A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti
Umumta’lim maktablari faoliyatida tashkiliy rivojlanish
Download 1.4 Mb. Pdf ko'rish
|
STRATEGIK BOSHQARUV 05 01 2023 охирги варианти
5.2. Umumta’lim maktablari faoliyatida tashkiliy rivojlanish
strategiyalarining turlari Umumta’lim maktablarinning pirovard maqsadlari kabi rivojlanish strategiyalarini ham rivojlanish toifasiga ko‘ra ikkita guruhga ajratish maqsadga muvofiqdir: - umumta’lim maktabini majmuaviy jihatdan rivojlantirish maqsadiga qaratilgan hamkorlikda amalga oshiriladigan strategiyalar; - umumta’lim maktabining vazifaviy strategiyalari, odatda, hamkorlikda amalga oshiriladigan strategiyalar tarkibida harakatda bo‘lgan va uning vazifaviy yo‘nalishlaridan,o‘quvchi va o‘qituvchilar ta’minoti, dars jarayonlari, marketing faoliyati, xodimlar bilan ishlash, moliyaviy manbalarni shakllantirish kabilarning birida amalga oshiriladi. Mualliflar so‘nggi ilmiy-tadqiqot natijalariga ko‘ra umumta’lim maktabining diversifikatsion tadbirkolik strategiyalarini, ya’ni umumta’lim maktabining o‘ziga xos alohida nisbatan mustaqil asosiy faoliyatga xizmat qiluvchi tarkibiy diversifikatsion jihatlarini, masalan, dehqonchilik maydonlari, chorvachilik majmuasi, chilangarlik ustaxonalari, shuningdek, marshrutdagi avtobuslar, xar xil ta’lim xizmatlari kabi asosy faoliyat sanalgan ta’lim berishdan tashqari ushbu asosiy faoliyatni qo‘shimcha moliyalash manbasi sifatida xizmat qiladigan diversifikatsion rivojlantirish strategiyalarini ham tavsiya qiladilar. Diversifikatsion strategiyalarni bir qator sabablarga ko‘ra amaliyotga tadbiq etilishi belgilab qo‘yiladi. Umumta’lim maktabining maktabdan tashqarida bo‘lgan tashqi omillari bo‘yicha, dastavval, ta’lim muassasasining OTM larga e’lon qilingan qabul kvotasi doirasida egallagan ulushi asos qilib olinadi, chunki umumta’lim maktablarning pirovard maqsadi o‘quvchilarni OTM ga yo‘naltirish va shu asosida oliy ma’lumotli yetuk mutaxassislarga ega bo‘lish hisoblanadi. Umumta’lim maktabining OTM larga e’lon qilingan qabul kvotasida doirasida egallagan 88 ulushini asos qilib olgan holda, quyidagi strategiyalarni ajratib ko‘rsatish maqsadga muvofiqdir. 1. Intensiv (jadalli) o‘sish strategiyasi, agar umumta’lim maktabi rivojlanish uchun katta imkoniyatlarni saqlab qolgan holda jadal rivojlanayotgan ta’lim segmentida faoliyat yuritayotgan bo‘lsa, mazkur intensiv (jadalli) o‘sish strategiyasi umumta’lim maktabi amaliyotiga tadbiq etiladi. Jadal rivojlanayotgan ta’lim segmentida faoliyat yuritayotgan umumta’lim maktabining rahbariyati maktab “o‘z faoliyatida yetarlicha mustahkamlikka ega” va OTM larga yo‘naltirish va qabul kvotasida doirasida egallagan ulushi bo‘yicha yetakchi mavqeni saqlab qolishga qodir, deb hisoblaydi, buning sababi umumta’lim maktabi raxbariyati maktab samarali marketing xizmatiga, tadqiqot va sinov eksperimental tuzilmalar salohiyati jihatidan katta kuch-qudratga ega va sifatli ta’lim xizmatlarini olib borishga xizmat qiladigan ilg‘or pedagogik texnologiyalar yaratilgan. Modomiki, bu majmuaviy ta’lim jarayonida bir tomondan ota-onalar, o‘quvchilar va umumta’lim maktablari uchun ulkan imkoniyatlar doirasi bilan birga kuchli raqobat nuqtai nazaridan jiddiy xavf-xatar negizidagi tahdidlarni o‘z ichiga olgan tajovuzkor xatti-harakatlar doirasini ham yuzaga keltirib chiqarishi mumkin. 2. Umumta’lim maktablarining o‘sish chegarasi yoki yashash davomiyligini saqlab qolish strategiyasi, agar umumta’lim maktabi rahbariyati tahlil natijasida mazkur o‘quv yilida maktab jadalli o‘sish imkoniyatlaridan ba’zilarini boy beradi, ya’ni har yili qabul kvotasi doirasida o‘zining yuqori darajadagi saqlab kelgan OTM ga qamrov ulushini pasaytiradi degan fikrga kelsa, yashash davomiyligini saqlab qolish strategiyasi umumta’lim maktabi amaliyotiga tadbiq etiladi.Albatta bu tushuncha bir tarafdan umumta’lim maktabi uchun go‘yoki orqaga ketishdek jarayon sifatida qaralsada, ammo ta’lim segmentida faoliyat uchun mazkur jarayon faollikning pasayishini anglatmaydi. Aksincha umumta’lim maktabining bu kabi harakati “orqaga bir tisarilib olib yana oldingga tashlanish strategiyasi” ni o‘zida namoyon qiladi. Bozor munosabatlari sharoitida umumta’lim maktablari faoliyatiga mos keladigan “faoliyat bir joyda turolmaydi. Bir joyda muntazam 89 uzoq vaqt siljimagan faoliyat, aslida asta-sekin pastga sho‘ng‘iy boshlaydi” qabilidagi tamoyil mavjudki, u menejment ta’limoti sifatida ushbu tarkibga bejizga kiritilmagan. Albatta yuqorida zikr etilganidek, umumta’lim maktabi faoliyat yo‘nalishini o‘zgartirish kerak, ya’ni maktab raxbariyati o‘z kuch-qudratini OTMga qamrovni batamom past ko‘rsatkichga keltirib qo‘ymaslikka, uni saqlab qolishga va aksincha, uni oshirishga qaratadi. Umumta’lim maktablari uchun mazkur strategiya jadal rivojlanish (o‘sish) strategiyasi nuqtai nazaridan raqobatchi ta’lim muassasalariga qilingan hujumga qaraganda raqobatchi ta’lim muassasalarining tajovuzkor hujumidan ko‘proq himoyalanish sifatida qaraladi. 3. Ta’lim muassasalari faoliyatida maqsadli qisqartirish strategiyasi, xususan umumta’lim maktablari ish yurituvida hal etib bo‘lmaydigan to‘siqlarga ro‘para kelgan va kelgusida ta’lim berish faoliyatidan chiqib ketishga majbur bo‘lgan (mazkur umumta’lim maktabi boshqa ta’lim muassasasining filialiga aylantiriladi) holatlarda amaliyotga tadbiq etiladi. Mazkur jarayonda ushbu strategiyaning alohida yana bir jihatiga e’tibor qaratish joizki, unda umumta’lim maktabining hozirda ta’limga oid salohiyati hali to‘liq tugamaganligi, shuningdek, asosiy salohiyatni to ‘ liq qaytadan tiklab olishiga imkoniyati mavjudligi bois va undan ta’lim segmentidagi boshqa fanlar blokidagi yo‘nalishlarga sa’y-harakat qilish va yana nufuzini tiklab olish maqsadida foydalanish mumkin. Shu tarzda “aql bilan ortga tisarilish” strategiyasini ro‘yobga chiqarish jarayonida, rahbariyat fikricha, oldinggi strategik yo‘nalishlar bo‘yicha faoliyat yuritgan va o‘z navbatida yetarli darajada samarali faoliyat yuritolmagan bir qator fan tarkuiblarini va pedagoglar jamoasidan voz kechish mumkin. Bir qator fan tarkuiblarini va pedagoglar jamoasidan voz kechishga muqobil bo‘lgan mavjud tuzilmalar ichidan umumta’lim maktabining byudjetdan tashqari mablag‘ topishga yo‘naltirilgan faoliyat tuzilmalarini va jamg‘armalarni joriy etishning yoki umumta’lim maktabining moddiy jihatdan quvvatini maksimal darajada oshirishning bir usuli hisoblanadi 10 . 10 Уолкер-мл., О. Маркетинговая стратегия. Курс МВА / О. Уолкер-мл., Х. Бойд-мл., Ж.-К. Ларше. – М.: Вершина, 2006. – 496 с. 90 Amerikalik olim F.Kotlerning strategiyalar tasnifiga umumta’lim maktablari kesimida ularning muayyan ta’lim segmentidagi qabul kvotasi doirasidagi ulushini asos qilib olsa bo‘ladi va mazkur holat o‘z navbatida aynan umumta’lim maktablarining rivojlanish strategiyalarining tasnifini quyidagicha keltirib chiqaradi. 1. “Bosh bo‘lish” strategiyasi ushbu ta’lim faoliyatini yuritish jarayonida o‘rnak bo‘ladigan darajada birinchilikni qo‘ldan bermayotgan, asosiy faoliyatga tegishli bo‘lgan strategiyani ham a’lo darajada uddalab kelayotgan va asosiy faoliyatni moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladigan diversifikatsion yo‘nalishni tanlashga bel bog‘lagan umumta’lim maktablari tomonidan amaliyotga tadbiq etiladi, bu esa moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlanish maqsadida tashkil qilingan umumta’lim maktabining keyingi tadbirkorlik faoliyati bilan bevosita uyg‘unlashgan holatda olib boriladi. Vaholanki, mazkur jarayonning bir nechta shartli jihatlari mavjud, ular: - eski srategik rivojlanish strategiyasiga oid ta’lim segmenti doirasida umumta’lim maktabiga yaqin atroflardan yangi iqtidorli o‘quvchilarni jalb qilgan holda o‘z nufuzini yanada mustahkamlash; - yangi hududiy ta’lim jarayoniga oid sir-asrorlarni o‘zlashtirish evaziga o‘z faoliyat doirasini kengaytirish; - fanlar bloki bo‘yicha tayyorlanayotgan o‘quvchilar bilim saviyasini takomillashtirish, ularning yangi pedagogik uslubiyatlarini yaratish, ota-onalar talablarini yanada samarali qondirish imkonini beruvchi yangi bilim berish uslublarni kashf qilish orqali OTM ga qamrov ulushini oshirish. 2. “Raqobat nuqtai nazaridan bosh bo‘lishga qarshi chiqish” strategiyasi nafaqat hujumkor, balki tajovuzkor, chunki bu strategik rivojlanishda har doim birinchilikni qo‘ldan bermay kelayotgan umumta’lim maktabini birinchi o‘rindan uloqtirib tashlab, uning o‘rniga chiqishga qaratilgan bo‘ladi. Modomiki, mazkur jarayon ham haqli ravishda bir-biriga o‘zaro bog‘liq bo‘lgan ikkita muammoni bir vaqtning o‘zida hal qilishni taqozo qiladi: xususan, 91 - ta’lim segmentida ta’lim muassasalari reytingi uchun OTM ga qamrov ulushini sezilarli darajada oshirish imkonini beruvchi keng qamrovli yo‘l xaritalarini ishlab chiqish va ro‘yobga chiqarish; - birinchilikni qo‘ldan bermay kelayotgan umumta’lim maktablarining startegik yo‘nalishdagi yo‘l xaritalarini o‘rganib chiqish, tahlil qilish va bu yo‘nalishlarga qarshi dosh beradigan raqobatdosh mexanizmlar yaratish. Albatta, mazkur bir-biriga o‘zaro bog‘liq bo‘lgan muammolar va ular o‘rtasidagi mutanosibliklar darajasi tahliliy jihatdan umumta’lim maktabining boshlang‘ich hayot faoliyatidan o‘z-o‘zidan o‘rin olishi tabiiydir. Birinchilikni qo‘ldan bermay kelayotgan umumta’lim maktablari bu rolda o‘zini namoyon qiladi va ta’lim segmentida o‘z shartlarini (o‘yin qoidalarini yaratish) bemalol aytib bera oladi. Shuning uchun ham jarayon birinchilikni qo‘ldan bermay kelayotgan subyekt tomonidan boshqarilishi va ta’lim sifati va unga sarflanayotgan sa’y- harakatlar, marketing faoliyati va boshqalar barcha jabhalarda uni bilan hamohang bo‘lishi lozim. 3. “Birinchilikni qo‘ldan bermay kelayotgan umumta’lim maktablariga ergashish” strategiyasidan OTM ga qamrov ulushi sezilarli darajada past bo‘lgan, ammo o‘z faoliyatidan nolimagan va uni saqlab qolishga intiladigan ta’lim muassasalari o‘z amaliyotida foydalanadi. Bu kabi ergashayotgan ta’lim muassasalari o‘zining rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqish jarayonida, birinchilikni qo‘ldan bermay kelayotgan umumta’lim maktablarining faoliyat tarzini muntazam o‘rganishlari, raqobatda mustahkamlanish maqsadida ular uchun qiziq bo‘lmagan yo‘nalishlarni qidirib topishlari va ularni tezda o‘zlashtirishlari lozim. Mazkur jarayonda ta’lim segmentlari deganda birinchilikni qo‘ldan bermay kelayotgan umumta’lim maktablari yetakchilik qilmayotgan hududlar, erkin segmentlar, shuningdek, ta’lim jarayoni uchun nafi tegmaydigan jihatlarning shaklini va turini o‘zgartirishlari tushuniladi. Bu kabi strategiyaga qo‘l urayotgan ta’lim muassasasi ta’lim segmentidagi birinchilikni qo‘ldan bermay kelayotgan umumta’lim maktabining 92 har qanday faoliyatiga o‘zining munosabatini bildirishi va o‘zining yondashuvini albatta namoyon etishi kerak. 4. Birinchilikni qo‘ldan bermay kelayotgan umumta’lim maktablarining qo‘llayotgan tajribadan, sinovdan o‘tgan, shuningdek, o‘zini oqlagan strategiyasi albatta boshlang‘ich oldingi strategiyaning davomchisidir va uning turi sifatida yoki unga xizmat qiluvchi sifatida qaralishi mumkin (masalan, katta ish haqi evaziga yollanayotgan pedagoglarga mablag‘ topish uchun umumta’lim maktabining bog‘ini ishga tushirish strategiyasi), chunki bu kabi qo‘shimcha strategiyalar o‘zining strategik faoliyatiga ishonadigan umumta’lim maktablari tomonidan qo‘llaniladi. Shuning bilan birgalikda, ushbu umumta’lim maktablari har qanday rivojlanish strategiyasining yangilangan shaklini bunyod etishi bilan yoki ta’limning tor segmentiga xizmat qilishga ixtisoslashganligi bilan birgalikda asosiy ta’lim faoliyatining juda yuqori sifatini ta’minlashga bel bog‘lagan bo‘ladi. Shuning uchun ham raqobatchilar uchun ularning faoliyatini va ularning strategik jarayonlarga bo‘lgan munosabatlarini muntazam o‘rganib, xulosa chiqarib, o‘zlashtirib borishlari eng asosiy yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Umumta’lim maktablari strategik jihatdan rivojlanishining o‘ziga qarashli bo‘lgan ichki omillari ko‘plab tasniflar uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Umumta’lim maktablarini strategik jihatdan rivojlantirish uchun mos keladigan yondashuv sifatida qabul qilsa bo‘ladigan uchta yo‘naltiruvchi asosiy strategiyalarni ko‘rib chiqamiz. 1. Kooperashiyalashgan tarzdagi rivojlanish strategiyalari – o‘z mohiyatiga ko‘ra, o‘zaro ixtiyoriy kelishuv asosida bir nechta umumta’lim maktablarining ba’zi tarkibiy bo‘g‘inlarini birlashtirish vositasida umumta’lim maktabining o‘z faoliyati ko‘lamini kengaytirish istagiga asoslangan strategiyalar guruhi sanaladi: xususan, 1) tik holatdagi o‘zaro hamkorlik kooperatsion strategiyasini, har qanday ta’lim segmentiga oid bo‘lgan yangilanishlarni,umumta’lim maktabi o‘z hamkorlarining faoliyatidan qoniqmagan taqdirda o‘z amaliyotida qo‘llaydi. 93 Natijada, masalan, biror umumta’lim maktabining yoki ishlab chiqarish subyektining binosini vaqtincha ijaraga olish, yoki boshqacha usul bilan hamkorlar bilan munosabat yo‘nalishlarini o‘rnatish to‘g‘risida yakuniy xulosaga kelishi mumkin, yoki ular bilan aloqani uzish va ta’lim boshqaruvi tarkibida ta’limga xizmat qiladigan va ta’limning pirovard mahsuloti sanalgan o‘quvchilarni faqat oldindan mo‘ljallangan OTM lariga yo‘naltiruvchi maxsus tayyorlovchi pullik asosdagi o‘zining qoshidagi filial kichik ta’lim muassasalarini tashkil etish; 2) umumta’lim maktabining yotiq holatdagi kooperatsion strategiyasi umumta’lim maktabining sa’y-harakatlarini aynan ushbu ta’lim segmentida faoliyat yuritadigan ta’lim muassasalari yoki ynga xizmat ko‘rsatuvchi infratuzilmaviy tuzilmalar sanalgan boshqa faoliyat yurituvchi subyektlar bilan o‘z faoliyatini birlashtirishni taqozo qiladi. Bu kabi ixtiyoriy tarzdagi birlashish jarayoni ta’lim tazimining butun texnologik zanjiri bo‘ylab, ya’ni dastavval ta’lim berish bosqichida, so‘ngra bilimlarni vaqti vaqti bilan tashxislash (diagnostika) jarayonida va OTM ga yo‘naltirish bosqichlarida ro‘yobga chiqishgi mumkin. Kooperatsion birlashmalarning tashkiliy tuzilishi mutlaqo ixtiyoriylikka asoslanadi. 2. Umumta’lim maktablarining diversifikasiyalangan, ya’ni har xil taraqqiyot orqali oʻsish strategiyalari - oldingi oʻsish strategiyalarida boʻlgani kabi, umumta’lim maktabining saʼy-harakatlarini asosiy yoʻnalishga jamlash orqali emas, balki yangi faoliyat turlarini oʻzlashtirish, shuningdek, har xil taraqqiyot orqali umumta’lim maktabi faoliyati koʻlamini yuksaklikka ko‘taradigan strategiyalar guruhidir. Mazkur startegiya turida asosiy faoliyatga qilinadigan (yo‘naltiriladigan) ca’y-harakatlarning (mablag‘larning) bir qismini faoliyatning asosiy yo‘nalishlaridan olib qo‘yish va asosiy faoliyatga xizmat ko‘rsatuvchi boshqa qo‘shimcha strategik turlarga sarflash (sarmoya kiritish) natijasi mujassamdir. Mazkur strategiyaning tub mohiyati shundan iboratki, unda asosiy faoliyatga xizmat ko‘rsatuvchi boshqa qo‘shimcha strategik turlarni o ’z faoliyatiga qo ’shimcha tarzda kiritish haqidagi rahbariyat fikri odatda amalga oshirilishi lozim bo‘lib, umumta’lim maktabining OTM ga qamrov bo‘yicha nufuzining 94 yomonlashuvi oqibatida, shuningdek, mazkur tizimdagi pastga og‘ishlar va o‘z navbatida ushbu salbiy vaziyatdan og‘riqsiz chiqib ketish uchun tadbiq etiladi. Odatda, bu kabi vaziyatlarda umumta’lim maktablari uchun diversifikatsion tarzdagi faoliyatning boshqa turlarini ham o‘zlashtirish orqali yomonlashuv holatidan og‘riqsiz chiqib ketish istagi o‘zini oqlaydi. Umumta’lim maktablari uchun diversifikatsion strategiyalarni ro‘yobga chiqarishning bir nechta turlarini amaliyotga tadbiq etish tavsiya etiladi: 1) Mazmun jihatidan bir xil, ammo faoliyat jihatidan farq qiladigan diversifikatsiya strategiyasining mohiyatida umumta’lim maktabi o‘zlashtirilgan pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda mavjud ped uslubda yangicha bilim berish imkoniyatini qidirayotganligi tushuniladi. Mazkur jarayonning mazmundor jihati shundan iboratki, yangicha ped uslubda tayyorlangan o‘quvchilar ham umumta’lim maktabining iste’molchisi sanalgan OTM ga qabul qilishdan manfaatdor bo‘lgan iste’molchilarga yo‘naltiriladi; 2) Umumta’lim maktabining yotiq holatdagi diversifikatsiya strategiyasi umumta’lim maktabi hali ham o‘z iste’molchisiga har doim ham pirovard iste’molchi sifatida muammolari bilan umumiy o‘rta ta’limga e’tibor qaratib turish zaruriyatini o‘z ichiga oladi, bunda albatta OTM albatta umumta’lim muassasasiga o‘quvchilarni har doimgidek, an’anaviy tarzda tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lmagan tez o‘zlashtiriladigan, o‘quvchi tezda ilg‘ab oladigan yangicha pedagogik texnologiyalardan foydalanishni talab qiladigan shunday ped uslubni qo‘llashni kun tartibiga qo‘yadi. Chunki, ushbu iqtidorli o‘quvchilar kelajakda nafaqat OTM ga yo‘naltiriladi, balki kasb-hunar maktablariga yoki ishlab chiqarishga umumta’lim muassasasining to‘g‘ridan-to‘g‘ri bevosita iste’molchisi bo‘lmagan boshqa subyektalarga ham yo‘naltiriladi. Modomiki, umumta’lim muassasalari avvalo doimiy iste’molchilar guruhi sanalgan OTM lar bilan o‘rnatilgan hamkorlikka tayanib, qozonilgan nufuzdan yuqoriga yuksalish (sakrash, intilish) moslamasi sifatida foydalanadilar; 95 3) Ayrim narsalarning o‘z xususiyatlarini saqlagan holda bir biriga qo‘shilishni taqozo etuvchi diversifikatsiya strategiyasi umumta’lim muassasaning ta’limning yangi segmentlari uchun yangi pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda yangicha tarzda bilim berish jarayonini o‘zlashtirishni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, mazkur strategiya yangicha uslub asosida o‘quvchilar tayyorlashni o‘zlashtirish va aynan ushbu ta’lim segmentiga kirishga mo‘ljallangan strategik dasturni ishlab chiqishni va ro‘yobga chiqarishni nazarda tutadi.Yana shuni ta’kidlash joizki, umumta’lim muassasalarining avvalgi an’anaviy faoliyatga bo‘lgan yondashuvi, ushbu ta’lim segmentida mazkur eski avvalgi an’anaviy uslubdan asta-sekin voz kechish istagidan tortib, o‘z faoliyati holatini eng bo‘lmaganda saqlab qolish, yoki bo‘lmasa mustahkamlashgacha o‘zgarishi mumkin. 4) Mazmun jihatidan bir xil, ammo faoliyat jihatidan farq qiladigan o‘sish strategiyalari, agar umumta’lim muassasasi har qanday ta’lim segmentiga kirib borgan taqdirda, shuningdek, o‘z ta’lim segmentiga ega bo‘lgan va uni ushbu yo‘nalishda o‘zini rivojlantirish istiqbolli deb hisoblagan taqdirda amaliyotga tadbiq etiladi. Pirovard natija faoliyatning asosiy yo‘nalishi hisoblangan umumta’lim muassasasi tuzilishini tubdan o‘zgartirmasdan, asosiy yo‘nalishdagi harakatlarni bir butunlikka jamlash bo‘ladi. Umumta’lim maktablari uchun yuqorida qayd etilgan strategiyalarni ro‘yobga chiqarishning uchta turini amaliyotga tadbiq etish tavsiya etiladi: 1) ta’lim faoliyatini yuritishda nufuzini mustahkamlash strategiyasi doirasida umumta’lim maktabi o‘quvchilarni OTM ga tayyorlashda, na pedagogik uslubini, na ta’lim segmentini o‘zgartirmoqchi emasligi tushuniladi, ammo mazkur jarayonda jiddiy raqobat tufayli umumta’lim maktabining barcha sa’y-harakatlari raqobatchilarning hayotiy tarzlariga nisbatan o‘z hayot tarzlarini mustahkamlashga qaratilgan. Bunga iste’molchilarsanalgan OTM nazarida umumta’lim maktabining o‘quvchilarining va umumta’lim maktabining o‘zining jozibadorligini oshirishga qaratilgan marketing tadqiqotlarini o‘tkazish orqali erishiladi; 96 2) Mabodo umumta’lim maktabi o‘z faoliyat doirasini hududiy kengaytirish yoki faoliyat ko‘rsatayotgan mintaqaviy ta’lim segmentida yangi ichki ta’lim segmentlarini rivojlantirish orqali yangi jabhalrni egallash yo‘li bilan OTM ga yo‘naltirish hajmini oshirishga intilayotgan bo‘lsa, shu tarzda amalga oshiriladigan ta’limni rivojlantirish strategiyalari afzal hisoblanadi. Mazkur strategik rivojlanish strategiyasining asosiy ijobiy jihati bu umumta’lim maktabining o‘tkazgan marketing tadqiqotlaridir; 3) umumta’lim maktablarining OTM ga yo‘naltirish strategiyalari, bunda asosiy mas’uliyat o‘quvchilarni OTM ga tayyorlash jarayonini muntazam takomillashtirib borish,shuningdek, harakatdagi faoliyat turlariga yangiliklar kiritish orqali uni yaratuvchi yoki o‘zgartiruvchi bo‘lgan tashabbuskorlarga, kreativ tarzda faoliyat yuritadigan pedagoglarga qaratiladi. Ammo, tayyorlanayotgan o‘quvchilar guruhi va ushbu o‘quvchilarga talabgor bo‘lgan iste’molchilar (OTM) guruhi o‘z holicha qoladi. Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling