A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti


 Menejment tashkiliy tuzilmasining umumta’lim maktabining


Download 1.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/64
Sana25.01.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1121214
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   64
Bog'liq
STRATEGIK BOSHQARUV 05 01 2023 охирги варианти

6.2. Menejment tashkiliy tuzilmasining umumta’lim maktabining
rivojlanish strategiyasiga monandligi
Umumta’lim maktablari ish yurituv tashkiliy tuzilmasini strategik rivojlanish
nuqtai nazaridan takomillashtirish maqsadida o‘rganib chiqilganda ularni an’anaiy
va egiluvchan kabi menejment tuzilmalariga ajratish maqsadga muvofiqdir.
Umumta’lim maktablari ish faoliyatida, odatda butun jamoa an’anaviy
menejment tuzilmalariga o‘rgangan, ish sharoitlarga moslashgan bo‘ladi va
shuning uchun ham o‘zgarmagan tashkiliy-huquqiy mulkchilik shakllarida
barqaror tarzda o‘zini namoyon qiladi. Mazkur menejment tuzilmalaridan
umumta’lim maktablari faoliyatida anchadan buyon bir xil tusda faoliyat yuritib
kelayotgan va kelajakning mo‘ljalini olsa bo‘ladigan ta’lim segmentlarida faoliyat
yuritadigan, shuningdek, o‘z ta’lim segmentiga ega bo‘lgan va ma’lum darajada
moslashgan rivojlanish strategiyasiga ega bo‘lgan umumta’lim maktablarida
qo‘llash tavsiya etiladi. Umumta’lim maktablari ish faoliyatida an’anaviy tarzda


105
qo‘llash mumkin bo‘lgan menejment tuzilmalaridan chiziqli, funktsional
tuzilmalarni amaliyotda foydalanish uchun joriy etsa bo‘ladi.
a) Chiziqli menejment tuzilmasi boshqaruv pog‘onasining barcha
pillapoyalarida yakkahokimlik boshqaruvi bilan umumta’lim maktablari boshqaruv
tuzilmasiga mos tushadi. Bunday tartibga solishda albatta tushuniladiki,
umumta’lim maktablari boshqaruvining pastki, o‘rta va yuqori bo‘g‘inlari
boshqaruvchilari faqat bitta raxbarga to‘liq bo‘ysunadi. Shuni alohida ta’kidlash
joizki, kichik o‘rta bo‘g‘in raxbarga bo‘ysunuvchilar ham o‘z navbatida faqat
birinchi raxbarga bo‘ysunadilar. O‘rta bo‘g‘in raxbari, odatda, birinchi raxbar
nomidan ish ko‘radi, aniqroq aytganda, eng kichik bo‘g‘in bo‘ysunuvchilari bilan
birinchi raxbar o‘rtasidagi menejment tuzilmasi bo‘yicha vertikal holatda
joylashgan tuzilmadir. Masalan, umumta’lim maktablarida direktor va uning
o‘quv ishlari va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari mavjud (mazkur shtat birligi
o‘quvchilar soniga qarab o‘zgarib turadi). Mazkur jarayonda ta’kidlash joizki,
o‘quv ishlari va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlar menejment tuzilmasi
bo‘yicha to‘g‘ridan- to‘g‘ri vertikal holatda pedagoglar va o‘quvchilar jamoasi
bilan ishlaydi. Maktab direktori esa vertikal holatda avvalo, yuqorida nomlari zikr
etilgan ikkita o‘rinbosar bilan, so‘ngra esa pedagoglar va o‘quvchilar jamoasi bilan
ishlaydi.
Bu yerda o‘z-o‘zidan ko‘rinib turibdiki, maktab direktorining o‘quv ishlari
bo‘yicha o‘rinbosari o‘quv jarayonini tartibga colish va boshqarish bilan bir paytda,
pedagog xodimlarni ham boshqaradi, o‘z navbatida mazkur jarayonlar yuzasidan
maktab direktoriga hisobot beradi. Maktab direktorining tarbiyaviy ishlar bo‘yicha
o‘rinbosari mos ravishda umumta’lim matabining ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy
ish jarayonini boshqaradi va tartibga soladi, mazkur jarayonga tegishli manaviy-
marifiy tadbirlarni tashkillashtiradi, uni boshqaradi. Odatda, bunday holatda ikki
toifadagi o‘rinbosarlar bir-birining funksiyalariga aralashmaydilar. Ya’ni, o‘zga
funksiya bo‘yicha maktab pedagog xodimlariga buyruq bera olmaydi va ularning
bajarilishini talab qila olmaydi, ko‘rsatma berish


106
huquqiga ega emas.Pirovardida, harakat vertikali yuzaga keladi.Jarayon
ko‘rinishi 6.1-rasmda keltirilgan.

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling