A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti
Download 1.4 Mb. Pdf ko'rish
|
STRATEGIK BOSHQARUV 05 01 2023 охирги варианти
Asosiy xulosalar:
1. Umumta’lim maktabining byujetdan tashqari mablag‘ topishga qaratilgan, asosiy faoliyatni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiluvchi strategik ahamiyatga ega bo‘lgan diversifikatsion tarzda bunyod etiladigan infratuzilmaviy subyekti negizidagi rivojlanish strategiyasi tan olingandan so‘ng, o‘z navbatida kelajak dasturi sanalgan strategik boshqaruvning bu tarzdagi bosqichi umumta’lim maktablari boshqaruvining tashkiliy tuzilmasini yangi strategiya talablariga muvofiqlashtirish jarayonini talab qiladi. 2. Umumta’lim maktablari faoliyatiga xos bo‘lgan tashkiliy o‘zgarishlarning mohiyati byujetdan tashqari mablag‘ topishga qaratilgan, asosiy faoliyatni qo‘llab- quvvatlashga xizmat qiluvchi strategik ahamiyatga ega bo‘lgan diversifikatsion tarzda bunyod etiladigan infratuzilmaviy subyekt negizidagi yangi strategiyani ro‘yobga chiqarishda ado etilishi lozim bo‘lgan kompetentsiyaviy burchlarni belgilash, ushbu kompetentsiyaviy burchlarni sidqidildan ado etadigan umumta’lim maktabining bir-biriga aloqador, bitta tizimda faoliyat yuritishga qaratilgan jihatlarining maqbul tizimini yaratishdan iborat. 3. Rivojlangan malakatlardagi rivojlanish strategiyasini har yili yangilaydigan, ya’ni tashkiliy o‘zgarishlarni amalga oshiradigan yirik kompaniyalarning tajribasini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, umumta’lim maktablari faoliyatiga butunlay boshqacha tus berish strategiyalari chiziqli va funktsional boshqaruv tuzilmalariga mutlaqo mos keladi, uning asosini tashkil etadigan diversifikatsiya strategiyasi esa taraqqiyot tuzilmasi bo‘lib, ta’lim birlashmalarini yaratish va boshqaruvning kichik faoliyat subyekti tuzilmasiga o‘tish orqali majmuaviy o‘sish strategiyasini ham ishlab chiqib, uning negizida bir butun kompleks rivojlanishni amalga oshirilish mumkin bo‘ladi. 4. Umumta’lim maktablari faoliyatiga xos bo‘lgan birinchi sektor va ikkinchi sektor faoliyatini o‘zaro muvofiqlashtirishning ikkita muqobil usulidan foydalanish maqsadga muvofiqdir, ya’ni umumta’lim maktablari faoliyatiga butunlay boshqacha tus berish, shuningdek, uning ayrim jihatlarini o‘zgartirish. 126 Umumta’lim maktablarini rivojlantirishning u yoki bu strategiyasini qabul qilishda u bilan bog‘liq tashkiliy o‘zgarishlarni oldindan rejalashtirib olish kerak, buning sababi shundaki, o‘zgarishlarga qaratilgan murosasizlik vaziyatlarini oldindan sezish va ularni kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ko‘rishga tayyorgarlikdir. Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling