifikatsiyon faoliyat sifatida umumiy o‘rta ta’lim maktabining tadbirkorlik faoliyati uchun yangi shart-sharoitlar yaratishga asos bo‘lib xizmat qiladi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun muayyan imkoniyatlar yoki xavf-xatar negizidagi tahdidlarni tasniflash ikki o‘lchovli matritsa vositasida bajariladi. Kuch-qudrat yoki omilning qudrati tik holatda chiziladi, ya’ni o‘zi tasavvur etolmaydigan imkoniyatlar yoki xavf-xatar negizidagi tahdidlar esa yotiq holatda tasvirlanadiki, bunday holatda har doim ham xavf-xatar hujumi kutiladi. Bunday tasvirlarda koordinatalar, maktabning o‘zi tasavvur etolmaydigan imkoniyatlar va xavf-xatarlar (tahdidlari) maydoni to‘rtta to‘g‘ri burchakga bo‘linadi. Xulosa qilib ta’kidlash mumkinki, o‘zi tasavvur etolmaydigan iimkoniyatlar uchun alohida va xavf-xatar negizidagi tahdidlar uchun alohida amalga oshiriladi. Kuch Download 1.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling