A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti


Download 1.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/64
Sana25.01.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1121214
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   64
Bog'liq
STRATEGIK BOSHQARUV 05 01 2023 охирги варианти

4.1-rasm. Maqsadlar daraxti
Umumta’lim maktabini rivojlantirishning asosiy strategik maqsadi
Funksional birikmalar faoliyatining strategik maqsadlari
Boshlang‘ich test
Yetuk
pedagoglar
ta’minoti
Marketing
Inson
resurslari
Moliyalashtiris
h
manbalari
Diversifikatsiya
Transformatsiya
Marketing
Moliya
Funksional birikmalar faoliyatining tezkor maqsadlari
Umumta’lim maktabinining barcha tarkibiy qismlari va alohida xodimlar faoliyatining
taktik maqsadlari
Fanlar
Pedagoglar
Raxbariyat
Bo‘limlar
Xizmatlar
Alohida
xodimlar


76
Mazkur jarayonda asosiy o‘rganish obyekti sifatida yaratish tartibi birlamchi
va ikkilamchi talqinida ketma-ketlik tartibida o‘z aksini topadigan eng muhim
yondashuvlarga asosiy e’tibor qaratiladi.
Ulardan biri maqsadlar iyerarxiyasining tartibini va ularni bir-biri bilan
muvofiqlashtirishni ta’minlaydigan maqsadlar daraxtini qurishdir. Mazkur jarayon
bir qancha ketma-ketliklardan iborat bo‘ladi.
Umumiy o‘rta ta’lim maktabini maqsadiga eltishning asosiy poydevori
birinchi navbatda amalga oshiriladi. Modomiki, o‘rganish obyekti umumiy o‘rta
ta’lim maktablarining strategik maqsadlari bo‘lar ekan, unda kelajak dasturni
ro‘yobga chiqarish jarayonini oxiriga yetkazish vaqtigacha butun faoliyat
yurituvchi subyektning holati o‘z tavsifiga ega bo‘lishi shart.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ikkilamchi maqsadlar birlamchi
darajadagi asosiy maqsadga yo‘naluvchi sifatida bunyod etiladi. Odatda, bular
funktsional birikmalar sifatida har biri o‘z vazifaviy talqiniga ega bo‘lgan –
boshlang‘ich test o‘tkazuvchi va uni tashkil qiluvchi yetuk mutaxassislardan iborat
bo‘lgan tuzilmalar, umumiy pedagoglar jamoasi, marketing, inson resurslari,
moliyaviy ta’minot manbalarini, tuzilmalar maqsadlarini o‘z ichiga qamrab oladi.
Bu ko‘rinishdagi maqsadlar kelajakga yo‘naltirilgan, ya’ni strategik tavsifga ega
bo‘lishi, umumta’lim maktabining faoliyatini kelajakga chorlashi va ta’lim
muassasasining umumiy majmuaviy maqsadlariga mos kelishi va o‘z navbatida,
umumiy maqsadning ro‘yobga chiqishiga xizmat qilishi lozim.
Qo‘shimcha tarzdagi maqsadlar ikkilamchi maqsadlardan shajara
ko‘rinishida taraladi. Umumta’lim maktabining rivojlanish strategiyasini ro‘yobga
chiqarish bir nechta bir-birini to‘ldiruvchi vaqt bo‘yicha ketma-ket dasturlarni
ro‘yobga chiqarishni taqozo etadi. Shundan kelib chiqqan holda, umumta’lim
maktabining har bir strategik dasturini ro‘yobga chiqarishda kelajak maqsadining
holatiga aniqlik belgisini qo‘yish va mutanosib tarzda o‘z vazifasiga ega bo‘lgan
tarkibiy bo‘linmalarning har birining ham alohida maqsadlarini shakllantirish va


77
shu asosida umumta’lim maktabining majmuaviy, umumiy maqsadlar portfelini
yaratish maqsadga muvofiqdir.
Pirovard maqsadlar taktik, ya’ni qisqa vaqtda amalga oshirilishiga
mo‘ljallangan tavsifga ega va qo‘shimcha maqsadlarini ro‘yobga chiqarishga
yo‘naltirilgan, ya’ni strategik dasturlarning ro‘yobga chiqarishini ta’minlashi shart.
Ular umumta’lim maktabining barcha tarkibiy jihatlari sanalgan fanlarga,
pedagoglar, raxbariyat, bo‘limlar, xizmatlar va alohida xodimlar oldiga maqsad
sifatida qo‘yiladi va odatda, ular bir yilgacha bo‘lgan muddatga amalga oshirishga
mo‘ljallangan bo‘ladi. Maqsadlar daraxti sxematik tarzda 4.1- rasmda ko‘rsatilgan.
Umumta’lim maktabining rivojlanish maqsadlari tik va yotiq holatda bir-
biriga uyg‘unlashgan bo‘lishi lozim, ya’ni pastki sathdagi har qanday maqsad
yuqori sathdagi maqsadni ro‘yobga chiqarishga o‘zining xizmatini ko‘rsatishi va
shuning bilan birgalikda, alohida har birining ro‘yobga chiqishi uchun esa bir
biriga to‘siq bo‘lmasligi lozim.

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling