A. R. Jo‘raev, A. M. Shoimov, J. E. Pardaboev
Download 4.62 Mb. Pdf ko'rish
|
13123 2 1FD84CBF425850F4B87C7475717DB6DB2C4A867C
Pardozlashda atrof-muxitni muxofaza qilish
Mebel va yog’ochsozlik sanoatining pardozlash sexi hamda uchastkalaridan inson salomatligi uchun zararli va xavfli bo’lgan turli- tuman uchuvchan eritkich va suyultiruvchi moddalar: benzin, benzol, ksilol, aseton, sterol, etil, metil, butyl, spirtlari, skipidar, uayt-spirt va boshqalar ishlatiladi. Lok - bo’yoq parda qatlamlarining qotish jarayonida ulardan erituvchi va suyultiruvchilar uchib ketadi. Shuning uchun tashqariga chiqarib yuborishdan oldin bu moddalar yetarli darajada tozalanmasa, ular havoni, tuproq, daryo va yer osti suvlarini hamda suv havzalarini ifloslantiradi. Yo’g’ochga ishlov berishda undan chiqadigan yog’och kukunlari, jilvirlash materiali changlari ham atrof muhitni iflos qiladi. Lok-bo’yoqlar tarkibida eritkich va suyultirgichlardan tashqari plastifikatorlar hamda parda hosil qiluvchilar bo’ladi. Tabiiy va 195 sintetik lok-bo’yoq materiallar yog’och hamda yog’och materiallarni pardozlashda asosiy material bo’lib ularni eritish va ish holatiga keltirish uchun nomlari yuqorida keltirilgan kimyoviy moddalardan keng foydalaniladi. Nitroselluloza, smola va plastifikatorlarning aralashmasi quyuq gelsimon massa bo’lib, ularga ishlatishdan oldin suyultirgichlar qo’shiladi. Toluol, butyl va etil spirtlari eng yaxshi suyiltirgichlardir. Suyultirgichlarning fizik-kimyoviy xossalaridan biri ularning tez va oson uchuvchanligidir. Shuningdek ular o’z-o’zidan malum sharoitda alangalanib, yonib ketishi mumkin. Eritkichlar sifatida uchuvchan moddalardan foydalanganda ish joyida ularning bug’lari to’planib, xavfli vaziyat vujudga keladi. Ishlab chiqarish korxonalarida ish joylaridan eritkich, lok- bo’yoqlarning bug’lari, ayrim hollarda esa lok-bo’yoqlarning zarrachalari ventelatsiya sistemasi orqali atmosferaga chiqarilib yuboriladi. Bino ichidan tashqariga chiqarib yuboriladigan havoning hajmi ko’p shuning uchun atmosferaga qo’shilib ketadigan zaharli moddalarning umumiy miqdori ham anchagina bo’ladi. Vaholanki chiqarib yuboriladigan iflos havo tarkibida zaharli moddalarning konsentratsiyasi unchalik yuqori emas. Agar tashqariga chiqarib yuboriladigan havo oqimi zaharli moddalardan yomon tozalangan bo’lsa, korxona va unga yaqin turar joylar atrofidagi havo kuchli ifloslanadi. Download 4.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling