A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti


Download 1.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/64
Sana25.01.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1121214
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   64
Bog'liq
STRATEGIK BOSHQARUV 05 01 2023 охирги варианти

STRATEGIK USTUNLIK
St
ra
te
gi
k
m
aq
sa
d
Ota-ona va o‘quvchi
tomonidan qabul
qilingan pedagogik
uslubiyat va
texnologiyaning o‘ziga
xosligi
Qilinayotgan sa’y-
harakatlar
darajasidagi
holatlar
Butun ta’lim segmenti
bo’yicha
Farqlash
Mutloq sa’y-
harakatlarlar
yetakchiligi
Alohida ta’lim segmenti
ichida
Ustamonlik
8.3-rasm. Asosiy strategiya turlari orasidagi tabaqalashtirilgan tavofutlar
Strategiyaning uchta asosiy turlari nafaqat funksional xususiyatlari, balki
boshqa parametrlari bilan ham farqlanadi.
Umumta’lim maktablarining raqobat kuchlariga qarshi turish va boshqa
ta’lim muassasalariga qaraganda yaxshiroq ishlashga erishish uchun potentsial
muvaffaqiyat qozonuvchi asosiy uchta strategiyasini a’lo darajada ro‘yobga


161
chiqarish uchun turli xil moliyaviy va mehnat resurslari hamda o‘z navbatida,
ularning malaka va ko‘nikmalari zarur bo‘ladi. Shuning bilan birgalikda, eng
asosiysi, yuqorida qayd etilgan strategiyalarning asosiy turlari uchun turli tashkiliy
shartlar, nazorat tartiblari va rag‘batlantirish tizimlari talab qilinadi.
Ammo, shuni alohida qayd etish joizki, umumta’lim maktablari o‘zi faoliyat
yuritayotgan, tanlagan strategiyasi doirasida muvaffaqiyat qozonishi uchun, odatda,
dastlabki vazifa sifatida birorta o‘ziga munosib strategiyani ushlab qolib, uni
rivojlantirib, uning ko‘magida ancha vaqt faoliyat yuritishi maqsadga muvofiqdir.
8.1- jadval, umumta’lim maktablarining raqobat kuchlariga qarshi turish va
boshqa ta’lim muassasalariga qaraganda yaxshiroq ishlashga erishish uchun
potentsial muvaffaqiyat qozonuvchi asosiy uchta strategiyasining asosiy turlarini
ro‘yobga chiqarish bilan uyg‘unlashgan majmuaviy ahamiyatga molik bo‘lgan
ba’zi majbiriyatlarni umumta’lim maktablari oldiga ko‘ndalang qilib qo‘yadi.
Umumta’lim maktablarining rivojlanish strategiyasini tanlash va ro‘yobga
chiqarishning muvaffaqiyati, ta’lim muassasasining ta’lim segmentida maqbul
tarzda strategik joylashuviga, shuningdek, uning ichki, ya’ni imkoniyatlari evaziga
yuzaga keladigan kuchli jihatlari va tashqi muhitdan ta’sir qiladigan xavf-xatar
negizidagi tahdidlar evaziga paydo bo‘ladigan zaifliklarini har taraflama, atroflicha
o‘rganib chiqishga va o‘z navbatida, baholash bilan uyg‘unlashgandir.
Umumta’lim maktabi ta’lim segmentida o‘z o‘rnini bilib, belgilab, tanlagan
strategiyasi bo‘yicha faoliyat yuritsa va shu bo‘yicha rivojlanish xaritalarini yaratsa,
u hamisha yutuqlarni qo‘ldan bermaydi, raqobat iskanjasiga tushmaydi.
Umumta’lim maktabining ta’lim segmentida maqbul tarzda strategik
joylashuv strategiyasini yaratishini tashkil etish, ta’lim muassasasining faoliyat
ko‘lamiga bog‘liq. Ba’zi ta’lim muassasalarida asosiy rivojlanish strategiyasini
ishlab chiquvchi yetakchilar bo‘lib, ular strategiyani shakllantirishda faol ishtirok
etadi. Ushbu guruh ish tajribasiga ko‘ra, qolgan ta’lim muassasalarida ham
maktab direktorlari, ularning o‘rinbosarlari barcha ishtirokchilar tomonidan
qo‘llab-quvvatlanadigan strategiyani ishlab chiqishda asosan o‘zining asosiy qo‘l


162
ostidagilarini jalb qilishi maqsadga muvofiq yo‘l deb tavsiya etiladi. Odatda,
ko‘pgina yirik ta’lim muassasalarida maktab direktorlari, ularning o‘rinbosarlari
strategik rejalashtirish tuzilmasi yoki maqsadli guruhni shakllantirish vakolatini
shakllangan ishchi guruhga beradi.

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling