A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti


 Umumta’lim maktablari faoliyatida tashkiliy rivojlanish


Download 1.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/64
Sana25.01.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1121214
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   64
Bog'liq
STRATEGIK BOSHQARUV 05 01 2023 охирги варианти

5.2. Umumta’lim maktablari faoliyatida tashkiliy rivojlanish
strategiyalarining turlari
Umumta’lim maktablarinning pirovard maqsadlari kabi rivojlanish
strategiyalarini ham rivojlanish toifasiga ko‘ra ikkita guruhga ajratish maqsadga
muvofiqdir:
-
umumta’lim maktabini majmuaviy jihatdan rivojlantirish maqsadiga
qaratilgan hamkorlikda amalga oshiriladigan strategiyalar;
-
umumta’lim
maktabining
vazifaviy
strategiyalari,
odatda,
hamkorlikda amalga oshiriladigan strategiyalar tarkibida harakatda bo‘lgan va
uning vazifaviy yo‘nalishlaridan,o‘quvchi va o‘qituvchilar ta’minoti, dars
jarayonlari, marketing faoliyati, xodimlar bilan ishlash, moliyaviy manbalarni
shakllantirish kabilarning birida amalga oshiriladi.
Mualliflar so‘nggi ilmiy-tadqiqot natijalariga ko‘ra umumta’lim maktabining
diversifikatsion tadbirkolik strategiyalarini, ya’ni umumta’lim maktabining o‘ziga
xos alohida
nisbatan mustaqil asosiy faoliyatga xizmat qiluvchi tarkibiy
diversifikatsion jihatlarini, masalan, dehqonchilik maydonlari, chorvachilik
majmuasi, chilangarlik ustaxonalari, shuningdek, marshrutdagi avtobuslar, xar xil
ta’lim xizmatlari kabi asosy faoliyat sanalgan ta’lim berishdan tashqari ushbu
asosiy faoliyatni qo‘shimcha moliyalash manbasi sifatida xizmat qiladigan
diversifikatsion rivojlantirish strategiyalarini ham tavsiya qiladilar.
Diversifikatsion strategiyalarni bir qator sabablarga ko‘ra amaliyotga tadbiq
etilishi belgilab qo‘yiladi.
Umumta’lim maktabining maktabdan tashqarida bo‘lgan tashqi omillari
bo‘yicha, dastavval, ta’lim muassasasining OTM larga e’lon qilingan qabul
kvotasi doirasida egallagan ulushi asos qilib olinadi, chunki umumta’lim
maktablarning pirovard maqsadi o‘quvchilarni OTM ga yo‘naltirish va shu asosida
oliy ma’lumotli yetuk mutaxassislarga ega bo‘lish hisoblanadi. Umumta’lim
maktabining OTM larga e’lon qilingan qabul kvotasida doirasida egallagan


88
ulushini asos qilib olgan holda, quyidagi strategiyalarni ajratib ko‘rsatish
maqsadga muvofiqdir.
1. Intensiv (jadalli) o‘sish strategiyasi, agar umumta’lim maktabi rivojlanish
uchun katta imkoniyatlarni saqlab qolgan holda jadal rivojlanayotgan ta’lim
segmentida faoliyat yuritayotgan bo‘lsa, mazkur intensiv (jadalli) o‘sish
strategiyasi umumta’lim maktabi amaliyotiga tadbiq etiladi. Jadal rivojlanayotgan
ta’lim segmentida faoliyat yuritayotgan umumta’lim maktabining rahbariyati
maktab “o‘z faoliyatida yetarlicha mustahkamlikka ega” va OTM larga yo‘naltirish
va qabul kvotasida doirasida egallagan ulushi bo‘yicha yetakchi mavqeni saqlab
qolishga qodir, deb hisoblaydi, buning sababi umumta’lim maktabi raxbariyati
maktab samarali marketing xizmatiga, tadqiqot va sinov eksperimental tuzilmalar
salohiyati jihatidan katta kuch-qudratga ega va sifatli ta’lim xizmatlarini olib
borishga xizmat qiladigan ilg‘or pedagogik texnologiyalar yaratilgan. Modomiki,
bu majmuaviy ta’lim jarayonida bir tomondan ota-onalar, o‘quvchilar va
umumta’lim maktablari uchun ulkan imkoniyatlar doirasi bilan birga kuchli
raqobat nuqtai nazaridan jiddiy xavf-xatar negizidagi tahdidlarni o‘z ichiga olgan
tajovuzkor xatti-harakatlar doirasini ham yuzaga keltirib chiqarishi mumkin.
2. Umumta’lim maktablarining o‘sish chegarasi yoki yashash davomiyligini
saqlab qolish strategiyasi, agar umumta’lim maktabi rahbariyati tahlil natijasida
mazkur o‘quv yilida maktab jadalli o‘sish imkoniyatlaridan ba’zilarini boy beradi,
ya’ni har yili qabul kvotasi doirasida o‘zining yuqori darajadagi saqlab kelgan
OTM ga qamrov ulushini pasaytiradi degan fikrga kelsa, yashash davomiyligini
saqlab qolish strategiyasi umumta’lim maktabi amaliyotiga tadbiq etiladi.Albatta
bu tushuncha bir tarafdan umumta’lim maktabi uchun go‘yoki orqaga ketishdek
jarayon sifatida qaralsada, ammo ta’lim segmentida faoliyat uchun mazkur jarayon
faollikning pasayishini anglatmaydi. Aksincha umumta’lim maktabining bu kabi
harakati “orqaga bir tisarilib olib yana oldingga tashlanish strategiyasi” ni o‘zida
namoyon qiladi. Bozor munosabatlari sharoitida umumta’lim maktablari
faoliyatiga mos keladigan “faoliyat bir joyda turolmaydi. Bir joyda muntazam


89
uzoq vaqt siljimagan faoliyat, aslida asta-sekin pastga sho‘ng‘iy boshlaydi”
qabilidagi tamoyil mavjudki, u menejment ta’limoti sifatida ushbu tarkibga bejizga
kiritilmagan. Albatta yuqorida zikr etilganidek, umumta’lim maktabi faoliyat
yo‘nalishini o‘zgartirish kerak, ya’ni maktab raxbariyati o‘z kuch-qudratini
OTMga qamrovni batamom past ko‘rsatkichga keltirib qo‘ymaslikka, uni saqlab
qolishga va aksincha, uni oshirishga qaratadi. Umumta’lim maktablari uchun
mazkur strategiya jadal rivojlanish (o‘sish) strategiyasi nuqtai nazaridan raqobatchi
ta’lim muassasalariga qilingan hujumga qaraganda raqobatchi ta’lim
muassasalarining tajovuzkor hujumidan ko‘proq himoyalanish sifatida qaraladi.
3. Ta’lim muassasalari faoliyatida maqsadli qisqartirish strategiyasi, xususan
umumta’lim maktablari ish yurituvida hal etib bo‘lmaydigan to‘siqlarga ro‘para
kelgan va kelgusida ta’lim berish faoliyatidan chiqib ketishga majbur bo‘lgan
(mazkur umumta’lim maktabi boshqa ta’lim muassasasining filialiga aylantiriladi)
holatlarda amaliyotga tadbiq etiladi. Mazkur jarayonda ushbu strategiyaning
alohida yana bir jihatiga e’tibor qaratish joizki, unda umumta’lim maktabining
hozirda ta’limga oid salohiyati hali to‘liq tugamaganligi, shuningdek, asosiy
salohiyatni to ‘ liq qaytadan tiklab olishiga imkoniyati mavjudligi bois va undan
ta’lim segmentidagi boshqa fanlar blokidagi yo‘nalishlarga sa’y-harakat qilish va
yana nufuzini tiklab olish maqsadida foydalanish mumkin. Shu tarzda “aql bilan
ortga tisarilish” strategiyasini ro‘yobga chiqarish jarayonida, rahbariyat fikricha,
oldinggi strategik yo‘nalishlar bo‘yicha faoliyat yuritgan va o‘z navbatida yetarli
darajada samarali faoliyat yuritolmagan bir qator fan tarkuiblarini va pedagoglar
jamoasidan voz kechish mumkin. Bir qator fan tarkuiblarini va pedagoglar
jamoasidan voz kechishga muqobil bo‘lgan mavjud tuzilmalar ichidan umumta’lim
maktabining byudjetdan tashqari mablag‘ topishga yo‘naltirilgan faoliyat
tuzilmalarini va jamg‘armalarni joriy etishning yoki umumta’lim maktabining
moddiy jihatdan quvvatini maksimal darajada oshirishning bir usuli hisoblanadi
10
.
10
Уолкер-мл., О. Маркетинговая стратегия. Курс МВА / О. Уолкер-мл., Х. Бойд-мл., Ж.-К. Ларше. – М.:
Вершина, 2006. – 496 с.


90
Amerikalik olim F.Kotlerning strategiyalar tasnifiga umumta’lim maktablari
kesimida ularning muayyan ta’lim segmentidagi qabul kvotasi doirasidagi ulushini
asos qilib olsa bo‘ladi va mazkur holat o‘z navbatida aynan umumta’lim
maktablarining rivojlanish strategiyalarining tasnifini quyidagicha keltirib
chiqaradi.
1. “Bosh bo‘lish” strategiyasi ushbu ta’lim faoliyatini yuritish jarayonida
o‘rnak bo‘ladigan darajada birinchilikni qo‘ldan bermayotgan, asosiy faoliyatga
tegishli bo‘lgan strategiyani ham a’lo darajada uddalab kelayotgan va asosiy
faoliyatni moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladigan diversifikatsion
yo‘nalishni tanlashga bel bog‘lagan umumta’lim maktablari tomonidan amaliyotga
tadbiq etiladi, bu esa moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlanish maqsadida tashkil
qilingan umumta’lim maktabining keyingi tadbirkorlik faoliyati bilan bevosita
uyg‘unlashgan holatda olib boriladi. Vaholanki, mazkur jarayonning bir nechta
shartli jihatlari mavjud, ular:
-
eski srategik rivojlanish strategiyasiga oid ta’lim segmenti doirasida
umumta’lim maktabiga yaqin atroflardan yangi iqtidorli o‘quvchilarni jalb qilgan
holda o‘z nufuzini yanada mustahkamlash;
-
yangi hududiy ta’lim jarayoniga oid sir-asrorlarni o‘zlashtirish evaziga
o‘z faoliyat doirasini kengaytirish;
- fanlar bloki bo‘yicha tayyorlanayotgan o‘quvchilar bilim saviyasini
takomillashtirish, ularning yangi pedagogik uslubiyatlarini yaratish, ota-onalar
talablarini yanada samarali qondirish imkonini beruvchi yangi bilim berish
uslublarni kashf qilish orqali OTM ga qamrov ulushini oshirish.
2. “Raqobat nuqtai nazaridan bosh bo‘lishga qarshi chiqish” strategiyasi
nafaqat hujumkor, balki tajovuzkor, chunki bu strategik rivojlanishda har doim
birinchilikni qo‘ldan bermay kelayotgan umumta’lim maktabini birinchi o‘rindan
uloqtirib tashlab, uning o‘rniga chiqishga qaratilgan bo‘ladi. Modomiki, mazkur
jarayon ham haqli ravishda bir-biriga o‘zaro bog‘liq bo‘lgan ikkita muammoni bir
vaqtning o‘zida hal qilishni taqozo qiladi: xususan,


91
- ta’lim segmentida ta’lim muassasalari reytingi uchun OTM ga qamrov
ulushini sezilarli darajada oshirish imkonini beruvchi keng qamrovli yo‘l
xaritalarini ishlab chiqish va ro‘yobga chiqarish;
- birinchilikni qo‘ldan bermay kelayotgan umumta’lim maktablarining
startegik yo‘nalishdagi yo‘l xaritalarini o‘rganib chiqish, tahlil qilish va bu
yo‘nalishlarga qarshi dosh beradigan raqobatdosh mexanizmlar yaratish.
Albatta, mazkur bir-biriga o‘zaro bog‘liq bo‘lgan muammolar va ular
o‘rtasidagi mutanosibliklar darajasi tahliliy jihatdan umumta’lim maktabining
boshlang‘ich hayot faoliyatidan o‘z-o‘zidan o‘rin olishi tabiiydir. Birinchilikni
qo‘ldan bermay kelayotgan umumta’lim maktablari bu rolda o‘zini namoyon qiladi
va ta’lim segmentida o‘z shartlarini (o‘yin qoidalarini yaratish) bemalol aytib bera
oladi. Shuning uchun ham jarayon birinchilikni qo‘ldan bermay kelayotgan
subyekt tomonidan boshqarilishi va ta’lim sifati va unga sarflanayotgan sa’y-
harakatlar, marketing faoliyati va boshqalar barcha jabhalarda uni bilan hamohang
bo‘lishi lozim.
3. “Birinchilikni qo‘ldan bermay kelayotgan umumta’lim maktablariga
ergashish” strategiyasidan OTM ga qamrov ulushi sezilarli darajada past bo‘lgan,
ammo o‘z faoliyatidan nolimagan va uni saqlab qolishga intiladigan ta’lim
muassasalari o‘z amaliyotida foydalanadi.
Bu kabi ergashayotgan ta’lim muassasalari o‘zining rivojlanish
strategiyalarini ishlab chiqish jarayonida, birinchilikni qo‘ldan bermay kelayotgan
umumta’lim maktablarining faoliyat tarzini muntazam o‘rganishlari, raqobatda
mustahkamlanish maqsadida ular uchun qiziq bo‘lmagan yo‘nalishlarni qidirib
topishlari va ularni tezda o‘zlashtirishlari lozim. Mazkur jarayonda ta’lim
segmentlari deganda birinchilikni qo‘ldan bermay kelayotgan umumta’lim
maktablari yetakchilik qilmayotgan hududlar, erkin segmentlar, shuningdek, ta’lim
jarayoni uchun nafi tegmaydigan jihatlarning shaklini va turini o‘zgartirishlari
tushuniladi. Bu kabi strategiyaga qo‘l urayotgan ta’lim muassasasi ta’lim
segmentidagi birinchilikni qo‘ldan bermay kelayotgan umumta’lim maktabining


92
har qanday faoliyatiga o‘zining munosabatini bildirishi va o‘zining yondashuvini
albatta namoyon etishi kerak.
4. Birinchilikni qo‘ldan bermay kelayotgan umumta’lim maktablarining
qo‘llayotgan tajribadan, sinovdan o‘tgan, shuningdek, o‘zini oqlagan strategiyasi
albatta boshlang‘ich oldingi strategiyaning davomchisidir va uning turi sifatida
yoki unga xizmat qiluvchi sifatida qaralishi mumkin (masalan, katta ish haqi
evaziga yollanayotgan pedagoglarga mablag‘ topish uchun umumta’lim
maktabining bog‘ini ishga tushirish strategiyasi), chunki bu kabi qo‘shimcha
strategiyalar o‘zining strategik faoliyatiga ishonadigan umumta’lim maktablari
tomonidan qo‘llaniladi. Shuning bilan birgalikda, ushbu umumta’lim maktablari
har qanday rivojlanish strategiyasining yangilangan shaklini bunyod etishi bilan
yoki ta’limning tor segmentiga xizmat qilishga ixtisoslashganligi bilan birgalikda
asosiy ta’lim faoliyatining juda yuqori sifatini ta’minlashga bel bog‘lagan bo‘ladi.
Shuning uchun ham raqobatchilar uchun ularning faoliyatini va ularning strategik
jarayonlarga bo‘lgan munosabatlarini muntazam o‘rganib, xulosa chiqarib,
o‘zlashtirib borishlari eng asosiy yo‘nalishlardan biri hisoblanadi.
Umumta’lim maktablari strategik jihatdan rivojlanishining o‘ziga qarashli
bo‘lgan ichki omillari ko‘plab tasniflar uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Umumta’lim maktablarini strategik jihatdan rivojlantirish uchun mos keladigan
yondashuv sifatida qabul qilsa bo‘ladigan uchta yo‘naltiruvchi asosiy
strategiyalarni ko‘rib chiqamiz.
1. Kooperashiyalashgan tarzdagi rivojlanish strategiyalari – o‘z mohiyatiga
ko‘ra, o‘zaro ixtiyoriy kelishuv asosida bir nechta umumta’lim maktablarining
ba’zi tarkibiy bo‘g‘inlarini birlashtirish vositasida umumta’lim maktabining o‘z
faoliyati ko‘lamini kengaytirish istagiga asoslangan strategiyalar guruhi sanaladi:
xususan,
1) tik holatdagi o‘zaro hamkorlik kooperatsion strategiyasini, har qanday
ta’lim segmentiga oid bo‘lgan yangilanishlarni,umumta’lim maktabi o‘z
hamkorlarining faoliyatidan qoniqmagan taqdirda o‘z amaliyotida qo‘llaydi.


93
Natijada, masalan, biror umumta’lim maktabining yoki ishlab chiqarish
subyektining
binosini vaqtincha ijaraga olish, yoki boshqacha usul bilan
hamkorlar bilan munosabat yo‘nalishlarini o‘rnatish to‘g‘risida yakuniy xulosaga
kelishi mumkin, yoki ular bilan aloqani uzish va ta’lim boshqaruvi tarkibida
ta’limga xizmat qiladigan va ta’limning pirovard mahsuloti sanalgan o‘quvchilarni
faqat oldindan mo‘ljallangan OTM lariga yo‘naltiruvchi maxsus tayyorlovchi
pullik asosdagi o‘zining qoshidagi filial kichik ta’lim muassasalarini tashkil etish;
2) umumta’lim maktabining yotiq holatdagi kooperatsion strategiyasi
umumta’lim maktabining
sa’y-harakatlarini aynan ushbu ta’lim segmentida
faoliyat yuritadigan ta’lim muassasalari yoki ynga xizmat ko‘rsatuvchi
infratuzilmaviy tuzilmalar sanalgan boshqa faoliyat yurituvchi subyektlar bilan o‘z
faoliyatini birlashtirishni taqozo qiladi. Bu kabi ixtiyoriy tarzdagi birlashish
jarayoni ta’lim tazimining butun texnologik zanjiri bo‘ylab, ya’ni dastavval ta’lim
berish bosqichida, so‘ngra bilimlarni vaqti vaqti bilan tashxislash (diagnostika)
jarayonida va OTM ga yo‘naltirish bosqichlarida ro‘yobga chiqishgi mumkin.
Kooperatsion birlashmalarning tashkiliy tuzilishi mutlaqo ixtiyoriylikka asoslanadi.
2. Umumta’lim maktablarining
diversifikasiyalangan, ya’ni har xil
taraqqiyot orqali oʻsish strategiyalari - oldingi oʻsish strategiyalarida boʻlgani kabi,
umumta’lim maktabining saʼy-harakatlarini asosiy yoʻnalishga jamlash orqali
emas, balki yangi faoliyat turlarini oʻzlashtirish, shuningdek, har xil taraqqiyot
orqali umumta’lim maktabi
faoliyati koʻlamini yuksaklikka ko‘taradigan
strategiyalar guruhidir. Mazkur startegiya turida asosiy faoliyatga qilinadigan
(yo‘naltiriladigan) ca’y-harakatlarning (mablag‘larning) bir qismini faoliyatning
asosiy yo‘nalishlaridan olib qo‘yish va asosiy faoliyatga xizmat ko‘rsatuvchi
boshqa qo‘shimcha strategik turlarga sarflash (sarmoya kiritish) natijasi
mujassamdir. Mazkur strategiyaning tub mohiyati shundan iboratki, unda asosiy
faoliyatga xizmat ko‘rsatuvchi boshqa qo‘shimcha strategik turlarni o ’z faoliyatiga
qo ’shimcha tarzda kiritish haqidagi rahbariyat fikri odatda amalga oshirilishi
lozim bo‘lib, umumta’lim maktabining OTM ga qamrov bo‘yicha nufuzining


94
yomonlashuvi oqibatida, shuningdek, mazkur tizimdagi pastga og‘ishlar va o‘z
navbatida ushbu salbiy vaziyatdan og‘riqsiz chiqib ketish uchun tadbiq etiladi.
Odatda, bu kabi vaziyatlarda umumta’lim maktablari uchun diversifikatsion
tarzdagi faoliyatning boshqa turlarini ham o‘zlashtirish orqali yomonlashuv
holatidan og‘riqsiz chiqib ketish istagi o‘zini oqlaydi.
Umumta’lim maktablari uchun diversifikatsion strategiyalarni ro‘yobga
chiqarishning bir nechta turlarini amaliyotga tadbiq etish tavsiya etiladi:
1) Mazmun jihatidan bir xil, ammo faoliyat jihatidan farq qiladigan
diversifikatsiya strategiyasining mohiyatida umumta’lim maktabi o‘zlashtirilgan
pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda mavjud ped uslubda yangicha
bilim berish imkoniyatini qidirayotganligi tushuniladi.
Mazkur jarayonning mazmundor jihati shundan iboratki, yangicha ped
uslubda tayyorlangan o‘quvchilar ham umumta’lim maktabining iste’molchisi
sanalgan OTM ga qabul qilishdan manfaatdor bo‘lgan iste’molchilarga
yo‘naltiriladi;
2) Umumta’lim maktabining yotiq holatdagi diversifikatsiya strategiyasi
umumta’lim maktabi hali ham o‘z iste’molchisiga har doim ham pirovard
iste’molchi sifatida muammolari bilan umumiy o‘rta ta’limga e’tibor qaratib turish
zaruriyatini o‘z ichiga oladi, bunda albatta OTM albatta umumta’lim muassasasiga
o‘quvchilarni har doimgidek, an’anaviy tarzda tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lmagan
tez o‘zlashtiriladigan, o‘quvchi tezda ilg‘ab oladigan yangicha pedagogik
texnologiyalardan foydalanishni talab qiladigan shunday ped uslubni qo‘llashni
kun tartibiga qo‘yadi. Chunki, ushbu iqtidorli o‘quvchilar kelajakda nafaqat OTM
ga yo‘naltiriladi, balki kasb-hunar maktablariga yoki ishlab chiqarishga
umumta’lim muassasasining to‘g‘ridan-to‘g‘ri bevosita iste’molchisi bo‘lmagan
boshqa subyektalarga ham yo‘naltiriladi. Modomiki, umumta’lim muassasalari
avvalo
doimiy iste’molchilar guruhi sanalgan OTM lar bilan o‘rnatilgan
hamkorlikka tayanib, qozonilgan nufuzdan yuqoriga yuksalish (sakrash, intilish)
moslamasi sifatida foydalanadilar;


95
3) Ayrim narsalarning o‘z xususiyatlarini saqlagan holda bir biriga
qo‘shilishni taqozo etuvchi diversifikatsiya strategiyasi umumta’lim muassasaning
ta’limning yangi segmentlari uchun yangi pedagogik texnologiyalardan
foydalangan holda yangicha tarzda bilim berish jarayonini o‘zlashtirishni o‘z
ichiga oladi. Shuningdek, mazkur strategiya yangicha uslub asosida o‘quvchilar
tayyorlashni o‘zlashtirish va aynan ushbu ta’lim segmentiga kirishga mo‘ljallangan
strategik dasturni ishlab chiqishni va ro‘yobga chiqarishni nazarda tutadi.Yana
shuni ta’kidlash joizki, umumta’lim muassasalarining avvalgi an’anaviy faoliyatga
bo‘lgan yondashuvi, ushbu ta’lim segmentida mazkur eski avvalgi an’anaviy
uslubdan asta-sekin voz kechish istagidan tortib, o‘z faoliyati holatini eng
bo‘lmaganda saqlab qolish, yoki bo‘lmasa mustahkamlashgacha o‘zgarishi
mumkin.
4) Mazmun jihatidan bir xil, ammo faoliyat jihatidan farq qiladigan o‘sish
strategiyalari, agar umumta’lim muassasasi har qanday ta’lim segmentiga kirib
borgan taqdirda, shuningdek, o‘z ta’lim segmentiga ega bo‘lgan va uni ushbu
yo‘nalishda o‘zini rivojlantirish istiqbolli deb hisoblagan taqdirda amaliyotga
tadbiq etiladi. Pirovard natija faoliyatning asosiy yo‘nalishi hisoblangan
umumta’lim muassasasi tuzilishini tubdan o‘zgartirmasdan, asosiy yo‘nalishdagi
harakatlarni bir butunlikka jamlash bo‘ladi.
Umumta’lim maktablari uchun yuqorida qayd etilgan strategiyalarni
ro‘yobga chiqarishning uchta turini amaliyotga tadbiq etish tavsiya etiladi:
1) ta’lim faoliyatini yuritishda nufuzini mustahkamlash strategiyasi doirasida
umumta’lim maktabi o‘quvchilarni OTM ga tayyorlashda, na pedagogik uslubini,
na ta’lim segmentini o‘zgartirmoqchi emasligi tushuniladi, ammo mazkur
jarayonda jiddiy raqobat tufayli umumta’lim maktabining barcha sa’y-harakatlari
raqobatchilarning hayotiy tarzlariga nisbatan o‘z hayot tarzlarini mustahkamlashga
qaratilgan. Bunga iste’molchilarsanalgan OTM nazarida umumta’lim maktabining
o‘quvchilarining va umumta’lim maktabining o‘zining jozibadorligini oshirishga
qaratilgan marketing tadqiqotlarini o‘tkazish orqali erishiladi;


96
2) Mabodo umumta’lim maktabi o‘z faoliyat doirasini hududiy kengaytirish
yoki faoliyat ko‘rsatayotgan mintaqaviy ta’lim segmentida yangi ichki ta’lim
segmentlarini rivojlantirish orqali yangi jabhalrni egallash yo‘li bilan OTM ga
yo‘naltirish hajmini oshirishga intilayotgan bo‘lsa, shu tarzda amalga oshiriladigan
ta’limni rivojlantirish strategiyalari afzal hisoblanadi. Mazkur strategik rivojlanish
strategiyasining asosiy ijobiy jihati bu umumta’lim maktabining o‘tkazgan
marketing tadqiqotlaridir;
3) umumta’lim maktablarining OTM ga yo‘naltirish strategiyalari, bunda
asosiy mas’uliyat o‘quvchilarni OTM ga tayyorlash jarayonini muntazam
takomillashtirib borish,shuningdek, harakatdagi faoliyat turlariga
yangiliklar
kiritish orqali uni yaratuvchi yoki o‘zgartiruvchi bo‘lgan tashabbuskorlarga,
kreativ
tarzda
faoliyat
yuritadigan
pedagoglarga
qaratiladi.
Ammo,
tayyorlanayotgan o‘quvchilar guruhi va ushbu o‘quvchilarga talabgor bo‘lgan
iste’molchilar (OTM) guruhi o‘z holicha qoladi.

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling