A. R. Jo‘raev, A. M. Shoimov, J. E. Pardaboev
Download 4.62 Mb. Pdf ko'rish
|
13123 2 1FD84CBF425850F4B87C7475717DB6DB2C4A867C
Pichoqlar vali. Yog’ochga uzunasiga frezalash usulida ishlov
beradigan stanoklarda, chunonchi: randalash stanogi, reysmusli stanok, to’rt tomonlama bo’ylamasiga frezalash-randalash stanogida pichoqlar vali ishlatiladi. Pichoqlar vali 2 po’latdan yasaladi (3-rasm, a). Valning konstruksiyasi unga pichoqlar 5 ni o’rnatish va ularni aylanma harakatlaitirish nmkonini beradi. Valda pichoqlar joylashadigan pazlar va ularni mahkamlaydigan qurilmalar bo’ladi. Valning chekka uchlarida bo’yinlar bor, val shu bo’yinlarga podshipniklar 3 da o’rnatiladi. Valning bir uchiga mahkamlangan shkiv 1 valga aylanma harakat uzatadi. Ba’zan shkiv o’rnida yarim mufta bo’ladi; yarim mufta pichoqlar valini elektr dvigatel valiga bevosita ulaydi. Bunda elektr dvigatel valining o’qi bilan pichoqlar valining o’qi o’qdosh bo’lishi lozim. SR6-8 tipidagi reysmusli stanoklarda pichoqlar vali 3-rasm, b) o’roqsimon yassi pichoqlar o’rnatiladi; bu pichoqlarning tig’i valning ssilindrik sirtida vint chiziqlari bo’ylab joylashgan. O’roqsimon pichoqlarning tig’lari yo’niladigan yog’ochga deyarli barcha vaqt juda kam tegib turganligidan, bunday pichoqlar vali boshqa vallardan ravon ishlashi bilan ajralib turadi. Bunday pichoqlar bilan ishlov berilgan sirtlarda g’adir-budurlar kam bo’ladi. 82 Pichoqlar vali bir minutda 6000 marta va bundan ko’p aylanadi, shunga ko’ra val hamda pichoqlar shunday muvozanatlanadiki, valning qarama-qarshi tomonlariga o’rnatilgan ikki pichoqning og’irlik markazlari aylanish o’qidan baravar masofada joylashgan bo’ladi. Aks holda muvozanati buzilgan markazdan qochuvchi kuchlar paydo bo’lib, kuchli vibratsiya paydo bo’ladi, bu esa ish sifatining pasayishiga hamda stanok elementlarining sinishiga sabab bo’ladi. Pichoqlar vali bir, ikki va bundan ko’p pichoqlar juftini o’rnatishga mo’ljallangan. Pichoqlarni o’rnatish usullari rasmda ko’rsatilgan. Pichoqlar 3 valdagi pazlarga o’rnatilgan. Har bir pichoq pazning devori bilan ponasimon vkladish 4 orasiga boltlar 5 bilan siqib qo’yilgan; boltlar vkladishlardan buralib chiqqanda kallaklari bilan pazning qarama- qarshi tomondagi pichoqqa taqaladi. Pichoqni bir tekisda siqib qo’yish uchun valning uzunligi bo’yicha bir necha bolt bilan siqib qo’yish ko’zda tutilgan. Download 4.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling