A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti


Download 1.79 Mb.
bet30/54
Sana21.01.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1107814
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   54
Bog'liq
STRATEGIK BOSHQARUV 05 01 2023 охирги варианти

Tayanch iboralar: dizayn maktabi, rejalashtirish maktabi, pozitsiyalash maktabi, yetakchi strategiyasi, rahbarga qarshi chiqish strategiyasi, yetakchiga ergashish strategiyasi, integratsiyalashgan o‘sish strategiyalari, vertikal integratsiya strategiyasi, gorizontal integratsiya strategiyasi, diversifikasiyalangan oʻsish strategiyalari, konsentrik diversifikatsiya strategiyasi, gorizontal diversifikatsiya strategiyasi.


VI BOB. UMUMTA’LIM MAKTABLARI FAOLIYATIDA TASHKILIY O‘ZGARISHLARNING STRATEGIK JIHATLARI
6.1. Umumta’lim maktablari faoliyatida tashkiliy o‘zgarishlarni amalga oshirish zarurati va mohiyati
Umumta’lim maktabini strategik jihatdan rivojlantirish yuzasidan tanlangan rivojlanish strategiyasini ro‘yobga chiqarishga bevosita kirishish ikkita muammoni hal qilishni zarurat qilib qo‘yadi:

  • butun umumta’lim maktabi tuzilmasini, xususan, undagi boshqaruvning tashkiliy tuzilmasini asosiy ta’lim berish faoliyatiga bilvosita xizmat qiluvchi qo‘shimcha tarzdagi yangi qabul qilingan rivojlanish strategiyasi mohiyatiga va talablariga moslashtirish;

  • umumta’lim maktabini strategik jihatdan rivojlantirishning vazifaviy jihatlarini, shuningdek, mazkur vazifalarni ro‘yobga chiqarish uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olgan umumta’lim maktabining tarkibiy tomonlarini rivojlantirish strategiyalarini ham yaratish.

Umumta’lim maktablari asosiy ta’lim berish faoliyatiga bilvosita xizmat qiluvchi qo‘shimcha tarzdagi yangi strategiyaning o‘ylab topilishi bois, kiritilayotgan tashkiliy o‘zgarishlarning dolzarbligi ham aniq yuzaga chiqadi. Ba’zi taraqqiy topgan mamlakatlar statistik manbalarida, xususan, mashhur amerikalik olim A.Chandlerning fikricha, umumta’lim maktablari asosiy ta’lim berish faoliyatiga bilvosita xizmat qiluvchi qo‘shimcha tarzdagi yangi rivojlanish strategiyasini o‘ylab topgandan so‘ng, bu masalaga jiddiy e’tibor bermagan har qanday umumta’lim maktablari keyinggi faoliyatlarida quyidagi to‘siqlarga to‘qnash keladilar:

  • umumta’lim maktablari asosiy ta’lim berish faoliyatiga bilvosita xizmat qiluvchi qo‘shimcha tarzdagi o‘ylab topilgan yangi strategiyani ro‘yobga chiqarishga qadam qo‘yilishi bilanoq, mutlaqo yangi nizoli vaziyatlar yuzaga chiqa boshlaydi;

  • umumta’lim maktablarininh asosiy va qo‘shimcha faoliyatiga tegishli bo‘lgan faoliyat natijalari pastga qarab og‘a boshlaydi;

  • umumta’lim maktablari faoliyatiga oid tashkiliy o‘zgarishlarning sabablari va zarurligini maktab jamoasi tomonidan to‘liq tarzda anglab yetmasligining oqibati;

  • umumta’lim maktablari faoliyatiga oid tashkiliy o‘zgarishlarning o‘z vaqtida mas’ullar tomonidan belgilangan mexanizmlar asosida ro‘yobga chiqarilmasligi;

  • umumta’lim maktablarining strategik jihatdan rivojlanish strategiyasini ro‘yobga chiqarishni qaysidir yo‘l qo‘yilgan mas’uliyatsizlik tufayli yana qaytadan boshlash.

Umumta’lim maktablari faoliyati bo‘yicha natijalarning pastga qarab og‘a boshlashini kutmaslik kerak, ya’ni kasallikni o‘tkazib qo‘yib keyin da’volagandan ko‘ra, darhol bu natijalarning pastga qarab og‘a boshlashiga sabab bo‘lgan muammoning oldini olish kerak qabilidagi kasallikning oldini olgan ma’quldir.
Umumta’lim maktablarining strategik jihatdan yangi qabul qilingan rivojlanish strategiyasi yuzasidan AQSh ning mashhur “McKincey” maslahat guruhi mutaxassislari ham yangi asosiy ta’lim berish faoliyatiga bilvosita xizmat qiluvchi qo‘shimcha tarzdagi o‘ylab topilgan rivojlanish strategiyasini o‘ylab topilgandan so‘ng maktab tuzilmasini va uning butun majmuaviy tizimini yangi shaklga o‘tkazish, ya’ni modifikasiya qilish va ularni yangi o‘ylab topilgan strategiyaga muvofiqlashtirish zarur, deb hisoblaydi.
Ta’lim muassasalari faoliyatiga oid ushbu tarzdagi tashkiliy jarayonlarni tizimli yondashuv asosida o‘rganib chiqish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Ilmiy tadqiqot tajribalaridan shu jihat ayonki, umumta’lim maktablari faoliyatiga xos bo‘lgan har qanday tizim bir butunlik bo‘lib, o‘zaro bir-biri bilan chambarchas tarzda uyg‘unlashgan qismlardan iborat bo‘lib, modomiki, ularning har biri bir butunlikda, yaxlitlikda umumta’lim maktabining umumiy strategik maqsadiga yetishishiga yo‘l ochib beradi.
Umumta’lim maktablarining strategik jihatlarini belgilash uchun odatda tizimli tahlil usulidan foydalaniladi. Mazkur holatda tizimli tahlil ko‘ndalang bo‘lib turgan uchta muammo yechimiga xizmat qiladi va bu boradagi savollarga javob beradi.Ya’ni,umumta’lim maktabiga nima maqsadda asos solingan va uning hayot faoliyati mamlakat ravnaqi uchun qaysi jihati bilan xizmat qilib beradi? O‘quvchilarni OTM larga yo‘naltirish va boshqa asosiy faoliyatga xizmat qiluvchi infratuzilmaviy faoliyat turlari kabi belgilangan ikkilamchi maqsadlarni ro‘yobga chiqarish uchun u asosan qaysi strategik nuqtai nazardan nimalarga e’tibor qaratish lozim? Umumta’lim tizimining bir butunligini ta’minlash va o‘quvchilarni OTM larga yo‘naltirish hamda shu kabi boshqa asosiy faoliyatga xizmat qiluvchi infratuzilmaviy faoliyat turlari singari belgilangan ikkilamchi maqsadlarni ro‘yobga chiqarish uchun umumta’lim maktabining tarkibiy qismlari o‘rtasida qanday kooperatsion va integratsion hamkorlik rishtalari o‘rnatilishi zarur?
Har qanday faoliyat yurituvchi subyekt, masalan, umumta’lim maktabi, hatto undan ham iqtisodiy jihatdan yirikroq bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyekti mustaqil, o‘zini o‘zi barcha resurslar bilan ta’minlaydigan va aniq strategik maqsadga ega tizim bo‘lganligi bois, mazkur mustaqil, o‘zini o‘zi barcha resurslar bilan ta’minlaydigan faoliyat yurituvchi subyektning asosiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiluvchi yangi rivojlanish strategiyasini qabul qilgan va uni rivojlantirish yo‘lida bo‘lgan faoliyat yurituvchi subyektni batafsil o‘rganib chiqishda tizimli yondashuvdan foydalanish tavsiya etiladi11.
Umumta’lim maktablari faoliyati yuzasidan tahlilning ketma-ketlik bo‘yicha dastavvali umumta’lim maktabiga nima maqsadda asos solingan va uning hayot faoliyati mamlakat ravnaqi uchun qaysi jihati bilan xizmat qilib beradi degan muammoviy savolga javob berishdan iborat.Mazkur savolga javob berish bilan bir vaqtda, umumta’lim maktabining strategik rivojlanish maqsadlarini yana qayta-qayta batafsil o‘rganib chiqish va ushbu maqsadlarga yetishish yo‘lida amalga oshirilishi majburiyat sifatida belgilab qo‘yilgan kompetentsiyaviy burchlarni ham har taraflama taqsimlab olish kerak.
Kompetentsiyaviy burchlarning mazmun-mohiyati umumta’lim maktablari faoliyatiga oid hayotiy savolni vujudga keltiradi, ya’ni, kompetentsiyaviy burchlar kimlar tomonidan ado etiladi ? Ushbu savolning nima uchun berilayotganligini shu jihati bilan anglasa bo‘ladiki, mamlakatimizda aksariyat faoliyat yurituvchi subyektlarning tuzilishi strategik jihatdan rivojlanish maqsadi bilan uyg‘unlashmaydi. Mazkur jarayonlarni tahlil qilib ko‘rish jarayonida ko‘plab sabablarga duch kelamiz, ya’ni bu kabilarga xodimlarning belgilangan kompetentsiyaviy burchlariga sodiq emasligi, masalan, faoliyat yurituvchi subyektlarda strategik rivojlanish dasturi ishlab chiqilgan, unga ko‘ra uning amalga oshirilish mexanizmlari, muddatlari va mas’ullar keltirilgan, ammo asosiy faoliyat yuzasidan xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlik qilinmasligi, shuningdek, uzoq muddatli hamkorlik memoriandumlarining tuzilmaganligi ushbu subyektda ishlab chiqilgan strategik rivojlanish dasturining ko‘r-ko‘rona yaratilganligini yaqqol isbotlab turibdi. Tabiiyki, bu kabi yondashuvlar g‘ayritabiiydir, chunki iqtisodiyotni modernizatsiyalash hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlar mustaqilligi sharoitida o‘zining kelajagiga zid holat hisoblanadi.
Faoliyat yurituvchi subyektlarning strategik tuzilmasini o‘rganib chiqishda, odatda, xorij tajribasidan andoza olish foydadan holi bo‘lmaydi, masalan, AQSh da o‘tgan asrning 60-yillarida rusum bo‘lgan raqamli boshqaruv tizimi asosidagi davlat boshqaruvini olaylik.
Dastavval, unda tuguni yechilishi zarur bo‘lgan muammo aniqlanadi, strategik rivojlanish maqsadlari shakllantiriladi, ularga yetishish yo‘lidagi sa’y-harakatlar esa ushbu muammo tuguni yechilishiga qarata tashlangan qadamni bildiradi, so‘ngra, erishilishi lozim bo‘lgan strategik jihatdan rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish uchun o‘z navbatida ado qilinishi kerak bo‘lgan kompetentsiyaviy burchlar taqsimlanadi va pirovardida ado etilishi lozim bo‘gan ushbu kompetentsiyaviy burchlarni ado etish majburiyati yuklatilgan tuzilmalarga qarata strategik ko‘rsatmalar beriladi. Boshqaruvda majburiyati yuklatilgan tuzilmalar ustida menejment kategoriyasi sanalgan ular faoliyati ustidan nazoratning tashkil etilishi esa ish yurituvda o‘ziga yarasha strategik ahamiyat kasb etadi.
Faoliyat yurituvchi subyektlarning strategik tuzilmasini o‘rganib chiqishning ikkinchi ketma-ketligida kelajakga yo‘naltirilgan rivojlanish strategiyasini ro‘yobga chiqarish jarayonida ado qilinishi kerak bo‘lgan kompetentsiyaviy burchlar bilan qiyoslashni o‘z ichiga oladi. Ana shu tarzda amalga oshirilgan tizimli tahlil ketma-ketligidan so‘ng barcha jarayonlar oydinlashadi, y’ani harakatdagi tuzilmaviy bo‘g‘inlar o‘z kompetentsiyaviy burchi negizida qanday vazifalarni hal qilishi mumkin, xo‘jalik subyektining qaysi tarkibiy qismlari mazkur rivojlanish strategiyasini amalga oshirishda ishtirok etishiga muhtojlik sezilmaydi, yoki aksincha qanday strategik vazifalarni hal qilish uchun kichik harakat subyektlari, ya’ni kichik bo‘g‘inlar yo‘q va shu maqsadda qanday tuzilmalar yaratilishi kerak.
Faoliyat yurituvchi subyektlarning strategik tuzilmasini o‘rganib chiqishning uchinchi ketma-ketligi – qo‘shimcha tarzdagi joriy etilayotgan yangi rivojlanish strategiyasidan keyingi namoyon bo‘ladigan faoliyat yurituvchi subyektning (umumta’lim maktablari) maqbul tuzilmasini aniqlash, ya’ni faoliyat yurituvchi subyektlar (umumta’lim maktablari) tarkibiy qismlari o‘rtasidagi xizmat aloqalarini yagona bir butunlikga birlashtirishga, ya’ni kooperatsiyalashuvga imkon beradigan va faoliyat yurituvchi subyektga tizimli xususiyat tusini beradigan hamkorlik rishtalaridir. Odatda, umumta’lim maktablari misolida AQSh tajribasini qayd etadigan bo‘lsa, bunda oddiy umumta’lim maktabining boshqaruv subyekti rolida boshqaruvning tashkiliy tuzilmasi va boshqaruv ta’sirining beshta asosiy obyekti –maktab o‘quvchilarini masalan, beshinchi sinfdan so‘ng test sinovlari asosida pedagogik tashxislash, pedagogik tashxis asosida iqtidorlilarini saralab olish va maxsus dastur asosida OTM ga tayyorlash faoliyatini yo‘lga qo‘yish va pirovardida esa tayyorlangan o‘quvchilarni OTM larga yo‘naltirish va nihoyat, OTM ga qamrov yuzasidan monitoring o‘tkazishdan iborat. Umumta’lim maktablari va ular yetishtirayotgan mahsulotlar bo‘lmish o‘quvchilar (boshqaruv subyekti va obyektlari) o‘rtasidagi integratsion rishtalar yaxlitligi va bo‘ysunuvchi obyektlarning (o‘quvchilarning) o‘zaro munosabatlar tizimi, ta’lim segmenti, mintaqaning, shuningdek, umumta’lim maktablarining o‘ziga xos xususiyatlari bilan amalga oshiriladigan bir qancha omillar bilan jipslashadi.
Faoliyat yurituvchi subyektlarni, xususan, umujmta’lim makatablari misolida ma’lum bir rivojlantirish strategiyasini ro‘yobga chiqarish uchun ular qaysi kooperatsion rishtalar yo‘nalishi bilan uyg‘unlashishini keling, zamonaviy umumta’lim maktablari qanday tashkiliy boshqaruv tuzilmalari asosida faoliyat yuritishini o‘rganib chiqaylik va ularning o‘ziga xos xususiyatlarini, jihatlarini umumta’lim maktablari faoliyatiga mos keladigan taniqli, nom taratgan strategiya talablari bilan qiyoslab ko‘ramiz.



Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling