A. R. Jo‘raev, A. M. Shoimov, J. E. Pardaboev
Download 4.62 Mb. Pdf ko'rish
|
13123 2 1FD84CBF425850F4B87C7475717DB6DB2C4A867C
- Bu sahifa navigatsiya:
- 19-MAVZU. PARDA XOSIL QILUVCHI MODDALAR VA ULAR ASOSIDA OLINGAN PARDOZLASH MATERIALLARI Tayanch so’zlar
- Biriktiruvchi modda.
- Bo’yoq sarflanishi.
Nazorat savollari:
1. Yog’och materiallarini kuydirib ishlov berish uskunalarining tuzulishi. 2. Yog’ochni kuydirib ishlov berish jarayoni. 3. Kuydirib ishlov berishda foydalaniladigan yog’och turlari. 177 19-MAVZU. PARDA XOSIL QILUVCHI MODDALAR VA ULAR ASOSIDA OLINGAN PARDOZLASH MATERIALLARI Tayanch so’zlar: lok-bo’yoq, bo’yash, molekulyar tuzilish, parda qatlam, tabiiy smola, pardozlash materiallari. 19.1. Bo’yoqlarning xususiyatlari Fasadni bo’yash uchun eng maqbul variantni tanlash uchun bo’yoqlarning quyidagi xususiyatlariga e’tibor qaratish kerak: Biriktiruvchi modda. Bo’yoqning sifati aynan shunga bog’liq. Tarkibida vinil, akril,silikon va silikat bo’lgan smolalar ayniqsa ommabopdir. Sifatli bo’yoqlarda bu moddalarning protsent miqdori yuqori bo’ladi. Ultrabinafsha nurlar ta’siriga chidamliligi. Bo’yoqlarning qurigandan keyingi yorqin ko’rinishi aynan shunga bog’liq. Bu masalada fasad uchun mo’ljallangan akril bo’yoqlari hamda polikremniyli va akril-silikonli bo’yoqlar yetakchilik qiladi. Bo’yoq sarflanishi. Bu ko’rsatgich 100 dan 3000 g/m2. Ko’p narsa bo’yalayotgan yuzaga bog’liq. 19.2. Bo’yoq turlari Har bir bo’yoqning fasad uchun ishlatishga mos keladigan taraflari bor. Vinil bo’yoq asta-sekinlik bilan o’z o’rnini akril bo’yoqlariga bo’shatib berdi. Vinil bo’yoqlar suvda eritiladi. Biroq bunday bo’yoq bilan bo’yalgan yuzada mog’or paydo bo’lishining xavfi bor hamda kimyoviy moddalar zarar yetkazishi mumkin. Akril bo’yoqlarining asosini organik smola tashkil etadi. Bo’yalgandan keyin rangi ham, yorqinligi ham uzoq turadi. Akril- silikonli bo’yoqlar bu ikki tur bo’yoqlaning xususiyatlarini o’zida mujassamlashtiradi. Bunday bo’yoqlar tashqi ta’sirlarga va ishqalanishga chidamlidir. Silikonli bo’yoqlarning asosiy fazilati - gidrofob xususiyatga ega ekanligi, ya’ni yomg’ir suvini o’zidan itarib, devorga singib ketishiga yo’l qo’ymaydi. Bu narsa fasadlarni yemirilish va ifloslanishdan himoya qiladi. Silikatli bo’yoqlar ob-havo sharoitiga bardoshli, ularga zamburug’ va mog’or xavf sololmaydi. Biroq bu bo’yoqni keyingi bo’yash jarayonida ketkazish qiyindir. 178 Polikremniyli bo’yoq - silikatli bo’yoqning mukammallashgan turidir. U yuqori darajadagi havo o’tkazish xususiyati hamda namlikka chidamliligi bilan ajralib turadi. Sementli bo’yoq suv bilan eritiladi. U yaxshi sifatga ega, biroq asosan pastel, ya’ni och aralash tusdagi ranglari taqdim qilingan. Duradgorlikda ishlatiladigan yelimlar va bo’yoqlar turlari, xususiyatlari hamda ishlatilish sohalari duradgorlikda yasaladigan buyumlarning barcha tirnoqli birikmalari yelim bilan birlashtiriladi. yelim yog’och to’qimalari orasidagi bo’shliqlarga kirib qotadi va shu tariqa yelimlanayotgan sirtlar son-sanoqsiz iplar bilan tikilgandek bo’ladi. Bunda o’zaro biriktirilayotgan sirtlar orasida yupqa yelim plyonkasi vujudga keladi. Duradgorlik buyumining mustahkamligi ana shu plyonkaning qattiqligiga bog’liqdir. Shuningdek, yelimlashning mustahkamligi yopishtirilgan sirtlarga yelim eritmasining bir xil singishi, ana shu sirtlarning zichlashib turishiga ham bog’liq bo’ladi. taxta yelimi va kazein yelimi duradgorlikda eng ko’p ishlatiladi. Download 4.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling