A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti


Download 1.79 Mb.
bet41/54
Sana21.01.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1107814
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   54
Bog'liq
STRATEGIK BOSHQARUV 05 01 2023 охирги варианти

Tayanch iboralar:
Inson resurslari, mehnat resurslari, tashkilot xodimlari, tashkiliy, kasbiy, ijtimoiy-psixologik, tashkiliy moslashuv.

VIII BOB. UMUMTA’LIM MAKTABLARI FAOLIYATIDA RAQOBAT STRATEGIYASI
8.1. Umumta’lim maktablari uchun raqobat strategiyasini yaratishda mumtoz yondashuvlar
Umumta’lim maktablari uchun ta’lim muassasalari o‘rtasida OTM ga yo‘naltirish bo‘yicha yoki fan olimpiadalarida birinchilikni olish yuzasidan raqobat strategiyasini yaratish, asosan, ta’lim muassasasi qanday shaklda raqobatlashishini, uning kelajagini ko‘rsatuvchi strategik maqsadlarining shakl shamoyillari qanday


8.1-rasm. Umumta’lim maktablari uchun raqobat strategiyasining “charxpalagi”

bo‘lishi lozimligini va mazkur maqsadlarga yetishish uchun qanday dastaglar va sa’y-harakatlar zarurligining aniq majmuaviy yig‘indisini o‘z ichiga oladi.


8.1-rasmda raqobat strategiyasi umumta’lim maktablari tomonidan o‘z oldiga qo‘ygan strategik maqsadlari (natijalar) va ularga yetishish uchun qo‘llaniladigan dastaglar (usullar) yig‘indisi sifatida ko‘rsatilgan.
Umumta’lim maktablari uchun “Raqobat tusidagi kurash strategiyasi charxpalagi” deb mualliflar tomonidan nom qo‘yilgan bu timsol ta’lim muassasalari raqobat strategiyasining asosiy jihatlarini tushunarli holatda ko‘rsatish imkonini beradi. Charxpalakning o‘qi bu umumta’lim maktabining o‘z oldiga qo‘ygan strategik maqsadlari, ya’ni uning raqobatga qaratilgan niyatlarining umumiy ta’rifi va aniq ta’limga oid va ta’limga oid bo‘lmagan, ya’ni unga xizmat ko‘rsatish ko‘rinishidagi infratuzilmaviy maqsadlaridir. Charxpalakning qirralari umumta’lim maktabining ta’limga oid siyosatining asosiy yo‘nalishlari bo‘lib, uning vositasida u o‘z maqsadlarini ro‘yobga chiqarishga harakat qiladi. Charxpalakning har bir qirrasi ostida umumta’lim maktabining ta’lim va faoliyat sohasiga muvofiq ta’limga oid siyosatining asosiy jihatlarining qisqacha ta’rifi shakllantirilishi kerak. Umumta’lim maktablarining asosiy ta’lim faoliyatiga xizmat qiluvchi diversifikatsion faoliyatining tabiatiga qarab, diversifikatsion siyosatining asosiy yo‘nalishlari dastavval, birmuncha mavhumroq, ya’ni noaniqroq bo‘lishi mumkin. Shakllantirilayotganda esa ular umumta’lim maktabining barcha sa’y-harakatlarini boshqarish uchun dasturamal sifatida ishlatilishi mumkin bo‘lgan strategik kontseptsiyasini tashkil qiladi. Charxpalakda bo‘lgani kabi, uning qirralari (usullar) markazdan (maqsadlar) kelib chiqishi va bir-biriga o‘zaro uyg‘unlikda bo‘lishi kerak.
8.2-rasmda, umumta’lim maktabining raqobat strategiyasini ishlab chiqishda uning imkoniyat chegaralarini belgilovchi to‘rtta asosiy omilni hisobga olishni zarurat qilib qo‘yadi. Barcha faoliyat yurituvchi subyektlar kabi umumta’lim maktablarining ham ustun jihatlari va kuchsiz jihatlari o‘z faoliyat yuritishlarida o‘zini ko‘rsatib turadi. Umumta’lim maktablarining raqobatchilariga ko‘rgazma qilaoladigan tuzilishida, moliyaviy resurslar, pedagigik texnologik holati, maktab atrofidagi sharoitlar va boshqalar mavjud bo‘lib, modomiki, ular raqobatchilar uchun qo‘rqituvchi salohiyat sifatida namoyon bo‘lish bilan bir paytda, rivojlanish uchun tanlangan strategiyani royobga chiqarish negizi sifatida qabul qilinadi. Afzalliklar va zaif tomonlar alohida qadriyatlar bilan birgalikda muvaffaqiyatli amalga oshirilgan strategiyani tanlashda qo‘yiladigan ichki (ta’lim muassasasiga nisbatan) cheklovlarni aniqlaydi.


Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling