A qodiriy nomli jizzax davlat pedagogika instituti pedagogika va psixologiya fakulteti


 Tarbiya jarayonining xususiyatlari


Download 297.49 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana17.06.2023
Hajmi297.49 Kb.
#1545694
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2 5422690609733316932

1.2 Tarbiya jarayonining xususiyatlari. 
Tarbiya jarayonida kishining turli qlllĺobiliyatlari rivojlanadi, g'oyaviy, 
axloqĺiy, irodaviyestatik xislatlari shakllanadi, tabiatga, jamiyatga ilmiy qarashlar 
tizimi tarkib topadi, jismoniy kuch-quvvatlari mustaxkamlanadi. 
Tarbiya qoidasi-pedpgog ta'lim va tarbiya jarayonini yaxshiroq tashkil 
etish masalasida foydalanadigan boshlang'ich xolat, raxbarlik asosidir. Tarbiya 
qoidalari o'qituvchi, tarbiyailarga yo'-yo'riq ko'rsatuvchi qoidalar xisoblanadi, 
yangi kishini shakllantirish vazifalari bilan belgilanadi. Tarbiya qoidalari mustaqil 
xarakterga ega bulib, tarbiyaning uziga xos xususiyatlarini va qonuniyatlarini aks 
ettiradi.
Tarbiyaning moxiyati, mazmuni qoidalari mamlakatimizda yangicha 
iq⁰tisodiy 
munosabat 
sharoitlarining 
uzgarganligi 
sababli 
kengayib 
bormoqda.Tarbiya qoidalariga quydagilarni kiritish mumkin: tarbiyaning malum 
maqsadga qaratilganligi, tarbiyaning insonparvarlik va demokratik qoidasi, 
tarbiyani xayot bilan, mexnat bilan bog'likligi qoidasi, tarbiyada milliy-madaniy va 
umuminsoniy kadriyatlarning ustivorligi qoidasi, tarbiyada o'quvchilarning yosh 
va shaxsiy xususiyatlarini xisobga olish qoidasi, izchillik, tizimlilik, tarbiyaviy 
tasirlarning birligi va uzluksizligi qoidasi va boshqalar. 


16 
Tarbiyadan ko'zlangan asosiy maqsad, xar tomonlama manaviy 
rivojlangan, aqliy va axloqiy barkamol shaxsni shakllantirishdan iborat. Shunga 
ko'ra tarbiyaviy faoliyatning mazmuni, tashkiliy shakllari va usullari shu 
maqsadga erishini ko'zda tutadi. 
Umumiy ta'lim maktabning asosiy vazifasi-shaxsning aqliy, xis-tuyg'uli va 
jismoniy rivojlanishi, qobiliyatlarini xar tomonlama kamol toptirish, imkonicha 
boricha qulay sharoitlar yaratishdan iborat.Shuningdek o'quvchilarda milliy g'urur 
va milliy axloq odobni shakllantirishni ko'zda tutadi. 
Tarbiyaning maolum maqsadga qaratilganlik qoidasi yoshlar jamoasining 
rivojlanish istiqbollarini ko'ra bilishga yordam beradi. Xar bir tarbiyaviy tadbir 
oldindan puxta uylangan, muayyan maqsadni amalga oshirishga bo'ysundirilgan 
bo'lsa, uning g'oyaviy-siyosiy darajasini oshiradi, tanlangan usul va vositalar 
maqsadga muvofiq keladi, ularning tarbiyaviy ta'siri yuqori bo'ladi. 
Yoshlarni insoniy fazilatlar ruxida tarbiyalashda muqaddas kitob Qurxoni 
Karim, Xadisi sharifdan foydalanash juda muxim. Maxmud Koshgariyning 
«Devoni lugatit turk»,Yusuf Xos Xojibning «Qutadgu bilik», Axmad 
Yugnakiyning «Xibatul xakoyik», Kaykovusning «Qobusnoma», Axmad 
Yassaviyning «Xikmatlari», Alisher Navoiyning shox asarlari, xikmatlari muxim 
tarbiyaviy axamiyatga ega. 
Tarbiyani 
demokratiyalash-bu 
tarbiyani 
mamuriy 
extiyoj 
va 
qiziqishlardan yuqori quyish, tarbiyachi va tarbiyalanuvchi o'rtasidagi o'zaro 
ishonach, xamkorlik asosida pedagogik munosabatlar moxiyatini o'zgartirish 
demakdir. Bu tarbiyaga ishiga jamoatchilikni jalb qilish, uning rivojlanishiga 
jamoat omilini kiritish demakdir. 
Tarbiyaviy faoliyatni demokratiyalash va insonparvarlashtirish uning 
moxiyati va mazmunini qayta tafakkur etishni ko'zda tutadi, shaxsning rivojlanish 
va o'zligini anglash xuquqini taminlaydi. 
Talabalarni Vatanimiz qadriyatlari, boy madaniyati bilan tanishtirish, 
madaniy va diniy bilimlarni egallashga bo'lgan talablarini shakllantirish, 


16 
malakalarini oshirib, tobora boyitish, estetik tushunchalarni shakllantirish juda 
muximdir. 
Manaviy qadriyatlar va g'oyalar xar xil millat talabalarini birlashtiradi, 
o'quv va mexnat faoliyatlarini uyushtirishda yordam beradi. 
Xalqimizning ko'p asrlik qadriyatlarini, ulkan va boy madaniy merosini 
chuqur bilmasdan, milliy o'zlikni anglash, milliy g'urur tuyg'usini qaror toptirish 
mumkin emas. 
O'zbek xalqi kup asrlik tarixiy tarakkiyotida katta madaniyatni yaratdi. U 
yaratgan boyliklar yoshlar tarbiyasida muxim vosita bulib xizmat qiladi. Ismoil 
Al-Buxoriy, al-Xorazmiy, Beruniy, Forobiy, Abu Ali Ibn Sino Fariddin Attor, 
Margiloniy 
Alisher 
Navoiy, 
Nizomiy 
Ganjaviy 
va 
boshqa 
buyuk 
mutufakkirlarning asarlari orqali o'quvchilar go'zal axloq,, baxt, insof, poklik, iffat, 
sabr-matonat, mexr-shafqat, ota-onani xurmat kilish qoidalari xaqida keng 
tasavvurga ega buladilar
Insoniylik uz tarkibiga insonning eng yaxshi axloqiy xususiyatlarini, ya'ni odamlar 
o'rtasida o'zaro yaxshi munosabatda bo'lish, do'stlik, ota-onaga sadoqatlik, 
mexnatsevarlik, diyonatlilik kabi fazilatlarni qamrab oladi. Ota-bobolarimiz 
bolalarda yoshlikdan ana shunday go'zal fazilatlarni qaror toptirishga katta 
axamiyat berganlar. 
Tarbiyaga yaxlit tizimli yondashish tarbiyaning pedagogik xarakatning 
pirovard natijasiga yunaltirilganlik darajasini belgilab beradi. Bunda pedagogik 
maqsad va vazifalar, uning mazmuni tarbiyaviy jarayonning barcha qatnashchilari 
tomonidan tan olinishi shart. 
Shunga axamiyat berish lozimki, amalda tarbiyaviy jarayon unumning ishi va 
uzluksiz bulsin, barcha yoshdagilar shaxslarni qamrab olsin, tarbiyaning barcha 
tomonlari xamoxang bulsin, turli ijtimoiy, jamoat va davlat institutlari va 
muassasalarni 
shaxs 
kamolotini 
shakllantirish 
borasidagi 
xarakatlari 
mujassamlashsin.


16 
Tarbiya ishida izchillik juda muximdir. Tarbiyachi avvaliga talabalardan biror 
narsani talab qilib, so'ngra o'zining bu talabini unitib qo'ysa yoki o'zi bu talabga 
xilof ish tutsa, bu xol tarbiyaga juda yomon ta'sir qiladi.
O'kituvchi subutli; o'z lafziga sobit bo'lmogi kerak. Masalan: «Ertaga maruza 
daftarlaringizni tekshiraman», «Xar biringizdan darsni aloxida so'rayman» deb 
va'da berdingizmi, ijrosini unutmang.
Pedagog biror tarbiyaviy tadbir uyushtirishni talabalarga va'da qilib, sal orada 
va'dasini esdan chiqarib qo'ysa, talabalar bunday o'qutuvchiga ishonmay qo'yadilar. 
Xar bir pedagogning ishi bilan so'zi bir bulishi qo'lozim. 
Yoshlarga tarbiya va ta'lim berishda uzliksizlik va tizimlilikka rioya qilish 
kerak. 
Xamma tarbiyachilar talabalarga bo'lgan munosabatlarida bir-birlariga zid 
xarakatda bo'lmasliklari, bir xil talab qo'yish muvaffakiyat qozonishning eng 
muxim shartlaridan biridir. Afsuski, amalda ba'zan oila maktabning talablarini 
qo'llab-quvvatlamaydigina emas, balki talabaga teskari ta'sir ko'rsatadi. 
O'qituvchilar orasida xam talabalarning obir xilligi xamisha taxminlanavermaydi. 
Tarbiya uzoq muddatli, murakkab jarayon bulib, unda ota-ona, o'qituvchi, 
jamoatchilik va boshqalar qatnashadilar. Shu sababli ularning ishida izchillik va 
davomiylik blishiga rioya etish, talabalarning tarbiyalanganlik darajasini, tarbiya 
usullari va shakllarini o'z vaqtida aniqlab olish juda muximdir. Bu qoida tarbiya 
ishida tarbiyani oshiradigan barcha bo'g'inlarning (oila va maktab,o'uvchilar va 
tashkilotlari, maktabdan tashqari tarbiya muassasalari va ishlab chiqarish 
korxonalarining, keng jamoatchilikning) xamjixat va bamaslaxat ish ko'rishni 
ko'zda tutadi. Chunki tarbiyaviy ta'sirdagi tizimlilik faqat yoshlarni emas, balki 
xolining barcha qatlamini tarbiya tizimiga jalb qilishdagi rang-barang shakl va 
usullari ijtmioiy-iktisodiy xam pedagogik jixatdan, nafaqat tub axoli, balki 
respublikadagi 
istiqomat 
kilayotgan 
boshqa 
millatlar 
va 
elatlarning 
etnopedogogikasi pozitsiyasi jixatidan xam taxminlanishi kerak.


16 
Boshqarishning mohiyati, maktabdagi o'quv jarayoni bir kishi tomonidan emas, 
balki o'qituvchilar, o'quvchilar, maktab rahbarlari, o'quvchilarning ota-onalarini o'z 
ichiga olgan muhim bir guruh tomonidan amalga oshiriladi. Ularning 
harakatlarining izchilligi, maqbul yo'llar bilan ta'lim maqsadlariga erishishning 
muvaffaqiyati uchun ta'lim jarayonini boshqarish masalasini ko'tarish qonuniydir. 
Avvalo, ta'lim jarayoni sathlarini ajratib ko'rsatish, so'ngra ularning har birida 
boshqaruv xususiyatlarini aniqlash kerak. Pedagogikada ta'lim jarayonini 
o'rganishning to'rtta darajasi mavjud. 
Ta'lim muassasasining o'quv rejasi majburiy (federal va mintaqaviy) o'quv fanlari 
va ta'lim muassasasining o'zi belgilaydigan maktab komponentini o'z ichiga oladi. 
Maktab ta'limi mazmuni o'quv dasturi orqali boshqariladi. Ta'lim muassasasi 
ixtisoslashtirilgan ta'limni joriy etish, alohida fanlarni chuqur o'rganish orqali 
talabalarning ta'lim ehtiyojlarini qondirish to'g'risida jamoaviy qaror qabul qilishga 
haqlidir. Bu qo'shimcha kiritishni boshlaydi mashg'ulot kurslari, mavzularni 
o'rganish uchun vaqtni taqsimlash. Bunday qarorni qabul qilishda ta'lim muassasasi 
rahbarlari talabalar, ularning ota-onalari, jamiyatning iltimoslarini, shuningdek, 
ta'lim muassasasining kadrlar salohiyatini va o'quv-moddiy ta'minotini oldindan 
o'rganishadi. Ta'lim muassasasining o'quv rejasi o'quv fanlar bilan to'ldirilgan 
bo'lib, ular uchun dasturlar hozirda bilimlarning asosiy mazmuni va talabalarning 
bilim darajasiga qo'yiladigan talablar shaklida taqdim etiladi. Shuning uchun, bu 
darajada, birinchisini konkretlashtirish (nazariy) daraja, chunki u dasturlar, o'quv 
qo'llanmalaridagi o'quv kursining o'ziga xos mazmuni bilan to'ldiriladi. Ikkinchi 
darajada etakchi rolni maktab rahbarlari o'ynaydi, chunki ular o'zlarining ta'lim 
muassasalarining o'quv dasturlarini yaratishga majburdirlar. Ammo aholining va, 
avvalambor, bolalarning o'zlarining ta'lim ehtiyojlarini tahlil qilmasdan, ular 
vakolatli boshqaruv qarorini qabul qila olmaydilar. Faqat shu asosda har kimni: 
o'quvchilarni, ota-onalarni, o'qituvchilarni qoniqtiradigan o'quv dasturini yaratish 
mumkin.  


16 

Download 297.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling