A. R. Jo‘raev, A. M. Shoimov, J. E. Pardaboev


Download 4.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/189
Sana16.11.2023
Hajmi4.62 Mb.
#1777782
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   189
Bog'liq
13123 2 1FD84CBF425850F4B87C7475717DB6DB2C4A867C

6-rasm. Universal go’niya. 
 
4.7. Chilangarlik nazorat-o’lchov va rejalash asboblarni ishlatish 
texnologiyasi 
Chizg’ichlar to’g’ri chiziqlarni chizish uchun ishlatiladi. Bunda 
shuni hisobga olish kerakki, chizg’ich ham, o’tkir chizg’ichlar ham 
ma’lum qalinlikka ega, shuning uchun chizg’ichni chiziladigan 
chiziqdan bir oz nari ushlab turish kerak. Shunda chiziq zarur joyga 
chiziladi. Ish qirralari bir oz qiya chizg’ichlarni ishlatish juda qulay. 
Ularni qo’llaganda rejalash aniqligi oshadi.
Go’niyalar to’g’ri burchakli chiziqchalar chizishda ishlatiladi. 
Rejalashda yassi chilangarlik go’niyalari, yo’g’on tokchali (anlaj) 
go’niyalar, T-simon tokchali go’niyalar qo’llaniladi. Yassi 
chilangarlik go’niyasi eng qulay va ko’p ishlatiladigan qurol 
hisoblanadi. Lekin uning yordamida perpendikulyar chiziqlarni yetarli 
aniqlikda chizib bo’lmaydi. Bo’nga sabab, birinchidan, go’niyaning 
burchagi har doim bir oz ezilgan bo’ladi va uni perpendikulyar 
chiqariladigan joyga ko’z bilan chamalab qo’yiladi; ikkinchidan, 
berilgan to’g’ri chiziqning ikki tomoniga perpendikulyar o’tkazishda 
oldin to’g’ri chiziqning yuqorisiga, keyin ostiga perpendikulyar 
chizishga to’g’ri keladi. Buning uchun go’niyani yuqoridan pastga 
olib qo’yish kerak bo’ladi. Bunda, albatta, xatoga yo’l qo’yiladi. Anlaj 
go’niya yoki T-simon tokchali go’niyani qo’llaganda ularni detalning 
ishlov berilgan sirti yoki rejalash plitasi bo’ylab yurgizish mumkin. 
Bunda vertikal chiziqlar osongina xatosiz chiziladi. 
Rejalash sirkullari aylanalar, yoylar chizishda, kesmalarni 
qismlarga bo’lishda, o’lchamlarni ko’chirish va h.k. larda ishlatiladi. 


50 
Oddiy, prujinali va almashtiriladigan oyoqli tsirkullar bo’ladi. 
Rejalashda 0,05 mm aniqlikdagi shtangen-tsirkullar keng ishlatiladi. 
Oddiy tsirkullar sharnir 2 bilan biriktirilgan ikki oyoq 1 dan iborat. 
Ularning biriga o’yiqli skoba 3 parchinlangan, ikkinchisidan vint 4 
bor. Vint 4 ni burab, tsirkul oyoqlarini zarur vaziyatga o’rnatish 
mumkin. 

Download 4.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling