A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti
Umumta’lim maktabi roliga asoslangan strategiyalar
Download 1.79 Mb.
|
STRATEGIK BOSHQARUV 05 01 2023 охирги варианти
8.3. Umumta’lim maktabi roliga asoslangan strategiyalar
Umumta’lim maktabining raqobatbardosh mavqeini boshqacha tarzda uning rol funktsiyasi deb atash mumkin. Ushbu nom ma’lum bir umumta’lim maktabining tashqi muhitdagi raqobatbardosh o‘zaro ta’sir jarayonini go‘yo qandaydir teatrlashtirilgan yoki boshqa o‘yin spektakli ko‘rinishida tasavvur qilgandek bo‘lib, unda ularning har bir ishtirokchisi aniq rol o‘ynaydi. Shunday qilib, umumta’lim maktabining rol funktsiyasi uning egallagan holatidir. Obyektiv ravishda umumta’lim maktabi quyidagicha rol funktsiyalarini tanlaydi: raqobatbardoshlik darajasi va ularning raqobatbardosh salohiyati ko‘lami bo‘yicha tahliliy ma’lumotlar; raqobatbardoshlik darajasi va raqobatdosh ta’lim muassasalarining raqobatbardosh salohiyati ko‘lami bo‘yicha tahliliy ma’lumotlar; · umumta’lim maktabi va uning raqobatchilari tomonidan nazorat qilinadigan OTM larga qamrov doirasidagi kvota ulushini aniqlash; rivojlangan ta’lim bo‘shliqlarining istiqbollari darajasi bo‘yicha tahliliy ma’lumotlar; umumta’lim maktabi va uning raqobatchilari faoliyatini diversifikatsiya qilish imkoniyati va maqsadga muvofiqlik darajasi bo‘yicha tahliliy ma’lumotlar. Umumta’lim maktabining rol funktsiyasini tanlashning subyektiv sharti bo‘lib, uni boshqarishning malakasi va kasbiy tayyorgarligi darajasi, tafakkurda samarali ta’limni rivojlantirishga oid g‘oyalarning mavjudligi, shuningdek, umumta’lim maktabi rahbariyatining bunday g‘oyalarni jalb qilish qobiliyati hisoblanadi. Umumta’lim maktabi o‘zining tanlagan rol funktsiyasi orqali, o‘zining strategik tafakkur mahsulini, o‘zining strategik boshqarish usullarini, shuningdek, o‘zining raqobatbardosh xatti-harakatlarining turli ko‘rinishlarini o‘ynab beradi. Rol funktsiyasiga ko‘ra, amerikalik marketing bo‘yicha mutaxassis F. Kotler tomonidan taklif qilingan tasnifga ko‘ra, raqobatdosh umumta’lim maktabini quyidagi turlarga bo‘lish mumkin: liderlar ta’lim segmentining 40 foizidan yuqorisini nazorat qiladi; rahbarlar yirik OTM ga tayyorlash borasida ta’lim segmentida ma’lum darajada maskanga ega bo‘lgan, shuningdek, imkoniyatlari kengroq bo‘lgan umumta’lim maktablari va ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab (IDUM) laridir; yetakchilikga da’vogarlar kvota ulushining 30 foizini nazorat qiladi. yetakchilar raqiblari eng xavfli raqobatdosh holatni ifodalaydi. Ushbu rolni o‘ynaydigan ko‘plab umumta’lim maktablar rahbarlari va boshqa yetakchilikka intiluvchilarga monopoliya da’volariga ega; “botqoq” - qaram ta’lim ishtirokchilari deb ataladigan; shu jumladan, bir qismini barqaror ushlab turgan umumta’lim maktablari; qamrovning bir qismi ta’lim bo‘shliqlarida mustahkamlangan. Ular qamrov ko‘lamining 20 foizida o‘zlarini ishonchli his qilishadi. “Botqoq” yetakchilar va yetakchilikka da’vogarlar bilan raqobatlashmaydi, raqobatchilarning yutuqlarini andozalash orqali vaqtni tejaydi. Ta’lim segmentida o‘z o‘rnini qidirayotgan va unda o‘z o‘rnini topayotgan yangi talabgorlar. Ular qamrovning 10 foiziga ham yetib bormaganlar hisoblanadi. Mazkur 10 foizlik o‘ringa yirik, shuning bilan birgalikda tajrabali ta’lim muassasalari umuman qiziqmaydi. Aksincha, mazkur o‘rinlar ular uchun foydali bo‘lishi va OTM ga qamrovga oid faoliyatning muntazam o‘sishi uchun imkoniyatlar yaratishi kerak. Yuqoridagi tasnifni taklif qilishda F.Kotler bitta me’zonga tayandi, ya’ni ko‘rsatilgan raqobatchilarning har bir turining kvota doirasidagi ulushi deb hisobladi. F.Kotlerning fikricha, yetakchilar kvotaning 40 va undan ortiq foizini qamrab oluvchi ta’lim muassasalaridir. Faoliyatning dastlabki bosqichida har qanday umumta’lim maktabi boshlang‘ich rolini oladi. Tabiiyki, boshida yangi kelganlarning katta qismi kuchli raqobatbardosh ta’lim segmentida yo‘qotishlarsiz turish juda qiyin bo‘lgan “botqoq” ga aylanish niyatida emas. Shuhratparast yangi kelganlar vaqt o‘tishi bilan yetakchi bo‘lishni niyat qilishadi. Yetakchilik yo‘li ko‘p sonli funktsional, tashkiliy va subyektiv rivojlanish, salohiyatni bosqichma-bosqich oshirish, raqobatbardoshlikni kuchaytirish bosqichlaridan iborat. Shu sababli, ushbu yo‘lning boshida umumta’lim maktabi raxbarlari va xodimlar bo‘yicha menejerlari raqobatbardosh ta’lim segmentida uzoq muddatli ta’lim faoliyatining maqsadlari va ustuvorliklari haqida tasavvurga ega bo‘lishlari kerak. Aslida, strategik tanlovda xalq ta’limi bo‘limi tomonidan umumta’lim maktablariga raqobatbardosh maqomini olish bo‘yicha ta’sir o‘tkazilishi kerak. Umumta’lim maktabining raqobatbardosh maqomi deganda, ushbu umumta’lim maktabi tomonidan tanlangan ta’lim shaklida (yoki turlarida) amalga oshiriladigan muhim funktsiyalarning haqiqiy majmuining nisbiy ko‘lami tushuniladi. A.Yudanov tomonidan berilgan tasnifga muvofiq umumta’lim maktabining raqobatbardoshlik holatining quyidagi turlarini ajratish mumkin: violentlar, patientlar, ekspelentlar va kommutantlar (8.2-jadval)14. Violentlar (zo‘ravonlar) - bu o‘z sohasida texnik taraqqiyotga yetakchilik qiladigan, faoliyatning keng tabaqalashishiga ega bo‘lgan, yirik ta’lim segmentiga e’tibor qaratadigan va monopollashtirish, integratsiya va raqobatbardosh xatti-harakatlarning tajovuzkor shakllaridan foydalangan holda raqobatchilarni bostirishga intiladigan yirik ta’lim muassasalaridir. Diversifikasiyalanmagan faoliyatga e’tibor qaratadigan va kafolatlangan raqobatbardosh xatti-harakatlarga rioya qiluvchi yirik va o‘rta umumta’lim maktablari patientlar sifatida aniqlanadi. Tub innovatsiyalar sohasida ijodiy raqobatbardosh xulq-atvorga rioya qiladigan kichik innovatsion umumta’lim maktablari odatda,o‘z faoliyatini targ‘ib qiluvchilar sifatida nom qazonadi. Kichik innovatsion umumta’lim maktablari - bu, odatda, ta’lim xizmatlari ko‘rsatishda faoliyat yurituvchi, hamkorlik strategiyasiga va moslashuvchan raqobatbardosh xulq-atvorga rioya qiluvchi kommutantlardir. Download 1.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling