A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti
Download 1.4 Mb. Pdf ko'rish
|
STRATEGIK BOSHQARUV 05 01 2023 охирги варианти
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qariyotgan, yani hayot faoliyati yomonlashayotgan ta’lim muassasalari strategiyasi Munozarali ta’lim muas
Umumta’lim maktablari raqobat strategiyalarining zamonaviy nomlanishi
5.1-jadval Mualliflar Strategiya turlari va nomlari Knysh M.I. Zo‘rovon ta’lim muassasalari strategiyasi Noyob tarzda ta’lim beruvchi ta’lim muassasa- lari strategiyasi Qariyotgan, yani hayot faoliyati yomonlashayotgan ta’lim muassasalari strategiyasi Munozarali ta’lim muas- sasalari strategiyasi Umumta’lim maktablarining hukmronlik qilish istagi yuqori. Shuning natijasida ichki naflilik tufayli ta’lim doirasida kam sa’y-harakat va mehnat Sifatga e’tiborni oshirgan holda ta’lim xizmati turlarini qisqartirish (ta’lim segmentlarini shakllantirish). Qisqa muddatli va tez-tez o‘zgaruvchan, kichik hajmdagi ta’limga bo‘lgan ehtiyojlarni maksimal darajada tez qondirishga qaratilgan Umumta’lim maktablarini tub innovatsiyalar va tubdan yangi ped texnologiyalar va xizmatlarga bo‘lgan talab bozoridagi rivojlanishga yo‘naltiradi M. Porter Ta’lim berish va olish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni boshqarish strategiyasi Ta’lim segmentiga e’tibor qaratish strategiyasi Differentsiatsiya strategiyasi Yangi ta’lim faoliyatiga e’tibor qaratish strategiyasi I. Ansoff OTM ga qamrov bo‘yicha qabul ulushini maksimallashtirish strategiyasi Ta’lim turlarini rivojlantirish strategiyasi Ta’limni rivojlantirish strategiyasi Diversifikatsiya strategiyasi G.L. Azoev Xarajatlarni kamaytirish strategiyasi Ta’lim segmentatsiyasi strategiyasi Ta’lim ehtiyojlariga zudlik bilan javob berish strategiyasi. Bilim berishni farqlash strategiyasi Innovatsion strategiya A. A. Tompson, A. J. Striklend Ta’lim berish va olish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni boshqarish strategiyasi Tor ta’lim segmentida konsentratsiya strategiyasiga asoslangan ta’lim berish va olish bilan bog‘liq bo‘lgan kamroq xarajatlar Tabaqalashtirishga asoslangan torroq ta’lim segmentiga konsentratsiyalash strategiyasi. Differentsiatsiya strategiyasi Eng yaxshi ta’lim qiymati strategiyasi 84 ikkinchidan, umumta’lim maktablarining kelajak rivojlanish strategiyasini tanlash ko‘plab strategiyalar orasidan nima uchun aynan birlamchi (dolzarb) sifatida ro‘yobga chiqariladi. Mamlakatimizda hozirgi vaqtda umumiy o‘rta, o‘rta-maxsus va professional ta’lim muassasalari soni yildan yilga oshib bormoqda. Bu kabi ta’lim muassasalarining pirovard maqsadlaridan biri OTM ga yo‘naltirish hisoblanadi. Modomiki, ta’lim muassasalari soni yildan yilga oshib borar ekan turgan gapki, o‘z o‘quvchilarining pirovard natijasi sanalgan OTM safiga qabul qilinishi albatta katta raqobatda ustunlikga ega bo‘lishni qaqozo qiladi. Buning uchun esa har bir ta’lim muassasasi o‘z rivojlanish strategiyasiga ega bo‘lmog‘i zarur va o‘z navbatida mazkur strategiyani amalga oshirishda o‘z salohiyatini raqobatchilarning, ya’ni boshqa ta’lim muassasalarining salohiyati bilan qiyoslash yo‘li bilan ta’lim muassasasi o‘z ustun jihatlarini ko‘rsatishi va raqobatchilardan, ya’ni boshqa ta’lim muassasalaridan kuchliroq ekanligini isbotlashi mumkin bo‘lgan jihati kelajak strategiyasi sifatida tanlanadi. Ba’zi manbalarda bu tahliliy yondashuv ya’ni boshqa ta’lim muassasalari uchun raqobatdosh ustunlikni tanlash deb ataladi. Umumta’lim maktablarining boshqa o‘zi kabi raqobatdosh ta’lim muassasalari bilan kurashishda g‘olib bo‘lishi uchun ko‘rib, tahlil qilib chiqishi lozim bo‘lgan bir nechta omillarga to‘xtalamiz. Ular qiyidagilardir: - biz tayyorlayotgan o‘quvchilarimizni OTM ga hujjat topshirganlar ichida eng bilimlilari deb o‘ylaymiz; - biz tayyorlayotgan o‘quvchilarimizning bilim saviyasi boshqa ta’lim muassasalari o‘quvchilariniki kabi bir xil darajada, ammo bu darajaga yetishguncha biz oldinggi yilga nisbatan kamroq sa’y-harakat sarfladik; - biz bilim saviyasi yuqori darajada bo‘lgan o‘quvchilarni tayyorlab beradigan yetuk pedagoglar jamoasiga boshqa ta’lim muassasalarinikiga nisbatan yuqori ish haqi to‘lashni taklif qilmoqchi emasmiz; - biz juda yuqori darajada bilim beradigan sifatli pedagoglar bilan birga faoliyat yuritamiz va bizning pedagoglarimiz mehnatining qiymati (tayyorlov 85 kurslari uchun har bir soatiga hisoblaganda) biroz yuqori bo‘lsa-da, raqobat kurashida, ya’ni OTM ga qamrovda qabul kvotasi daoirasida yuqori salmoqqa ega bo‘ladi deb dadil ayta olamiz; - biz hozirgi darajadagi ta’lim faoliyatimiz bilan qariyb o‘n yildan biyon shug‘ullanib kelamiz va biz doimo o‘quvchilarimizning ruhiyatini oldindan payqaymiz. Biz sifatsizlikka talpinmaymiz, tayyorlayotgan o‘quvchilarimiz eng yuqori bilim saviyasiga ega, deb bohg ham urmaymiz, lekin doimiy OTM larga ayni paytda poydevori mustahkam, boshlang‘ich fundamental bilimlarga ega bo‘lgan abituriyentlarni doimo birinchilardan bo‘lib yo‘naltirganmiz. Yuqorida qayd etilgan omillarni tahlil qiladigan bo‘lsak, ba’zi omillar bir biriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri teskari holatda turibdi, masalan, tayyorlayotgan o‘quvchilarning bilim saviyasi yuqori darajada, ammo ularni tayyorlashga mehnat sarflayotgan pedagoglarga boshqa ta’lim muassasalariga nisbatan yuqori ish haqi va’da qilinmaydi. Oxir oqibat umumta’lim maktabi mazkur jarayonda yuqoridagi ikkita omilning o‘zaro mutanosibligi bo‘yicha tanlov jarayonini ko‘rib chiqishi lozim bo‘ladi. Ba’zan umumta’lim maktabi uchun ustuvorlikka ega bo‘lgan yo‘nalish bo‘yicha bir fikrga kelgandan so‘ng ro‘yobga chiqarilishi lozim bo‘lgan mustaqil tanlov sifatida ko‘rib chiqiladi, ya’ni o‘quvchilarning yuqori darajadagi bilim saviyasi yoki uchun ularni tayyorlashga mehnat sarflayotgan pedagoglarga boshqa ta’lim muassasalariga nisbatan yuqori ish haqi to‘lamaslik. Bu kabi holatlardan chiqish uchun umumta’lim maktablariga uchta yo‘nalish tavsiya etiladi. Ular quyidagilar: birinchidan, yuqori darajada bilim saviyasini o‘z o‘quvchilarida qo‘lga kiritish va unga qilinadigan sa’y-harakatlarni kamaytirishda yetakchilik, agar umumta’lim maktabinini har yili tayyorlayotgan o‘quvchilari shu tariqa OTM ga yo‘naltirilib qabul kvotasi doirasida, modomiki yuqori salmoqqa ega bo‘lib kelayotgan bo‘lsa umumta’lim maktabining raqobatda g‘olibligi, qilinadigan sa’y- harakatni muntazam kamaytirish evaziga saqlab qolinadi deb chamalasa va taxmin qilsa bo‘ladi. Bu umumta’lim maktabining asosiy kuch-qudratini faqat sifatli bilim 86 berish jarayoniga qaratish, sifatli bilim berish jarayonini doimiy ravishda takomillashtirish bilan birga unga sarf etilayotgan sa’y-harakatlarni ham kamaytirishni taqozo etadi. Natijada sarf etilayotgan sa’y-harakatlar ko‘lami kamayadi va pedagoglarga to‘lanadigan ish haqlarini oshirish imkoniyati vujudga keladi. ikkinchidan, faqat sifatli bilim berish jarayoni yoki sifatli bilim berish jarayonini doimiy ravishda takomillashtirish, unga sarf etilayotgan sa’y- harakatlarning past darajasiga ko‘nikib qolish va doimiy ushlab olish umumta’lim maktabi bu kabi ta’lim segmentidan badarg‘a qilinmagan holatiga mos tushadi. Bozor munosabatlari tilida ifodalanganda har qanday faoliyat yurituvchi subyekt mahsulotlar bozorida yetakchi o‘rinni egallab, ularni saqlab qolish, sifatli tovarlar ishlab chiqarish va iste’molchilarga yetkazib berishga talpinadi. Buning uchun doimiy ravishda “zarbni kuzatib borish”, tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga e’tibor qaratish, allaqachon ishlab chiqarilgan mahsulotlarni yaxshilash, ularni o‘zgartirish va iloji bo‘lsa, tubdan yangi usullarni taklif qiladigan sof mahsulotlarni ehtiyojlarini qondirish uchun bozorga yetkazib berish kerak. uchinchidan, umumta’lim maktabining muayyan bir ta’lim segmentini, masalan iqtisodiy yo‘nalishlar toifasini tanlashi (matematika, ingliz tili, ona tili va adabiyoti kabi fanlar blokidan iborat) umumta’lim maktabining ma’lum bir ta’lim segmentining mehnat bozorida talab mavjud bo‘lgan ta’lim yo‘nalishlariga mos kelishiga e’tiborni qaratishni taqozo qiladi. Mazkur strategik jarayon shundan dalolat beradiki, umumta’lim maktabi o‘quvchi va ota onalar ma’lum bir guruhining talablarini muntazam tahlil qilib boradi va ularning farzandlariga ta’lim xizmatlari vositasida talablarini hal qilishda o‘z faoliyat ko‘lamiini taklif qiladi. Faoliyat yurituvchi subyektlarning (shu jumladan umumta’lim maktablarining) rivojlantirish strategiyasini tanlash yo‘nalishlarini tavsiflash usuli mashhur amerikalik olim M. Porter tomonidan ishlab chiqilgan va amaliyotda hanuzgacha ulardan foydalanilib kelinmoqda. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling