A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti


 Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining yuksalish maqsadlari


Download 1.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/64
Sana25.01.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1121214
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   64
Bog'liq
STRATEGIK BOSHQARUV 05 01 2023 охирги варианти

4.2. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining yuksalish maqsadlari
“Maqsadlar, orzu niyatlar” toifasi umumiy inson tafakkuridan kelib
chiqadigan xususiyatga ega bo‘lib, boshqaruv funksiyasi bilan tartibga solinmaydi.
Inson tafakkuridan kelib chiqadigan har qanday o‘ylab amalga oshirilgan faoliyat
yakuniy kutilayotgan pirovard natijaga yetishish mexanizmini va shunga
mutanosib tarzda maqsadlarning, orzu niyatlarning davomiyligini, inson shu bilan
mavjudligini belgilab beradi. Umuman olib qaralganda, orzu havasni inson
tafakkuridan kelib chiqqan holda, uning aqliy faoliyatining pirovardi talqinida
ko‘rish mumkin. Ammo, mazkur kelajakni qurishga yo‘naltirilgan strategik


69
boshqaruvda maqsadni, qilingan orzu-istakni uning tarkibiy qismi yoki toifasi
sifatida tasavvur qilamiz va muhokama etamiz.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarning yuksalish maqsadlari - bu umumiy o‘rta
ta’lim maktabining orzu havas ila oldiga qo‘ygan o‘ziga xos tuyg‘uli holati bo‘lib,
unga yetishish yo‘lidagi sa’y-hatakatlari uning boshqaruv bosqichining
boshlang‘ich unsurini tashkil qiladi va o‘z navbatida, umumiy o‘rta ta’lim
maktabining barcha majmuaviy ko‘radigan chora-tadbirlar dasturi, avvalo, mana
shu qo‘yilgan maqsadni ro‘yobga chiqarishga qaratilgan bo‘ladi.
Birinchi navbatda, orzu havas negizidagi maqsadni amalga oshirish uchun
bazaviy salohiyatli manba (ko‘rsatkich) lar chamalab tahlil qilib chiqiladi, buning
sababi shundaki, maqsad kompetentsiyaviy g‘oya negizidagi burchga nisbatan
birmuncha mas’uliyatli, shuning bilan birgalikda, aniqroq talqindir va o‘z
navbatida, boshqaruv bo‘yicha ma’lum bir fikrga kelish (qarorlar qabul qilish)
jarayonida dastlabki manba bo‘lib ishtirok etadi.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablari mulkiy majmuasi qiymatidagi
o‘zgarishlarning tahlilini o‘tkazib borish har doim ham faoliyat yuritish jarayonida
eng yuqori dolzarblik kasb etadi. Vaholanki, ta’lim tizimidagi so‘nggi islohotlar
natijasida, yangi bunyod etilayotgan, yoki rekonstruktsiya qilinayotgan umumiy
o‘rta ta’lim maktablari, Prezident maktablari kabilar mazkur jarayonga yaqqol
misol bo‘la oladi.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablari pirovard narijasining ko‘zgusi sanalgan
foyda ko‘rsatkichining o‘sishi eng ahamiyatli omillardan biridir. Har qanday
umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘zining kelajak, ya’ni strategik yo‘nalishini
belgilayotganda, keyingi 4-5 yil mobaynida nufuz ko‘rsatkichining hozirgi
qiymatiga nisbatan nisbiy yoki mutloq tarzda ifodalab, muntazam nufuzni
oshirishni o‘z oldiga maqsad etib belgilab olishi mumkin.Vaholanki, bu
ko‘rsatkich o‘z navbatida, ishbilarmonlar, tashabbuskorlar qatlamining
ko‘payishiga, shuningdek, xalq turmush tarzining yuksalishiga va pirovardida esa,


70
ziyolilar qatlamining ko‘payishiga sabab bo‘ladi va oqibatda ijobiy natijalarga
erishiladi.
Bundan tashqari, umumiy o‘rta ta’lim maktabining hozirgi vaqtdagi nufuzi,
masalan, uning OTM ga qamrovi joriy o‘quv yilida 30 foizni tashkil qildi deylik.
Bunday ko‘rsatkich umumta’lim maktabiga viloyatdagi yoki respublikadagi
birinchi o‘ntalik maktablardan biriga aylanish nufuzini taqdim etmoqda. Modomiki,
ayrim holatlarda maktab yoki xalq ta’limi bo‘limi rahbariyatining o‘zgarishi,
shuning bilan birgalikda, yuqori tuzilmalar tomonidan qo‘yilayotgan talablar
natijasida OTM ga qamrov ko‘rsatkichini 50 foizga yetkazish maqsadini o‘z-
o‘zidan qo‘yib qo‘yadi.
Umumta’lim maktabining OTM qamrovini oshirish bo‘yicha keng qamrovli
texnologik omillar - yangi, zamonav va shuning bilan birgalikda samarali
pedagogik texnologiyalarni o‘zlashtirishi, uni o‘z jamoasiga olib kirishi, yangi,
ilg‘or testga tayyorlash texnologiyalarini yaratishi, shuningdek, umumta’lim
maktabining
o‘z
o‘quvchilarini
OTM
ga
yo‘naltirish
yuzasidan
raqobatbardoshligini oshirishga va uning OTM ga qamrov borasidagi nufuzini
oshirishga qaratlgan sa’y-harakatlari, usullari va vositalaridir.
Umumta’lim maktabining OTM qamrovini oshirish bo‘yicha keng qamrovli
texnologik omillarining pirovard yakuniy natijasi, OTM ga tayyorlanayotgan
o‘quvchilar (OTM ga hujjat topshirgandan so‘ng abituriyentlar) sifatining o‘sishi,
ularga ta’lim berish sifatini oshirish bo‘yicha qilinayotgan sa’y-harakarlarning
kamayishi va boshqa shu kabi tarkibiy elementlardan iborat bo‘ladi. Umumiy
o‘rta ta’lim maktablar xodimlarining hayotidagi ijobiy o‘zgarishlar orzu-havas
yo‘nalishidagi oldinga qo‘yilgan maqsad talqinida qaralishi mumkin bo‘lgan bir
belgidir. Modomiki, xodimlar hayotidagi bunday tarzdagi yaxshi tomonga
og‘ishlar yuridik va jismoniy shaxslarning sifatli turmush kechirishi bilan bog‘liq
bo‘lgan daromad manbaini, ish joylaridagi sharoitlar kabilarni o‘z ichiga qamrab
oladi.


71
Bu kabi talqinlar umumiy o‘rta ta’lim maktabining rivojlanish maqsadlarini
shakllantirish uchun asosiy me’zon sifatida qabul qilinadi. Darvoqe, alohida shuni
qayd etish zarurki, keltirilgan talqin (ko‘rsatkich) lar bir-biri bilan chambarchas
uyg‘unlikda bo‘lib, ulardan bittasining pastga yoki yuqoriga og‘ishi qolgan
ko‘rsatkichlarning ham o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Shunday qilib, umumiy o‘rta
ta’lim maktablari mulkiy majmuasining yoki aylanma mablag‘larining ko‘payishi
umumta’lim maktablarida ko‘proq iqtidorli o‘quvchilarning shakllanishiga (ishlab
chiqarish subyektlarida mahsulot yoki xizmatlarni ishlab chiqarishga) olib keladi
va oqibatda, umumta’lim maktablarining kvota doirasida OTM ga qamrov ulushini
yuqori darajada egallashga imkon beradi va bu, o‘z navbatida, ta’lim berish sifatini
oshirish bo‘yicha qilinayotgan sa’y-harakarlarning kamayishiga (ishlab chiqarish
subyektlarida mahsulot tannarxini pasaytirishga) imkon beradi va shu asosida
yangi pedagogik texnologiyalarni o‘zlashtirish,ularni umumta’lim maktabi
faoliyatiga olib kirish oqibatida ta’lim muassasasi reytingiga sezilarli darajada
(ishlab chiqarish subyektlarida sof foydaga) ta’sir qiladi va o‘z navbatida,
umumta’lim maktabi reytinginig o‘sishi esa ta’lim muassasasi pedagogika
jamoasining kayfiyatini ma’naviy-ruhiy jihatdan ko‘tarishga xizmat qiladi.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining kelajak strategik rivojlanish
maqsadlariga bir qancha talablar qo‘yiladi. Ular quyidagilardir:
-

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling