A. R. Jo‘raev, A. M. Shoimov, J. E. Pardaboev


Download 4.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/189
Sana16.11.2023
Hajmi4.62 Mb.
#1777782
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   189
Bog'liq
13123 2 1FD84CBF425850F4B87C7475717DB6DB2C4A867C

Nazorat savollari: 
1. Yog’och materiallarini pardozlash jarayoni 
2. Plastmass materiallarni pardozlash jarayoni 
3. Metall materiallarni pardozlash jarayoni 
22-MAVZU. LOK-BOYOQ PARDA QATLAMLARINI 
QURITISH USULLARI VA ISH REJIMLARI 
 
Tayanch so’zlar: parda qatlam, erituvchi, ko’rkamlashtirish, 
jilvirlsh, tekislash, silliqlash, qoplamalar. 
22.1. Parda qatlam hosil bo’lish jarayonlari. Uchuvchan 
erituvchilarning bug’lanish hisobiga qoplamalarning qotishi 
Parda qatlam hosil bo’lishi bu yog’och yuzasidagi materialning 
suyuq yoki qovushqoq -oquvchan holatdan qattiq holatga o’tish 


193 
jarayonidir. Bunda hosil bo’luvchi plyonka faqat qattiq bo’libgina 
qolmasdan balki u yog’och bilan adgeziyada bo’ladi. Ko’pchilik lok-
bo’yoq materiallarda parda qatlam hosil bo’lishi ularda ro’y beradigan 
fizik jarayonlar oqibatidir, bunday jarayonlarga erituvchilarning 
bug’lanishi, 
lateks 
tipli 
bo’yoqlarning 
suvsizlanishi 
va 
suyuqlanmalarning sovushi kiradi. Lok-bo’yoq materialning boshqa 
turlarida masalan oligomer va ularning monomerdagi eritmalari, parda 
qatlam polimerlanish yoki polikondensatsiyalanish kabi kimyoviy 
jarayonlar natijasida yoki fizik kimyoviy jarayonlar bir vaqtning 
o’zida borishi bilan parda qatlam hosil bo’ladi. 
Faqat uchuvchan erituvchilari bug’lanib ketishi va qurilganidan 
so’ng yaltiroq parda hosil qiladigan lok-bo’yoq materiallarga 
termoplastik polimerlar, kimyoviy tuzilishi o’zgarmaydigan oligomer 
va polimerlar, masalan, tabiiy smolalar, polivinixlorid asosidagi 
smolalar va nitroselluloza kiradi. Parda hosil qiluvchi moddalarni 
suyuqlik holatidan qattiq shishasimon holatga o’tishi eritmalardan 
erituvchining bug’lanib ketishi, hajmining uzluksiz kichrayishi bilan 
bog’liqdir va u bir qator bosqichlarni amalga oshiradi. Tarkibida 
uchuvchan erituvchisi bo’lgan lok-bo’yoq parda qatlamlarining qurish 
vaqtiga harorat katta ta’sir ko’rsatadi, chunki harorat ortishi bilan 
bug’larning elastikligi oshadi va erituvchi molekulalarining 
bug’lanishi tezlashadi. 

Download 4.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling