A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti


Download 1.79 Mb.
bet5/54
Sana21.01.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1107814
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
Bog'liq
STRATEGIK BOSHQARUV 05 01 2023 охирги варианти

CONTENTS
TABLE OF CONTENTS
Introduction ........................................................................................................... 11
CHAPTER I. INTRODUCTION TO THE SCIENCE OF STRATEGIC MANAGEMENT ……………………………………………………………….. 17
1.1. Origin and history of strategic management .................................................. 17
1.2. The concept of strategic management ...................................................... ......25
CHAPTER II. ANALYSIS OF THE EXTERNAL AND INTERNAL ENVIRONMENT OF A GENERAL SECONDARY SCHOOL …….…………. 30
2.1. Analysis of the external environment of a comprehensive school …………. 30
2.2. Analysis of the internal environment of a comprehensive school .…………. 38
CHAPTER III. INTEGRATED METHODS FOR STRATEGIC ANALYSIS OF THE ACTIVITIES OF GENERAL SECONDARY SCHOOLS ………..……….44
3.1. SWOT-analysis of the study of the activities of general education schools and ways of its implementation .................................................................................... 44
3.2. Portfolio-analysis of the study of the activities of general education schools and ways of its implementation ............................. ............................................... 53
CHAPTER IV. DETERMINING THE GENERAL DIRECTION OF THE DEVELOPMENT OF GENERAL SECONDARY SCHOOLS………………… 62
4.1. Competence-based representations of a general education school …….……62
4.2. Objectives of improving the general education school ……………..……… 65
CHAPTER V. STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF EDUCATIONAL INSTITUTIONS…………………………………………………………………..76
5.1. The main directions of choosing a strategy for the development of secondary schools ……………………………………………………..……………………. 76
5.2. Types of organizational development strategies in the activities of general education schools ......................................................... .... .................................... 82
CHAPTER VI. STRATEGIC ASPECTS OF ORGANIZATIONAL CHANGES IN THE ACTIVITIES OF GENERAL SCHOOLS ……..……………………......... 94
6.1. The need and essence of organizational changes in the activities of secondary schools ………………………………………………………………………..…. 94
6.2. The similarity of the organizational structure of management with the development strategy of a general education school ..............................................99
6.3. Ways to implement organizational changes in the activities of secondary schools …….…………………………………….…………………………....... 113
CHAPTER VII. STRATEGIC ASPECTS OF MANAGEMENT OF PEDAGOGICAL STAFF OF GENERAL EDUCATIONAL SCHOOLS ……. 122
7.1. Teaching staff of general education schools as objects of strategic management ………………………………………………..................................122
7.2. The strategic content of the management of teaching staff in secondary schools .............................................................. .................................................. 126
CHAPTER VIII. COMPETITIVE STRATEGY IN THE ACTIVITY OF GENERAL SCHOOLS …………………………………………………………142
8.1. Classical approaches to creating a competitive strategy for general education schools ………………………………………………………………..………... 142
8.2. Model of strategic management of the efforts of secondary schools…………………………………………………………………………...156
8.3. Strategies Based on the Role of the Comprehensive School .........................161
8.4. Mergers and Acquisitions Strategies in the Activities of Schools of General Education ……………….……………………………………………………… 164
CHAPTER IX. MAIN DIRECTIONS OF THE STRATEGY FOR INCREASING THE COMPETITIVENESS OF THE EDUCATION SEGMENT ….………….172
9.1. The processes of state regulation of competitive relations in the field of education ……………..……………….………………………………………... 172
9.2. Formation of transformative policy in the strategic development of a comprehensive school and its essence …..……………….…………………….. 189
Glossary ………………………………………………………………………... 207
Application ………………………………………………………….…………. 212
List of used literature ..……………..…………………………………..………. 213

KIRISH
Ma’lumki uzluksiz jarayon sifatida mamlakatimizda islohotlar bosqichi har doim ham davom etmoqda va o‘z navbatida samarasini bermoqda. Bu borada muhtaram Prezidentimiz tomonidan Yangi O‘zbekiston strategiyasini belgilab berish chog‘ida birinchi strategik yo‘nalish sifartida aynan ta’limning qayd etilishi mamlakatimiz rivoji uchun najot ekanligini ko‘rsatib turibdi.
Muhtaram Prezidentimiz Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida ta’kidlaganidek, “najot - ta’limda, najot - tarbiyada, najot - bilimda. Chunki, barcha ezgu maqsadlarga bilim va tarbiya tufayi erishiladi”
Bu borada mamlakatimizda, qo‘shimcha 500 o‘quvchi o‘rni yaratilib, ularning jami soni 5 million 300 mingga yetdi. Hozirgi vaqtda yana 1 million 200 ming o‘quvchi o‘rni yaratish bo‘yicha ishlar jadal davom ettirilimoqda.1
Darhaqiqat, har bir umumiy o‘rta ta’lim maktabi uchun raqobatning kuchayishi sharoitida o‘zi yaratayotgan mahsulotning, ya’ni o‘quvchilarning OTM yo‘naltirish bo‘yicha raqobatbardoshligini saqlab qolish va oshirish vazifasi birinchi o‘ringa chiqishida, albatta raqobatbardosh sifatli pedagog kadrlarning o‘rni va roli borligini hech kim inkor etolmaydi.
Ta’lim tizimini modernizatsiya, transformatsiya qilish sharoitida samarali raqobatbardoshlikni rivojlantirish strategiyasini amalga oshirishda rahbariyatning doimiy sa’y-harakatlari natijasida raqobatda g‘alaba qozonishga va o‘z maqsadlariga erishishga e’tibor qaratilayotgan o‘rta ta’lim muassasalari soni ortib bormoqda.
Bozor munosabatlari tizimida barqaror raqobatbardoshlikni shakllantirish muammosi tashqi muhitning o‘zgaruvchanligi kuchayishi va umumiy o‘rta ta’lim maktablarining raqobatdosh ustunliklarini shakllantirish va amalga oshirishning ko‘plab jihatlari yetarli darajada ilmiy va uslubiy jihatdan asoslanmaganligi yoxud tez o‘zgarishlar sababli ham alohida dolzarb bo‘lib qolmoqda. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarini strategik boshqarish muammosi, shuningdek, umumiy o‘rta ta’lim maktablarini boshqarishda raqobatbardoshlikni baholashning zamonaviy usullarining to‘liq yoxud egiluvchan emasligi, ya’ni boshqacha aytganda raqobat strategiyalarini ishlab chiqish mexanizmlarini yaratishning institutsional asoslaridan uzoqligi sababli ham amaliy nuqtayi nazaridan o‘ta dolzarbdir.
Bugungi kunda ularni hal qilish yo‘llarini izlash uchun to‘plangan muammolarni tashqi va ichki jihatdan tanqidiy tahlil qilish kerak. Bu boshqaruvning barcha elementlariga, lekin birinchi navbatda, umumiy o‘rta ta’lim maktablarini boshqarishning strategik jihatlariga taalluqlidir. Boshqaruv faoliyatining aynan shu yo‘nalishi “butun boshqaruv zanjirining zaif bo‘g‘ini” bo‘lib, ko‘pincha boshqa sohalardagi erishilgan ijobiy jihatlarga ham o‘zining salbiy ta’sirini o‘tkazishi mumkin. Bu esa o‘z navbatida, “Strategik menejment” fanini o‘rganishning muhimligini belgilab beradi. Xolbuki, mazkur fanni o‘rganishning dolzarbligini “Yangi O‘zbekiston” ni barpo etish, uning taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish uchun qilinayotgan sa’y-harakatlarning samarasi timsolida ham ifodalash mumkin. “Yangi O‘zbekiston” ni barpo etish yo‘lidagi sa’y-harakatlar esa mamlakatimizning 36 milliondan iborat bo‘lgan (50,7 foizi shahar aholisi, 49,3 foizi qishloq aholisi)2 barcha aholining o‘z toifasi bo‘yicha kundalik hayot tarziga singib bormoqda. Xususan, mamlakat iqtisodiyotini “Yangi O‘zbekiston STRATEGIYASI” negizida modernizatsiya qilish umumiy o‘rta ta’lim maktablari faoliyatida ham, ularni strategik boshqarish sohasida ham albatta ko‘plab o‘zgarishlarga sabab bo‘lmoqda. O‘z navbatida, mazkur jarayonlar boshqaruv sohasi mutaxassislarida, qolaversa, yangi O‘zbekiston bunyodkorlarida, strategik jihatdan texnik, umumiqtisodiy omilkorlik, tashabbuskorlik, tashkilotchilik, tadbirkorlik, shuningdek, shaxs erkinligi, kreativ ijodkorlik kabi g‘oyalarni shakllantirish zaruratini ilgari surmoqda. Darhaqiqat, umumiy o‘rta ta’lim maktablari bosib o‘tgan faoliyatlarining tahlili asosida uning mehnat resurslarini shaxdam harakatga kelishiga undovchi, ular qobiliyatlariga mos keladigan diversifikatsion ko‘p qirrali strategik yo‘nalishlar hamisha ham zaruratdir. Bu borada albatta, O‘zbekiston Respublikasining Harakatlar strategiyasidan taraqqiyot strategiyasi sari tamoyili negizida “Yangi O‘zbekiston STRATEGIYASI” asosiy dasturamal bo‘lib xizmat qilmoqda.
Yangi O‘zbekistonni barpo qilish o‘ziga xos tub o‘zgarishlarni, yangilanishlarni, innovatsiyalar asosida buyuk salohiyatni yaratishni va shu asosida taraqqiyotning eng yuksak cho‘qqilariga ko‘tarilishni kun tartibiga dolzarb qilib qo‘ymoqda.
E’tiboringizga havola qilinayotgan mazkur o‘quv qo‘llanma ham ko‘tarilgan dolzarblikdan kelib chiqib, o‘zining dasturiy tarkibiy jihati bilan “Yangi O‘zbekiston” ni va “Uchinchi Renessans” poydevorini barpo etishga xizmat qiladi va shundan kelib chiqqan holda bu borada tashlanayotgan qadamlar va muammoviy yechimlar bilan uyg‘unlashtirildi.
O‘z mohiyatiga ko‘ra, YANGI O‘ZBEKISTON STRATEGIYASI ni barpo etish, bu shunchaki mamlakatda yashayotgan aholining ehtiyoji emas, yoki olamshumul voqea emas, balki chuqur tarixiy ildizga tayangan, mintaqamizdagi siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy jarayonning o‘zi ko‘rsatib va namoyish qilib turgan, aholimizning bir umrlik hohishlariga mos, uning milliy o‘tmishlariga butunlay mos keladigan obyektiv zarurat sababli ham aynan ta’lim sohasida “Strategik menejment” kursini o‘qitishning dolzarbligini keltirib chiqaradi, shuning uchun ham umumiy ta’lim maktablari kelajak dasturlari nazariyasi va amaliyotining kamolini, boshqaruv ta’limotidagi mumtoz nazariyalar singari milliy Renessans asoschilari sanalgan Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Farobiylar, Mirzo Ulug‘beklar, Boburiylar va Navoiylar ta’limotining qaysidir jihatlari bilan bog‘lash istagi paydo bo‘ldi.
Shuning bilan birgalikda ta’kidlash joizki, mamlakatimizning uzoq yillarga mo‘ljallangan” “YANGI O‘ZBEKISTON STRATEGIYASI” ni rejalashtirish, tashkil qilish va boshqarish menejment funktsiyalarining takibiy qismi hisoblanadi, binobarin, mazkur funktsiyaning mazmun-mohiyatini bilmay turib esa, strategik taktika va strategiyani amalga oshirib bo‘lmaydi.
O‘quv qo‘llanmaning “Umumiy o‘rta ta’lim maktablari strategik tahlil qilishning majmuaviy usullari” deb nomlangan bobi “YANGI O‘ZBEKISTON STRATEGIYASI” ning yangilanayotgan O‘zbekiston bandidagi “Inson – jamiyat - davlat” tamoyilini aynan yoritishga xizmat qiladi. Shuningdek, mazkur bandda umumiy o‘rta ta’lim maktablari faoliyatida “mahallalar kesimida ishlash”, “xalq ichiga kirish”, uning “dardiga quloq solish”, “tashvishiga sherik bo‘lish” va “muammolarni joyida hal etish” tamoyillari “Strategik menejment” kursining “Umumiy o‘rta ta’lim maktablari pedagog xodimlarini boshqarishning strategik jihatlari” qismi bilan muvofiqlashadi.
O‘z navbatida ta’kidlash joizki, “Qunun va adolat ustuvorligini ta’minlash – yangi O‘zbekistonni barpo etishning eng muhim sharti” negizida o‘quv qo‘llanmaning strategik boshqaruvda tashkiliy og‘ish, shuningdek, tashkiliy siljishlar va ularni amalga oshirish yo‘llari shakllantirildi. Ma’lumki, har qanday strategiya o‘zining taktikaviy jihati bilan xulosaviy qarorsiz ro‘yobga chiqmaydi, binobarin, umumiy o‘rta ta’lim maktablarining boshqaruv qarorlari ham boshqariluvchi tizim sifatida iqtisodiyotni yangilash, isloh qilish orqali, o‘z bosqichi bilan O‘zbekiston STRATEGIYASINI barpo etishga xizmat qiladi.
O‘quv qo‘llanmaning “Ta’lim muassasalarining rivojlanish strategiyalari” bandida umumiy o‘rta ta’lim maktablarini rivojlantirish strategiyalarining turlariga alohida urg‘u berilganki, bunda o‘quv qo‘llanma, “Birinchi Renessans”, ya’ni “Ma’rifiy uyg‘onish” davri asoschilaridan bo‘lgan mutafakkir bobomiz Abu Nasr Farobiyning hayoti, faoliyati, qolaversa, “Fozil odamlar shahri” nomli asarida o‘z talqinini topgan adolat va adolatparvarlik g‘oyalari bilan mujassamlashtirilgan tamoyillar bilan boyitildi.
Mamlakatimizning yangi strategiyasining “kambag‘allik: umuminsoniy va milliy muammolar” qismida “Afsuski hozirgi kunda ham jahonda ziddiyatlar saqlanib qolmoqda” deb ta’kidlanadi, shuningdek, “Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakati doirasida ehtiyojmand oilalarga moddiy yordam ko‘rsatilayotganligi ham o‘quv qo‘llanmaning “Umumiy o‘rta ta’lim maktablari pedagog xodimlari strategik boshqaruv obyekti sifatida” bandi bilan uyg‘unlashtirildi.
“Renessans” so‘zi o‘z mohiyatiga ko‘ra, “uyg‘onish” ma’nosini anglatishi bilan faoliyat yuritish sohasida ham raqobatni boshqarish yo‘nalishi bo‘yicha strategik g‘oyaviy kurash asosida umumiy o‘rta ta’lim maktablarining taraqqiyot sivilizatsiyasiga turtki beradi. Zero, har qanday strategik o‘zgarishning, yangilanishning mazmun-mohiyati, namoyon bo‘lish xususiyati sivilizatsiyaning yaqqol ko‘rinishi bo‘lib qoladi. Yuqorida ta’kidlanganidek, yangi O‘zbekiston STRATEGIYASINI barpo qilish mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan keyingi davrlardagi boshidan kechirgan hayotining tahliliy ko‘rinishlari asosida birmuncha rejalarga tayangan holda qurilmoqda. Tabiiyki, mazkur jarayonlarda ozmi-ko‘p xavf-xatar negizidagi raqobat tamoyili ham mujassamdir. Xususan, mamlakatimiz iqtisodiy strategiyasida katta hajmdagi investitsiyalar savarbarligi so‘nggi o‘n yilda YaIM da 25 foiz salmoqqa ega bo‘lishi nazarda tutilgan. Shuningdek, moliyaviy tavakkalchilik bilan bog‘liq bo‘lgan tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida ajratilayotgan kreditlarning 70 foizini kichik biznesni rivojlantirish loyihalariga, 30 foizini ustuvor ravishda o‘z-o‘zini band qilishga yo‘naltirish qayd etilgan.
Mazkur o‘quv qo‘llanmada tabiiyki, “Umumta’lim maktablari faoliyatida raqobat strategiyasi” nomli asosiy mavzu mavjud. Uning tarkibiy qismlarida ham kelajak poydevori sifatida faoliyat yurituvchi subyektlarning, xususan ta’lim muassasalarining keng qamrovli jihatlarini (ichki va tashqi muhitini) tahlil qilish, shuningdek, turli faoliyat turiga asoslangan diversifikatsion biznes strategiyasi ham mujassamlashgan. Darhaqiqat, yangi O‘zbekistonni barpo etish, faoliyat yurituvchi subyektlarning modernizatsiyalashgan iqtisodiyotiga tayanadi va shu asosida jamiyatning yangi qiyofasi shakllanadi. Ta’lim muassasalarining boshqaruv strategiyasi – jamoasini kelajakka chorlash, yangilanishga savarbar qilish va umumiy maqsadlar yo‘lida birlashtirib turadigan “yaxlit ma’naviy asos va me’zondir”.
Ma’lumki, har bir sa’y-harakat ma’lum bir darajada milliylikni, ya’ni o‘zlikni anglagan holda, uni ko‘zlab amalga oshiriladi. O‘z o‘rnida ta’lim muassasalarining menejment samaradorligi ham yuksak bilim, yuqori saviya, malaka va ko‘nikma mujassam bo‘lgan boshqaruv usul va uslublarining ijobiy natijasi hisoblanadi. Shuning uchun ham o‘quv qo‘llanmaning so‘nggi qismi “Ta’lim segmentining raqobatbardoshligini oshirish strategiyasining asosiy yo‘nalishlari” deb nomlanadi.
Ushbu o‘quv qo‘llanma yangi O‘zbekistonni barpo etish strategiyasi negizidagi modernizatsiyalashgan iqtisodiyot sharoitida, talaba yoshlarda, shuningdek, boshqaruv sohasida band bo‘lganlarda yangicha iqtisodiy tafakkurni shakllantirish sir-asrorlarini egallashga ma’lum darajada xizmat qilishi uchun yaratildi.
O‘quv qo‘llanmani tayyorlashda ma’lum darajada rivojlangan mamlakatlar strategik boshqaruv tizimi tajribasidan, mahalliy ta’lim muassasalari real faoliyati natijalari tahlilidan, shuningdek, mahalliy va xorijiy adabiyot manbalaridan foydalanildi.
O‘quv qo‘llanma “Yangi O‘zbekiston STRATEGIYASI” ni barpo etish uchun dasturamal bo‘lib xizmat qilishi barobarida, 5611700 – “Maktab menejmenti” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun, shuningdek, “Yangi O‘zbekiston” bunyodkorlari uchun mo‘ljallangan.
O‘quv qo‘llanma turli xil yoshdagi “Yangi O‘zbekiston” bunyodkorlari, qolaversa, talaba yoshlar uchun mo‘ljallanganligi sababli, tushunishga oson bo‘lish maqsadida, imkon darajasida ilmiy terminlardan oz bo‘lsada biroz uzoqlashgan holda, kitobxonlarga tushunarli sodda tilda, ommabop tarzda tayyorlandi.Shu bois ham, albatta, o‘ziga yarasha juz’iy kamchiliklarga ega bo‘lishi ehtimoldan holi emas. Mualliflar bu borada kitobxonlarning filr-mulohazalarini minnatdorchilik bilan qabul qiladi, ularni keyingi ijodiy ishlarida albatta e’tiborga oladi.


Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling