A. R. Jo‘raev, A. M. Shoimov, J. E. Pardaboev


-rasm. Yog’ochni kesish usullari


Download 4.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/189
Sana16.11.2023
Hajmi4.62 Mb.
#1777782
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   189
Bog'liq
13123 2 1FD84CBF425850F4B87C7475717DB6DB2C4A867C

2-rasm. Yog’ochni kesish usullari. 


78 
Zagotovkani 90° va 45° li burchaklar ostida aniq qilib kesish 
uchun porsiqolip deb ataladigan moslamadan foydalaniladi. Bu 
moslama ikkita to’sincha va asosdan iborat bo’lib, to’sinchalarda 90° 
va 45° li burchak ostida kesish uchun arraning o’rinlari ochilgan. 
Porsiqolip yordamida arralashda zagotovkani chap qo’lning katta 
barmog’i bilan yon to’sinchaga tirab bosib turiladi va reja chizig’i 
porsiqolipdagi arra o’rnining karshisida bo’lishi kuzatiladi. Arralash 
vaqtida ishni osonlashtirish uchun ko’pincha taglik taxta qo’llanadi. 
Yog’ochga ishlov berish korxonalarida yog’ochlarni arralash ishlari 
dumaloq va mayatniksimon arrali dastgohlarda bajariladi va bu 
dastgohlar mehnatning unumdorligini hamda ishning sifatini qo’lda 
arralashdagiga nisbatan o’nlarcha marta oshiradi. Mana shu ishlarni 
bajaradigan ishchi keng ixtisosli dastgohchi deb ataladi. Dastgohchi 
ishchilar o’quv-ishlab chiqarish korxonalarida, kasb-hunar kollejlarida 
va bevosita ishlab chiqarishning o’zida tayyorlanadi. 
7.2. Yog’och materiallarni arralash stanoklarning tuzilish va 
ishlash prinsipi. Diskli stanokning ish organalri va surish 
mexanizmlari 
Arra vali. Arra vali disk arrali va agregat stanoklarning ish 
organi hisoblanadi. Arra vali a) korpuslar 2 ga o’rnatilgan ikkita 
sharikli podshipnik 3 da aylanadi, val stanokning tayanch qismiga 
(masalan, staninaga) shu korpuslar yordamida o’rnatiladi. 
Valning bir uchiga shkiv 1 mahkamlangan; elektr dvigatelning 
aylanish harakati shu shkivga kiygizilgan tasma orqali valga 
uzatiladi. Valning ikkinchi uchiga disk arra 5 maxsus shaybalar 6 
va 4 orasiga olinib, gayka 7 yordamida siqib qo’yilgan. 
Shayba 4 valga, odatda, prizmatik shponka yordamida 
qo’zg’almas qilib, shayba 6 esa sirpanadigan qilib o’rnatiladi. 
Shayba bilan disk arrani siqib turuvchi gayka 7 disk arraning 
aylanish tomoniga teskari yo’nalishda burab mahkamlanishi lozim
shunda u ish jarayonida buralib bo’shamayds. Shu boisdan arra 
valining uchidagi rezbasi valning qaysi tomonga aylanishiga qarab 
o’ng rezba yoki chap rezba bo’lishi mumkin. 
Disk arrali stanoklarning ba’zi (muvozanatlovchi va torsaviy 
mayatnikli) konstruksiyalarida arra vali sharikli podshipniklarining 
har ikkala korpusi yaxlit qo’yilgan bo’ladi va staninaga sharnirli 


79 
mahkamlanadi yoki qo’zg’almas o’qda buriladigan yaxlit ramkadan 
iborat bo’ladi. 

Download 4.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling