A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti


Download 1.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/64
Sana25.01.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1121214
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   64
Bog'liq
STRATEGIK BOSHQARUV 05 01 2023 охирги варианти

1. ByudjetlashtirishUlug‘ vatan urushi davrigacha boʻlgan eng zo‘r yirik
faoliyat yurituvchi subyektlar shakllangan davrda maxsus rejalashtirish faoliyatlari,
ayniqsa, uzoq muddatli rejalashtirish shakllanmagan edi. Yirik faoliyat yurituvchi
subyektlarning top-menejerlari muntazam ravishda o‘z tadbirkorliklarining siljitish
rejalarini muhokama qilib oldindan belgilab olishgan, biroq ba’zi ko‘rsatkichlarni
hisob-kitob qilish, moliyaviy ish yuritish kabilar bilan bog‘liq rasmiy rejalashtirish
turli maqsadlar uchun sarflangan xarajat moddalari bo‘yicha faqat yillik moliyaviy
smetalarni, byudjetlarni tuzish bilan chegaralangan. Byudjetlar, ilk bor, har bir
asosiy ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish kabi faoliyat kompetentsiyalari (ilmiy-
tadqiqot, marketing, kapital qurilish, ishlab chiqarish) nuqtai nazaridan tuziladi.
Keyin, yirik faoliyat yurituvchi subyekt tarkibidagi alohida tarkibiy bo‘g‘inlar
uchun (bo‘linmalar) ishlab chiqarish bo‘limlari, yirik zavodlar va boshqalar asos
qilib olinadi. Hozirgi zamonaviy iqtisodiyotda shunga o‘xshash byudjetlar
hamkorlik faoliyatga yo‘naltirilgan ichki resurslarni taqsimlash va joriy faoliyatni
nazorat qilish va boshqarishning asosiy vositasi, shuningdek, negizi bo‘lib xizmat
qiladi. Byudjet va fiskal metodologiyaning mohiyati shundaki faoliyat subyekti
yopiq tizim sifatida qaralishi bilan ularning qisqa muddatli ekanligi va ichki muhit
tabiatiga egaligidadir. Faqat fiskal usullardan foydalanganda boshqaruvchilarning
asosiy tashvishi tezkor foyda va xarajatlar tarkibi hisoblanadi. Bunday
ustuvorliklarni tanlash, tabiiyki, faoliyat yurituvchi subyektning uzoq muddatli
strategik olg‘a siljishiga tahdid soladi, eng asosiy xavf-xatar bo‘lib xizmat qiladi.
2. Uzoq muddatli rejalashtirishO‘tgan asrning 50-yillarning oxiri va 60-
yillarning boshlarida Amerika faoliyat yurituvchi subyektlari menejmenti uchun
tavsifli vaziyatlar ishlab chiqarishning va sotishning (tovar bozorlarining) yuqori


22
o‘sish sur’atlari va AQSh milliy iqtisodiyotining oldinga qarab siljish
jarayonlarining oldindan ilmiy jihatdan chamalanishi (bashorati) edi. O‘z navbatida,
payti kelib bu omil va jarayonlar ishlab chiqarish va sotish ko‘lamini kengaytirish
zaruriyatini keltirib chiqardi va uzoq muddatli kelajak oid bo‘lgan rejalashtirishni
jadallashtirish uchun zamin hozirladi. Usulning asosiy g‘oyasi faoliyat yurituvchi
subyektning bir necha yillardagi sotuvlarini bashorat qilishdir. Shu bilan birga,
tashqi muhitning o‘zgaruvchanligi xususiyatlarining sekin o‘sishi tufayli uzoq
muddatli rejalashtirish o‘tmishdagi faoliyat yurituvchi subyektning rivojlanish
tendentsiyalarini ekstrapolyatsiya qilish asosida amalga oshirildi. Asosiy
ko‘rsatkich
-
sotish
bashorati
bo‘lib,
o‘tgan
yillardagi
sotishning
ekstrapolyatsiyasiga asoslangan. So‘ngra, sotish, ya’ni savdo chamasida qayd
qilingan nazorat omillari negizida ishlab chiqarish, savdo-sotiq, yetkazib berish
bo‘yicha barcha kompetentsional dasturlar shakllandi. Oxir oqibat, barcha rejaviy
dasturlar yirik faoliyat yurituvchi subyekti uchun bitta umumiy moliyaviy rejaviy
dastur doirasida to‘planadi. Menejerlarning asosiy vazifasi faoliyat yurituvchi
subyekt o‘sishini cheklovchi moliyaviy muammolarni aniqlash edi. Boshqacha
qilib aytganda, faoliyat yuriytuvchi subyektning ichki resurslari yetarlimi yoki qarz
mablag‘lariga murojaat qilish kerakmi? Mamlakatimizda “daromaddan
rejalashtirish” usuli nomi bilan mashhur bo‘lgan bu yondashuv iqtisodiyotni
markazlashgan holda boshqarish sharoitida keng qo‘llanilgan edi. Faoliyat
yurituvchi subyektlar uchun asosiy me’zon bo‘lib, bozor iqtisodiyotidagi kabi
sotish hajmi emas, balki yuqoridan berilgan ishlab chiqarish hajmi bo‘lib, bunga
erishish, odatda, cheklangan resurslar bilan kifoyalangan edi. Ushbu yondashuv
bilan investitsiyalarning rentabelligini hisoblash va vaqt bo‘yicha xarajatlarni
taqqoslash (diskontlash) keng qo‘llaniladi.

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling