A. R. Jo‘raev, A. M. Shoimov, J. E. Pardaboev


 Parda qatlam sirtini ko’rkamlashtirish, tekislash usullari


Download 4.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/189
Sana16.11.2023
Hajmi4.62 Mb.
#1777782
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   189
Bog'liq
13123 2 1FD84CBF425850F4B87C7475717DB6DB2C4A867C

22.2. Parda qatlam sirtini ko’rkamlashtirish, tekislash usullari. 
Parda qatlam sirtini jilvirlash yo’li bilan tekislash. Parda qatlam 
sirtini jilovlash orqali silliqlash 
Jilvirlash yo’li bilan istalgan lok-bo’yoq parda qatlamining 
noteks joylarini tekislash mumkin. Ayniqsa bu qayta tiklanmaydigan 
va keyinchalik jilo berishni talab qiladigan poliefir lok-bo’yoq 
qoplamalar uchun katta ahamiyatga egadir. Yog’och va yog’och 
materiallar hamda ular yuzasidagi lok parda qatlamini tekislashda 
jilvirlash usuli ham muhum o’rin tutadi. Ishning unumli bo’lishi va 
tekislnayotgan detallar yuzasi sifatli chiqishi uchun birinchi va 
ikkinchi jilvirlash ishlari har tamonlama bo’lishi va shu bilan birga
ikkinchi yoki oxirgi jilvirlash yog’och tolalari bo’ylab bajarilishi 
kerak. Jilvirlash dastgohlari. Jilvirlash dastgohlarida ishlov berilib 
chiqqan detallarning shakli va o’lchamlari o’zgarmaydi. Jilvirlash 


194 
jarayonida tez harakatlanuvchi jilvir qog’oz tanovorning sirtidan ko’p 
marta ishqalanib o’tadi. Qog’oz yoki matoga yelimlab yopishtirilgan 
zarrachalar parda qatlam sirtidagi g’adir budurlarni mikroskopik 
keskichlardek kesadi. Sanoatda jilvirlash tasmasidan harakatlanadigan 
dastgohlardan ko’proq foydalaniladi. Tasmaning eni 100-500 mm 
bo’ladi. Lok-bo’yoq parda qatlamini tekislash uchun bir tasmali 
jilvirlash dastgohi ishlatiladi. 
Parda qatlam sirtini jilolash va silliqlash 
Yorug’lik nurini o’zidan xuddi ko’zguga o’xshab qaytaradigan 
yuqori sifatli yuza olish maqsadida lok-bo’yoq parda qatlam sirtlari 
maxsus materillar bilan jilolanadi. Jilolash materiali deb, lok-bo’yoq 
parda qatlamlarni silliqlash va ularni yaltiratishga mo’ljallangan 
tarkiblarga aytiladi. Ularga tekislovchi va jilo beradigan suyuqliklar, 
pastalar va nihoyat yaltiratilganidan keyin detallar ustidagi moy yuqini 
ketkazuvchi tarkiblar kiradi. Hozirgi vaqtda parda qatlamlarni pastalar 
yordamida jilolash eng samarali va keng tarqalgan usullardan biridir. 
Pastalar bilan jilo berishda parda qatlam sirti ishqalanishi tufayli 
sezilarli darajada qiziydi va yumshagan pasta qismlari jilolash 
elementining bosimi ostida sirtdagi noteksliklarni to’ldirib silliqlaydi. 
Jilo berish pastalari xuddi jilvirlash pastalari yordamida jilolash eng 
samarali va keng tarqalgan usullardan biridir. Pastalar bilan jilo 
berishda parda qatlam sirti ishqalanishi tufayli sezilarli darajada 
qiziydi va yumshagan pasta qismlari jilolash elementining bosimi 
ostidagi sirtdagi noteksliklarni to’ldirib silliqlaydi. 

Download 4.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling