A. R. Jo‘raev, A. M. Shoimov, J. E. Pardaboev
Rаngli mеtаllаr vа qоtishmаlаrining mехаnik хоssаlаri
Download 4.62 Mb. Pdf ko'rish
|
13123 2 1FD84CBF425850F4B87C7475717DB6DB2C4A867C
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.6. Metallga ishlov berishda o’lchov rejalash asboblari. Chilangarlik nazorat-o’lchov va rejalash asboblari turlari va tuzilishi
4.5. Rаngli mеtаllаr vа qоtishmаlаrining mехаnik хоssаlаri
Turmushda ishlab chiqarishda rangli metallar va ularning qotishmalaridan ko’plab foydalaniladi. Rangli metallarga - temir va uning qotishmalaridan boshqa barcha metallar kiradi. Ular to’rt guruhga bo’linadi: 1) Og’ir metallar; 2) Yengil metallar; 3) Asl metallar; 4) Nodir metallar. 3-rasm. Rangli metal namunalari. Og’ir metallar gruppasiga mis, nikel, qo’rg’oshin, qalay, kadmiy, kobalt, mishyak (margimush), surma, vismut, simob (s. OG’. 5- 13,6 g/sm 3 ); yengil metallar gruppasiga alyuminiy, magniy, titan, natriy, beriliy, litiy, bariy, kalsiy, stronsiy va kaliy (s. or. 0,53-5 g/ sm 3 ); asl metallar gruppasiga oltin, kumush, platina, osmiy, iridiy, rodiy, ruteniy va palladiy; nodir metallar gruppasiga volfram, molibden, 46 tantal, niobiy, sirkoniy, tarqoq metallar (talliy, galliy, germaniy, indiy, reniy, gafniy, rubidiy, seziy), siyrak yer metallar (lantan va lantanoidlar), radioaktiv metallar (poloniy, radiy, aktiniy, toriy, uran va transuran metallar) kiradi. Rangli metallning ko’pchiligi tabiatda sof holda uchraydi. 4.6. Metallga ishlov berishda o’lchov rejalash asboblari. Chilangarlik nazorat-o’lchov va rejalash asboblari turlari va tuzilishi O’lchash va rejalash asboblari - turli kattalik parametrlarni o’lchab va nazorat qilib turishda ishlatiladigan vositalar hisoblanib, taqqoslovchi va ko’rsatuvchi turlari bor. Taqqoslovchi qo’lda o’lchash asboblari o’lchanayotgan kattalikni mavjud kattalik yoki namunaga nisbatan aniqlaydi. Ko’rsatuvchi qo’lda o’lchash asboblari esa o’lchanayotgan kattalikni hech qanday namuna yoki qo’shimcha asbobsiz, bevosita o’lchab, uning qiymatini o’z shkalasi ko’rsatkichlarida ko’rsatadi. Ko’rsatuvchi qo’lda o’lchash asboblari o’z navbatida, vizual (ya’ni bevosita ko’rsatuvchi, mos, ampermetr, voltmetr, taxometr, termometr, soat, tarozi va boshqa) va o’zi yozadigan (barometr, ossillograf, bosim indikatora va boshqa) turlarga bo’linadi. Bular o’lchanayotgan kattalikning ma’lum vaqt davomida birin ketin olinayotgan qiymatlarini maxsus lentaga egri chiziq yoki nuqtalar tarzida yozib boradi. Integrallovchi (jamlovchi) asboblar ko’rsatuvchi qo’lda o’lchash asboblarining alohida bir guruhini tashkil qiladi. Bular o’lchanayotgan kattalikning ma’lum vaqt davomidagi qiymatlari yig’indisini ko’rsatadi (masalan, elektr schyotchik, spidometr va boshqalar). Ishlash prinsipiga ko’ra, qo’lda o’lchash asboblari qo’l va avtomatik turlarga bo’linadi. Qo’lda o’lchash asboblari chizg’ichlar, kalibrlar, shtangensirkullar, reysmus va boshqa. Avtomatik qo’lda o’lchash asboblarining rostlovchi va o’lchov xillari bor. Rostlovchi avtomatik qo’lda o’lchash asboblari o’lchanadigan kattalikning ma’lum qiymatiga rostlab qo’yiladi; bu kattalik shu qiymatidai og’ishi bilan maxsus moslama (masalan, rele, viklyuchatellar va boshqa) ishga tushib, kattalik yana belgilangan qiymatiga qaytadi. Avtomatik o’lchovchi qo’lda o’lchash asboblari o’lchanayotgan kattalik ma’lum qiymatidan o’tgan paytlarda emas, balki shu qiymatga yerishgan paytlarda, ya’ni davriy ravishda ishga 47 tushadi va o’zidan o’tayotgan narsani o’lchab turadi (masalan, sochiluvchan yoki suyuq jismlarni bir me’yorda o’lchaydigan avtomatik tarozilar va boshqa). Mashinasozlikda, asosan, detallarning chiziqli va burchakli o’lchamlarini, qattiqligi, elastikligi va boshqa mexanik xususiyatlarini, shuningdek detallarning sifatini aniqlash uchun mo’ljallangan qo’lda o’lchash asboblari qo’llaniladi. Bular shtrixli asboblar (masshtabli chizg’ich, shtangensirkul, mikrometr va boshqa) richagli indikatorli asboblar (indikator, nutromer va boshqa), burchak va konus o’lchash asboblari (guniya va boshqa) va kalibrlardir. Aniq o’lchash uchun chekli o’lchash asboblari va optik o’lchov asboblari ishlatiladi. Metalldan buyumlar yasashda uning detallari o’lchab va rejalab olinadi. Bunda millimetrli lineyka, chizg’ich, kronsirkul, shtangensirkul kabi o’lchash va rejalash asboblaridan foydalaniladi. Download 4.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling