A. R. Jo‘raev, A. M. Shoimov, J. E. Pardaboev


 Dastgoh, transport vositasi, maishiy uy ro‘zg‘or buyumlari


Download 4.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/189
Sana16.11.2023
Hajmi4.62 Mb.
#1777782
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   189
Bog'liq
13123 2 1FD84CBF425850F4B87C7475717DB6DB2C4A867C

23.2. Dastgoh, transport vositasi, maishiy uy ro‘zg‘or buyumlari, 
mebellar va boshqalarni konstruksiyalash. Dizaynda uslub (stil) 
Xammaga ma`lum bo`lgan bu ta`rif shartlidir: san`atda 
matematika yoki fizika qonunlariga o`xshagan qonunlar yo`q, gap 
faqat ayrim qonuniyatlar haqidagina borishi mumkin. Garmonik asar 
yaratish jarayoni “kompozitsiya” nomiga xam egadir. Kompozitsiya 
tushunchasi ijadning boshqa turlari – rang tasvir va skul’ptura, 
adabiyot va musiqaga xam bab-barovar taaluqlidir. Dizayndagi 
kompozitsiya o`z metodikasi va terminologiyasiga ega. U avvalo 
asarning zarur sifatlariga yoki dizayonerlik xususiyatlariga tayanadi. 


201 
Bu sifat va xususiyatlar idrok etish qobiliyatlariga asoslanadi va 
kompozitsiya kategaoriyalari deb ataladi. 
1-rasm. Maishiy uy ro‘zg‘or vositalari dizayni. 
Tashqi formani uzviyligi va yaxlitligi Buyumning tashqi formasi 
uzviyligi va yaxlitligini kompozitsiyaning asosiy umumlashtiruvchi 
kategoriyasi deb hisoblash kerak. “Uzviylik” degan so`zni jonli 
tabiatga yaqinlashish ma`nosida emas, balki yaratilgan kompozitsiya 
shu qadar yahlitki, uni tashkil etuvchi qism tabiiy yazlit narsaga 
kiradi, degan ma`noda tushunish kerak. Proportsionallik va marom 
Dizayn 
ob`ekti 
aniq 
yoki 
garmonik 
proportsiyalarga 
ega. 
Proportsiyalar – ob`ektning aniqligini tashkil etuvchilardan bo`lib, 
ular ma`lum darajada uning xarakterini ifodalab turadi. Shuning uchun 
xam 
proportsionallik, 
garmonizatsiya 
vositasi 
hisoblanadi. 
Masshtablilik Masshtablilik tushunchasi dizaynga arxitektaradan 
o`tgan bo`lib buyumning muhim xarakteristikasi hisoblanadi. Bu 
tushuncha qarab chiqilayotgan buyumning hajmini va bizning 
tasavvurimizni qiyoslashga asoslashgan.
Ma`lum bo`lishicha , biror funktsional yoki badiiy-estetik 
ma`noga ega bo`lgan buyumni beixtiyor ravishda kattalashtirish yoki 
kichraytirish mumkin emas. Odamga xos xususiyat shuki, u uzi 
yaratgan xamma narsani muayyan xajm bilan bog`laydi. Bu narsadan 
chetga chiqish ichki norozilikni va estetik jihatdan qoniqmaslik hissini 
o`yg`otadi. Masshtab o`lchagichlari deb ataluvchi o`lchagichlar katta 
ahamiyatga egadir. Bular “qat`iy” funktsional vazifasi va biz uchun 
tanish bo`lgan hajmga ega bo`lgan detallardir (zinapoya, o`rindiq, 
boshqarish organlar). Mazkur “masshtab ko`rsatkichlari”ning 
mavjudligi juda mahim bo`lib, u buyumning xajmi xaqida tasavvur 
bera oladi. Plastiklik Plastik yoki skul’ptura xossasiga ega bulish, - xar 


202 
qanday formani xususiyatidir. Bu formani qanday “yasalganligi” 
buyumning qiyofasiga hal qiluvchi ta`sir qo`rsatishi mumkin. Shu 
sababli biz ayni bir xil hijmli – fazoviy strukturani saqlar ekanmiz, bu 
tashqi formani hali yana o`zgartirish, uning variantlarini yaratish 
uchun qo`p imkoniyatlarga ega bo`lamiz 

Download 4.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling