A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti


 Umumta’lim maktablari pedagog xodimlarini boshqarishning strategik


Download 1.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/64
Sana25.01.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1121214
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   64
Bog'liq
STRATEGIK BOSHQARUV 05 01 2023 охирги варианти

7.2. Umumta’lim maktablari pedagog xodimlarini boshqarishning strategik
jihatdan mazmun-mohiyati
Umumta’lim maktablari faoliyatini boshqarish va uning xodimlarini
boshqarishning ma’nosida birmuncha farqlar seziladi, xususan, umumta’lim
maktablari boshqariladigan jarayon, aniqroq aytganda boshqaruv obyektidir. O‘z
navbatida uning faoliyat doirasi ila uni harakatga keltiruvchi pedagog va texnik
xodimlarni umumta’lim maktabi raxbariyati yetakchiligida yo‘naltiruvchi kuch bu
boshqaruv subyektidir. Mazkur boshqariladigan obyekt va boshqaradigan subyekt
sa’y-harakatlarining pirovardi
umumta’lim maktabining o‘z oldiga qo‘ygan
strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash bilan izohlanadi.
Odatda, har qanday boshqaruv ishining mazmun-mohiyati, faoliyat
yurituvchi subyekning asosiy maqsad sari muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi va
rivojlanishini ta’minlashdan iborat bo‘ladi. Buning yakunida albatta o‘z-o‘zidan
ravshanki, ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish tashkiloti va korxonalari uchun
samaradorlik me’zoni hisoblangan foyda olish birlamchi ko‘zlangan maqsad
bo‘ladi.


133
Mazkur, ya’ni har qanday faoliyat yurituvchi subyekning asosiy maqsad sari
muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi va rivojlanishini ta’minlashdan iborat bo‘lgan
jarayonda aynan umumta’lim maktablari misolida ham ularning pedagog va texnik
xodimlarini samarali boshqarish bilangina amalga oshiriladi. Ushbu talqin esa o‘z-
o‘zidan mehnat samaradorligi va xodimlarni boshqarish yo‘nalishlarining o‘zaro
uyg‘unlashuvi asosida umumta’lim maktabining asosiy maqsadini ro‘yobga
chiqarish omillari orasida xodimlarning hech narsa bilan qiyoslab bo‘lmaydigan
darajadagi alohida o‘rni va roli borligini isbotlab beradi
13
.
Jahon menejmenti rivojlanishida inson omilini brogan sari kamaytirish
evaziga texnokratik yondashuvning avzalliklaridan ustun darajada foydalanish urf
bo‘lib boraveradi. ustun bo‘lib, shaxsni mashinaning qo‘shimchasi sifatida
ifodalaydi. Texnokratik yondashuvning mohiyati bo‘yicha, faoliyat yuritishning
asosiy omili sifatida avvalo, taxnika va ular negizidagi texnologiyalar xizmat qilib,
faoliyat yurituvchi subyektlarning faoliyati jarayonida esa xodimlarning roli faqat
ularga xizmat ko‘rsatish bilan kamayib boraveradi. Bu holatlarda agar taxnika va
ular negizidagi texnologiyalar xodim ishtirokisiz yoki uning kam darajadagi
ishtiroki bilan faoliyatga xizmat qilsa, unda xodimlar mehnatidan ikkinchi yutuqli
boshqaruv yo‘nalishiga o‘tish kerak degan faraziy talqin yuzaga keladi. Ammo,
ko‘plab yetuk xorijiy olimlar tomonidan yaratilgan sharhlarda xodimlarni
boshqarish va inson resurslarini boshqarishning har qanday texnologik
jarayonlarda o‘rni va roli beqiyos darajada ekanligi qayd etiladi. Mualliflarning
umumta’lim maktablari pedagog va texnik xodimlarini boshqarish yuzasidan
o‘tkazgan ilmiy-tadqiqot natijalariga ko‘ra, aynan pedagog va texnik xodimlar
umumta’lim maktabining asosiy hech narsa bilan almashtirib bo‘lmaydaigan
ne’mati hisoblanadi. O‘z navbatida pedagog va texnik xodimlar faoliyatining
samarasi esa raxbariyatning undan unumli foydalana olish darajasiga, shuningdek,
umumta’lim maktabining strategik maqsadlariga safarbar etish jarayoniga bog‘liq
13
Aynakulov M.A., Kuchimov A.X., Menejment. O‘quv qo‘llanma. J:. JizPI tipografiyasi nashriyoti, 2019-392 b.


134
bo‘ladi. Bu kabi bir-biridan tavofut jihatiga ega bo‘lgan talqinlarni rivojlangan
mamlakatlar boshqaruv tajribasiga ko‘ra, ikkita taniqli boshqaruv modellari orqali
tasniflash tavsiya etiladi, ya’ni ular:
-
o‘tgan asrning 60-80 yillarida rivojlanish jihatidan jahon mamlakatlari
kesimida eng yuqori nuqtani egallagan AQSh modeli bo‘yicha eng ilg‘or
texnologiyani boshqarishda ham ustuvorlik avvalo, kompaniyaning xodimlariga,
ya’ni ularning ishtirokiga berildi;
-
o‘tgan asrning so‘nggi vaqtlarida rivojlanish jihatidan jahon
mamlakatlari kesimida eng yuqori nuqtani egallagan AQSh modeliga ustunlik
qilgan, ya’ni boshqaruv raqobatida jiddiy ravishda g‘olib bo‘lgan Yapon modeli
bo‘ldi. O‘z navbatidaYapon modeli xodimga g‘amxo‘rlik qilish va faoliyat
yurituvchi subyektning barcha xodimlarini o‘z oldida turgan muammolarini hal
qilish jarayoniga yuqori darajada jalb qilish istagiga asoslandi.
Yuqorida zikr etilgan eng rivojlanga mamlakatlar sanalgan AQSh va
kunchiqar mamlakati bo‘lgan Yaponiya modellari ham o‘zimizga xos boshqaruv
mentalitetiga ko‘ra, yaxlit holida tadbiq etishga munosib emas. Chunki, mazkur
modellar ko‘plab jihati bilan bir-biriga o‘xshash, qaysidir jihati bilan bir-biridan
o‘zlashtirilgandek bo‘lib tuyuladi. Mazkur ko‘rinishdagi talqinlar nazariyotchi
V.Ouchi nazariyasida aniq ravshan ochib berilgan. Bu nazariya “Z nazariyasi” deb
nomlanadi.
Umumta’lim maktablarining ta’lim sigatini ta’minlash borasida pedagog va
texnik xodimlarini boshqarish strategiyasini ishlab chiqishga kirishishdan dastlab,
butun ta’lim muassasasining asosiy aloqa va munosabatlar strategiyasini, xususan,
OTM ga qamrovni oshirishni rivojlantirish strategiyasini o‘rganib chiqish lozim
bo‘ladi, buning boisi shundaki, umumta’lim maktablarining pedagog va texnik
xodimlarni boshqarish jarayoni OTM ga qamrovni oshirish strategiyasini royobga
chiqarishni o‘z ichiga olgan bir butunlikdagi majmuaviy aloqa va munosabatlarga
asoslangan boshqaruv jarayonlari uchun mo‘ljallangan. Avvalo, umumta’lim
maktablarining pedagog va texnik xodimlari OTM ga qamrovni oshirish


135
strategiyalarini o‘rganib chiqib, ularni amalga oshirishdagi o‘zlarining o‘rni va
rolini aniqlashlari kerak bo‘ladi. OTM ga qamrovni oshirishdek keng qamrovli
aloqa va munosabatlarni, ya’ni korporativ munosabatlarga asoslangan strategik
jarayonning muammolar tuguni ko‘plab umumiy bo‘lgan omillarga, shuningdek,
umumta’lim maktabining o‘ziga xos ko‘plab omillariga ham bog‘liqdir. Keling,
mazkur omillarning ba’zi ahamiayatga moliklarini ko‘rib chiqaylik.
1. Umumta’lim maktabining pedagog va texnik xodimlarga bo‘lgan
ehtiyojlarni aniqlashtirish va ular uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘l
xaritalarini ishlab chiqish. Bu kabi jarayonlarda strategik ahamiyat kasb etuvchi
vazifalarni kundalik vazifalardan, ya’ni taktik vazifalardan ajratish biroz mushkul.
Mazkur yuritilayotgan fikrning mazmun-mohiyati shundaki, har qanday faoliyat
yurituvchi subyekt xo‘jalik yuritishini xodimlarga bo‘lgan zaruratni aniqlashdan,
sho‘ngra ularni tanlashdan boshlaydi. Albatta, bu ko‘rinishdagi o‘rnatilgan urf
umumta’lim maktablarida pedagog va texnik xodimlarni boshqarish jarayonining
debochasi hisoblanib, ko‘plab jihatlari bilan kundalik vazifalar qatoriga kiradi,
ya’ni taktik ko‘rinishni o‘zida kasb etadi. Odatda, avvalo, rivojlanishning
boshlang‘ich nuqtasi hisoblangan pedagog va texnik xodimlarga bo‘lgan ehtiyojni
aniqlash va tanlash vazifasini hal qilish uchun “tenglik” usulini amaliyotga tadbiq
etish tavsiya etiladi. O‘z navbatida mazkur usul esa umumta’lim maktabining shtat
jadvalidagi har bir holatga mos keladigan uchta ustundan iborat jadvalni tuzishni
o‘z ichiga oladi.
Umumta’lim maktablarining shtat jadvalini batafsil tahlil qilib o‘rganib
chiqilsa, unda ketma-ket tarzda lavozim ko‘rinishida xodimlar ro‘yxati keltirilgan,
shuningdek, ta’minlangan shtat o‘rinlari esa tegishlicha bandlik raqami bilan
belgilab qo‘yilgan bo‘ladi (masalan,“xo‘jalik mudiri”). Shtat jadvali
ta’munlanmagan o‘rinlar esa hech qanday belgi qo‘yilmagan holatda bo‘sh turadi.
Umumta’lim maktablarining shtat jadvalining ta’minlanganlik holatini tahlil
qilishga mo‘ljallangan ushbu ikki ko‘rsarkich ma’lumotlari, ularni o‘zaro qiyoslash
yo‘li bilan shtat jadvalining ta’minlanlanganlik yoki bo‘sh ish o‘rinlari mavjudligi


136
va o‘z navbatida, mazkur bo‘sh ish o‘rinlariga tanlov asosida pedagog yoki texnik
xodimlarni jalb qilish haqida ma’lumotga ega bo‘lish shaklida yuritiladi.
Umumta’lim maktablarining shtat jadvalini tahlil qilishning navbatdagi yo‘nalishi
bu ta’lim muassasasini strategik rivojlantirish nuqtai nazaridan ko‘rib chiqiladi,
ya’ni asosiy pedagog va texnik xodimlardan tashqari qo‘shimcha diversifikatsion
faoliyat uchun talab qilinadigan ehtiyojiy ish o‘rinlari aniqlanadi.
Mazkur
jarayonda avvalo, tanlangan strategiyaning mazmun mohiyatidan kelib chiqqan
holda, strategik dastur bo‘yicha zaruriy mutaxassislar ro‘yxati shakllantiriladi,
so‘ngra esa mavjud shtat jadvalidagi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlar, undagi
qisqartirish yoki qo‘shimchalar, tanlangan rivojlanish strategiyasini ro‘yobga
chiqarish ketma-ketligi bilan birga, strategik dasturga asosan zaruriy mehnat va
ishlab chiqarish vositalarini olib kirish mezxanizmlari, yo‘l va yo‘nalishlari kabi
omillar ham inobatga olinadi.
Ikkinchidan,umumta’lim maktablarining pedagog, texnik va eng asosiysi
qo‘shimcha tarzda tashkil qilinadigan diversifikatsion faoliyatiga zaruriy
mutaxassis xodimlarini tanlov asosida qabul qilish yo‘nalish mexanizmlarini ishlab
chiqish. Maktab raxbariyati asosiy faoliyatdan tashqari diversifikatsion faoliyatga
mutaxassis xodimlarni strategik nuqtai nazardan tanlab olgandan so‘ng, maktab
direktori va o‘rinbosarlar keyingi bosqichga o‘tishlari, ya’ni tanlangan
mutaxassislarni iqtidori, malaka va ko‘nikmasiga ko‘ra ish bo‘yicha taqsimlashlari
mumkin bo‘ladi. Mazkur holat, e’tibor beradigan bo‘lsak, umumta’lim
maktabining strategilk rivojlanish bo‘yicha dastlabki ish jarayonining debochasi
bo‘lishi bilan birga keying rivojlanish istiqboli uchun ham poydevor ham asos
bo‘lib xizmat qiladi.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, umumta’lim maktablarining Oliy ta’lim
muassasalari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishi, o‘z
o‘rnida OTM larning professor-o‘qituvchilar tarkibidan dars o‘tish jarayonlarida
foydalanishlari yoki ochiq eshiklar kunini birgalikda muntazam tashkil qilib
turishlari va shu asosida o‘quvchilarni OTM ga yo‘naltirish yuzasidan tizimli


137
ishlarni shakllantirish, shuning bilan birgalikda, maktab o‘quvchilari safidan kasb
maktablarida o‘qishini davom ettiruvchilar bo‘yicha esa o‘rta- maxsus professional
ta’lim muassasalari bilan integratsion aloqalar va munosabatlarni shakllantirish har
qanday strategik rivojlanishning asosiy boshlang‘ich usuli bo‘lib xizmat qiladi.
Ushbu yo‘nalishning samaradorligi bir qator sabablar bilan izohlanadi.
a)
umumta’lim maktablarining pedagog, texnik va eng asosiysi
qo‘shimcha tarzda tashkil qilinadigan diversifikatsion faoliyatiga jalb qilingan
zaruriy mutaxassis xodimlarini boshqarish xizmati umumta’lim maktabining
faoliyat davomiyligini muayyan o‘zlashtirilmagan ilg‘or texnologiyalar bilan
bog‘lash va asosiy ta’lim faoliyatida yangi pedagogik texnologiyalardan, shu
jumladan, strategik rivojlanish faoliyatida esa ishlab chiqarish yoki xizmat
ko‘rsatish texnologiyalaridan foydalanishlari, albatta, o‘z o‘rnida mavjud pedagog
va texnik xodimlarning zamonaviy dunyoqarashining shakllanishiga ham sabab
bo‘ladi. Keyinchalik, ushbu jarayonlarni sinxronlashtirish (bir-biriga bog‘liq holda
ishlashini ta’nminlash va moslash) kerak bo‘ladi.
b) kelajakda o‘rta- maxsus professional ta’lim muassasalari uchun ma’lum
bir umumta’lim maktabining bitiruvchilaridan ba’zilarini imtiyozli asosda qabul
qilishlarini rejalashtirgan holda, ularning texnik va texnologik mahoratini va
axloqiy-psixologik fazilatlarini o‘quv jarayoni, shuningdek, ustaxona sharoitidagi
faoliyati bilan bog‘lash imkoniyati yuzaga keladi.
v) umumta’lim maktabi o‘zining
pedagog, texnik va eng asosiysi
qo‘shimcha tarzda tashkil qilinadigan diversifikatsion faoliyatiga jalb qilingan
zaruriy mutaxassis xodimlarini tegishli tarzda strategik yo‘nalish bo‘yicha malaka
oshirishga yuborishi mumkin, vaholanki, mazkur sa’y-harakatlar albatta
umumta’lim maktabini rivojlanish jarayonining keng ko‘lamli amalga
oshirilayotgan chora-tadbirlarining asosi bo‘lib xazmat qiladi.
Finlandiya misolida mazkur tanlov jarayonini misol qilib oladigan bo‘lsak,
unda aksariyat ishlab chiqarish subyektlari ta’lim muassasalari bilan uzoq muddatli
hamkorlik bo‘yicha shartnomalar tuzishni amaliyotlariga keng tadbiq etadi, hattoki,


138
ularning strategik rivojlanish dasturining amalga oshirilish jarayonini qisman
moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlaydilar, chunki rivojlanish kaliti ta’limda
ekanligini o‘z strategik rivojlanish shiori sifatida qabul qiladi va o‘z navbatida bu
hamkorlikdan ma’lum bir darajada naf kelishini oldindan bashorat qilishadi.
Amaliyotda umumta’lim maktablarining pedagog, texnik va eng asosiysi
qo‘shimcha tarzda tashkil qilinadigan diversifikatsion faoliyatida xizmatda bo‘lgan
mutaxassis xodimlarini jalb qilish jarayonini, tanlov asosida yoki ularni subpudrat,
franchayzing kabi ko‘proq taktik xarakterga ega bo‘lgan yana bir qancha bu
boradagi o‘zini oqlagan mashhur usullar vositasida amalga oshirish mumkinki,
xolbuki, ular yuqorida keltirilgan xodimlarni faoliyatga jalb qilish usullarining
davomchisi bo‘lib xizmat qiladi yoki ularni to‘ldiradi.
Umumta’lim maktablarining asosiy yoki qo‘shimcha diversifikatsion
faoliyatiga pedagog va texnik xodimlarni yoki mutaxassislarni qabul qilish, odatda
har doim muntazam bajarib kelinayotgan jarayon bo‘lganligi bois taktik qaror
sifatida qabul qilinadi. Ammo, asosiy yoki qo‘shimcha diversifikatsion faoliyat
bo‘yicha nomzodlarning,ayniqsa,strategik rivojlanish yo‘nalishi bo‘yicha
tanlanayotgan nomzodlarning malaka va ko‘nikmalarini, shuningdek, ularning
shaxsiy fazilatlarini baholash tartibini yaratish, pirovardida, ularni faoliyat
bo‘yicha yo‘naltirish yuzasidan ma’qul ko‘rish mexanizmini shakllantirish albatta
strategik xususiyatni o‘zida kasb etadi.
Umumta’lim maktablarining asosiy yoki qo‘shimcha diversifikatsion
faoliyatiga pedagog va texnik xodimlarni yoki mutaxassislarni qabul qilishning
rasmiy tartibi odatda, quyidagicha amalga oshiriladi:
a) Umumta’lim maktablarining asosiy faoliyati bo‘yicha pedagog va texnik
xodimlarini qabul odatdagiday ma’lum usul asosida amalga oshiriladi. Ammo,
strategik rivojlanish jarayoniga qaratilgan diversifikatsion faoliyat bo‘yicha
tanlanayotgan nomzod bilan dastavval, loyiha rahbari bo‘lgan o‘quv ishlari
bo‘yicha direktor o‘rinbosari boshchiligidagi hay’at a’zolari tomonidan kirish
suhbati tashkil qilinadi. Mazkur suhbatdan ko‘zlangan asosiy maqsad,


139
tanlanayotgan nomzodning umumta’lim maktabining strategik rivojlanish
jarayoniga qaratilgan diversifikatsion faoliyati bo‘yicha nimaga qodir ekanligini
aniqlashdan iboratdir;
b) Nomzod to‘g‘risidagi ma’lumotlarni shaxsiy ma’lumotlarni, taqdim
etilgan hujjatlarni (diplomlar, sertifikatlar va boshqalar) tahlil qilish, u haqida
oldingi ish joylarida so‘rovlar qilish orqali o‘rganish va tekshirish;
v) Nomzodning potentsial boshqaruvchi - u ishlaydigan diversifikatsion soha,
ustaxona yoki xizmat mas’uli bilan suhbati. Ushbu bosqichda nomzodning
talablarga muvofiqligini aniqlash maqsadida test sinovlari, amaliy topshiriqlar va
boshqa testlar o‘tkazilishi mumkin.
g) Nomzodning direktor bilan suhbati va ushbu nomzodning talablarga
muvofiqligi va shuning uchun uni umumta’lim maktabiga ishga qabul qilish
imkoniyati to‘g‘risida qaror qabul qilish;
d) Nomzodni maktab direktoriga yoki xodimlarni bevosita strategik
rivojlanish jarayoniga qaratilgan diversifikatsion faoliyat bo‘yicha ishga olish
to‘g‘risida qaror qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan loyiha rahbari sanalgan o‘quv
ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosariga taqdim etish.
Umumta’lim maktablarining shtat jadvalining tahlili bo‘yicha agar nomzod
tanlov shartlariga munosib deb topilsa, hay’at a’zolariga uning qo‘yayotgan
shartlari ma’qul bo‘lgan bo‘lsa, keyingi bosqichda tanlangan nomzod bilan
faqatgina mehnat munosabatlarini, ya’ni mehnat shartnomasini qonuniy ravishda
rasmiylashtirish qoladi xolos. Mazkur mehnat qonunchiligiga, shuningdek, mehnat
munosabatlariga tegishli bo‘lgan jarayonlar, ma’qul topilgan xodim bilan mehnat
shartnomasini tuzish va shtat jadvalidagi tegishli vakant o‘ringa xodimni tayinlash
to‘g‘risida maktab direktorining buyrug‘ini chiqarish bilan o‘z yakunini topadi.
Uchinchidan, umumta’lim maktablarining tanlov asosida
yangi qabul
qilingan xodimni o‘z bag‘irlariga olish va ko‘niktirish jarayonlarini shakllantirish.
Inson ruhiyatidan shu narsa ayonki, insonning bir muhitdan ikkinchi bir muhitga
ko‘nikish holatlari ma’lum bir vaqtni talab qiladi. Oddiy qilib talqin qilinganda


140
uning mazkur holatini “vaqt davolaydi”. Chunki, har qanday, hatto eng tajribali,
malakali shaxs ham, yangi muhitda, yangi tashkilotda, o‘zida noqulaylik davrini,
ko‘nikish davrini boshidan kechiradi.
Umumta’lim maktablarining tanlov asosida yangi qabul qilingan xodimini
o‘z bag‘irlariga olish negizidagi bir muhitdan ikkinchi bir muhitga ko‘niktirish
holatlarini quyidagi turlarga ajratish asosida amalga oshirish maqsadga muvofiqdir:
-
yangi qabul qilingan xodimini tashkiliy jihatdan ko‘niktirish - yangi
mehnat o‘rniga va umumta’lim maktabining mehnat sharoitlariga, uning ichki-
tartib qoidalariga, odob-axloq kodeksiga, urf-odatlariga va boshqalarga ko‘niktirish;
-
yangi qabul qilingan xodimini kasbiy jihatdan ko‘niktirish –
umumta’lim maktablarining strategik rivojlanish yo‘nalishidagi diversifikatsion
faoliyatini yangi makonda yangicha tarzda endigina o‘zlashtirayotgan va bu
faoliyat bo‘yicha hali amaliy ko‘nikmani egallamagan innovator mutaxassislar
uchun eng birlamchi faoliyat turi sanaladi. Mazkur holat shoshma-shosharlikni tan
olmaydi, chunki diversifikatsion faoliyat o‘z-o‘zini moliyalashtirish uchun tashkil
etilgan bo‘lib, o‘z navbatida sifatlilikni talab qiladi, shuning uchun ham yangi
xodimlarni unga ko‘niktirish birmuncha vaqtni talab qiladi;
-
yangi qabul qilingan xodimini ijtimoiy-psixologik jihatdan
ko‘niktirish - umumta’lim maktabining faoliyat muhitiga, ruhiy iqlimiga,
an’analari kabilarga ko‘nikishi, shu asosida mas’uliyat ila qabul qilib olgan yangi
qiyofasini shakllantirishi hamda umumta’lim maktabining butun jamoasi bilan
munosabatlarini, shuningdek, boshqaruv tuzilmasi bo‘yicha iyerarxik ko‘nikmasini
shakllantirish;
-
umumta’lim maktablarining yangi diversifikatsion faoliyat bo‘yicha
qabul qilingan xodimning sog‘lig‘iga, uning odatlariga, xobbilariga va boshqa bir
qator omillarga qaratilgan psixofiziologik jihatlar. Bu xodimning umumta’lim
maktabidagi faoliyatining dastlabki kunlarida eng dolzarb hisoblanadi.Chunki,
xodimdan umumta’lim maktabining yangi diversifikatsion sohasi bo‘yicha yangi


141
innovatsion tarzdagi mutlaqo yangi bo‘lgan vazifalarni sidqidildan bajarishda biroz
e’tiborliroq bo‘lishni talab qiladi.
Umumta’lim maktabi yangi qabul qilinganlarning ish jarayoniga imkon
qadar tezroq kirishidan manfaatdor bo‘lganligi sababli, xodimlarni strategik
boshqarish bosqichlaridan biri ularga noqulaylikni yengishga yordam beradigan
mexanizmni shakllantirishdir. Qarorlarni qabul qilish va keyinchalik yangi ishga
qabul qilingan ishchilar uchun moslashish mexanizmini to‘g‘ridan-to‘g‘ri
shakllantirish strategik jihatlarga bog‘liq bo‘lishi mumkin, shu bilan birga, ma’lum
bir xodimni sinov muddatisiz barvaqt “ishga qabul qilish” bo‘yicha faoliyatning
o‘zi taktik tartib hisoblanadi.
Umumta’lim maktabi yangi qabul qilinganlarning ish jarayoniga tashkiliy
jihatdan ko‘nikishi – umumta’lim maktablarining strategik jihatdan mutlaqo
innovatsion tarzdagi faoliyat sohasiga yangi qabul qilingan mutaxassislar bilan
unda amaliy ko‘nikmani shakllantirish maqsadida maxsus mashg‘ulotlar o‘tkazish,
shuningdek, mazkur soha bo‘yicha oldindan faoliyat yuritib kelayotgan xo‘jalik
subyektlarining tajriba maydonlarida xodimning ko‘nikmasi yuzasidan malaka
oshirishi bo‘yicha strategik yo‘l xaritalari ishlab chiqiladi.
Umumta’lim maktablarining strategik jihatdan mutlaqo innovatsion tarzdagi
faoliyat sohasini o‘zlashtirishga doir maxsus mashg‘ulotlar o‘tkazilishi albatta
ko‘rinib turibdiki, bir tomondan o‘z samarasini beradi, ammo ikkinchi tomondan
mashg‘ulotlarning sifatli, metodik jihatdan mustahkam tarzda olib borilishi o‘z
navbatida, yetakchi OTM lardan malakali professor-o‘qituvchilarni yoki
innovatsion jihatdan qurollangan, xorijda malaka oshirib qaytgan mutaxassislarni
jalb qilish zarurati bilan bog‘liq bo‘ladi. Boshqa tarafdan esa eng asosiysi bu
mashg‘ulotlarni sifatli, metodik jihatdan mustahkam tarzda olib borgan OTM
lardan jalb qilingan malakali professor-o‘qituvchilarning yoki innovatsion jihatdan
qurollangan, xorijda malaka oshirib qaytgan mutaxassislarning mehnatlariga xaq
to‘lash jarayonlari bilan bog‘liq.


142
Umumta’lim maktablarining strategik jihatdan mutlaqo innovatsion tarzdagi
faoliyat sohasini o‘zlashtirishga doir maxsus mashg‘ulotlar yangi qabul qilingan
xodimning mehnat o‘rnida olib borilishi har taraflama maqbul bo‘lsada, unchalik
samara bermaydi. Buning asosiy boisi shundaki, strategik jihatdan mutlaqo
innovatsion tarzdagi faoliyat sohasiga yangi qabul qilingan xodim, albatta qaysidir
tajribali pedagog yoki texnik xodimga “ustoz-shogird” tizimi asosida berkitib
qo‘yiladi. Mazkur jarayonda samarasizlikning oddiy belgisi bo‘lib,tajribali
xodimdan samara olishi kerak bo‘lgan faoliyatdan uni ajratib qo‘yish sababli
samaraning yo‘qotilishi tushuniladi.
Odatda, vaqti kelib xodimga mustaqillik beriladi, ammo “ustoz-shogird”
tizimi asosida berkitib qo‘yilgan ustoz murabbiyning nazorati ostida ish olib
borishi, albatta ma’lum muddatgacha mazkur tartibning saqlanib qolinishi
maqsadga muvofiq sanaladi.
Umumta’lim maktablarining direktori va uning o‘rinbosarlari ishtirokida
tantanali ruhda o‘tkazilgan tegishli chiqish so‘zlarini, tilaklarni bildirgan holda
jamoa a’zoligiga qabul qilinishi kabi norasmiy tadbirlar ham yangi xodimning
jamoaga ko‘nikishida muhim vositalardan biri bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
To‘rtinchidan, umumta’lim maktablarining diversifikatsiyaga asoslangan
strategik rivojlanish jarayonini boshqarish va innovator mutaxassislar malakasini
oshirish tizimini shakllantirish. Umumta’lim maktablarining diversifikatsiyaga
asoslangan strategik rivojlanish jarayonining boshida va rivojlanish nuqtalarida
yangi ishga qabul qilingan xodimlar “ustoz-shogird” tizimi asosida maxsus
mashg‘ulotlaro‘tkazilishiga qaramay, yangi innovatsiyaga asoslangan soha
bo‘lganligi bois, jalb qilingan xodimlarning malakasi fan-texnika talablaridan ortda
qolayotgandek bo‘lib tuyuladi. O‘z nomi bilan “strategiya” muntazam
takomillashib turiladigan, o‘ziga muntazam bezak berib turishni talab qiladigan
kreativ ko‘rinishdagi faoliyatdir. Umumiy xodimlarni boshqarish jarayoni bilan bir
paytda, faoliyatning nisbatan mustaqil yo‘nalishida, yangi qabul qilingan xodimlar
rivojlanishini boshqarish jarayoni ham shakllanadi.


143
Umumta’lim maktablarining diversifikatsiyaga asoslangan strategik
rivojlanish jarayoni bo‘yicha malaka oshirishning asosida albatta yangi qabul
qilingan xodimlarning kasbiy tayyorgarligi yotadi. Ular malaka oshirishda
bilimlarni egallash, malaka orttirish va ko‘nikma hosil qilish bilan bir paytda,
egallagan yangi kasbiy bilim, malaka va ko‘nikmalarini bevosita o‘zi bajarayotgan
diversifikatsion sohaga, uning mahsulotiga o‘tkazib beradi.
Umumta’lim maktablarining diversifikatsiyaga asoslangan strategik
rivojlanish jarayoni bo‘yicha yangi qabul qilingan xodimning malaka oshirishda
bilimlarni egallash, malaka orttirish va ko‘nikma hosil qilishlari uchun tashkil
qilingan o‘qitish tadbiri qanday tarzda amalga oshirilishini, umumta’lim
maktabining tajriba maydonida yoki undan tashqarida bo‘lgan mazkur soha
bo‘yicha oldindan faoliyat yuritib kelayotgan xo‘jalik subyektlarining tajriba
maydonlarida aniqlash birmuncha maqbul usul sanaladi.
Umumta’lim maktabining tajriba maydonida malaka oshirishga doir maxsus
mashg‘ulotlar, o‘zi mustaqil ravishda, mustaqil o‘rganish asosida malaka ta’limini
olish, strategik diversifikatsion soha bo‘yicha oldindan faoliyat yuritib kelayotgan
xo‘jalik subyektlarining tajriba maydonlarida tajriba almashish va umumta’lim
maktabi faoliyatidan ajralmagan ham, shuningdek, undan ajralgan holda ham
malaka oshirishi, maxsus mashg‘ulotlar o‘tkazishi tarzida amalga oshirilishi
mumkin. Xorijiy mamlakatlar tajribasi bo‘yicha, ko‘plab yirik kompaniyalarda
malakali tyutorlar tarkibiga ega maxsus markazlar, yuqori sifatli o‘quv dasturlari,
uslubiy ishlanmalar va boshqalar mavjud.Vaholanki, bu ko‘rinishdagi imkoniyatlar
kompaniyalarda o‘z xodimlarining malakasini muntazam, kerakli darajada ushlab
turish, shuningdek, ularning doimiy ravishda zamon bilan hamnafas bo‘lib yurish
imkonini ta’minlab turadi.
Umumta’lim maktabidan tashqarida o‘qitish, undan tashqarida bo‘lgan
mazkur soha bo‘yicha oldindan faoliyat yuritib kelayotgan xo‘jalik subyektlarining
tajriba maydonlarida ko‘p hollarda asosiy faoliyatdan ajralgan holda malaka
oshirishga oid mashg‘ulotini amalga oshirishni va xodimni o‘quv mashg‘ulotlarida


144
qatnashish uchun maxsus ta’lim muassasalariga yuborishni anglatadi. Umumta’lim
maktabining kelajak poydevori uchun malaka oshirishga doir ta’lim muassasalari
bilan uzoq muddatli aloqalarni o‘rnatishga va ularning imkoniyatlaridan
foydalanishga yo‘naltirilganligi ham uning uchun bu borada qo‘yilgan muhim
qadamlardan biri bo‘lib hisoblanadi.
Umumta’lim maktablarini rivojlantirishning strategik yo‘nalishlari bo‘yicha
xodimlar rivojlanishini strategik boshqarish aynan stratregik yo‘nalishlar bo‘yicha
kadrlar tayyorlash jarayoni bilan chambarchas bog‘liq holda olib boriladi.
Umumta’lim maktablarida odatda, diversifikatsion jihat bo‘yicha kadrlar
tayyorlashning asosi kasbiy jihati bu yangi qabul qilingan xodimni alohida ta’lim
diversifikatsiyasi doirasida va butun hayoti mobaynida yangi diversifikatsion
vazifalarni bajarishga munosib bo‘lishi, shuningdek, umumta’lim maktabining
shtat jadvalidagi strategik tusdagi yangi bo‘sh o‘rinni egallashga xodimni
tayyorlash jarayoni, hamda yangi qabul qilingan xodimning bu mas’uliyatli
innovatsiyaviy holatlarni idrok etishi hisoblanadi.
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, maktab raxbariyati, shuningdek,
tuman, viloyat, qo‘yingki, hududiy bo‘g‘in raxbarlari xodimning umumta’lim
maktabidagi o‘z istiqbolini ko‘ra bilishi uchun, yangi qabul qilingan xodimga ta’sir
qilish orqali,qozonishi mumkin bo‘lgan obro‘sini,umumta’lim maktabining
strategik rivojlanish funktsiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun mehnat
motivatsiyasini berish yo‘li bilan ro‘yobga chiqarishlari zarur bo‘ladi.
Beshinchidan, umumta’lim maktablarini rivojlantirishning strategik
yo‘nalishlari bo‘yicha pedagog va texnik xodimlar samaradorligini baholash va
ularning faoliyatini maqbullashtirish yuzasidan yo‘l xaritalarini tuzish.
Umumta’lim maktablarini rivojlantirishning strategik yo‘nalishlari bo‘yicha
pedagog va texnik xodimlarni strategik boshqarish samaradorligi, avvalo,
umumta’lim maktabining strategik rivojlanish bo‘yicha o‘z oldiga qo‘ygan
maqsadlariga qanchalik tez yetishganligi va ushbu maqsadlarga yetishish
jarayonida yuzaga keladigan diversifikatsion tusdagi strategik vazifalarni amalga


145
oshirish bilan baholanadi. Albatta, o‘z navbatida mazkur jarayon umumta’lim
maktablarini pedagog va texnik xodimlarining rivojlanishning strategik
yo‘nalishlari bo‘yicha qanchalik to‘g‘ri tanlab olingani va tegishli shtat jadvalidagi
bo‘sh o‘rinlarga tayinlangani hamda kelajakda o‘z vazifalarini qanchalik a’lo,
sifatli qilib bajarishi bilan uzviy darajada uyg‘unlashgan bo‘ladi. Umumta’lim
maktablari pedagog va texnik xodimlarining faoliyatini bu tarzda baholash
muntazam ravishda xodimlarning o‘zlari tomonidan o‘z vazifalarini bajarish
samaradorligini baholab borish imkonini beradigan tizimni yaratishni taqozo qiladi.
Vaholanki, bu kabi yondashuvlar umumta’lim maktabining, mehnat salohiyatining,
ya’ni har bir pedagog va texnik xodimining faoliyatining o‘ziga xos jihatlarini
tavsiflovchi ko‘plab omillarni o‘z ichiga oladigan va talab qiladigan juda dolzarb,
shuning bilan birgalikda juda murakkab vazifa hisoblanadi. Xodimlar mehnatini
baholash ishini maqbullashtirish maqsadida har bir ta’lim muassasasi o‘zining
elektron platformasi asosida o‘ziga xos bo‘lgan o‘z tizimini yaratishi kerak.
Albatta, bu borada mahalliy va xorijiy rivojlangan na’munali faoliyat
yurituvchi subyektlarning ish tajribasini ommalashtirish, umumta’lim maktabining
ba’zi ish yurituv jarayonining yengillashishiga zamin yaratadi.
Muayyan har bir pedagog va texnik xodimni baholash uning mehnat
majburiyatlariga muvofiq umumta’lim maktabining umumiy muvaffaqiyatiga
qo‘shgan shaxsiy hissasini baholashga asoslanadi. Bundan tashqari, har bir
pedagog va texnik xodimning salohiyati baholanadi, ya’ni u umumta’lim
maktabida nima qilgan va uning rivojlanishi uchun nima qila oladi. Mazkur turdagi
baholashlarning pirovard natijasi pedagog va texnik xodimlarni sertifikatlash
jarayoni bilan yakun topadi deyilsa ayni muddao bo‘ladi. Aslida, odatiy tusga
ko‘ra, an’anaviy baholash uslubida umumta’lim maktabining pedagog va texnik
xodimining salohiyatli hissasi, ham salohiyati, baholash nuqtai nazaridan ta’lim
muassasasiga tegishli bo‘lgan yuqori raxbarlar tomonidan tizimli ravishda amalga
oshirilib kelinadi. Albatta, umumta’lim maktabining rivojlanish strategiyasi
bo‘yicha o‘z hissasini qo‘shgan, salohiyatini ishga slogan har bir pedagog va


146
texnik xodimning pirovard natijalari baholanadi, uning natijalari ta’lim muassasasi
radiosi yoki OAV orqali e’lon qilinadi. Umumta’lim maktabining har bir pedagog
va texnik xodimni baholash jarayonini sertifikatlash ham davriy ravishda amalga
oshirilib kelinadi, o‘z navbatida rasmiylashtiriladi va uning natijalari ma’lum har
bir pedagog va texnik xodimga yetkaziladi, ommaga e’lon qilib boriladi.
Har bir pedagog va texnik xodimning umumta’lim maktabidagi butun
faoliyati davomida yuqori darajadagi yuqori bo‘g‘in raxbarlar uning mehnat
faoliyati motivatsiyasini oshirish uchun unga muntazam tizimli ta’sir ko‘rsatib
borishi kerak bo‘ladi.

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling