Korrupsiya va milliy taraqqiyot: muammo va yechimlari


Download 413.81 Kb.
Sana08.06.2023
Hajmi413.81 Kb.
#1465275
Bog'liq
Presentation (4)

Korrupsiya va milliy taraqqiyot:muammo va yechimlari

Korrupsiya hamma zamonda, har bir davlatda eng dolzarb muammolardan biri bo‘lib kelgan. Hozirda ushbu illatga qarshi bizning mamlakatimizda ham jiddiy kurash olib borilyapti. Respublikamizda korrupsiyaga qarshi kurash doirasida bir qator normativ-huquqiy hujjatlar, dasturlar qabul qilingan.

Ma’lumki, shaffoflik, ochiqlik-oshkoralik mavjud joyda korrupsiyaga qo‘l urish murakkablashadi. Shuni nazarda tutgan holda, so‘z va matbuot erkinligini ta’minlashga, davlat idoralarining jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari uchun ochiq bo‘lishiga, rahbarlarning kundalik faoliyatida jurnalistlar bilan yaqin muloqot va hamkorlik o‘rnatishiga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Tan olish kerakki, bu korrupsiyaning oldini olish, uni kamaytirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

  • Ma’lumki, shaffoflik, ochiqlik-oshkoralik mavjud joyda korrupsiyaga qo‘l urish murakkablashadi. Shuni nazarda tutgan holda, so‘z va matbuot erkinligini ta’minlashga, davlat idoralarining jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari uchun ochiq bo‘lishiga, rahbarlarning kundalik faoliyatida jurnalistlar bilan yaqin muloqot va hamkorlik o‘rnatishiga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Tan olish kerakki, bu korrupsiyaning oldini olish, uni kamaytirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
  • Korrupsiyaning oldini olish, uni yo‘qotish uchun nima qilish kerak, degan savolga hamma har xil javob beradi. Kimlardir jazoni og‘irlashtirish, uning muqarrarligini ta’minlash lozim, desa, boshqalar fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish, jamiyatda shaffoflik va ochiqlikni ta’minlash, korrupsiyaga qarshi immunitetni shakllantirish, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish shart, deya fikr bildiradi. Lekin bir jihatni e’tibordan chetda qoldirmaslik kerak. Ya’ni, ishi bitishi, muammosi hal bo‘lishi uchun o‘zi rozi bo‘lib, kimlargadir pora berayotgan, bu porani qo‘rqmasdan olayotganlarni ko‘rganlar, jamiyatning turli sohalarida uchrayotgan oldi-berdilarga guvoh bo‘lganlar ongida qanday qilib korrupsiyaga qarshi kurash immunitetini shakllantirish mumkin? Yoki jazo olmasligi uchun ota o‘g‘liga yolg‘on gapirishni o‘rgatib turgan, birovning haqqi degan tushunchaga zid ravishda harom luqma yeyishda ota namuna bo‘lib turgan oilada qanday qilib axloqiy tarbiya haqida gap bo‘lishi mumkin?
  • Korrupsiyaga qarshi kurashishda «Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida»gi qonun loyihasining ishlab chiqilgani yaxshi natija berishi mumkin. Keng jamoatchilik muhokamasiga taqdim etilgan, Oliy Majlis Senati tomonidan ma’qullangan ushbu qonun kuchga kirsa, davlat boshqaruvi va mahalliy hokimiyat idoralarida mehnat qilayotgan 100 mingdan ortiq davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyati, ularning maqomi hamda huquq va majburiyatlari, shuningdek, davlat fuqarolik xizmatiga kirish hamda ushbu tizimda korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvi oldini olishga oid munosabatlar tartibga solinadi.
  • Ayni paytda mazkur qonun bilan davlat fuqarolik xizmatchisiga quyidagilar taqiqlanmoqda: –
  • o‘zaro yaqin qarindoshlik yoki quda-andachilikda bo‘lgan shaxslar bevosita bo‘ysunuv va nazorati ostidagi davlat fuqarolik xizmati lavozimini egallash;– pedagogik, ilmiy va ijodiy faoliyatdan tashqari haq to‘lanadigan boshqa faoliyat bilan shug‘ullanish;– tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish yoki tadbirkorlik faoliyati tashkil etib, uning muassisi bo‘lish;– o‘z mavqeidan foydalanib yoki o‘z xizmat vazifasini bajarish evaziga jismoniy va yuridik shaxslardan har qanday turdagi mukofot yoki sovg‘a olish;– chet el fuqaroligiga ega bo‘lish;– respublika hududidan tashqarida bank hisobvaraqlari ochish, ko‘chmas va boshqa mol-mulkka egalik qilish.

Download 413.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling