A. R. Jo‘raev, A. M. Shoimov, J. E. Pardaboev


 Atrof-muhitni muhofaza qilishning iqtisodiy samaradorligi


Download 4.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/189
Sana16.11.2023
Hajmi4.62 Mb.
#1777782
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   189
Bog'liq
13123 2 1FD84CBF425850F4B87C7475717DB6DB2C4A867C

27.2. Atrof-muhitni muhofaza qilishning iqtisodiy samaradorligi 
Himoya dekorativ parda qatlamlarini hosil qilishda chiqindisiz 
texnologiyalarni yaratish muhim ahamiyatga egadir. Buning uchun 
pardozlash materiallari sifatida tayyor mebelbop dekorativ plyonka va 
kukunsimon bo’yoqlardan foydalanish va nihoyat suv bilan 
suyiltiriladigan lok-bo’yoq materiallarni yaratish hamda ularni amalda 


212 
qo’llash maqsadga muvofiqdir. Bunda zaharli gaz yoki bug’larning 
ajralib chiqishiga o’rin qolmaydi. 
Nazorat savollari: 
1. Plastmassa ishlab chiqarishda atrof muhit muhofazasi. 
2. Atrof-muhitni muhofaza qilishning iqtisodiy samaradorligi. 
28-MAVZU. EKOLOGIK VA IJTIMOIY MULOHAZALAR 
Tayanch so’zlar: yaroqlilik muddati, zamonaviy texnologiyalar, 
ishlab chiqarish, qayta ishlanmaydigan mahsulot, mahsulot eskirishi. 
28.1. Maxsulotning yaroqlilik muddati tugaganidan keyingi qayta 
ishlovlarga bog‘liqligi 
Yurtimizda boshqa sohalar qatori ekologik barqarorlikni 
ta’minlash, aholining qulay tabiiy muhitga ega bo‘lishi uchun zarur 
shart-sharoitlar yaratish, tabiiy resurslardan oqilona va samarali 
foydalanish, yuzaga kelayotgan ekologik muammolarning oldini 
olishva ularning salbiy oqibatlarini bartaraf etish masalalariga ham 
jiddiy e’tibor qaratib kelinmoqda. 
1-rasm. Ekoharakatni ifodalovchi mazmun. 


213 
Prezidentimizning 2017 yil 12 iyuldagi Oliy Majlis palatalari, 
siyosiy partiyalar va O‘zbekiston ekologik harakati vakillari bilan 
uchrashuvdagi ma’ruzasida hokimiyat vakillik organlari hamda 
siyosiy partiyalar va Ekologik harakatning o‘tgan davrdagi faoliyati 
tanqidiy ruhda tahlil etilib, islohotlarni chuqurlashtirish yuzasidan 
oldimizda turgan muhim vazifalar belgilab berildi. Xususan, Ekologik 
harakat hamda uning Qonunchilik palatasidagi deputatlik guruhining 
istiqboldagi vazifalari aniq ko‘rsatib o‘tildi. 
Xo‘sh, o‘tgan davrda Ekoharakat hamda uning Qonunchilik 
palatasidagi deputatlar guruhi bundan qanday xulosalar chiqardi, 
boshqacha aytganda, faoliyatimizda qanday ijobiy o‘zgarishlar yuz 
berdi? 
Avvalo, sohaga oid yangi qonun loyihalari yaratish, mavjudlarini 
takomillashtirish, nazorat-tahlil faoliyatini bugungi talab darajasida 
kuchaytirish, uzluksiz ekologik ta’lim konsepsiyasini ishlab chiqish, 
ekologik nazoratning jamoatchi inspektorlari tizimini rivojlantirish, 
aholi ekologik madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan tizimli ishlarni 
amalga oshirish, atrof-muhitga zararli ta’sir ko‘rsatuvchi obyektlarni 
va suv tozalash inshootlarini inventarizatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha 
chora-tadbirlar dasturi qabul qilinib, hayotga izchil tatbiq etilmoqda. 

Download 4.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling