A. R. Jo‘raev, A. M. Shoimov, J. E. Pardaboev


TAYYORLASHDA XOMASHYO VA BUYUMLARGA


Download 4.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/189
Sana16.11.2023
Hajmi4.62 Mb.
#1777782
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   189
Bog'liq
13123 2 1FD84CBF425850F4B87C7475717DB6DB2C4A867C

TAYYORLASHDA XOMASHYO VA BUYUMLARGA 
ISHLOV BERISH TEXNOLOGIYASI 
6-MAVZU. BUYUM VA MAHSULOTLAR TAYYORLASHDA 
XOMASHYO VA BUYUMLARNI REJALASH, O‘LCHASH 
TEXNOLOGIK XARITA TUZISH, ESKIZLAR TAYYORLASH 
VA LOYIHALASH TEXNOLOGIYASI 
Tayanch so’zlar: sanoat, uy-ro’zg’or buymlari, texnologik 
xarita, konustruksiyalash, eskiz, zargarlik buyumlari, texnologik 
jarayon. 
6.1. Sanoat ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi, zargarlik 
buyumlari, maishiy uy ro‘zg‘or buyumlarini tayyorlashda 
rejalash, o‘lchash va texnologik xarita tuzish 
Har qanday buyumni yasash uchun uning tegishli chizmasi va 
texnologik jarayonning asosini tashkil qiladigan texnologik xaritasi 
bo‘lishi shart. Texnologik jarayon deganda, umuman, ishlab chiqarish 
jarayonining bir qismi tushuniladiki, unda zagotovka tayyor detalga 
(buyumga) aylantiriladi. Texnologik jarayon o‘z navbatida texnologik 
mehnat operatsiyalariga bo‘linadi. Har bir texnologik operatsiya 
texnologik jarayonning tugal bir qismi bo‘lib, ularda bir ish o‘rnida va 
asbobni almashtirmay, masalan, kesish, egovlash, parmalash, 
parchinlash, kavsharlash kabi biror ish bajariladi. Shuningdek
texnologik operatsiya ham texnologik jarayonning yanada kichik 
elementlariga, texnologik o‘tishlarga bo‘linadi. Bular texnologik 
operatsiyaning tugal qismlaridan iborat bo‘lib, foydalaniladigan 
asbobning va ishlov beriladigan sirtning doimo bir xilligi bilan 
xarakterlanadi. Masalan, sirtni egovlash, ichki qiyshiq chiziqli sirtni 
egovlash, tashqi qiyshiq chiziqli sirtni egovlash va hokazo.
Texnologik jarayonning yuqorida aytilgan har bir elementini 
bajarish tegishli mehnat usullaridan foydalanishni taqozo etadi. 
Mehnat usullari o‘quvchining ish o‘rnidagi turish holatlari, asboblarni 
ushlashi va bajaradigan mehnat harakatlari bilan bog‘liqdir.
Sizlar hozirgacha o‘zingiz yasagan buyumlarni tayyorlashda 
oddiy texnologik xaritalardan foydalanib keldingiz. Unda quyidagi 
bo‘limlar bor:


74 
1 – texnologik jarayon va o‘tishlarning nomlari;
2 – ishlov berishning eskizi,
3 – foydalaniladigan asboblar;
4 – qo‘llanadigan moslamalar.
Texnologik xaritalarni tuzish va ulardan foydalanish sizlarning 
ijodiy faolligingizni oshiradi, texnik tafakkuringizni rivojlantiradi va 
mustaqil ishlarni o‘rganishingizda yordam beradi. Bundan tashqari
sizlar texnologik xaritalarni tuzishda buyumning namunasiga qarab 
uning murakkab konstruksiyasini ishlab chiqish; buyum uchun 
zagotovka tanlash va uning o‘lchamlarini aniqlash; texnologik 
operatsiya va o‘tishlarni hamda ularni bajarish tartibini belgilash; 
asboblar, uskuna va moslamalarni tanlash kabi muhim ishlarni bilib 
olasiz.
Tuzilgan 
texnologik 
xaritalar 
bo‘yicha 
rejalashtirilgan 
buyumning hamma detallarini yasashingiz va ularni yig‘ishni 
bajarishingiz mumkin.

Download 4.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling