A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti
Keng va tor ma’noda ta’lim muassasasining kompetentsiyaviy burchining mohiyati va mazmuni nimadan iborat? 3
Download 1.4 Mb. Pdf ko'rish
|
STRATEGIK BOSHQARUV 05 01 2023 охирги варианти
- Bu sahifa navigatsiya:
- V-BOB. TA’LIM MUASSASALARINING RIVOJLANISH STRATEGIYALARI 5.1. Umumta’lim maktablarining rivojlanish strategiyasini tanlashning asosiy yo‘nalishlari
2. Keng va tor ma’noda ta’lim muassasasining kompetentsiyaviy burchining
mohiyati va mazmuni nimadan iborat? 3. Umumiy o‘rta ta’lim maktabining strategik jihatdan rivojlanish maqsadlarini belgilash va keyin uni keng jamoatchilikka yetkazish uchun qanday usul va vositalar qo‘llaniladi? 4. Kompetentsiyaviy burch mohiyatan qanday qanday tarkibda bo‘lishi va u qanday talablarga mos kelishi lozim? 5. Umumiy o‘rta ta’lim maktabini strategik jihatdan rivojlantirish maqsadini qanday anglash mumkin va ularni ro‘yobga chiqarish davrida qanday manbalardan foydalanish tavsiya etiladi? 6. Umumiy o‘rta ta’lim maktabining strategik jihatdan rivojlanish maqsadlariga qo‘yiladigan talablar nuqtai nazaridan maqsadlar qanday holatda kelajakni qurish vositasiga aylanadi? 7. Umumiy o‘rta ta’lim maktabining strategik jihatdan tashkiliy rivojlanish maqsadlari qanday tasniflanadi? 79 8. Maqsadlar daraxti nima va u qanday shakllanadi? 9. Umumiy o‘rta ta’lim maktabining strategik jihatdan tashkiliy rivojlanish maqsadlari tarkibiy jihatidan nimalardan iborat bo‘ladi? Tayanch iboralar: umumiy o‘rta ta’lim maktabining kompetentsiyaviy g‘oyasi, maqsadlar toifasi, umumiy o‘rta ta’lim maktabini rivojlantirish maqsadi, texnologik omillar, muvaffaqiyatlilik, vaqtning aniqligi, moslashuvchanlik, ichki foydalanish. 80 V-BOB. TA’LIM MUASSASALARINING RIVOJLANISH STRATEGIYALARI 5.1. Umumta’lim maktablarining rivojlanish strategiyasini tanlashning asosiy yo‘nalishlari Hozirgi vaqtda ta’lim muassasalarining rivojlanish strategiyasini shakllantirish va amalga oshirish muammosini o‘rganadigan turli xil menejment maktablari mavjud. Xususan, G. Mintzberg, B. Alstrand, J. Lampel ta’limotlarini tavsiflovchi nofaol (retseptiv) strategiyalar va transformatsiya maktablari shular jumlasidandir. Ular asosan nofaol maktablar strategiyalarining me’yoriy jihatlariga e’tibor berishadi. Ta’lim muassasalarining rivojlanish strategiyasiga yo‘naltirilgan maktablar faoliyatida quyidagi yo‘nalishlarni alohida keltirib o‘tish maqsadga muvofiqdir: - yaratuvchilik maktabi (F.Sleznik, F.Chandler, K.Endryu) - ta’lim muassasalarining kelajagini qurishga xizmat qiluvchi strategik boshqaruv maqsadlarini ro‘yobga chiqarishda mazkur ta’limotlarning ahamiyati shundan iboratki, ta’limot negizida rivojlanish strategiyalari, maqsadni amalga oshirish bo‘yicha vakolatlar, OTM ga yo‘naltirish va qamrov bo‘yicha raqobatdosh ustunliklar mavjudki, ularni SWOT asosida batafsil faoliyatni sinchiklab o‘rganib chiqish bilan strategiyaning tarkibiy jihatlari hisoblangan omillarni ro‘yobga chiqarishdir. Yaratuvchilik maktabi qoidalarida strategik rivojlanish jarayonida umumta’lim muassasasi vaqt o‘tishi bilan yaratiladigan institutsional muhitda ta’sit kuchiga ega bo‘lgan “iqtidor va qobiliyatlar va shuning bilan birgalikda cheklovlar” qurshovida ro‘yobga chiqadigan “shaxsga tegishli bo‘lgan o‘ziga xos vakolatlar” ni ravnaq toptiradi. Umumta’lim maktablarining ta’lim berishdek asosiy faoliyatidagi o‘ziga xos kompetentsiya eskiruvchi omil bo‘lib, eskirish nuqtai nazaridan “diversifikatsion faoliyatda yangilanish nuqtai nazaridan o‘ziga xos qobiliyatsizlik” ni keltirib chiqarishi mumkin va mazkur jarayonda boshqaruv ilmi hamda san’atiga zarurat 81 tug‘iladiki, bu o‘z navbatida umumta’lim maktabining o‘z tanlagan strategiyasini rivojlantirishga asos boladi, unga mos keladi degan fikrni batafsil tahlil asosida tasdiqlab olishi lozim bo‘ladi. - umumta’lim maktablarining strategik maqsadlarini rejalashtirish maktabi (I. Ansoff, R. Ackoff va boshqalar) rivojlanish strategiyasini yaratishni rasmiy tartibda tahlil qiladi. Xolbuki, uning tahlili davomiyligida strategik maqsadlarni qayd etish, ketma-ketligini ishlab chiqish, shuningdek, eng asosiysi moliyaviy manbalarining turli jihatlari tahlil qilinadi. Modomiki, umumta’lim maktablarining ichki jihatlari, maktabdan tashqarida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan tashqi muhitdagi to‘siqlar va OTM ga yo‘naltirish va qamrov bo‘yicha raqobatdosh ustunlikka ega bo‘lish, bu umumta’lim maktabiga orzu-niyat qilgan maqsadiga yuqori darajada erishishi uchun baholiqudrat zamin yaratib beradi. - o‘z o‘rnini va makonini tanlash (pozitsion maktab) maktabi (M. Porter, B. Jeyms, J. Quinn) ning mohiyati, umumta’lim maktabining OTM ga yo‘naltirish va qamrov bo‘yicha raqobat strategiyalari doirasida, o‘z o‘rnini va makonini va raqobatdosh kuchlarni tanlash muammolarini tahlil qilishga qaratilgan. Umumta’lim maktablarining rivojlanish strategiyasini yaratish jarayonlarini namoyish qilib beruvchi menejment maktablari toifasiga quyidagilarni kiritish mumkin: - umumta’lim maktabining rivojlanish strategiyasini yaratish jarayonini maktab raxbariyatining tashabbusi, shuningdek, mazkur tashabbusga kreativ jarayon sifatida qaraydigan tashabbuskorlik, ishbilarmonlik maktabi; - umumta’lim maktabining rivojlanish strategiyasini yaratishga uzluksiz davomiylik jarayoni sifatida qaraydigan ma’lumot beruvchi menejment maktabi. Mazkur menejment maktabi umumta’lim maktabining rivojlanish strategiyasini tartibga solishda ta’lim muassasasining jamoaviy ijodkorligiga alohida urg‘u qaratiladi, modomiki mazkur jamoaviy ijodkorlik talqinidagi yo‘nalishlar, o‘z navbatida asosiy kompetensiyalar taqsimotini shakllanishini keltirib chiqaradi. 82 - umumta’lim maktablari faoliyatini va boshqaruvini transformatsiyalash maktabi doirasida (R.Maylz, K.Snou va boshqalar) umumta’lim maktabining mavjud asosiy faoliyatini mustahkamlashga yordam beradigan istalgan holatga o‘tish bo‘yicha transformatsion strategiya yaratiladi. Ismi-shariflari yuqori qayd qilingan menejment maktablari vakillari umumta’lim maktablarining rivojlanish strategiyalarining xar xil turlarini keltirib o‘tadilar, xususan ular: (5.1-jadval). Umumta’lim maktablarining rivojlanish strategiyalarining pirovard maqsadi nimalardan iborat, shuningdek, ta’lim muassasasining kompetentsiyaviy burchi bilan strategik rivojlanish maqsadi o‘rtasida qanday o‘zaro uyg‘unlik mavjud degan ikkita savolga javob berishimiz lozim. Pirovard maqsad - umumta’lim maktablari faoliyati sa’y-harakatining tavsifi, strategiya esa kelajak yo‘lidagi sa’y-harakat bilan qilingan niyatga erishish jarayonidir, buni boshqa yo‘nalishda ta’riflaydigan bo‘lsak,strategiya kelajak poydevori, shuning uchun ham kelajak to‘g‘risida niyat qilingan vaqtda strategiya mavjud bo‘lmaydi, aksincha mavhum bo‘ladi.Umumta’lim maktablari faoliyatining o‘zi kabi, kelajak poydevori sanalgan strategiya ham uning pirovard maqsadlariga qaratilmasdan, balki ushbu maqsadni amalga oshirish mexanizmlarini, shuningdek, maqsadni amalga oshirish muddatlarini o‘z ichiga qamrab olishi lozim. Mazkur fikrni yanada yorqinroq ifodalaydigan bo‘lsak, agar pirovrd maqsad umumta’lim maktabining yetmoqchi bo‘lgan manzilini belgilab bersa, umumta’lim maktabining rivojlanish strategiyasi esa shu manzilga maktab qanday yo‘l bilan yetishini o‘zida namoyon qiladi. Umumta’lim maktablarining o‘z oldiga qo‘ygan pirovard maqsadlari va kelajak strategiyalari ikkita ketma-ketlikda ro‘yobga chiqariladi: birinchidan, umumta’lim maktablarining kelajak rivojlanish strategiyalari maktabning qaysi birlamchi yo‘nalishi bo‘yicha tanlanadi; |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling