A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti


 Umumta’lim maktablarining strategik rivojlanishida transformatsion


Download 1.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/64
Sana25.01.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1121214
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   64
Bog'liq
STRATEGIK BOSHQARUV 05 01 2023 охирги варианти

9.2. Umumta’lim maktablarining strategik rivojlanishida transformatsion
siyosatning shakllanishi va uning mohiyati
Umumta’lim maktablarining strategik rivojlanishi bo‘yicha transformatsion
sa’y-harakati deganda, tarkibiy jihatdan muvozanatli raqobatbardosh faoliyatini va
asosiy ta’lim faoliyatiga infratuzilmaviy jihatdan xizmat qiluvchi strategik jihatdan
tashkil qilingan tashkiliy tuzilmasini texnologik jihatdan, shuning bilan birgalikda,


198
strategik nuqtayi nazardan shakllantirish bo‘yicha mahalliy davlat hokimiyati
bog‘inlari, viloyat xalq ta’limi boshqarmasi va bo‘limlari hamda turli faoliyat
yurituvchi subyektlar o‘rtasidagi strategik tus beruvchi o‘zaro hamkorlik
munosabatlari tizimi tushuniladi.
Mamlakatni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish bo‘yicha ish yurituvlarda,
ayniqsa, ta’lim segmentlarining oqsayotganligi, ular rivojlanishning davriy tabiati,
OTM ga qamrov bo‘yicha tabaqalanishning, shuningdek, ta’limga oid
yiriklashuvning kuchayishi, ta’lim ishtirokchilarining bu boradagi sustkashligi,
e’tiborsizligi bilan bog‘liq bo‘lgan segmentni tartibga solishga qaratilgan
kamchiliklarning mavjudligi, diversifikatsion yo‘nalishlarni moliyalashtirish,
diversifikatsion soha bo‘yicha texnologik yo‘nalishlarni qoʻllab-quvvatlash,
moliyaviy jihat bilan bog‘liq bo‘lgan talabni motivatsiyalash chora-tadbirlarini
amalga oshirish, ta’limni subsidiyalash bilan bog‘liq bo‘lgan sektor faoliyatini
qayta ko‘rib chiqish, milliy umumta’lim maktablarining stategik faoliyati uchun
resurslarni, shu jumladan, ta’lim faoliyatiga oid bo‘lgan, shuningdek, unga xizmat
qiluvchi qo‘shimcha faoliyatga oid bo‘lgan stategik texnologiyani xorijdan olib
kelish bo‘yicha sa’y-harakatlarini qoʻllab-quvvatlash uchun bojxona ta’riflarni
tartibga solish yuzasidan davlat islohotini belgilab beradi, shuningdek, umumta’lim
maktablarining har taraflama majmuaviy rivojlanishining startegik yo‘nalishini
belgilovchi transformatsion faoliyatni shakllantirishga ham e’tiborni kuchaytirishni
o‘z ichiga oladi.
Umumta’lim maktablarining strategik rivojlanishi bo‘yicha transformatsion
siyosati, davlatning ta’lim segmentiga ta’siri bo‘yicha bir qancha chambarchas
sohalar faoliyati bilan bog‘liq. Ular jumlasiga, tashqi iqtisodiy faoliyat, mintaqaviy
monopoliyaga qarshi faoliyat, ekologik infratuzilma, shuningdek, ijtimoiy siyosat
kabilar kiradi. Shu bilan birga ularda, ta’lim segmentining faoliyat yuritishi va
rivojlanishining turli bosqichlarida umumta’lim maktablarining strategik
rivojlanishi bo‘yicha transformatsion siyosatining aniq maqsadlari va amalga
oshirish vositalari, mexanizlari o‘z aksini topishi lozim.


199
Umumta’lim maktablarining strategik jihatdan, shuningdek, transformatsion
jihatdan yangidan shakllanayotgan sharoitida, strategik rivojlanishi bo‘yicha
transformatsion siyosati, asosiy ta’lim faoliyati bo‘yicha yuqori pedagogik-
texnologik afzalligi bilan, shuningdek, asosiy ta’lim faoliyatiga xizmat qiluvchi
diversifikatsion soha afzalligi bilan, ta’lim sektorining yangi turdagi
transformatsion tuzilishini tashkil qilinishiga turtki beradi. Ta’lim sektorining
kamolotga
intilishidan
kutilayotgan
maqsad
esa,
majmuaviy
tarzda
shakllanayotgan ta’lim segmentini rivojlantirish va mustahkamlashdan iboratdir.
Ular faoliyatini barqarorlashtirish jarayonida esa, mavjud ta’lim faoliyati,
diversifikatsion soha bo‘yicha ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, ilmiy-texnik va
innovatsion salohiyat kabilarni sifatli tarzda qo‘llash va amalga oshirishdir.
Xulosa sifatida shuni alohida ta’kidlash mumkinki, umumta’lim
maktablarining rivojlanish bosqichiga qarab, strategik rivojlanishi bo‘yicha
transformatsion siyosati, strategik jihatdan qurilayotgan diversifikatsion
tuzilmasini qo‘llab-quvvatlashga yoki yangi turdagi transformatsion tuzilmasini
mukammal yaratishga xizmat qiladi.
Umumta’lim maktablarining strategik jihatdan qurilayotgan segmentiga
davlatning ta’sir ko‘rsatish darajasi va tavsifiga qarab, strategik boshqaruvda
umumta’lim maktablarining strategik rivojlanishi bo‘yicha transformatsion
siyosatining ikkita muqobil ko‘rinishini ajratib ko‘rsatish maqsadga muvofiqdek
tuyuladi, ular quyidagilardir:
a)
umumta’lim
maktablarining
strategik
rivojlanishi
bo‘yicha
transformatsion siyosatining “o‘ta barqaror bo‘lgan” vertikal ko‘rinishi;
b)
umumta’lim
maktablarining
strategik
rivojlanishi
bo‘yicha
transformatsion siyosatining “o‘ta barqaror bo‘lmagan” gorizontal ko‘rinishi.
Umumta’lim maktablarining “o‘ta barqaror bo‘lgan” transformatsion
siyosati, odatda, asosiy ta’lim faoliyatiga xizmat qiluvchi strategik jihatdan ustuvor
sektorlarni yaratishni va ularni rivojlantirishga qaratilgan sa’y-harakatlarni o‘z
ichiga oladi. Bosh islohotchi sanalgan davlat bog‘inlari esa, umumta’lim


200
maktablarining strategik jihatdan ustuvor yo‘nalishlarini moliyalash uchun byudjet
subsidiyalari va bilvosita subsidiyalash mexanizmlarini hamda ularning uzoq
muddatli rivojlanish strategiyasini shakllantirishni qo‘llab-quvvatlaydi. O‘zaro
hamkorlik negizidagi majmuaviy xo‘jalik subyektlarining o‘zaro bog‘lanishi,
yetakchi faoliyat yurituvchi subyektlar yutuqlaridan foydalanish va yangi turdagi
ta’lim segmentini shakllantirish asosida, endi tetapoya bo‘lib kelayotgan ta’lim
muassasalarining rivojlanish nuqtayi nazaridan ularga zanjirli bog‘lanishini
ta’minlaydi.
Bosh islohotchi sanalgan davlat bog‘inlarining nafaqat islohotchi sifatida,
balki, investor sifatida ham ta’lim segmentiga bevosita faol aralashuvini nazarda
tutuvchi strategik rivojlanishi bo‘yicha transformatsion siyosatining “o‘ta barqaror
bo‘lgan” vertikal ko‘rinishidan farqli o‘laroq, strategik rivojlanishi bo‘yicha
transformatsion siyosatining “o‘ta barqaror bo‘lmagan” gorizontal ko‘rinishi,
raqobatbardoshlikni oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish va uni amalga
oshiradigan diversifikatsion loyihalarini qo‘llab-quvvatlashlarni o‘z ichiga oladi.
Ushbu dasturamal negizida milliy ta’lim muasasalarining rivojlanish samaradorligi
amalga oshiriladi.
Shuningdek, umumta’lim maktablarining strategik rivojlanishi bo‘yicha
transformatsion siyosatining “o‘ta barqaror bo‘lmagan” gorizontal ko‘rinishi ta’lim
segmentining barcha strategik tarzda tashkil etiladigan diversifikatsion
yo‘nalishlari uchun ta’limni jonlantirishga qaratilgan umumiy jarayonni
rivojlantirish imkoniyatlaridan maksimal darajada foydalanishni ham o‘z ichiga
oladi. Strategik tarzda tashkil etiladigan diversifikatsion muqobil yo‘nalishlar
nisbati, ulardagi moliyaviy muammolar, ularni asosiy faoliyat bilan bog‘lash
negizidagi boshqa ko‘plab muammolar, ta’lim muasasalari o‘z-o‘zini tartibga
solish jarayonlarida talab va taklif chorrahasida hal qilinishi kerak, shuning uchun
ham mazkur jabhada, avvalo, strategik rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlarini
belgilab olish va ulardan yetakchi yo‘nalishlarni ajratib olish zarurati o‘z-o‘idan
paydo bo‘ladi. Umumta’lim maktablarining strategik rivojlanishi bo‘yicha


201
transformatsion siyosatining “o‘ta barqaror bo‘lmagan” ushbu gorizontal ko‘rinishi
tarafdorlari nuqtayi nazaridan, transformatsion jarayonni rivojlantirishning ustuvor
yo‘nalishlarini belgilash, muqobil diversifikatsion yo‘nalishlar kesimida paydo
bo‘lgan nisbatlarning saqlanishiga olib kelishi mumkin, bu ta’lim segmentida
faoliyat yuritadigan mavqega ega bo‘lgan qudratli kuchlar sa’y-harakati asosida
tuzilmani muntazam ravishda tuzatish kiritib turish ma’qul ko‘rinadi.
Umumta’lim maktablarining rivojlanish jarayonlariga tegishli bo‘lgan yana
bir nechta jihatni alohida qayd etish lozimki, ularga hozirgi sharoitda mazkur
jarayonni tartibga solish mexanizmining nomukammalligini va diversifikatsion
soha uchun resurslar cheklanganligini, shuningdek, ta’lim sektorining innovatsion,
texnologik va boshqa sohalardan orqada qolayotganligini, pirovardida, mazkur
oqsashlar, sifatli kadrlar yetkazib berish nuqtayi nazaridan, mamlakatning ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanishida sezilarli nomutanosibliklarni keltirib chiqaradi.
Ta’kidlash joizki, ayni vaqtlarda, umumta’lim maktablarining strategik
rivojlanishi bo‘yicha olib borilayotgan transformatsion sa’y-harakatlar amaliyoti,
dunyoning Frantsiya, Germaniya, AQSh kabi ko‘plab rivojlangan davlatlarida
sinab ko‘rilmoqda. Qayd etilgan davlatlarning yuqori boshqaruv bog‘inlari esa,
umumta’lim maktablarining strategik rivojlanishi bo‘yicha olib borilayotgan
transformatsion tuzilmasini jahon iqtisodiyoti muammolari va ularning tugunini
yechishga xizmat qilish bilan bog‘lash, shuningdek, milliy umumta’lim
maktablarining strategik rivojlanishi bo‘yicha olib borilayotgan transformatsion
sa’y-harakatlari negizida strategik tarzda tashkil qilinadigan diversifikatsion
majmuasining raqobatbardoshligini oshirish, ularining strategik rivojlanishi
bo‘yicha olib borilayotgan transformatsion sa’y-harakatlar infratuzilmasini
takomillashtirish, yangi diversifikatsion yo‘nalishlarni yaratishni o‘z ichiga olgan
keng ko‘lamli yo‘l xaritalarni tuzmoqdalar.
Umumta’lim maktablarining strategik rivojlanishi
bo‘yicha olib
borilayotgan transformatsion sa’y-harakatlarini ro‘yobga chiqarish vositalari
sifatida tartibga solishning to‘g‘ri va egri usullaridan foydalaniladi.


202
Transformatsion sa’y-harakatlarni ro‘yobga chiqarishning to‘g‘ri usullari,
ta’lim jarayoni uzluksizligini, shuningdek, uning sifatini ta’minlash uchun ta’limga
oid yoki har xil resurslarni taqsimlash yoki qayta taqsimlash bilan bog‘liq bo‘lib,
faoliyatning muayyan sohalarini motivatsiyalash maqsadida, bu usul bevosita
davlat tomonidan qo‘llaniladi. To‘g‘ri usullar, ta’lim muassasalarining
diversifikatsion yo‘nalishlarini subsidiyalash ko‘rinishidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri
davlat moliyalash manbalari mablag‘larini o‘z ichiga oladi.
Egri usullar, pul-kredit va soliq-byudjet siyosatining barcha unsurlaridan
iborat bo‘lib, mazkur unsurlar, o‘z navbatida, ta’lim muassasalarining faoliyat
yuritishi uchun sharoit yaratishni o‘z ichiga oladi.
Bu kabi usullar, ta’lim ishtirokchilarning faoliyat tuslarini o‘zgartirish va
dastavval, ta’lim segmentining diversifikatsion sohasi bilan bog‘liq xavflarni
baholash uchun amaliyotga tadbiq etiladi. Bu turdagi usullar vositasida davlat
ta’limga bo‘lgan talab va umumta’lim maktablari tomonidan amalga oshriladigan
ta’limga bo‘lgan taklif muvozanatini tartibga soladi.
Umumta’lim maktablarining strategik rivojlanishi bo‘yicha olib borilayotgan
transformatsion sa’y-harakatlarining egri usullari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
-
ta’lim segmentlari yoki umuman ta’lim segmenti tasarrufidagi
qo‘shimcha diversifikatsion faoliyatini tartibga soluvchi, ammo, uning tarkibidagi
alohida jihatlarni bevosita qo‘llab-quvvatlashni (texnik jihatdan tartibga solish,
mahalliy xodimlarni jalb qilishlarni qo‘llab-quvvatlash, innovatsiyalarni
rag‘batlantirish va boshqalar) o‘z ichiga olmaydigan me’yoriy-huquqiy hujjatlarni
qabul qilish;
-
umumta’lim maktablarining qo‘shimcha diversifikatsion faoliyati
bilan bog‘liq bo‘lgan ilg‘or xorijiy ishlab chiqarish texnologiyalarini olib kirishda,
ular faoliyatini qo‘llab-quvvatlash nuqtayi nazaridan bojxona ta’riflarni tartibga
solish;
-
umumta’lim maktablarining qo‘shimcha diversifikatsion faoliyati
bilan bog‘liq bo‘lgan xo‘jalik yuritishishining moliyaviy infratuzilmasini va,


203
xususan, innovatsion faoliyatni rivojlantirish uchun qo‘llab-quvvatlash choralarini
ko‘rish;
-
umumta’lim maktablarining qo‘shimcha diversifikatsion faoliyatiga
taqiqlarni olib tashlash va uning transaktsiyaviy xarajatlarini kamaytirish bo‘lib,
ular jumlasiga, ma’muriy to‘siqlarni kamaytirish, ishlab chiqarishni olib borish
uchun soliq va boshqa imtiyozlar berilgan hududlar, ya’ni, texnoparklar, erkin
kichik sanoat hududlarini yaratish kabilar kiradi;
-
ko‘rilayotgan umumta’lim maktabi bilan boshqa nodavlat ta’lim
muassasalari o‘rtasida infratuzilma obyektlarini qurish va h.k. kabi qo‘shma
loyihalarni amalga oshirish;
-
iqtidorli o‘quvchilarga bo‘lgan OTM lar ehtiyojlari va kadrlarga
bo‘lgan davlat buyurtmalari kabilar.
Yuqorida nomlari qayd etilgan dunyoning Frantsiya, Germaniya, AQSh kabi
ko‘plab rivojlangan davlatlarining tajribasi shuni ko‘rsatadiki, zamonaviy, tez
o‘zgarib turadigan ta’lim segmentlarida alohida diversifikatsion yo‘nalishlar va
ularning yaxlit asosiy ta’lim faoliyati bilan bog‘liq majmualarini bevosita qo‘llab-
quvvatlashning an’anaviy vositalari keng ko‘lamli sa’y-harakatni talab qiladi va
shuning bilan birgalikda, samaradorlik nuqtayi nazaridan foydali hisoblanmaydi.
Aslida, umumta’lim maktablarining sinovdan o‘tgan zamonaviy strategik
rivojlanishi bo‘yicha olib borilayotgan transformatsion sa’y-harakatlari bo‘yicha
o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishishning asosiy yo‘li - uni to‘g‘ri usullar
yordamida amalga oshirishdir.
Bundan tashqari, ta’lim xavfsizligini ta’minlash maqsadida, umumta’lim
maktabining diversifikatsion faoliyat tizimini rivojlantirish, pirovardida, ta’lim
sohasining barqaror ishlashini ta’minlash, ijtimoiy soha obyektlari, shu jumladan
ta’lim sohasi faoliyatini motivatsiyalash maqsadida davlat bo‘g‘inlari strategik
boshqaruvning to‘g‘ri usullaridan foydalanadilar. Aniq kelajagini ko‘radigan,
zaruriy ta’lim muasasalarini qo‘llab-quvvatlash va ularning strategik ahamiyat


204
kasb etuvchi diversifikatsion loyihalarini ro‘yobga chiqarishga esa davlat
tomonidan subsidiya ajratiladi.
Ta’lim segmentini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuasida
strategik dasturni amalga oshirishga qodir bo‘lgan ma’lum vositalar to‘plamining,
eng yangi texnologiyalar va yuqori pedagogik ta’lim sifati darajasiga ega, ta’limga
oid bo‘lgan ta’lim xizmatlari turining mavjudligi, shuningdek, umumta’lim
maktablarining sinovdan o‘tgan zamonaviy strategik rivojlanishi bo‘yicha olib
borilayotgan transformatsion sa’y-harakatlarining asosiy xususiyati, uning
shakllanishiga yo‘naltirilganligi bilan bog‘liq va u o‘z navbatida, bu kabi kreativ
yondashuvlar OTM ga qamrov ko‘lami kengayishining eng muhim omili sifatida
davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan strategik rivojlanish bo‘yicha olib
borilayotgan transformatsion siyosatning mohiyatini belgilab beradi.
Ta’lim muassasalari faoliyatida ham ko‘p tarmoqli xo‘jalik yuritishning
dolzarbligiga ko‘ra, dunyoning Frantsiya, Germaniya, AQSh kabi ko‘plab
rivojlangan davlatlarida ham umumta’lim maktablarining strategik rivojlanishi
bo‘yicha olib borilayotgan transformatsion siyosatining quyidagi asosiy turlari
yaratilgan:
- ommaviylikga yo‘naltirilgan transformatsion siyosati;
- bir-birining o‘rnini bosishga mo‘ljallangan transformatsion siyosati;
- kreativ tarzdagi transformatsion siyosati.
Ta’lim sohasi bo‘yicha ommaviylikga yo‘naltirilgan transformatsion
siyosatning mazmun-mohiyati, o‘z ta’lim tizimini diversifikatsion tarzda
rivojlantirish jarayonini ommalashtirishga yo‘naltirilgan, ya’ni boshqalar ham
mazkur tizimni o‘z faoliyatiga tadbiq etishga tavsiya qilingan, asosiy ta’lim
faoliyatiga xizmat qiluvchi diversifikatsion jarayonlarni har tomonlama bir
ovozdan qo‘llab-quvvatlashdan iborat.Asosiy ta’lim faoliyatiga xizmat qiluvchi
diversifikatsion jarayonlarni har tomonlama bir ovozdan qo‘llab-quvvatlashning
asosiy chora-tadbirlari OTM larga qamrov bo‘yicha kvota ulushining asosiy
qismini egallash uchun raqobatbardosh ta’lim segmentlarini rivojlantirish va


205
qo‘llab-quvvatlashni o‘z ichiga oladi. Umumta’lim maktablarining strategik
rivojlanishi bo‘yicha olib borilayotgan transformatsion sa’y-harakatlarini amalga
oshirish, soliq va bojxona to‘lovlaridan ozod qilish yoki qisman imtiyozlar berish,
faoliyatini ommalashtiruvchi ta’lim muassasalarini davlat tomonidan subsidiyalash
kabi boshqa qulay shart-sharoitlarni yaratish vositasida amalga oshiriladi.
Umumta’lim maktablarining ushbu turdagi strategik rivojlanishi bo‘yicha
olib borilayotgan transformatsion sa’y-harakatlarining muhim afzalliklari shundaki,
mamlakatning dunyo hamjamiyatiga qo‘shilishi va ta’lim faoliyatiga oid bo‘lgan
jahon resurslari va texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatini, ta’lim
muassasasining boshqa ichki diversifikatsion yo‘nalishlarini rivojlantirish uchun
kichik ko‘rinishli, shuning bilan birgalikda samarador tuzilmalarni yaratishni va
byudjetdan tashqari mablag‘lar topishning asosiy manbai bo‘lgan kuchli
raqobatbardosh strategik yo‘nalishlarini rivojlantirishni, shuningdek, mamlakatga
ilg‘or pedagogik uslubiyatni va xorijiy professor-o‘qituvchilarini jalb qilish va
ularning ta’lim xizmatlarini rivojlantirishga hissasini qo‘shdirish kabilarni o‘z
ichiga oladi.
Ta’lim muassasalarining strategik ahamiyat kasb etuvchi ommaviylikga
yo‘naltirilgan transformatsion sa’y-harakatini amalga oshirishga dunyoning
Finlandiya, Turkiya, Chili, Janubiy Koreya, Singapur, Tailand, Malayziya,
Yaponiya, kabi ko‘plab rivojlangan davlatlarining bu boradagi muvaffaqiyati
na’muna bo‘la oladi.
Ushbu turdagi transformatsion sa’y-harakatini amalga oshirishning salbiy
omillari asosan ta’limning baynalmilallashuvi bilan chambarchas bog‘liq, chunki
ommaviylikga yo‘naltirilgan transformatsion siyosatlar tarkibida jahon ta’lim
segmentidagi qiyosiy o‘xshashliklarning ma’lum darajada salmoqqa ega bo‘lishi
mamlakat ta’lim muassasalarining bu boradagi strategik ahamiyatga ega bo‘lgan
diversifikatsion
tuzilmasini
maqbullashtirishga
olib
keladi.Shuningdek,
mamlakatda korruptsiyaning kuchayishi, mamlakat ta’lim segmentidan yetuk
pedagogik kadrlarning chiqib ketishi kabilar transformatsion sa’y-harakatini


206
amalga oshirishning salbiy omillariga yaqqol misol bo‘ladi. Umumta’lim
maktablarining kelajagida, bu, ta’lim segmentining raqobatbardoshligining
zaiflashishiga, oqibatda esa, milliy iqtisodiyot tarmoqlariga yetuk sifatli kadrlar
yetkazib berilmaslik natijasiga bog‘liq holda, mamlakat YaIM o‘sish sur’atining
sekinlashishiga, shuningdek, to‘plangan bilimlar darajasining pasayishiga olib
kelishi mumkin, chunki bilimlarni to‘plash va inson kapitalining o‘sishi jarayoni
eng jadal sur’atlarda sodir bo‘ladigan jarayon emas. Shu sababdan ham, ta’lim
bilan bog‘liq zaiflashuvlar oqibati, mamlakat iqtisodiy rivojlanishini bir necha o‘n
yillarga kechiktirib yuborishi mumkin. Umumta’lim maktablarining kelajagiga xos
bo‘lgan bu kabi e’tirof etilgan holatlar zamonaviy strategik boshqaruvda “Golland
kasalligi” nomi bilan dong taratgan
16
.
Ta’lim segmentida rivojlanmasdan bir holatda turib qolishlik holatlari, uning
dunyoviy pedagogik-texnologik taraqqiyotdan orqada qolishiga olib kelib,
pirovardida, dunyoda e’tirof etilgan, ya’ni tan olingan yangi pedagogik
texnologiyalarni, ularga xos bo‘lgan uslubiyatlarni xorijdan kiritish zaruratini kun
tartibiga qo‘yishi mumkin, bu esa aynan mamlakatimizning ommaviylikga
yo‘naltirilgan ta’limga oid transformatsion siyosati samarasini amalda yo‘qotadi.
Vaholanki, bu kabi holatlar o‘z navbatida, mamlakat ta’lim segmentini xorijiy
ta’lim segmentlariga itoatgo‘y ahvolga solib qo‘yishi mumkin.
Yana bir muhim jihatni o‘z o‘rnida ta’kidlab o‘tish lozimki, ta’lim
muassasasi hatto yuqori darajada egallangan strategik tusdagi o‘zining
transformatsion sa’y-harakati tufayli egallagan pedagogik usubiyatini yoki asosiy
ta’lim faoliyatini rivojlantirishga xizmat qiluvchi ishlab chiqarish maqomiga ega
bo‘lgan qo‘shimcha strategik faoliyati uchun qo‘llayotgan texnologiyalarini ham
ommalashtirishga yo‘naltirilganida, ammo, mazkur faoliyat bo‘yicha o‘z faoliyat
yuritishini chetdan olib kiritilgan texnogiyalar vositasida amalga oshirsa,xolbuki,
ularning qiymat jihatidan nisbiy ulushi o‘zlari yaratgan,shuning bilan birgalikda
ommalashtirishga yo‘naltirayotgan texnologiyalardan yuqori bo‘lsa, unda mazkur
16

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling