Fayziyeva maftuna


Download 32.09 Kb.
bet1/2
Sana08.01.2023
Hajmi32.09 Kb.
#1084179
  1   2
Bog'liq
PEDAGOGIKA 2


FAYZIYEVA MAFTUNA
SAVOLLAR
1. Педагогиканинг ривожланишини акс эттирувчи асосий
йўналишларни айтинг ва уларга тавсиф беринг.
2. Шахснинг ижтимоий камол топиш педагогикаси ўзида нимани
ифодалайди?
3. Педагогика предмети ва объекти нимадан иборат?
4. Назария сифатидаги педагогикага тавсиф беринг.
5. Амалиёт сифатидаги педагогикага тавсиф беринг.
6. Педагогиканинг асосий категорияларини айтинг ва уларга
тавсиф беринг.
8. Тарбия қандай вазифани бажаради?
9. Педагогиканинг бошқа фанлар билан алоқаларига тавсиф беринг


JAVOBLAR


1 .Ijtimoiy pedagogikaning rivojlanishini quyidagi 3 bosqichga bo‘lish mumkin.
Birinchisi–boshlang‘ich davr, qadimgi davrdan XVII asrgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Bu tarbiya amaliyotini tushunib yetish. Pedagogik va ijtimoiy pedagogik tafakko‘rning shakllanishi bilan bog‘liq. Bu davrda tarbiya ijtimoiy vokelik sifatida tiklana boradi, uning shakllanishi stixiyali tarzdan anglangan faoliyatga aylandi, tarbiya’ning turli nazariyalari vujudga keldi. Antik davrlardayok ijtimoiy – pedagogik g‘oya’ning tamal toshi qo‘yilgan edi, ya’ni ta’lim va tarbiya «Beshikdan tobutgacha» davom etadi, deyilgandi. Tarbiya’ni yoshlikdan boshlash, bunda bolaning tabiatni, atrof – muhit ta’sirini hisobga olish, kattalar, eng avvalo, ota – onalar nufuziga suya’nish lozim.
Ikkinchi bosqich, XVII – XIX asrlarni o‘z ichiga oladi. Bu ijtimoiy pedagogikaning g‘oyalari va ilmiy konsepsiyalarini rivojlantirish, fan sifatida tiklanish davri bo‘lgan edi.
G‘arbda uygonish davrida esa bola tarbiyasida insoniylik g‘oyalarini ilgari surish rivojlana bordi. Bu davrda italyan pedagogi, insonparvari Vitarrino De-Feltre (1378 –1446) “Quvonch uyi” deb nomlangan birinchi maktab-internati tashqil etgan olimning fikrlarini kiritish mumkin.
XVII–XIX –asrlar. Ijtimoiy pedagogika fanini fan sifatida vujudga kelishi va fan rivojidagi ilgor g‘oyalar bilan xarakterlanadi. 18 va 19 – asrlar jahon madaniyati tarixidan burjua demokratik inqilobi bosqichi sifatida joy olgan. Yirik olim (pedagoglar, faylasuflar, psixologlar) ijtimoiy pedagogik muammolar yechimini izladilar. Ular jamiyat va davlat bilan hamkorlikda bu muammolar yechilishini izladilar. Tarbiya masalalari jamiyatni qayta tashqil etish g‘oyalari bilan ko‘rib chiqildi. Bu davrlar ijtimiy-pedagogik g‘oyalarda barcha insonlar teng huquqli, erkin, ozod bo‘lishlari lozim ekanligi hakidagi fikrlar ko‘tarilgan. Bu bosqichda ijtimoiy pedagogika muammolari amaliy-ijtimoiy pedagogika bilan uzviy aloqada rivojlanadi. O‘sh davr yetuk pedagoglari bolalarni turli muammoga bag‘ishlab, yetim qarovsiz bolalar uchun bolalar uyi, bog‘chalar, maktab va boshqa muassasalar tashqil etdilar. Butun 19 asr davomida pedagogikadan ijtimoiy pedagogikaning ajralib chiqishi jarayoni uzok davom etadi. Shu bilan birga uning rivojlanishiga falsafa va pedagogikadan tashkari psixologiya, sotsiologiya, antropotologiya (insonni kelib chiqishi va rivojlanishi haqidagi fan), tibbiyot va boshqa fanlar katta tasir ko‘rsatdi. Lekin ijtimoiy pedagogikadan ajralib chiqishi jarayoni bilan birga boshqa jarayon ham uning integratsiya jarayoni (lotincha inteyeger-yaxlit) ya’ni boshqa fanlar bilan birlashishi davom etadi. 19 asr oxirida ijtimoiy pedagogika-pedagogik faniniing mustaqil sohasi bo‘lib ajralib chikdi. Bu hodisa A.Distervarg, Ravul Notoro va boshqalarning nomlari bilna bog‘liq..
3. Uchinchi bosqich-20 asrning boshidagi ijtinoiy pedagogikaning mustaqil fan sifatida rivojlanish davri. Bu davrni tekis yoki oson davr deb aytib bo‘lmaydi. hozirgi kungacha turli davr olimlari ijtimoiy pedagogika boshqa pedagogik fikrlar orasida qanday o‘rin tutishi hakida tortishuvlar mavjud: u fan hisoblanadimi yoki amaliy faoliyatning sohasimi; ijtimoiy pedagogika va ijtimoiy ishlar qanday munosabatlar bor va boshqalar. Ko‘pchilik davlatlarda “pedagogika” va “ijtimoiy pedagogika” umuman ishlatilmaydi. Masalan: AQShdagi o‘quv yurtlarida pedagogika o‘rniga talabalar “ta’lim falsafasi”ni o‘rganadilar, odamlarga amaliy yo‘naltirish sohasi ijtimoiy ishga taalluqli, birok, ijtimoiy xizmatlar orasida aynan turli muammolari mavjud boshqalarga yordam ko‘rsatishga xizmat qiladigan mutaxasislar bo‘lsa ham. Belgiyada “ortopedagogika” terminidan foydalaniladi, u “maxsus pedagogika” va ijtimoiy pedagogika tushunchalariga yaqin. Rossiyada ijtimoiy [pedagogika rivojlanishi fan sohasi sifatida ham va professional amaliy faoliyat sohasi sifatida ham va o‘quv fani sifatida o‘z xususiyatlariga ega. Ijtimoiy pedagogikaning mustaqil fanga ajralib chiqishida shart-shoroitlarni 19 asrning K.D.Ushinskiy, L.N.Tolstoy kabi mashxur pedagoglar va boshqalar asarlarida topish mumkin. 19 asrning 20-30 yillarida A.S.Makarenko, S.T.Shatskiy kabi pedagoglar faoliyatlarida yetuk bo‘lib qolgan bolalarga ijtimoiy-pedagogik yordam ko‘rsatishga qaratilgan edi. Lekin 30-yillardan keyin Sotsializm g‘alaba kozongani e’lon qilingandan keyin hamma ijtimoiy muammolar ikkinchi darajali bo‘lib koldi. Ularni o‘tmish qoldiqlari deb atab ular haqida gapirmaslikka harakat qilindi. XX asrning 90 yillarida Rossiyada ijtimoiy psixologiya’ning rivojlanishining yangi davri boshlandi. Ular bu yillarda “Yukoridan” imperativ (lotincha imperativus) farmon, ya’ni etirozlarni qabul qilmaydigan, tankidga yo‘l qo‘yilmaydigan bo‘ldi. Bu ijtimoiy psixologiya’ning ilmiy va amaliy sohalari bilan bir vaqtda bir-biridan ajralgan xolda rivojlanishiga olib keldi. Amaliyot fanga tayana olmadi, chunki fan ham amalda yo’k edi, fan haqida xech narsani bilib bo‘lmas edi, chunki amaliy faoliyat endigina shakllanar edi. Bu ijtimoiy pedagogikaning okuv fani sifatida tashqil topishida ham tasirini ko‘rsatdi, bu ham ijtimoiy pedagogik faoliyat va fan rivojlanishi bilan bir vaktda sodir bo‘ldi. Faning va amaliyotning tashqil topganligi “ijtimoiy pedagogika” fanida bugungi kunda hamko‘plab hal qilinmagan, tortishuvlar masalalari bor. Bu obektiv xolatlar ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida rivojlantirishini sekinlashtiruvchi omillar hisoblanadi. Lekin amaliyot talablari Rossiyada shunchalik jiddiy va dolzarb ediki, natijada fanning bu sohasi bilan ko‘plab ilmiy jamoalar shug‘ullana boshladilar.
XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab pedagogika va ommaviy tarbiya tizimiga buyurtmalar berila boshlangan. Buyurtmalarda yoshlarni tarbiyalash, shuningdek ijtimoiy xulq-atvor me’yorlarini buzuvchi shaxslarni qayta tarbiyalash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish o‘z ifodasini topgan. Buyurtmaning ortishini keltirib chiqargan sabab Yevropa va Amerika mintaqalarining ijtimoiy madaniy jarayonlari bilan ham bog‘liqdir. Zero, qishloq axolisining shaharga ko‘chib o‘tishlari, g‘ayri axloqiy xulq-atvor, jinoyatchilik, daydilikning ko‘payishiga olib kelgan. Shu bilan birga Yevropada milliy davlatchilikning shakllanishi va Amerikada millatning yuzaga kelishi barcha ijtimoiy qatlamlarda muayyan g‘oya va qadriyatlarning madaniylashuvini talab qilardi. Bu esa masalani yechish vositalarini topishni taqoza etardi. XIX asr oxirida mustaqil fanga aylangan ijtimoiy pedagogika rivojiga aynan shu omil vosita bo‘ldi. Nemis pedagogi Fridrix Disterveg tomonidan XX asrda ijtimoiy pedagogika atamasi fanga kiritildi. Shunday qilib, shu davrdan e’tiboran ijtimoiy pedagogikaning mustaqil fan sifatida rivojlanishining uchinchi bosqichi boshlanadi. XX asr inson sivilizatsiya tarixiga ilmiy-texnikaviy inqiloblar asri sifatida nom qoldirganligi tarixdan ma’lum. Fan ishlab chiqarish ob’ektidan iqtisodiy va madaniy sohaning yetakchi omiliga aylangan. Ilmiy inqiloblar o‘z navbatida ijtimoiy pedagogikaning ham keyingi rivojiga ta’sirini ko‘rsatdi. Uning boshqa fanlar-psixologiya, fiziologiya, anatomiya, tarix, sotsiologiya va boshqalar bilan yaqinlashuvi ro‘y berdi. Eng asosiysiXX asrda insonning muammolari, uning tarbiyasi va ta’limi uchun ijtimoiy sharoitlarni yaratish zamonning eng global muammosiga aylandi. Mazkur muammoni yechimini topilishida Yevropalik quyidagi pedagoglarning ta’limotlari ahamiyatlidir. G.Kirshenshteynerning (1854-1932 y. Germaniya) pedagogik nazariyasi maktablarni bolalarning faol harakatdagi ehtiyojlarini amalga oshirishga, ularda ijodkorlikni o‘stirishga qaratilgan islox qilishga doir g‘oyani o‘rtaga tashlaydi. Uning ta’kidlashicha pedagogik tizimining asosiy tamoyillari-bolalarni jamiyatda har tomonlama tayyorlash uchun mehnat maktablarini yaratish, hamkorlik malakalarini rivojlantirish, davlat manfaatiga xizmat qiluvchi bolalarning fuqarolik tarbiyasidir. Jon Dyui (1859-1952 y AQSh) pragmatik pedagogika asoschisi hisoblanadi. Bu pedagogning xizmati shundaki, u maktab bilan hayotning aloqasi, ta’limning individuallashuvi kabi ijtimoiy psixologik g‘oyalarga murojaat qilgan holda ta’lim tarbiya ishini amalga oshirish zarurligini ilgari surgan. Vilgelm Lay (1862-1926 y. Germaniya) “Harakatlar pedagogikasi”ni yaratdi. U inson faoliyati va mavjudligining fiziologik va psixologik mexanizmlarini o‘zida mujassamlashtiruvchi biologik reaksiya tamoyiliga tayangan. U tarbiyaning biologik tomonini-tug‘ma reflekslar, sezgi, reaksiyalar, ularning bolalar o‘yinlarida paydo bo‘lishini va ijtimoiy tarbiyachining reaksiyalariga ta’sirini ko‘rsatgan. Hozirgacha turli davlat olimlari o‘rtasida ijtimoiy pedagogikaning boshqa pedagogik fanlari orasidagi o‘rni borasida –bu mustaqil fan bo‘la oladimi yoki faqatgina yosh guruhlarini o‘rganish bilan cheklanadigan pedagogikaning mustaqil bir sohasi bo‘lib qolaveradimi, degan masalada bahsmunozara davom etmoqda. Bu bahslar, yangi fan tushunchasining shakllanmaganligi ijtimoiy pedagogika mohiyatini inkor etuvchi ba’zi pedagoglar nazariyalarida paydo bo‘lgan. Masalan G.Noll va G.Boymer (20-30 y) ijtimoiy pedagogikani bolalarga yordam berish va voyaga yetmaganlar huquqbuzarliklarining profilaktikasi deb tushunishgan. Ijtimoiy pedagogikaning mohiyatini nemis olimi Paul Natori (XX asrning 20- yillari) umuman boshqacha ta’riflangan. U ijtimoiy pedagog jamiyatning tarbiyaviy kuchlarining yaqinlashtirish muammosini halqning madaniy va axloqiy darajasini ko‘tarish maqsadida tadqiq etadi deb hisoblagan. XX asrning 60-yillarida ijtimoiy pedagogika huquqbuzarlik sodir etgan bolalarga yordam berish, bolalar uyida tarbiya ishlari o‘tkazish maqsadidagi ijtimoiy tarbiya asosi sifatida e’tirof etila boshladi. Ijtimoiy pedagogika pedagogikani rivojlanishi bilan birga chet ellarda ijtimoiy pedagogika sohasidagi mutaxassislarning kasbga oid faoliyati ham rivojlandi. Xususan, XX asrning 70-yillarida Germaniyada oliy ma’lumotli pedagoglar tayyorlana boshlandi. 16 XX asrning50-yillariga kelib ijtimoiy pedagogika muammolarining global darajaga yetganiga BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 20.11.1959 yil va 20.11.1989 yilda “Bola huquqlari deklaratsiyasi”ning qabul qilinganligi guvohlik beradi. Unda alohida e’tibor yetimlarning ijtimoiy himoyasiga, ko‘p bolali oilalar, kam ta’minlangan oilalar bolalariga ijtimoiy yordam ko‘rsatishga qaratilgan. Bizning respublikamizda ijtimoiy pedagogika an’ana va tamoyillarini tiklash va uni rivojlantirish masalasiga alohida ahamiyat berilmoqda. Buni ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha ijtimoiy markazlarning tashkil etilganligidan ham yaqqol ko‘rishimiz mumkin.
2. "Shaxs kamoloti jismoniy, aqliy, siyosiy, xuquqiy, axloqiy, ekologik va estetik jihatga egaligi bilai tavsiflanadi. Insonning jismoniy kamoloti 50 ming yil oldin qanday bo'lgan bo'lsa, xozir ham deyarli shunday kechmoqda. Biroq odamning aqliy kamolotida tafakkurning rivojlanishi hisobiga juda katta ijobiy (oldinga) siljishlar kuzatilgan. Pedagogika Shaxs kamolotini barcha tarkibiy qismlari bilai birgalikda o'rganadi. Aloxida tashkil etilgan sharoitlarda, ya'ni ta'lim-tarbiya muassasalarida inson Shaxsini kamol toptirish pedagogika nazariyasi va amaliyotining eng murakkab va hal qiluvchi muammolaridan biridir.
Shaxsiing shakllanishi va kamol topishi shaxe kamoloti darajasining yuksalishiga olib keluvchi miqdor va sifat o'zgaгishlaгi, izchil qayta o'zgarishlar jarayoni bilan tavsiflanadi. Shaxs kamoloti haqida bir kancha nazariyalar vujudga kelgan:
preformistik nazariya - jinsiy (tuxum, urng') hujayralarda embгion гivojlanishi va undan paydo bo'ladigan organizmning xususiyatlaгini oldindan belgilab bemvchi moddiy tuzilmalaг mavjud bo'lishi xaqidagi ta'limot; odam Shaxsi oldindan berilgan yoki belgilab qo'yilgan "dastur" asosida shakllanishi va odamning fazilatlari, xususiyatlaгi o'z-o'zidan гivojlanishi, taгbiya va ijtimoiy sharoitlaT faqat bunga yordam berishi haqidagi nazariya (Antoni Levenguk, Marchello Malpigi va boshq).
teologik nazariya - Shaxs kamolotining ichki dasturi odamning ilohiy vazifasi, burchi bilan bog'liqligi, ya'ni Shaxs kamolotini Olloh belgilashi. Odam — ikki ibtido, ya'ni jismoniy va ma'naviy manbalar (omillar) uyg'unligidir. Ma'naviy ibtido - "o'lmas jon" odamni tabiatdan ustun qo'yadi, Xudo bilan muloqot qilishning kafolati bo'lib xizmat qiladi. Inson xayotining ma'nosi imon-e'tiqod orqali oshkor bo'ladigan "o'ta hissiy olam"ni chuqur tushunishdan iborat (F. Akvinskiy, J. Mariten, D. Treysi va boshq.);
ekzistensialistik (o'ta Shaxsiyatparastlik) nazariya - jamiyat Shaxsga salbiy ta'sir qiladi va odam faqat undan ajralgan holda komillikka erishadi, ya'ni uning o'zi va tabiat Shaxs kamolotini oldindan belgilaydi. Boshqacha aytganda, odamning kamol topishi uchun hech narsa va hech kimning keragi yo'q (S.Kerkegor, K.Yaspers, M.Xaydegger va boshq.);
biologik nazariya-individning homiladan boshlab rivojlanishi odamning tur sifatida taraqqiy etishi jaгayonida o'talgan boshqa baгcha bosqicЫaгini takroгlaydi, ya'ni odam o'zida mavjud bo'lgan tug'ma his-tuyg'ular, mayllar va extiyojlar bilan bog'lik hatti-harakatlar (xulk-atvor) asosida irsiyat (tabiat) qonunlariga muvofiq Shaxs sifatida kamol topadi (CH. Darvin, I. Myuller. G. Xoll va boshq.);
o'z-o'zidan kamol topish nazariyasi - odam faqat irsiy omillarga (ko'z rangi, qon guruhi, rezus-faktor, shizofreniya va h.k.) tayangan holda, ularning ta'sirida rivojlanadi, kamol topadi;
psixoanalitik (ruhiy taxlil) nazariya - ruhiy quvvat ta'siridagi jinsiy mayl (istak, intilish) darajasi qanchalik yuqori bo'lsa, odam shunchalik tez rivojlanadi, kamol topadi (3. Freyd va boshq.)
Bu nazariyalarni keltirishdan maqsad Shaxs kamoloti muammolarini o'rganishda pedagogika fani tayanadigan tegishli nazariyalarni aniqlashdan iboratdir. SHu sababli Shaxs muammosiga oid pedagogik va psixologik ilmiy tadqiqotlarda Shaxs kamolotining biologiyalashgan, ijtimoiylashgan va bioijtimoiy yunalishlari farqlanadi:
Biologiyalashgan yunalish vakillari Shaxsni alohida tabiiy mavjudot deb hisoblashadi, odamning hulk-atvorini unga tug'ma berilgan tabiiy extiyojlar, mayllar va his-tuyg'ular bilan izohlashadi (3. Freyd va boshq.).
Bu yo'nalish vakillarining fikricha, odam jamiyat talablariga bo'ysunishga majbur, biroq bunda Shaxsning tabiiy extiyojlari jamiyat tomonidan qandaydir darajada sun'iy tarzda bostirib turiladi. YA'ni tabiiy extiyojlarning qondirilmasligi qandaydir faoliyat turlari buyicha mashg'ulotlar bilan almashtiriladi va odamning o'z-o'zi bilan doimiy ichki kurashi qay bir darajada niqoblanib, yopib turiladi.
Ijtimoiylashgan yunalish vakillari odam biologik mavjudot sifatida dunyoga kelsa xam, o'z hayoti jarayonida o'zi muloqotda bo'lgan ijtimoiy guruhlar ta'sirida asta-sekinlik bilan ijtimoiylashib boradi, deb xisoblaydilar. Shaxsning kamolot darajasi qanchalik past bo'lsa, unda biologik xususiyatlar, eng avvalo, egalik qilish, vayron qilish, jinsiy mayl kabi tug'ma his-tuyg'ular (beixtiyor xarakatlar) shunchalik yorqin, kuchli namoyon bo'ladi. Bu yo'nalish vakillarining fikricha, bola - "toza kog'oz" kabi; uning kamoloti atrof-muxitdagi sharoitlar va ma'rifatga to'liq bog'liq bo'ladi.
Bioijtimoiy yo'nalish vakillari odamda kechadigan psixik jarayonlar (sezgi, idrok, tafakkur biologik tabiatga ega, biroq Shaxsning intilishi, qiziqishi, qobiliyati ijtimoiy hodisa sifatida shakllanadi, deb hisoblaydilar.



Download 32.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling