A. R. Jo‘raev, A. M. Shoimov, J. E. Pardaboev


 Ergonomika-insonning mehnatdagi funksional


Download 4.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/189
Sana16.11.2023
Hajmi4.62 Mb.
#1777782
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   189
Bog'liq
13123 2 1FD84CBF425850F4B87C7475717DB6DB2C4A867C

25.2. Ergonomika-insonning mehnatdagi funksional 
imkoniyatlari, mehnat qulayligini yaratish qonuniyati. Ergonomik 
maketlarning xili 
Hozirgi zamonda bu talablar siz hech bir avtomobil, samolyot 
va hattoki yosh bolalar velosipedining urindiqlari va boshqarish 
mexanizmlari aratilmaydi. Ergonomika faqat ishlab chiqarishni 
takominlashtirishga da`vat etilib qolmay, shu bilan birga, inson 
mehnatini osonlashtirish, charchoqni ketkazish, shinam ish sharoitini 
yaratish kabi insonparvarlik maqsadini ko`zlaydi. Ko`p qirrali texnika 
olamida asosiy etakchi o`rinni mashina egallaydi. Mashina insonni 
jismoniy yoki aqliy mehnatini almashtirish yoki yengillashtirish 
maqsadida axborotlarni, materiallarni yoki energiya qayta ishlash 
uchun harakat bajaradigan qurilmadir. 
Barcha mashinalarni shartli ravishda 5 ta guruxga ajratish mumkin. 
1. Ishchi mashinalar mehnat predmeti xolatini, joyini, 
xususiyatini yoki shaklini o`zgartirishi uchun xizmat qiladi. Ishchi 
mashinalarga 
texnologik 
mashinalarni 
yoki 
mashina 
qurol: 
asloxatlarni (metal kesish dastgoxlari, tikuv va yig`uv dastgoxlari, 
presslar, nasoslar, avtomobillar, traktorlar , samolyotlar va 
boshqalar)ni ko`rsatish mumkin. 
2. Mashina - dvigatellar biror bir energiyasini mexanik ishga 
aylantirish uchun xizmat qiladi. Unga ichki yonuv dvigatellari, gaz va 
gidrotrubinalar, elektrodvigatellar va boshqalar kiradi.


207 
3. Mashina - almashtiruvchi mexanika ishchi energiyaning biror 
bir turiga almashtirish uchun xizmat qiladi. Bunga misol: 
dinamomashinalar, o`zgaruvchi yoki o`zgarmas tok generatorlari
xolodil’niklar va boshqalarni ko`rsatish mumkin. 
4. Nazorat boshqaruv mashinalari ishlab chiqarish jarayonini 
boshqarish va ishlab chiqishni avtomatlashtirish uchun ishlatiladi. 
Ular 
texometrlar, 
elektromashina 
kuchaytirgichlar, 
selsinlar, 
datchiklari.
5. Axborot (kibernetika) mashinalari axborotlarni yig`ish, 
saklash, qayta ishlash, o`zatish uchun xizmat qiladi. Rangli va qora 
metal kesish dastgoxlarida ishlov beriladi. O`quv jarayoni sharoitida 
eng ko`p tarqalgan dastgohlar tokarlik, parmalash va frezalash 
dastgohlaridir.
Qidiruv - konstruktor faoliyatida maxsulotni tajribaviy 
namunasini texnologik imkoniyatlarni kengaytirish takomillashtirish 
bo`yicha bir qator muammolarni yechishga to`g`ri keladi. Ular u yoki 
bu dastgoxni texnikaviy imkoniyatiga mos kelib xomaki detalni 
ishonchli maxkamlashni ta`minlaydi, tayyor detalni tez almashtirishga 
imkon beradi, ishlov berishga sarflanadigan vaqtni kamaytiradi. 
O`quv ustaxonalarida tokarlik vint qirqish dastgoxidan juda keng 
foydalaniladi. Uning texnologik imkoniyatlarini, oshirish uchun 
kompleksida bir qancha foydalana qurilmalar bo`ladi. 

Download 4.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling