A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti


-rasm. Diversifikatsion strategik bo‘linma boshqaruv tuzilmasi


Download 1.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/64
Sana25.01.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1121214
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   64
Bog'liq
STRATEGIK BOSHQARUV 05 01 2023 охирги варианти

6.2-rasm. Diversifikatsion strategik bo‘linma boshqaruv tuzilmasi
Umumta’lim maktabining o‘z–o‘zini moliyalashga, asosiy faoliyatini
qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiluvchi infratuzilmaviy diversifikatsion strategik
bo‘linma boshqaruv tuzilmasining yutuqlaridan ba’zilarini ko‘rib chiqamiz:
-
umumta’lim maktabi faoliyatining maktabdan tashqarida bo‘lgan, uni
o‘rab turgan muhit o‘zgarisshlariga egiluvchan holatda ta’sir javobini bera olishi;
-
umumta’lim maktabining o‘z–o‘zini moliyalashga, asosiy faoliyatini
qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiluvchi infratuzilmaviy diversifikatsion strategik
bo‘linma xodimlari faoliyatini muvofiqlashtira olish jarayonining mavjudligi;
-
umumta’lim maktabi raxbarlari uchun boshqaruvchida bo‘lishi lozim
bo‘lgan tashabbuskorlik, tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida
mavjud amaliy sharoit va imkoniyatlar.
Umumta’lim maktabining o‘z–o‘zini moliyalashga, asosiy faoliyatini
qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiluvchi infratuzilmaviy diversifikatsion strategik
Direktor
O‘quv ishlar
bo‘yicha o‘rinbosar
Diversifikatsion
strategik bo‘linma


112
bo‘linma boshqaruv tuzilmasining kamchiliklaridan ham ba’zilarini keltirib
o‘tamiz:
-
umumta’lim maktabi faoliyatida ilk dastlabki xo‘jalik yuritish
subyekti sifatida shakllanganligi, shuningdek, tanho bo‘lganligi bois ham resurs va
xo‘jalik yuritish malakasiga ega bo‘lgan xodimlarga egalik qilish borasida raqobat
muhitining mavjud emasligi;
-
umumta’lim maktabining asosiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga
xizmat qiluvchi infratuzilmaviy diversifikatsion strategik bo‘linmaning ayrim
xarajat moddalari (ijara, bo‘linma xodimlarining mehnatiga haq to‘lash va va h.k)
asosiy faoliyat bilan qo‘shib olib borilayotganligi sababli ham diversifikatsion
strategik bo‘linma faoliyatining tannarxini aniqlashning murakkabligi.
Umumta’lim maktabi faoliyatida moslashuvchan boshqaruv tuzilmalari
an’anaviy tuzilmalardan ko‘ra ko‘proq bir xil ish muhitiga ega emas, chunki, tez
o‘zgaruvchan tashqi muhitda egiluvchan tarzda ishlashga moslashgan bo‘lib, bu
zamonaviy bozor iqtisodiyoti uchun eng xarakterlidir. Bular ichida matritsali va
loyihalarni boshqarish tuzilmalarini keltirib o‘tish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Boshqaruvning matritsali boshqaruv tuzilmasi sxematik tarzda 6.3-rasmda
ko‘rsatilgan.

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling