A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti
Umumta’lim maktablari faoliyatida tashkiliy o‘zgarishlarni amalga
Download 1.4 Mb. Pdf ko'rish
|
STRATEGIK BOSHQARUV 05 01 2023 охирги варианти
6.3. Umumta’lim maktablari faoliyatida tashkiliy o‘zgarishlarni amalga
oshirish yo‘llari Umumta’lim maktablari faoliyatiga xos bo‘lgan boshqaruvning tashkiliy tuzilmasini byujetdan tashqari mablag‘ topishga qaratilgan, asosiy faoliyatni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiluvchi strategik ahamiyatga ega bo‘lgan diversifikatsion tarzda bunyod etiladigan infratuzilmaviy subyekt tuzilmasi tarzida yangi qabul qilinadigan rivojlanish strategiyasi bilan uyg‘unlashuvinibatafsil 119 o‘rganib chiqib, ularni o‘zaro muvofiqlashtirish zarurligini fahmlab, mazkur o‘zaro muvofiqlikdagi rivojlanish strategiyasini ro‘yobga chiqarish mexanizmlari to‘g‘risida qaror qabul qilish dastlabki vazifalardan biri hisoblanadi. Umumta’lim maktablari faoliyatiga xos bo‘lgan birinchi sektor va ikkinchi sektor faoliyatini o‘zaro muvofiqlashtirishning ikkita muqobil usulidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. 1. Umumta’lim maktablari faoliyatiga butunlay boshqacha tus berish usuli byujetdan tashqari mablag‘ topishga qaratilgan, asosiy faoliyatni qo‘llab- quvvatlashga xizmat qiluvchi strategik ahamiyatga ega bo‘lgan diversifikatsion tarzda bunyod etiladigan infratuzilmaviy subyekt strategiyasini batafsil o‘rganib chiqishni va kelajagi, ertasi ko‘rinadigan mazkur rivojlanish strategiyasiga monand keladigan tashkiliy boshqaruv tuzilmasini yaratishni o‘z ichiga oladi. Oddiy tilda aytganda amaldagi, harakatdagi mavjud boshqaruv tuzilmasi isloh qilinadi.Isloh qilish deganda ishlab turgan bir boshqaruv tuzilmasini butunlay faoliyatdan chiqarib tashlash degani emas, balki uning ba’zi tarkibiy jihatlariga, qismlariga o‘zgartirishlar, yangilanishlar kiritish jarayoni deganidir. Eski boshqaruv tuzilmasida faoliyati nazarda tutilgan umumta’lim maktabining ba’zi pedagog xodimlari takomillashgan,ya’ni isloh qilingan yangi boshqaruv tuzilmasida ham o‘z o‘rniga ega bo‘lishi mumkin. 2. Umumta’lim maktablari faoliyatining ayrim jihatlariga o‘zgartirishlar kiritish usuli oldingisiga zid holatda mavjud bo‘ladi. Bu usulning mohiyati shundan iboratki, uning tarafdorlari, byujetdan tashqari mablag‘ topishga qaratilgan, asosiy faoliyatni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiluvchi strategik ahamiyatga ega bo‘lgan diversifikatsion tarzda bunyod etiladigan infratuzilmaviy subyekt strategiyasini tanlagan holda, umumta’lim maktabining barcha mavjud majmuaviy resurslarini va pedagog xodimlarini ushbu jarayonga to‘liq jalb qilish kerak degan fikrni o‘rtaga tashlashadi. Shu munosabat bilan ham avvalo, diversifikatsion tarzda bunyod etiladigan faoliyatga oid muammolar tugunini yechish uchun eski boshqaruv tuzilmasida faoliyati nazarda tutilgan umumta’lim 120 maktabining pedagog xodimlarini ushbu jarayonga to‘liq jalb qilish masalasi ko‘zda tutiladi. So‘ngra esa, eski boshqaruv tuzilmasining ayrim jihatlariga o‘zgartirishlar kiritish va ularni yangi diversifikatsion muhitga uyg‘unlashtirish jarayonlari boshlab yuboriladi. Umumta’lim maktabining mavjud majmuaviy resurslarini to‘liq ishlatib bo‘lgandan so‘nggina umumta’lim maktabi faoliyatida avval harakatda bo‘lmagan yangi tashkiliy subyektlarni bunyod qilish va ular uchun mutaxassislar tanlovi jarayoniga qadam qo‘yiladi. Shuningdek, umumta’lim maktabining eski tashkiliy tuzilmasida mavjud bo‘lgan ba’zi tarkibiy qismlar bartaraf qilingandan so‘ng yangi tashkiliy tuzilma bo‘yicha ba’zi eski pedagog xodimlarga ehtiyoj sezilmasada yoki ularni yangi diversifikatsion tuzilma bo‘yicha qayta tayyorlash, malakasini oshirishga zarurat sezilsa ham, ular uchun, ularni saqlab qolish uchun hamisha tarafdorlik ustuvorliklari mavjud bo‘ladi. Umumta’lim maktablari faoliyatiga xos bo‘lgan tashkiliy o‘zgarishlarni ro‘yobga chiqarishning ushbu usullarini qiyosiy jihatdan batafsil o‘rganib chiqish, ularning tavofutli jihatlaridan kelib chiqqan holatda, asosiy maqsad umumta’lim maktabining kelajagi, uning rivojlanish strategiyasi ekanligini bildiradi. Umumta’lim maktablari faoliyatiga butunlay boshqacha tus berish usulida yangi diversifikatsion faoliyatga egalik manfaatlari birlamchi bo‘ladi. Mazkur jarayonga eski boshqaruv tuzilmasining isloh qilinishi munosabati bilan faoliyatda egalik o‘zgarishi yuz berganligi bilan va diversifikatsion faoliyat egasi butunlay boshqacha tus berilgan strategiyani qabul qilishdan manfaatdor ekanligi bilan izohlasa bo‘ladi. Umumta’lim maktabi direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari boshchiligidagi diversifikatsion tashkiliy guruhga umumta’lim maktabi mehnat jamoasi oldida huquqiy va ma’naviy jihatdan majburiyatlar yuklanadi, mazkur jarayonda ularning majburiyatlari avvalo qabul qilingan rivojlanish strategiyasining samarali ishlashida, shuningdek, shu tarzdagi ish yurituv negizida maktab o‘quvchilarining qabul kvotasi doirasida OTM da o‘z ulushlarini egallaganliklarida o‘z aksini topadi. Bu esa o‘z navbatida 121 difersifikatsion tarzda tashkil qilingan riviojlanish strategiyasi xatti-harakatining mantiqiyligini keltirib chiqaradi. Umumta’lim maktablari faoliyati tashkiliy tuzilmasining muqobil variantini umumta’lim maktabining pedagog va texnik xodimlari tomonidan modifikatsion tuzilma sifatida o‘zlashtirilishi mumkin, albatta mazkur jarayon o‘z navbatida maktab reytingiga uning ijobiy ta’siri nuqtai nazaridan ma’lum darajada mehnat jamoasi manfaatlari bilan muvofiqlashgandir. Mazkur vaziyatda, pedagoglar va texnik xodimlarning manfaatlari va ularning umumta’lim maktabidagi keyingi faoliyatining kelajak istiqbollari dolzarblik sathiga chiqadi. Ta’kidlash joizki, umumta’lim maktablari faoliyatiga xos bo‘lgan tashkiliy tuzilmaviy muqobil variantlartabiiy shaklda deyarli mavjud bo‘lmaydi, chunki yangi tashkiliy tuzilmalar yuoridagi paragraflarda aytib o‘tganimizdek, eski tuzilmalar negizida kashf qilinadi, shuning uchun ham hatto faoliyatiga butunlay boshqacha tus berayotganda ham, diversifikatsion faoliyat egalari eski tuzilmaviy faoliyatning manfaatlarini tan olmasdan iloji yo‘q va shu munosabat bilan ham ichki o‘zaro uyg‘unlikdagi faoliyatdan manfaatdordirlar. Umumta’lim maktablari pedagog va texnik xodimlarining manfaatlarini iloji boricha inobatga olish va maktabning eski boshqaruv tuzilmasini saqlab qolish istagi ertami-kechmi ish yuritish manfaatlariga zid keladi va rahbariyatni eskirgan tarkibiy qismlarni bekor qilish bo‘yicha nomaqbul qarorlar qabul qilishga, shuningdek,yangi tashkiliy tuzilma bo‘yicha eski pedagog yoki texnik xodimlar o‘rniga ehtiyoj sezilmaganlarini yangi faoliyat tuzilmasidan chetlashtirishga sabab bo‘ladi. Umumta’lim maktablari faoliyatida voqea va hodisalarning bu tarzda tus olishining pirovardi ta’lim berish faoliyatidan iborat bo‘lgan eski tuzilmadan yangi diversifikatsion tarzda tashkil etilayotgan tashkiliy tuzilmalar bo‘yicha faoliyat yuritishda unga moslasha olmaslikning bir ko‘rinishidir. Umumta’lim maktablari faoliyatida diversifikatsion tarzda tashkil etilayotgan tashkiliy tuzilmalar bo‘yicha faoliyat yuritishda unga moslasha olmaslikning sabablarni chuqur o‘rganib chiqmaslik ham umumta’lim maktablari 122 rivojlanish strategiyasining yangi tarafdorlari manfaatlarinichilparchin qilishga olib kelishi mumkin. Turgan gapki, odatda insonda, ayniqsa keksa yoshdagi insonlarda ko‘proq qo‘nib qolgan ko‘nikmaga moyillik kuchli bo‘ladi, ular ruhiyatiga xos bo‘lgan jihatlardan biri bu har qanday o‘zgarishlar ular hayotining odatiy tartibini buzilishidir,shu bois ham modernizatsiyalashgan iqtisodiyotga xos bo‘lgan tub o‘zgarishlar, yangilanishlar ham ularda ta’lim faoliyatini rivojlantirishga xos bo‘lgan yangi rivojlanish strategiyasining kirib kelishi va bu boradagi o‘zi tushunmagan, qiziqmagan tashkiliy o‘zgarishlar ularning turmush tarzini yomonlashtirishi yoki zamondan orqada qolib ketish haqidagi vahimaga olib keladi. Bu ko‘rinishdagi vahimalar nafaqat keksa pedagog yoki texnik xodimlarda, balki dunyoqarashi yuqori bo‘lgan, ammo ba’zida eskilik sarqitlari doirasida qolib ketgan yosh mutaxassislar tafakkurida ham tug‘yon urishi mumkin. Umumta’lim maktablari faoliyatida mazkur holatni inson ruhiyatidan kelib chiqqan holda qaraydigan bo‘lsak tabiiydek tuyuladi. Vaholanki, insonning o‘zi egallashga ko‘zi yetmaydigan cho‘qqiga chiqishi yoki o‘zlashtirolmaydigan faoliyatga qadam qo‘yishi oqibatidagi vahimaga tushishi bu odatda tabiiy holda uchraydigan his tuyg‘udir. Shuning uchun ham umumta’lim maktablari faoliyatida diversifikatsion tarzdagi tashkiliy o‘zgarishlarni qo‘llamaslikni bartaraf etish jarayoni qanday shaxslar tomonidan qay yo‘sinda va qanday sabablarga ko‘ra yuzaga kelayotganligini tahlil qilishdan boshlanishi kerak. Umumta’lim maktablari faoliyatiga xos bo‘lgan xulosaviy tasnif mobodo, diversifikatsion tarzda amalga oshirilayotgan tashkiliy o‘zgarishlarga javob beraoladigan, dosh beraoladigan jarayonlarga tayanib yaratilgan bo‘lsa, unda umumta’lim maktablarining strategik rivojlanish jarayonininh aynan ichida yurgan shaxslar faoliyatiga oid uchta asosiy guruhni ajratib ko‘rsatish mumkin.Ular quyidagilardir: 1. Umumta’lim maktabining diversifikatsion tarzda amalga oshirilayotgan tashkiliy o‘zgarishlariga mehnat jamoasi ichidan chiqayotgan shaxslarning loqaydliklari – ta’lim muassasasining butun mehnat jamoasiga, maktab direktori 123 va uning o‘rinbosarlariga, shuningdek, “diversifikatsion loyiha guruhining a’zolariga” murosasizlik vaziyatlari holatlaridagina sodir bo‘ladi. Murosasizlik vaziyati, agarda masalan, umumta’lim maktabining diversifikatsion faoliyatiga mo‘ljallanayotgan maktab bog‘idan oldingi tashkiliy tuzilma bo‘yicha boshqa birov foydalanib turgan holatdan yangi diversifikatsion tuzilmaga o‘tkazilgan sharoitda sodir bo‘lishi mumkin. Chunki, mazkur shaxs umumta’lim maktabining oldingi tashkiliy tuzilmasi bo‘yicha maktab bog‘idan foydalanib kelgan, shuning uchun ham u eski tashkiliy tuzilma tarafdori, undan manfaatdor shaxs hisoblanadi, u umumta’lim maktabining keyingi rivojlanish strategiyasidan manfaatdor emas. Masalan, birorta ikkinchi darajali fanni qisqartiirish evaziga matematika faniga asosiy e’tiborni qaratish, shuningdek, dars o‘tib turgan matematika fani o‘qituvchisining o‘rniga o‘rnatilgan shartnomaviy hamkorlik bo‘yicha boshqa hududdan yetuk matematika fani bo‘yicha mutaxassisni jalb qilish kabilar mazkur holatga yaqqol misol bo‘la oladi. O‘z-o‘zidan ko‘rinib turibdiki, bunday qaror oqibati bir shaxs manfaatini ikkinchi shaxs tomonidan barbod bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda, xolbuki, bu kabi holatlar strategik boshqaruv yo‘nalishlarining mexanizmlari sanaladi. 2. Ta’lim muassasasining butun mehnat jamoasiga, maktab direktori va uning o‘rinbosarlariga, shuningdek, “diversifikatsion loyiha guruhining a’zolariga” murosasiz bo‘lish holatlari umumta’lim maktabining diversifikatsion tarzda amalga oshirilayotgan tashkiliy o‘zgarishlari birmuncha ziyon keltirgan, hayot tarzining keskun o‘zgarishlariga uchragan bir guruh shaxslar tomonidan uyushtiriladi. Masalan, diversifikatsion tarzda amalga oshirilayotgan tashkiliy o‘zgarishlari, ya’ni yangi strategiyani ro‘yobga chiqarish bo‘yicha, umumta’lim maktabi direktori, uning o‘rinbosarlari ikkinchi darajali ahamiyatga molik bo‘lgan, ya’ni OTM ga kirish sinovlarida fan bloki sifatida ishtirok etmaydigan ba’zi fanlarni qisqartirib va kelajakda mazkur turdagi fanlarning o‘rniga birlamchi ahamiyat kasb etuvchi, ya’ni OTM ga kirish sinovlarida bevosita ishtirok etuvchi fanlarni qo‘yishga qaror qildi. Albatta mazkur ziddiyatli vaziytlar bo‘yicha 124 izohning hojati ham yo‘q. Ta’lim muassasalari kesimida parodiyali vaziyatlar, agarda bakalavr darajasiga ega bo‘lgan o‘qituvchi tomonidan fizika fani o‘tilib turilgan bir paytda, magistratura mutaxassisligiga ega bo‘lgan yoki ilmiy darajaga ega bo‘lgan mutaxassis ishga uning o‘rniga olinsa, shuningdek, nafaqa yoshiga yetgan barcha ishchilarni ishdan bo‘shatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan bo‘lsa sodir bo‘lishi mumkin. Shuni alohida urg‘u berib qayd etish lozimki, Yangi O‘zbekistonni bunyod etish yo‘llarida hamma sa’y-harakatlar insonlar farovonligiga qaratilgan. Hamma mavjudot insonlarga xizmat qiladi. Insonlar hayotidan ulug‘ ne’mat yo‘q. 3. Ta’lim muassasalari faoliyatida uchraydigan alohida ziddiyatlar o‘z timsoli bo‘yicha ham tashkiliy, ham guruhiy, ya’ni aniq bir guruh shaxslar tomonidan ro‘y beradi, o‘zini ko‘rsatadi. Umumta’lim maktablari faoliyatiga xos bo‘lgan yangi rivojlanish dasturi asosidagi rivojlanish strategiyasini ta’lim muassasasining har bir pedagog xodimi voqea va hodisa sifatida o‘ziga xos tarzda qabul qiladi va umuman, ta’lim muassasasining yangi rivojlanish strategiyasini ro‘yobga chiqarish yo‘nalishlari va o‘zining ushbu jarayondagi avvalo, ko‘radigan manfaati bilan mazkur kelajak dasturi keltiradigan ziyonni taqqoslab ko‘radi, shu asosida o‘zining kundalik hayotiy rejalarini yaratadi. Bitta jarayonni alohida urg‘u bilan ta’kidlash joizki, umumta’lim maktabini diversifikatsion tarzda rivojlantirish strategiyasining loqaydlik ila unchalik tarafdori bo‘lmagan pedagog xodimlar strategiyani amalga oshirish chog‘ida tashkiliy o‘zgarishlarga qarshi turishda ham tashkiliy jihatdan, ham guruhiy jihatdan juda faol bo‘lishlari mumkin. Xulosa o‘rnida tavsiyaviy matn sifatida shuni alohida qayd etish lozimki, umumta’lim maktabini rivojlantirishning u yoki bu strategiyasini qabul qilish va u bilan bog‘liq tashkiliy o‘zgarishlarni rejalashtirish, ushbu o‘zgarishlarga qaratilgan murosasizlik vaziyatlarini oldindan sezish va ularni kamaytirish bo‘yicha chora- tadbirlar majmuasini tayyorlash kerak. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling