A. R. Jo‘raev, A. M. Shoimov, J. E. Pardaboev
Yog‘och-plitalar yuzasini qoplash
Download 4.62 Mb. Pdf ko'rish
|
13123 2 1FD84CBF425850F4B87C7475717DB6DB2C4A867C
- Bu sahifa navigatsiya:
- 21.3. Lok bo‘yoqlarni yuqori kuchlanishli elektr maydonida purkash. Elektor maydonida purkashda ishlatiladigan asbob
Yog‘och-plitalar yuzasini qoplash. Qog‘oz –smolali plyonkalar bilan yog‘och-taxtalar yuzasini qoplash, ya’ni laminirlash pardozlash texnologik jarayonidamuhim operatsiyadir. Hozirgi vaqtda amalga bunday yo‘l bilan qoplashning ikki usuli mavjud: an’anaviy usul- bunda ko‘p qavatli gidravlik presslardan; qisqa taktli usul – bunda ko‘p qavatli gidravlik presslardan foydalaniladi. Ko‘p qavatli presslarda va press sovitilmaydi. SHuning uchun ko‘p qavatli presslar davriy rejimda, bir qavatlilari esa uzluksiz ravishda ishlaydi. 21.3. Lok bo‘yoqlarni yuqori kuchlanishli elektr maydonida purkash. Elektor maydonida purkashda ishlatiladigan asbob- uskunalar. Lok-bo‘yoq materiallarini botirib olish usulida qoplash Yog‘och plitalarni ko‘p qavatli presslarda laminatsiya usuli bilan pardozlash texnologiyasi an’anaviy usuldir. Bu usul bilan pardozlashning dastlabki sexlari xorijiy davlatlarda o‘tgan asrning 50- yillarida bir qavatli presslarda foydalanib, laminirlash texnologiyasi esa undan 15 yil keyin (1967-1969 yillar) paydo bo‘ldi. Har ikki usulning o‘ziga xos kamchilik va afzalliklari bor. Ko‘p qavatli presslash liniyasi bir qavatli pressga qaraganda katta ishlab chiqarish maydonini va shipi baland bo‘lgan binolarni talab qiladi. SHuningdek, press fundamenti yuk ortish va tushirish etajerkalari harakatlanishi uchun chuqur xandaklar talab etiladi. Ularning sig‘imi katta bo‘lib, ko‘p issiqlik va elektr energiyasi sarf bo‘ladi. Liniyada avtomat elementlari tez ishdan chiqadigan qismlar juda ko‘p; yordamchi xodimlar soni ham anchagina. Texnologiyaga ko‘ra, presslangan paketni sovitish talab etilgani uchun issiqlik agentini sovitish uchun maxsus qurilmalar quriladi. Istish-sovutish siklida ishlatiladigan issiqlik uzatuvchi – moy qimmat turadi va unga bo‘lgan atlab ham juda yuqori. YOg‘och 192 qirindili taxtalar ust va tag tomonlariga plyonkalarni presslab yopishtirishda ular ma’lum vaqt davomida bosim ostida qoldiriladi. Bu kirishish kuchlanishini kamaytirishning birdan –bir yo‘lidir. Ko‘p qavatli presslarda laminatsiya usulining afzalligi quyidagilardan iborat: yaltiroqligi yuqori bo‘lgan qoplama olish mumkin; har xil qalinlikdagi, shu jumladan, qalinligi minimal (8 mm.dan kichik) bo‘lgan taxtalarni qoplash mumkin; shuningdek, bir necha qavat qog‘oz-plyonka qo‘yib qoplamalar olish mumkin. Ko‘p qavatli press o‘rnatilgan liniya. Avval aytganimizdek,dastlab faner va yog‘och-tolali taxtalar ko‘p qavatli presslarda laminirlab pardozlangan. Keyinchalik yog‘och-qirindili taxtalar ham liniyada laminirlana boshlandi. Bu usul endigina tatbiq etilgan vaqtlarda plyonkani presslash uchun 20-50 minut vaqt ketgan edi. Tez qotuvchi smolalar retsepti yaratilgandan so‘ng, presslash vaqti 10-12 minutgacha qisqaradi va bundan ham kamayishi uchun shart-sharoitlar mavjud ekanligi ko‘rsatib berildi. Quyidagi pressning asosiy texnik tavsifi keltirilgan. Umumiy presslash kuchi, kN 1250 Maksimal solishtirma bosim, MRa 2,2 Press taxtalari o‘lchami, mm; Bo‘yi x eni x qalinligi 2970 x 1900 x 65 Download 4.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling