A. R. Jo‘raev, A. M. Shoimov, J. E. Pardaboev


 Shimdirilgan smola to’liq qotgan list materiallar


Download 4.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/189
Sana16.11.2023
Hajmi4.62 Mb.
#1777782
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   189
Bog'liq
13123 2 1FD84CBF425850F4B87C7475717DB6DB2C4A867C

20.3. Shimdirilgan smola to’liq qotgan list materiallar 
Tarkibidagi smola to’liq qog’oz asosli plyonkalarni avvalgidek 
mebel sanoatida list ko’rinishidagi material sifatida ishlatib kelinar 
edi. Ular kerakli o’lchamda bichilar, so’ngra xuddi yog’och shponi 
singari qoplanar va pardoz qilinar edi. Shuning uchun list 
ko’rinishidagi materiallarning dastlabki turlari, “sintetik shpon” deb 
nom olgan. Smolasi to’liq qotgan plyonka materiallarining qattiqligi 
va mo’rtligi ularni o’ram qilib yig’ishga imkon bermaydi, aks holda 
ular sinadi. Tavsifiga ko’ra list ko’rinishidagi plyonkalar A,B,C va D 
tiplarga bo’linadi. A va D tipdagi plyonkalar uchun oddiy shimiluvchi 
1,2,3 tarkiblar qo’llaniladi. B tipdagi plyonka uchun modifikatsiya 
qilingan 5,6,8-tarkiblar ishlatiladi va ularga poliefir emulsiyasi 
qo’shilgan bo’ladi. C tipdagi plyonkalar yelimli smola asosida olingan 
oddiy shimuvchi 4-tarkib yordamida shimdiriladi. Yetarli miqdorda 
smolasi bo’lmagan A va C tipdagi plyonkalar albatta pardoz qilinadi, 
chunki ularning sirtida amalda himoya parda qatlami bo’lmaydi. 
Tarkibida B, D plyonkalari sirtida yupqa himoya qatlami bo’lib, ular 
asosan mebel ichki sirtlarini ishlov bermasdan qoplashda ishlatiladi. 


183 
20.4. Shimdirilgan smola to’liq qotgan o’ram materiallar 
Shimilgan smola to’liq qotgan asosli o’ram plyonkalar, ayniqsa, 
finish-effektli plyonkalar, pardozlash materiali sifatida taxta 
materialiga qaraganda juda samaralidir. Bunda ishlab chiqarish 
jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish, mehnat 
sarfini kamaytirish va ko’plab lok- bo’yoq materiallarini tejash 
mumkin. Shuning uchun mamlakatimizda va xorijiy davlatlarda 
bunday materiallardan foydalanish hajmi borgan sari oshib bormoqda. 
Sintetik smola shimdirilgan qog’oz asosli o’ram plyonkalar, asosan , 
xorijda ishlab chiqilmoqda. Plyonkalarning 60-80 foizini finish - 
effektli plyonkalar tashkil etadi. Ularga Italyaning, “Multidekor” 
firmasini, Germanyaning “Bafs” firmasi hamda “Bizental” xalq 
korxonasi misol qilib ko’rsatish mumkin. Mamlakatimizda sintetik 
smolalar 
shimdirilgan qog’oz asosli o’ram ko’rinishidagi 
plyonkalarning bir necha turi ishlab chiqarilmoqda. РП, РПЛ, РПТ, 
РПЭ, РПТЭ, РПЛЭ, РПХР turlari. 

Download 4.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling