A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti


Download 1.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/64
Sana25.01.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1121214
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   64
Bog'liq
STRATEGIK BOSHQARUV 05 01 2023 охирги варианти

Umumta’lim maktablari raqobat strategiyalarining zamonaviy nomlanishi
5.1-jadval
Mualliflar
Strategiya turlari va nomlari
Knysh M.I.
Zo‘rovon ta’lim
muassasalari
strategiyasi
Noyob tarzda
ta’lim beruvchi
ta’lim muassasa-
lari strategiyasi
Qariyotgan, yani
hayot faoliyati
yomonlashayotgan
ta’lim muassasalari
strategiyasi
Munozarali
ta’lim muas-
sasalari
strategiyasi
Umumta’lim
maktablarining
hukmronlik qilish
istagi yuqori.
Shuning natijasida
ichki naflilik tufayli
ta’lim doirasida
kam sa’y-harakat va
mehnat
Sifatga
e’tiborni
oshirgan holda
ta’lim xizmati
turlarini
qisqartirish
(ta’lim
segmentlarini
shakllantirish).
Qisqa muddatli va
tez-tez
o‘zgaruvchan,
kichik hajmdagi
ta’limga bo‘lgan
ehtiyojlarni
maksimal darajada
tez qondirishga
qaratilgan
Umumta’lim
maktablarini
tub
innovatsiyalar
va tubdan yangi
ped
texnologiyalar
va xizmatlarga
bo‘lgan talab
bozoridagi
rivojlanishga
yo‘naltiradi
M. Porter
Ta’lim berish va
olish bilan bog‘liq
bo‘lgan xarajatlarni
boshqarish
strategiyasi
Ta’lim
segmentiga
e’tibor qaratish
strategiyasi
Differentsiatsiya
strategiyasi
Yangi ta’lim
faoliyatiga
e’tibor qaratish
strategiyasi
I. Ansoff
OTM ga qamrov
bo‘yicha qabul
ulushini
maksimallashtirish
strategiyasi
Ta’lim turlarini
rivojlantirish
strategiyasi
Ta’limni
rivojlantirish
strategiyasi
Diversifikatsiya
strategiyasi
G.L. Azoev
Xarajatlarni
kamaytirish
strategiyasi
Ta’lim
segmentatsiyasi
strategiyasi
Ta’lim ehtiyojlariga
zudlik bilan javob
berish strategiyasi.
Bilim berishni
farqlash strategiyasi
Innovatsion
strategiya
A. A.
Tompson,
A. J.
Striklend
Ta’lim berish va
olish bilan bog‘liq
bo‘lgan xarajatlarni
boshqarish
strategiyasi
Tor ta’lim
segmentida
konsentratsiya
strategiyasiga
asoslangan
ta’lim berish va
olish bilan
bog‘liq bo‘lgan
kamroq xarajatlar
Tabaqalashtirishga
asoslangan torroq
ta’lim segmentiga
konsentratsiyalash
strategiyasi.
Differentsiatsiya
strategiyasi
Eng yaxshi
ta’lim qiymati
strategiyasi


84
ikkinchidan, umumta’lim maktablarining kelajak rivojlanish strategiyasini
tanlash ko‘plab strategiyalar orasidan nima uchun aynan birlamchi (dolzarb)
sifatida ro‘yobga chiqariladi.
Mamlakatimizda hozirgi vaqtda umumiy o‘rta, o‘rta-maxsus va professional
ta’lim muassasalari soni yildan yilga oshib bormoqda. Bu kabi ta’lim
muassasalarining pirovard maqsadlaridan biri OTM ga yo‘naltirish hisoblanadi.
Modomiki, ta’lim muassasalari soni yildan yilga oshib borar ekan turgan gapki, o‘z
o‘quvchilarining pirovard natijasi sanalgan OTM safiga qabul qilinishi albatta
katta raqobatda ustunlikga ega bo‘lishni qaqozo qiladi. Buning uchun esa har bir
ta’lim muassasasi o‘z rivojlanish strategiyasiga ega bo‘lmog‘i zarur va o‘z
navbatida mazkur strategiyani amalga oshirishda o‘z salohiyatini raqobatchilarning,
ya’ni boshqa ta’lim muassasalarining salohiyati bilan qiyoslash yo‘li bilan ta’lim
muassasasi o‘z ustun jihatlarini ko‘rsatishi va raqobatchilardan, ya’ni boshqa
ta’lim muassasalaridan kuchliroq ekanligini isbotlashi mumkin bo‘lgan jihati
kelajak strategiyasi sifatida tanlanadi. Ba’zi manbalarda bu tahliliy yondashuv
ya’ni boshqa ta’lim muassasalari uchun raqobatdosh ustunlikni tanlash deb ataladi.
Umumta’lim maktablarining boshqa o‘zi kabi raqobatdosh ta’lim
muassasalari bilan kurashishda g‘olib bo‘lishi uchun ko‘rib, tahlil qilib chiqishi
lozim bo‘lgan bir nechta omillarga to‘xtalamiz. Ular qiyidagilardir:
-
biz tayyorlayotgan o‘quvchilarimizni OTM ga hujjat topshirganlar
ichida eng bilimlilari deb o‘ylaymiz;
-
biz tayyorlayotgan o‘quvchilarimizning bilim saviyasi boshqa ta’lim
muassasalari o‘quvchilariniki kabi bir xil darajada, ammo bu darajaga
yetishguncha biz oldinggi yilga nisbatan kamroq sa’y-harakat sarfladik;
-
biz bilim saviyasi yuqori darajada bo‘lgan o‘quvchilarni tayyorlab
beradigan yetuk pedagoglar jamoasiga boshqa ta’lim muassasalarinikiga nisbatan
yuqori ish haqi to‘lashni taklif qilmoqchi emasmiz;
-
biz juda yuqori darajada bilim beradigan sifatli pedagoglar bilan birga
faoliyat yuritamiz va bizning pedagoglarimiz mehnatining qiymati (tayyorlov


85
kurslari uchun har bir soatiga hisoblaganda) biroz yuqori bo‘lsa-da, raqobat
kurashida, ya’ni OTM ga qamrovda qabul kvotasi daoirasida yuqori salmoqqa ega
bo‘ladi deb dadil ayta olamiz;
-
biz hozirgi darajadagi ta’lim faoliyatimiz bilan qariyb o‘n yildan
biyon shug‘ullanib kelamiz va biz doimo o‘quvchilarimizning ruhiyatini oldindan
payqaymiz. Biz sifatsizlikka talpinmaymiz, tayyorlayotgan o‘quvchilarimiz eng
yuqori bilim saviyasiga ega, deb bohg ham urmaymiz, lekin doimiy OTM larga
ayni paytda poydevori mustahkam, boshlang‘ich fundamental bilimlarga ega
bo‘lgan abituriyentlarni doimo birinchilardan bo‘lib yo‘naltirganmiz.
Yuqorida qayd etilgan omillarni tahlil qiladigan bo‘lsak, ba’zi omillar bir
biriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri teskari holatda turibdi, masalan, tayyorlayotgan
o‘quvchilarning bilim saviyasi yuqori darajada, ammo ularni tayyorlashga mehnat
sarflayotgan pedagoglarga boshqa ta’lim muassasalariga nisbatan yuqori ish haqi
va’da qilinmaydi. Oxir oqibat umumta’lim maktabi mazkur jarayonda yuqoridagi
ikkita omilning o‘zaro mutanosibligi bo‘yicha tanlov jarayonini ko‘rib chiqishi
lozim bo‘ladi. Ba’zan umumta’lim maktabi uchun ustuvorlikka ega bo‘lgan
yo‘nalish bo‘yicha bir fikrga kelgandan so‘ng ro‘yobga chiqarilishi lozim bo‘lgan
mustaqil tanlov sifatida ko‘rib chiqiladi, ya’ni o‘quvchilarning yuqori darajadagi
bilim saviyasi yoki uchun ularni tayyorlashga mehnat sarflayotgan pedagoglarga
boshqa ta’lim muassasalariga nisbatan yuqori ish haqi to‘lamaslik. Bu kabi
holatlardan chiqish uchun umumta’lim maktablariga uchta yo‘nalish tavsiya etiladi.
Ular quyidagilar:
birinchidan, yuqori darajada bilim saviyasini o‘z o‘quvchilarida qo‘lga
kiritish va unga qilinadigan sa’y-harakatlarni kamaytirishda yetakchilik, agar
umumta’lim maktabinini har yili tayyorlayotgan o‘quvchilari shu tariqa OTM ga
yo‘naltirilib qabul kvotasi doirasida, modomiki yuqori salmoqqa ega bo‘lib
kelayotgan bo‘lsa umumta’lim maktabining raqobatda g‘olibligi, qilinadigan sa’y-
harakatni muntazam kamaytirish evaziga saqlab qolinadi deb chamalasa va taxmin
qilsa bo‘ladi. Bu umumta’lim maktabining asosiy kuch-qudratini faqat sifatli bilim


86
berish jarayoniga qaratish, sifatli bilim berish jarayonini doimiy ravishda
takomillashtirish bilan birga unga sarf etilayotgan
sa’y-harakatlarni ham
kamaytirishni taqozo etadi. Natijada sarf etilayotgan sa’y-harakatlar ko‘lami
kamayadi va pedagoglarga to‘lanadigan ish haqlarini oshirish imkoniyati vujudga
keladi.
ikkinchidan, faqat sifatli bilim berish jarayoni yoki sifatli bilim berish
jarayonini doimiy ravishda takomillashtirish, unga sarf etilayotgan
sa’y-
harakatlarning past darajasiga ko‘nikib qolish va doimiy ushlab olish umumta’lim
maktabi bu kabi ta’lim segmentidan badarg‘a qilinmagan holatiga mos tushadi.
Bozor munosabatlari tilida ifodalanganda har qanday faoliyat yurituvchi subyekt
mahsulotlar bozorida yetakchi o‘rinni egallab, ularni saqlab qolish, sifatli tovarlar
ishlab chiqarish va iste’molchilarga yetkazib berishga talpinadi. Buning uchun
doimiy ravishda “zarbni kuzatib borish”, tadqiqot va tajriba-konstruktorlik
ishlariga e’tibor qaratish, allaqachon ishlab chiqarilgan mahsulotlarni yaxshilash,
ularni o‘zgartirish va iloji bo‘lsa, tubdan yangi usullarni taklif qiladigan sof
mahsulotlarni ehtiyojlarini qondirish uchun bozorga yetkazib berish kerak.
uchinchidan, umumta’lim maktabining muayyan bir ta’lim segmentini,
masalan iqtisodiy yo‘nalishlar toifasini tanlashi (matematika, ingliz tili, ona tili va
adabiyoti kabi fanlar blokidan iborat) umumta’lim maktabining ma’lum bir ta’lim
segmentining mehnat bozorida talab mavjud bo‘lgan ta’lim yo‘nalishlariga mos
kelishiga e’tiborni qaratishni taqozo qiladi. Mazkur strategik jarayon shundan
dalolat beradiki, umumta’lim maktabi o‘quvchi va ota onalar ma’lum bir
guruhining talablarini muntazam tahlil qilib boradi va ularning farzandlariga ta’lim
xizmatlari vositasida talablarini hal qilishda o‘z faoliyat ko‘lamiini taklif qiladi.
Faoliyat
yurituvchi
subyektlarning
(shu
jumladan
umumta’lim
maktablarining) rivojlantirish strategiyasini tanlash yo‘nalishlarini tavsiflash usuli
mashhur amerikalik olim M. Porter tomonidan ishlab chiqilgan va amaliyotda
hanuzgacha ulardan foydalanilib kelinmoqda.


87

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling