A. R. Jo‘raev, A. M. Shoimov, J. E. Pardaboev


-rasm. Tabiiy usulda quritishda yog’ochlarning shtabellarga


Download 4.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/189
Sana16.11.2023
Hajmi4.62 Mb.
#1777782
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   189
Bog'liq
13123 2 1FD84CBF425850F4B87C7475717DB6DB2C4A867C

1-rasm. Tabiiy usulda quritishda yog’ochlarning shtabellarga 
terilishi. 


34 
Taxtalarni yog’in - sochin va quyosh ta’siridan saqlash 
maqsadida shtabellarning usti, sifati past taxtalar bilan so’ngra nishab 
qilib yopiladi. Yorilishning oldini olish maqsadida taxtalarning 
ko’ndalang kesimiga ohak, loy, maxsus eritma chaplanadi yoki yelim 
surtib qog’oz yoki material yopishtiriladi. Shuningdek, taxtalarni 
taxlashda yuqori qavatdagi taxtalar pastgi qavatdagilarga soya 
beradigan qilib taxlanadi. Tabiiy quritish materialining qalinligi, 
yog’ochning turi, namligi, harorati, yil fasllariga qarab 7 kundan 75 
kungacha, ba’zan yil bo’yi davom etadi. Yog’ochlarni tabiiy holda 
quritish eng sodda, oson va arzon usuldir. Lekin kamchiligi shundaki, 
quritish vaqti uzoq davom etadi, namligi 16 - 18 % gacha kamayadi 
xolos. Bu esa duradgorlikda ishlatiladigan taxta materiallarga 
qo’yiladigan talablarga javob bermaydi. Duradgorlikda namligi 8 - 12 
% bo’lgan yog’ochlar ishlatiladi. 
Yog’ochlarni sun’iy quritish maxsus quritish kameralarida olib 
boriladi. Bu usulda quritiladigan taxtalar kameraga terib taxlanadi va 
issiq havo yuboriladi.
Kamerada quritishning tabiiy quritishga nisbatan bir qator 
afzalliklari bor: 
1) Kamerada quritish tabiiy quritishga qaraganda qisqa vaqt 
ichida olib boriladi va keng maydonlarda bo’lishini talab etmaydi; 
2) Yog’ochni xohlagan namlikkacha quritish mumkin; 
3) Kamerada harakatning yuqori bo’lishi tufayli chirituvchi 
zamburug’larning faoliyati to’xtatiladi; 
4) Quritishni aniq boshqarish mumkin bo’lgani uchun chatnash, 
yorilish va tob tashlashning oldini olish mumkin; 
5) Haroratning 
yuqori 
bo’lishi 
natijasida 
igna 
bargli 
Yog’ochlarning smolasi qotib qolib, u keyinchalik buyum sirtiga 
chiqmaydi.
Sun’iy quritishning kamchiligi ko’p miqdorda yoqilg’i va 
kamera qurilmasi uchun ko’p mablag’ hamda material sarflanishidir. 
Ho’l yog’ochning qurish tezligi avvalambor haroratga, havo 
namligiga bog’liq. Qanchalik harorat yuqori va havo namligi past 
bo’lsa, shunchalik yog’och tez quriydi. Yog’ochning qurishidan oldin 
uning ustki qismidagi suv parchalanadi, yog’ochning o’rtasida hali 
namlik mavjud bo’lib, u vaqt o’tishi bilan ichkaridan ustki qismga 
qarab harakatlanadi. Havo namligi bilan yog’och namligi 
muvozanatga 
kelguncha 
yog’ochning qurishi davom etadi. 


35 
Yog’ochning qurishi yana uning anotomik ko’rinishiga ham bog’liq. 
Yog’ochning qattiq navlari yumshog’iga nisbatan sekinroq quriydi. 
Qurish yog’och tolasining bo’yi bo’yicha tezroq boradi. Daraxt 
po’stlog’i uni qurishini sekinlashtiradi, shuning uchun po’stlog’idan 
tozalangan yog’och tezroq quriydi. Yog’och to 19 - 23% namlikkacha 
tez quriydi. Bu holat barcha ozod suv bug’langanda va gigroskopik 
suvni parchalanishi boshlanganda vujudga keladi. Yog’ochdagi 
namlik miqdorini, undagi gigroskopik suv miqdoriga to’g’ri keladigan 
miqdori tolaning to’yinganlik nuqtasi deyiladi. Yog’ochni qurish 
davrida uning hajmi kamayadi. Bu jarayon gigroskopik suvni chiqib 
ketishi vaqtidan boshlanadi va bu jarayon yog’ochni qurib kamayishi 
deyiladi. qurish jarayonida yog’och hajmi 12 % ga kamayadi. 
Yog’ochning qurib kamayish qiymati (hajm jihatdan) ko’ndalang 
o’lcham bo’yicha bo’yiga nisbatan katta bo’ladi. Agar yog’ochning 
qurib kichrayishi bo’yiga 0,1 - 0,3% ni tashkil etsa, bu qiymat 
ko’ndalang bo’yicha 3 - 10% ga teng. 

Download 4.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling