A. R. Jo‘raev, A. M. Shoimov, J. E. Pardaboev
Download 4.62 Mb. Pdf ko'rish
|
13123 2 1FD84CBF425850F4B87C7475717DB6DB2C4A867C
Cho’zish. Cho’zishda tegishli profildagi tishli jo’va yoki reyka
ko’rinishdagi ko’p tig’li tishli jo’va yoki reyka ko’rinishdagi ko’p tig’li asbob (protyajka) ishlanadigan teshikdan (tashqi sirtdan) tortib o’tkaziladi. 2-chizmada ko’rsatilgan protyajka quyidagi qismlar: 1 - quyruq (protyajkani stanok patroniga o’rnatish uchun); 2 - bo’yin konusi; 4 - yo’naltiruvchi qism (ish boshlanishda protyajkani oldindan ishlangan teshik bo’ylab yo’naltirish uchun;) 5 - kesuvchi qism (bu qismga asosiy quymani qirquvchi tishlar joylangan; 6 - kalibrlovchi qism (bu qismga teshikni kalibrlab, yuzaning tozaligini zarur darajaga yetkazuvchi tishlar joylashgan; 7 - yo’naltiruvchi qismdan iborat (bu qism uzun protyajkaning shikaslanishidan saqlash va protyajkalash oxirida zagotovkaning qiyshayishiga yo’l qo’ymaslik uchun xizmat qiladi). Protyajka tishlari, ko’p tig’li asbob, masalan, ishlanadigan teshikdan yoki tashqi sirtdan tortib o’tkaziladi. Uning har bir tishi ma’lum qatlamni qirindi tarzida yo’nadi. Ushbu chizma, a da silindrik protyajkada teshikning ishlanishi, ushbu chizma, b da proish va ushbu chizma, d da doiraviy protyajkalash sxemasi keltirilgan. Protyajkaning kesuvchi qismida navbatdagi har bir tish o’zidan oldingi tishdan biror o’lchamsiz yuqori bo’ladi. Bu o’lcham tishga to’g’ri keladigan ko’tarilish yoki bir tishga to’g’ri keladigan surish deb ataladi. Ishlanuvchi metall xossasiga, protyajka materialiga va geometriyasiga qarab, siz qiymati 0,015-0,2 mm oralig’ida bo’ladi. Protyajkaning har bir tishida keskichdagi kabi elementlar bor. Protyajka tishlarida qirqindini maydalash uchun shaxmat tarzida maxsus ariqchalar qilinadi. Kalibrlovchi tishlar esa bir tekis bo’ladi. Proshivkalash ham protyajkalashga o’xshaydi. Lekin bunda proshifka deb ataluvchi keskich ishlanadigan teshikdan bosib o’tkaziladi. Proshivka ish jarayonida bo’yiga egilmasligi uchun kaltaroq qilinadi. Odatda uning uzunligi diametrining 15 barobaridan ortiq bo’lmaydi. Proshifkalash usulidan kalta teshiklar ishlaniladi. Bajaradigan ish harakat yo’nalishiga ko’ra - gorizontal va vertikal, harakat xarakteriga - uzluksiz va uzlukli hamda kesish asboblari soniga ko’ra - bir va bir necha keskichli turlarga ajratiladi. Bunday stanoklarning xarakterli parametriga protyajkaning tortish kuchi va yurish yo’li uzunligi kiradi. Tortish kuchi 2,5-120 t gacha, urish yo’li esa 350-2000 mm ga yetadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling