A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti


Download 1.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/64
Sana25.01.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1121214
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   64
Bog'liq
STRATEGIK BOSHQARUV 05 01 2023 охирги варианти

Tayanch iboralar:
An’anaviy boshqaruv, chiziqli-funktsional boshqaruv, matritsali boshqaruv
tuzilmasi, diversifikatsion faoliyatni boshqarish tuzilmasi, umumta’lim maktablari
faoliyatiga butunlay boshqacha tus berish strategiyasi, umumta’lim maktablarining
diversifikatsiya strategiyasi, umumta’lim maktablarining kooperatsiyalashgan
o‘sish strategiyasi, umumta’lim maktablarining yashash davomiyligini saqlab
qolish strategiyasi.


128
VII BOB. UMUMTA’LIM MAKTABLARI PEDAGOG XODIMLARINI
BOSHQARISHNING STRATEGIK JIHATLARI
7.1. Umumta’lim maktablari pedagog xodimlari strategik boshqaruv obyekti
sifatida
Umumta’lim maktablari faoliyatida byujetdan tashqari mablag‘ topishga
qaratilgan, asosiy faoliyatni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiluvchi strategik
ahamiyatga ega bo‘lgan diversifikatsion tarzda bunyod etiladigan infratuzilmaviy
subyekt negizidagi yangi strategiyani ro‘yobga chiqarish arafasida aynan shu
borasida pedagog xodimlar bilan muntazam shug‘ullanish jarayonlari ko‘rilishi
lozim bo‘lgan masala sifatida qaraladi, xususan, umumta’lim maktabi pedagog
xodimlaridan qaysi biri yangi diversifikatsion strategiya bo‘yicha malaka va
ko‘nikmaga ega, ya’ni ular qo‘shimcha tayyorgarliksiz yangi diversifikatsion
tarzdagi strategiyani ro‘yobga chiqarishga jalb qilinishi mumkin yoki umumta’lim
maktabining pedagogi va texnik xodimi, ya’ni umuman boshqa soha mutaxassisi
bo‘lganligi bois ham diversifikatsion soha bo‘yicha qayta tayyorlashdan o‘tishi
kerak, shuningdek, umumta’lim maktabining qaysi pedagogi yoki texnik xodimi
harakatdagi tashkiliy tuzilmadan tashqarida qolayapti, ya’ni qisqarishga tushayapti.
Umumta’lim maktablari faoliyatininh istiqboliga xos bo‘lgan mazkur turdagi
masalalar dastavval, taktik masala sifatida tezkor ko‘rib chiqiladi, chunki eski
tuzilma bo‘yicha faoliyat yuritib turgan pedagog xodimlarning yangi strategiyaga
moslik jihatidan mutaxassis qabuli bo‘yicha saralash bosqichlarini ro‘yobga
chiqarish va shu asosida umumta’lim maktabining yangi taraqqiyot strategiyasi
poydevori sifatidagi dastlabki sharoitlarni yaratish uchun, shuningdek, yangi
strategiyaga qadam qo‘yish uchun zamin hozirlanadi. Ikkinchi bosqichda,
umumta’lim maktabining pedagog va texnik xodimlari bilan yangi taraqqiyot
strategiyasi bo‘yicha ishlashning haqiqiy jarayonini shakllantirishga kirishiladi.
Umumta’lim maktablarining pedagog xodimlari mamlakatimiz uchun
mehnat bozorida raqobatbardosh kadrlar tayyorlash maqsadida OTM larga o‘z
mahsulotini, ya’ni yetuk, iqtidorli o‘quvchilarini yo‘naltirish borasida alohida o‘rin


129
tutadi.Mazkur pedagogik jihatlar o‘z navbatida pedagogning nufuzini va pedagogik
rivojlanishining muvaffaqiyatini belgilab beradi, chunki boshqa barcha tarkibiy
omillar ularning qiymatini faqat OTM ga yo‘naltirilgan va qabul qilingan sobiq
o‘quvchilarga (ayni vaqtda talaba) o‘tkazadi. Umumta’lim maktablarining pedagog
xodimlari ko‘plab yetuk mutaxassislarni tayyorlab milliy iqtisodiyotimiz ravnaqiga
hissa qo‘shish uchun qodir bo‘lsada, uularning pirovard mahsuloti bo‘lgan
o‘quvchilaridan qanchasi OTM larga qabul qilindi, shu tariqa pedagog xodimlar
mehnatining pirovard natijasining hisobini chiqarish lozim. Aynan pedagog
xodimlar o‘quvchilarga sifatli bilim beradi, ularni OTM ga yo‘naltiradi va o‘z
navbatida qabul qilinganlik monitoringini yuritadi, pirovardida, maktab reytingini
shu tarzda ta’minlab beradi.
Ko‘plab manbalar sharhidan bir mavhumlik mavjudki, fanda, ayniqsa
umumta’lim maktablari xodimlar boshqaruviga oid manbalarda “pedagog
xodimlar” kabi “pedagogik kadrlar” atamalarining mohiyati va o‘zaro bog‘liqligi
nuqtai nazaridan yaxlitlik sezilmaydi. Ayrim sharhlarda ular sinonim, ya’ni
o‘xshash so‘zlar sifatida sharhlanadi, ba’zi birlarida esa ular milliy til jihatidan
farqlanadi. Mazkur keltirilgan muammoviy talqinlar ushbu atamalarning
mohiyatiga aniqlik kiritishni zarurat qilib qo‘yadi.
Umumta’lim maktablarining pedagog xodimlariga nisbatan “kadrlar”
atamasi, zaruriy holatlarda, ta’lim muassasasining yangicha tashkiliy tuzilmasida
nazarda tutilgan diversifikatsion turdagi ishlarga oid, ya’ni ta’limdan tashqari
infratuzilmaviy masalalar tugunini yechishda kamarbasta bo‘la oladigan
umumta’lim maktabining barcha inson resurslarini anglatadi. Umumta’lim
maktablarining “mehnat salohiyati” atamasi ta’lim muassasasi pedagog va texnik
xodimlarining mehnat faoliyati jarayoniga yoppasiga safarbar qilinishi va undan
samarali tarzda unumli foydalanishi mumkin bo‘lgan tayanch qobiliyatlari
natijasini o‘zida namoyon qiladi. Odatda, ma’lum bir umumta’lim maktabi
faoliyatining tahlilini o‘tkazishda yuqidagi talqinlar umumta’lim maktabi faoliyati
bo‘yicha majmuaviy tavsif berish uchun, shuningdek qo‘shimcha ish turini yaratish


130
uchun maktab pedagog va texnik xodimlarining har taraflama, ayniqsa malaka va
ko‘nikmasi jihatidan imkoniyat ko‘lamini o‘lchashda tahliliy nuqtai nazrdan
foydalaniladi. Asosan, mazkur tavsifdan xalqaro mehnat taqsimoti jarayonlarini
tartibga solishda, shuningdek, mamlakat miqyosidagi hududiy mehnat bozori
holatini o‘rganish uchun keng foydalaniladi.
Mualliflar tomonidan o‘tkazilgan dastlabki sinov-tadqiqot natijalaridan shu
jaihat malumki, umumta’lim maktablari pedagog va texnik xodimlarini
boshqarishning asosiy “ajratish ketma-ketligi” ni quyidagicha pastdan yuqoriga
ketma-ketligida tasvirlash mumkin:
-
umumta’lim maktablarining inson resurslari - umumta’lim
maktabining nafaqat asosiy ta’lim berish faoliyatiga, balki strategik jihatdan
amalga oshirilishi lozim bo‘lgan qo‘shimcha kreativ faoliyatiga ham yoshidan
qat’iy nazar layoqatli faol resurs sifatida safarbar qilinishi mumkin bo‘lgan barcha
tarkibidir;
-
umumta’lim maktablari mehnat resurslari – mehnatga (aqliy va
jismoniy mehnat) layoqatli faol resurs sifatida safarbar qilinishi mumkin bo‘lgan
inson resurslarining bir qismi bo‘lib, o‘zining ruhiy-jismoniy jihatdan, shuningdek,
aqliy jihatdan barqarorligi bois, ta’lim-tarbiya berish jarayoniga munosib bo‘lgan
hamda diversifikatsion strategik jarayonlarni ijodiy nuqtai nazardan amalga
oshirishga qodir bo‘lgan umumta’lim maktablarida mehnat qilayotgan mehnat
jamoasining faol qismidir. Eng asosiysi, umumta’lim maktablarining mehnat
jamoasining faol qismi sanalgan mehnat resurslari - ijtimoiy yaratuvchilikda
bevosita, ya’ni to‘g‘ridan-to‘g‘ri qatnashadiganlarga,shuningdek, bilvosita ishtirok
etishi mumkin bo‘lganlarga, ya’ni bularga umumta’lim maktabining mehnat
jabhasidan vaqtinchalik uzilganlar (mehnat jamoasining nofaol qismi, ya’ni
vaqtinchalik kasallik ta’tilida, bola tariyasida va h.k) toifasiga bo‘linadi;
-
Umumta’lim maktablarining umumiy xodimlari - hozirgi vaqtda
umumta’lim maktabida to‘liq stavka tarzida doimiy yoki tashqi o‘rindoshlik


131
asosida vaqtinchalik, soatbay tarzda ishlayotgan ta’lim muassasalari xodimlari
bo‘lgan hududiy mehnat resurslaridan iborat bo‘lgan jamoasidir;
Boshqacha ta’rifi quyidagicha:
-
Umumta’lim
maktablarining
umumiy
xodimlari
-
ta’lim
muassasasining
shtat
jadvalida
qandaydir
ta’rifikatsiya
soati
bilan
rasmiylashtirilgan va doimiy ravishda umumta’lim maktabining asosiy faoliyati
negizida, shuningdek, strategik faoliyati negizida mehnat jabhasida bevosita va
bilvosita band bo‘lgan mehnat jamoasidir.
Umumta’lim maktabi va uning pedagog va texnik xodimlari o‘rtasidagi
mehnat munosabatlari
ta’lim muassasasida muntazam faoliyat yuritayotgan
pedagog va texnik xodimlar, shtat jadvalidan tashqaridagi, ya’ni strategik
yo‘nalish bo‘yicha umumta’lim maktabining diversifikatsion faoliyatida
byudjetdan tashqari topilgan alohida mablag‘lar uchun shakllangan smeta bo‘yicha
ishlaydigan mutaxassis xodimlari, shuningdek, umumta’lim maktabida maktab
raxbariyati bilan tuzilgan mehnat shartnomasiga binoan o‘zining bo‘sh kunlariga
qarab, tashqi o‘rindoshlik asosida o‘z mehnat faoliyatini yuritadigan pedagog va
texnik xodimlar.
Umumta’lim maktabining mulkiy majmuasiga qarab ularga egalik huquqi
bo‘yicha pedagog va texnik xodimlarni ham toifalarga ajratishga to‘g‘ri keladi. U
quyidagicha amalga oshiriladi:
-
umumta’lim maktablarining asosiy faoliyatga tegishli bo‘lgan asosiy
vositalari va fondlari albatta davlatga qarashli bo‘lgan mulkiy majmuani tashkil
qiladi;
-
umumta’lim maktabiga diversifikatsion faoliyatni yuritish maqsadida
shaxsiy tashabbus ila mulk tarzidagi yoki sarmoya qiymati ko‘rinishidagi aylanma
mablag‘ kiritgan, o‘zida qiymat aks ettiruvchi mulkga egalik qiluvchi shaxslar.
Yuqoridagi shakldagi mehnat munosabatlari bo‘yicha umumta’lim
maktablari tizimi asosiy faoliyat yuzasidan maoshli ishchilar va qo‘shimcha


132
diversifikatsion faoliyatda qo‘shimcha ustama haq evaziga ishlaydigan ishchilar va
xodimlardan iborat bo‘ladi.
Xulosa qilib shuni alohida ta’kidlashimiz mumkinki, umumta’lim
maktabining har bir pedagog va texnik xodimiga o‘zining mutaxassisligi va
qobiliyatining mohiyatini ochib beruvchi kasb doirasidagi faoliyat turi belgilab
beriladi. Shuningdek, umumta’lim maktablarining har bir pedagogi va texnik
xodimining ma’lum bir soha bo‘yicha o‘z kasbini egallash darajasini ko‘rsatadigan
malaka va ko‘nikmalari orqali umumta’lim maktabida o‘z qobiliyati yuzasidan
ularga qanday vazifalarni ishonch bildirib topshirish yuzasidan va buning negizida
unga qanday mas’uliyatli vazifa yuklatilganligini belgilab beradigan munosabatlar
tizimi shakllantiriladi.

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling