A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti


Strategik menejmentning mohiyati


Download 1.79 Mb.
bet9/54
Sana21.01.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1107814
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   54
Bog'liq
STRATEGIK BOSHQARUV 05 01 2023 охирги варианти

1.2. Strategik menejmentning mohiyati.
Strategik menejment o‘z tarkibi, ichki qiyofasi, mohiyatri nuqtai nazaridan olib qaralsa uchta zaruriy savolga javob bera oladi, ular:

  • faoliyat yurituvchi subyektning har jihatdan hozirgi ahvoli qanday holatda?

  • birmuncha vaqt o‘tib, masalan, to‘rt-besh, o‘n, o‘n besh yildan keyin qaysi maqomda (lavozimda) faoliyat ko‘rstishni xohlar edingiz?

  • xohlagangan vaziyatga (pozitsiyaga) qanday erishish va yetishish mumkin?

Birinchi savolga javob berish uchun menejerlar keyingi qayerga borishni hal qilishdan oldin faoliyat yurituvchi subyektning hozirgi holatini yaxshi tushunishlari kerak. Bu esa o‘z navbatida boshqaruv tafakkuri mahsuli sanalgan boshqaruv qarorlari qabul qilish jarayonini o‘tmish, hozirgi va kelajakdagi holatlarini sinchiklab o‘rganib chiqish (tahlil qilish) uchun tegishli ma’lumotlar bilan ta’minlaydigan axborot asosining zarurligini kun tartibiga ko‘ndalang qo‘yadi.
Ikkinchi savol strategik menejmentning kelajakka yo‘naltirilganligi kabi muhim xususiyatini aks ettiradi. Bunga javob berish uchun nimaga intilish, qanday maqsadlarni qo‘yish kerakligini aniq belgilash kerak.
Strategik menejmentning keyingi masalasi tanlangan strategiyani ro‘yobga chiqarish bilan bog‘langan bo‘lib, ro‘yobga chiqarish vaqtida oldingi ikki bosqichga o‘ziga yarasha qo‘shimcha va o‘zgartirishlar, tuzatishlar kiritish mumkin. Mazkur bosqichning eng muhim tarkibiy qismlari mavjud moliyaviy, mehnat, tabiiy kabi resurslar, shuningdek, boshqaruv yo‘nalishi, xo‘jalikning tashkiliy tuzilmasi va tanlangan strategiyani ro‘yobga chiqarishga xizmat qiluvchi asosiy boshqaruv subyekti sanalgan inson resurslarining faol qismidir. I. Ansoff kelajak boshqaruvini bir-biriga bog‘liq bo‘lgan, shuningdek, bir-birini to‘ldiruvchi ikkita, kelajak vaziyatni (strategik pozitsiyani) sinchiklab o‘rganish (tahlil qilish) va tanlash asosidagi real vaqt mobaynida tezkor boshqaruv kabi quyi tizimlardan iborat deb hisoblashni qayd etadi va o‘z navbatida, tavsiya qiladi.
Shunday qilib, strategik menejment bilan strategik rejalashtirish o‘rtasidagi tafovut qiladigan jihati shundaki, uning samarali yo‘naltirilgan tizim ekanligini hisobga oladigan bo‘lsak, u kelajakni ko‘rish jarayonini, hamda mazkur jarayonni tahlil qilish asosida baholash va nazorat qilishni ham inobatga oladi. Bundan tashqari, kelajakni ko‘rish strategiyasini yo‘lga qo‘yish kelajak boshqaruvining bosh jihatidir, vaholanki, kelajakni ko‘rish dastaglari, unsurlari, jihatlari, masalan ta’lim muassasalari faoliyatida siljish jihatidan o‘z ta’sirini ko‘rsatmaganida, kelajakni ko‘rish rejasi misli tush, xom xayol, faqat orzu-havas bo‘lib qolar edi.
Strategik menejment va strategik rejalashtirish o‘rtasidagi tafovutlar, ular strategiyani amalga oshirish jarayoni bilan bog‘liqligidan tashqari, bir qator boshqa muhim omillar bilan ham belgilanadi:

  • axborot mazmuni - kelajakni ko‘rish boshqaruvida tashqi muhitning mavhumlik qadami bir vaqtning o‘zida pastga yoki yuqoriga og‘ishlar, ya’ni o‘zgarishlar ko‘lami haqidagi xabarlarning zaiflashishi bilan ko‘payadi, ya’ni ortga sijiydi va oqibatda kelajakni ko‘rish boshqaruv jihatining axborot mazmunining ulushi kamayadi. Bu ta’lim muassasasidan tashqarida bo‘lgan tashqi muhit uchun birmuncha topqirlikni, sergaklikni o‘zida mujassam etgan axborot nazorati majmualarining takomillashishiga sabab bo‘ladi;

  • kutilmagan strategik hodisalarning paydo bo‘lishi, masalan, mamlakat byudjetini jilovlash, bu o‘z navbatida, kelajakga xizmat qiluvchi qarorlarni mo‘ljallash vaqtlaridan tashqarida qabul qilishga olib keladi, ya’ni kelajak boshqaruvini mo‘ljallash vaqtlarida umumiy o‘rta ta’lim muassasasidan tashqarida ro‘y beradigan pastga yoki yuqoriga og‘ishlarga, ya’ni o‘zgarishlarga shiddatli qayta ta’sir jarayoni bilan izohlanadi. Bunday kutilmagan hodisalarni ushlash uchun real vaqt rejimida ma’lumotlarni yig‘ish, tahlil qilish va strategik qarorlar qabul qilish tizimlari yaratilmoqda (onlayn tizim);

  • strategik menejmentning tashqi o‘zgarishlarga munosabati ikki tomonlama bo‘ladi, ya’ni uzoq muddatli va bir vaqtning o‘zida tezkordir. Uzoq muddatli javob strategik rejalarga kiritilgan, tezkor javob real vaqt birligida mo‘ljallangan davrdan tashqarida amalga oshiriladi;

  • strategik menejmentda tashqi muhit berilgan va o‘zgarmas jarayon sifatida qaralmaydi, unga umumiy o‘rta ta’lim muassasasining faoliyat jarayoni moslashishi kerak.Ya’ni boshqacha aytadigan bo‘lsak, umumiy o‘rta ta’lim muassasasidan tashqarida ro‘y beradigan pastga yoki yuqoriga og‘ishlar, ya’ni tashqi muhitdagi o‘zgarish usullari va kelajak boshqaruv jihatlari tahlil qilinadi;

  • kelajak boshqaruvi sanalgan strategik menejment burungi hamma boshqaruv jarayonlarining butun majmuasini, unsurlarini o‘zining tarkibiga qamrab oladi, ya’ni byudjetlashtirish (markaziy moliyalashtirishni), birmuncha sergak omillarni o‘rganish, tahlil qilish uchun ekstrapolyatsiyani qo‘llashni, shuningdek, kelajak dasturiy unsurlarini qo‘llashni, hamda haqiqiy vaqt birligida kelajak qarorlarini o‘ziga og‘dirish uchun zarur bo‘lgan takomillashtirishni o‘z ichiga oladi5.

Strategik menejmentning yana bir ta’rifi - bu mavjud salohiyatdan maqbul foydalanish va tashqi o‘zgarishlarga moyil bo‘lib qolish imkonini beruvchi dinamik, o‘zgaruvchan va noaniq muhitda umumiy o‘rta ta’lim muassasasining maqsadlariga erishishni ta’minlash faoliyatidir.

Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling