A qodiriy nomli jizzax davlat pedagogika instituti pedagogika va psixologiya fakulteti
Tarbiya qoidalari va ularning mohiyati
Download 297,49 Kb. Pdf ko'rish
|
2 5422690609733316932
2.2. Tarbiya qoidalari va ularning mohiyati
Tarbiya jarayonini ilmiy asoslangan tarzda olib borish uning qonuniyatlarini chuqur o’rganishni talab qiladi. Bu qonuniyatlar voqealarning muayyan rivojlanishi uchun sharoit yaratuvchi sabab va oqibat o’rtasidagi muhim, zarur ichki aloqalarning ifodasi sifatida namoyon bo’ladi. Tarbiya jarayonining asosini ijtimoiy hayotning ob’ektiv talablari insonning ijtimoiy mohiyatini va tabiatini aks ettiruvchi qonuniyatlar tashkil etadi. Tabiat yoki jamiyatdagi har qanday murakkab hodisada ob’ektiv ravishda mavjud bo’ladigan barqaror aloqalar kuzatiladi. Bunday aloqalar qonuniyat deb ataladi. Bunday qonuniyat tarbiya jarayonida ham amal qilinadi. Tarbiya qonuniyatlari mohiyati bir tomondan, ijtimoiy hodisa sifatida tarbiyaning o’ziga xos xususiyatlari, ikkinchi tomondan shaxsning rivojlanishi bilan bog’liqdir. Tarbiyaning birinchi va eng muhim qonuniyati uning ijtimoiy muhitning obektiv va subektiv omillariga bog’liqligidir.Ijtimoiy tarbiya mazmuni moddiy 16 ishlab chiqarish usuli, jamiyatning ijtimoiy tuzilishi, siyosiy tuzum hamda milliy mafkura g’oyalari asosida qaror topadi. Ijtimoiy jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy hamda siyosiy-g’oyaviy asoslarini tashkil qiladigan hamda tarbiyaning mazmuni va uning olib borilishiga kuchli tasir ko’rsatadigan ijtimoiy jarayonlar tarbiyaning subektiv omillari sirasiga (tarbiya muassalari, jamoat tashkilotlari o’qituvchilar, tarbiyachilar, oila muhiti, jamotchilik dunyoqarashi, mafkura g’oyalari, shaxsning har tomonlama rivojlantirishga oid faoliyat kabilar) kiradi. Demokratik tamoyillar hamda qonun ustuvorligi taminlangan sharoitda tarbiyaviy jarayonning ijtimoiy muhit bilan o’rnatiladigan aloqalari Shaxs shakllanishiga ijobiy tasir ko’rsatadi. Tarbiyaning ikkinchi muhim qonuniyati uning shaxs rivojlanishi bilan birligi, o’zaro aloqadorligi va bog’liqligidir. Shaxs rivojlanishi tarbiyaning g’oyaviy mazmuni va sifat darajasiga bog’liqdir. Ayni choo’da tarbiyaning mazmuni, shakl va metodlari Shaxsnng rivojlanganlik darajasiga ham bog’liq. Tarbiya jarayoni psixologiya fani asoslarini shaxsning psixologik va fiziologik rivojlanish qonunyatlarini bilishni ham talab qiladi. Tarbiyachi (o’qituvchi) tarbiyalanuvchi (o’quvchi) shaxsini har tomonlama o’rganishi va shu asosida unga to’g’ri psixologik tavsif berishi va ta’sir ko’rsatishi lozim. Tarbiyalanuvchining shaxsiy xususiyatlari va imkoniyatlari hisobga olinmas ekan, ularga har qanday tarbiyaviy ta’sir bir tomonlama yoki tasodifiy bo’lib qoladi. Shuningdek, ular boshqa tarbiyaviy ta’sirlarga mos bo’lmay qoladi. Tarbiyaning uchinchi qonuniyati faoliyat va munosabat birligini e’tirof etish, shaxsning ijtimoiy ijobiy fazilatlarini shakllantirishning asosiy manbai bo’lib xizmat qiladi. Tarbiyalanuvchilarning faoliyati jamiyat uchun qanchalik foydali, maqsadga muvofiq tashkil etilsa, shaxs va jamiyat o’rtasidagi munosabat oqilona bo’lsa, tarbiya jarayoni shunchalik samarali bo’ladi. Sub’ekt (Shaxs)- ob’ekt (ijtimoiy borliq) ijtimoiy munosabatlari to’g’ri tashkil etiladigan aloqa jarayoni shaxs faoliyati mazmuni va yo’nalishini ham belgilashi mumkin. Ijtimoiy munosabatlarni tashkil etish jarayonida shaxsda borliqni his 16 etish, o’z-o’zini anglash, aloqa, aralashuv va muloqotni tashkil etish ehtiyojini yuzaga keltiradi. Ehtiyojni qondirish yo’lidagi dastlabki urinish ijtimoiy munosabatlar mazmunini o’rganish va o’zlashtirish sanaladi. Ijtimoiy munosabatlar mohiyatini anglash ehtiyojini qondirishga qaratilgan faoliyat jarayonida ijtimoiy bilimlarni o’zlashtirishga nisbatan qiziqish hosil bo’ladi. Qiziqish o’z navbatida shaxsda muayyan hayotiy maqsadning qaror topishiga olib keladi. Maqsad asosida shaxs nafaqat ijtimoiy bilimlarni egallashga intilishi, balki o’zlashtirilgan bilimlarni mustahkamlash layoqatini ham namoyon eta borishi maqsadga muvofiqdir. Maqsad mazmunini ifoda etuvchi g’oyalar amaliy harakatlarni tashkil etish borasidagi rao’batlarni yuzaga kelishi uchun zamin hozirlaydi. Rag’batlar o’zida quyidagi xususiyatlarni aks ettiradi: fuqarolik vatanparvarlik, insonparvarlik, ilmiy anglash, axloqiylik, iqtisodiy, ekologik, jismoniy, estetik, huquqiy va boshqa sifatlar. Download 297,49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling