A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti


Download 1.79 Mb.
bet29/54
Sana21.01.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1107814
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   54
Bog'liq
STRATEGIK BOSHQARUV 05 01 2023 охирги варианти

Asosiy xulosalar
1. Umumta’lim maktablari rivojlanishining jihatlarini strategik tanlash tizimi kelajakda rivojlanish strategiyasi shakllantiriladigan sohani tanlash va ning haqiqiy umumta’lim maktabining rivojlanish strategiyasini aniqlash kabi o‘zaro bog‘liq bo‘lgan ikkita muammoni hal qilishdan iborat.
2. Umumta’lim maktablari rivojlanish strategiyasi shakllantiriladigan sohalarga o‘quvchilarni OTM ga tayyorlash va yo‘naltirishga qilinga sa’y-harakatlar ko‘lamini kamaytirishdabirinchilardan bo‘lish, o‘quvchilarni OTM ga tayyorlashga ixtisoslashish va ta’limning ma’lum segmentini belgilash.
3. Umumta’lim maktablari tomonidan amaliyotga tadbiq eytiladigan barcha strategiyalar bir qator asoslar bo‘yicha mustahkamlanishi tavsiya etiladi.
4. Umumta’lim maktablarining OTM ga qmrovdagi ulushiga qarab tanlagan strategiyalariga baho berish eng keng tus olgan.
5. Umumta’lim maktablarini rivojlantirish jarayonlarida intensiv o‘sish strategiyasi, o‘sish chegarasi yoki yashash davomiyligini saqlab qolish strategiyasi yoki barqarorlashtirish strategiyasi va ta’lim muassasalari faoliyatida maqsadli qisqartirish strategiyasi bir-biridan tafovutlanadi.
6. Umumta’lim maktablarini rivojlantirish jarayonlarida kichik tadbirkorlikni rivojlantirish strategiyalari odatda, kichik tadbirkorlikni qo‘shimcha faoliyat sifatida ta’lim muassasasi tomonidan mustaqil rivojlantirish strategiyalari va kichik tadbirkorlikni umumta’lim maktabi yaqin hududdagi ta’limga homiy sanalgan boshqa toifadagi yirik korxonalar faoliyatiga kiritish strategiyalari kabi ikki guruhga bo‘linadi.
Nazorat savollari

  1. Umumta’lim maktablarini rivojlantirish strategiyalarini tanlash jarayoni nechta ketma-ketlikdan iborat? Ularni izohlab bering.

2. Umumta’lim maktablarining rivojlantirish strategiyasini tanlash ta’limga oid qaysi sohalarda ro‘yobga chiqarilishi mumkin? Ta’lim muassasasi shu asosida rivojlanishi mumkinmi? Nima uchun izohlab bering.
3. Umumta’lim maktablarining rivojlanish strategiyalariga ko‘ra faoliyat yurituvchi subyektlar qanday toifalarga bo‘linadi?
4. Umumta’lim maktablarining tashkiliy rivojlanish strategiyalariga umumta’lim maktablarining OTM ga qamrov bo‘yicha qabul kvotasi doirasida egallagan ulushini asos qilib olish mumkinmi? Nima uchunligini izohlab bering.
5. Amerikalik olim F.Kotler umumta’lim maktablarining rivojlanish strategiyalariga mos keladigan qanday tasnifini taklif qiladi?
6. Umumta’lim maktablarini rivojlanish uchun xizmat qiluvchi asosiy strategiyalarni birma-bir takrorlang va ularga qisqacha ta’rif bering.
7. Umumta’lim maktablari rivojlanishining ichki omillariga ta’riflar keltiring. Ularning tarkibiy qismlari nimalardan iborat?
8. Mazmunan bir xil, ammo tarkibiy faoliyat jihatidan farq qiladigan diversifikatsiya strategiyasi deganda nimalar tushuniladi?
9. Ayrim narsalarning o‘z xususiyatlarini saqlagan holda bir biriga qo‘shilishni taqozo etuvchi diversifikatsiya strategiyasi deganda nimani nazarda tutiladi?

Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling