A. R. Jo‘raev, A. M. Shoimov, J. E. Pardaboev


 Rezina aralashmasini tayyorlash texnologiyasi


Download 4.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/189
Sana16.11.2023
Hajmi4.62 Mb.
#1777782
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   189
Bog'liq
13123 2 1FD84CBF425850F4B87C7475717DB6DB2C4A867C

5.3. Rezina aralashmasini tayyorlash texnologiyasi 
Rezina har xil ingridientlarning murakkab aralashmasidir. 
Bularning har biri rezina xossalarini yaratishda o’zining ma’lum 
vazifasini bajaradi. Rezinaning asosi-bu kauchuk. Bunga har xil 
qo’shimchalar qo’shiladi: vulkanizatsiya qiluvchi moddalar, 
tezlatgichlar-katalizatorlar, to’ldirgichlar, plastifikatorlar, eskirishni 
kamaytiruvchilar, bo’yoqlar va h.k. Vulkanizatsiya qiluvchilar: 
oltingugurt; magniy oksidi; peroksidlar, nitrobirlashmalar. Bular 
makromolekulalar orasida ko’ndalang bog’lanish hosil qilishda 
to’g’ridan-to’g’ri qatnashadilar. Bularning hajmi 5-7 % ni tashkil 
qiladi. Qattiq rezinada, masalan, ebonitda 30 % gacha tezlatgichlar 
(tiuram, kantaks, qo’rg’oshin oksidi) vulkanizatsiya jarayonini 
tezlatadi.
To’ldirgichlar kauchukka ta’siriga qarab: a) aktiv; b) loqayd 
(inert) bo’ladi. Aktiv to’ldirgichlar (chirk-saja, kremniy oksidi) 
rezinaning qattiqligini va mustahkamligini oshiradi va yeyilishga 
qarshiligini oshiradi. Loqayd to’ldirgichlar (talk, bo’r va x.k) rezinani 
arzonlashtirish uchun qo’shiladi.
Plastifikatorlar: texnikaviy vazelin; parafin; stsarinli kislota; 
mineral va o’simlik moylari va h.k. Bular 8-30 % hajmni egallaydi, 
ishlashni yengillashtiradi, elastiklikni oshiradi va sovuqka chidamlikni 
oshiradi. Eskirishni kamaytiruvchilar: aldol, meozon, parafin, vosk va 
h.k. Bular eskirishni kamaytiradi, kislorodni birikishiga qarshilik 
ko’rsatadi. Kislorod kauchukdagi ikki bog’lanishli joylariga birikadi. 
Natijada 
kauchuk 
makromolekulalari 
o’ziladi, 
qisqaradi, 
egiluvchanligi, elastikligi kamayadi. Mo’rtlashadi va rezina yuzasida 
darzdlar setkasi paydo bo’ladi. Eskirishni kamaytiruvchilar: a) 
kimyoviy va b) jismoniy ta’sir qiluvchilarga bo’linadi. Kimyoviy 
ta’sir qiluvchilar (aldol, neozon) rezinaga va kauchuk perekisiga kirib 
olgan (diffuziyalangan) kislorod bilan birlashib, uni oksidlanishini 
to’xtatadi. Jismoniy ta’sir qiluvchilar (parafin, vosk) yuzada plyonka 
hosil qilib, kislorod diffuziyasini qiyinlashtiradi. 


64 

Download 4.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling