A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti
Asosiy strategiya turlarini amalga oshirish shartlari
Download 1.79 Mb.
|
STRATEGIK BOSHQARUV 05 01 2023 охирги варианти
Asosiy strategiya turlarini amalga oshirish shartlari
8.1-jadval
Ta’limni rivojlantirish bo‘yicha ko‘plab rivojlangan mamlakatlar, masalan Finlandiya umumta’lim maktablarining ta’lim segmentida maqbul tarzda strategik joylashuv amaliyoti shuni ko‘rsatadiki, diversifikatsion tarzda rivojlanishning eng mashhur strategiyasi, o‘zlashtirilgan ta’lim segmentida o‘zlashtirilgan pedagogik uslubiyat va pedagogik texnologiyaning nufuzini mustahkamlash va yangi texnologiyadan foydalangan holda yangi pedagogik uslubiyat va pedagogik texnologiyalarni yaratish yoki investitsiya qilishdir. Ba’zi umumta’lim maktablari o‘z strategiyasini mavjud harakatdagi ta’lim segmentida yangi pedagogik uslubiyat va pedagogik texnologiyani yaratish negizida, unga safarbar qilinadigan sa’y-harakatlarni kamaytirish bo‘yicha kelajak poydevorini quradilar. O‘rta ko‘lamli umumta’lim maktablari o‘z rivojlanish kelajagini quyidagi tarzda qayd etib oladilar: o‘zlarining ta’lim segmentidagi pedagogik uslubiyat va pedagogik texnologiyalarining mavqeini mustahkamlash, ularga qilinayotgan sa’y-harakatlarni kamaytirish va ta’limga infratuzilmaviy jihatdan ko‘maklashuvchi homiy tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlash; yirik ko‘lamli umumta’lim maktablarida pedagogik uslubiyat va pedagogik texnologiyalarining ta’lim segmentidagi mavqeini mustahkamlash strategiyalari, yangi segmentlarni topish strategiyalari, ta’limga infratuzilmaviy jihatdan ko‘maklashuvchi homiy tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlash va ularga qilinayotgan sa’y-harakatlarni kamaytirish strategiyalari ustunlik qiladi. Umumta’lim maktablarini strategik joylashtirishdagi asosiy qiyinchiliklar axborot tartibining yo‘qligi va boshqaruvning past madaniyati bilan bog‘liq. Download 1.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling