A. R. Jo‘raev, A. M. Shoimov, J. E. Pardaboev


-rasm. Elektr charx: 1-stanina; 2-qopqoq; 3-himoya oynasi; 4-


Download 4.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/189
Sana16.11.2023
Hajmi4.62 Mb.
#1777782
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   189
Bog'liq
13123 2 1FD84CBF425850F4B87C7475717DB6DB2C4A867C

8-rasm. Elektr charx: 1-stanina; 2-qopqoq; 3-himoya oynasi; 4-
charx tosh; 5-tirgak; 6-tirgakni qotirish vinti; 7-boshqarish 
qutisi. 
9-rasm. Zamonaviy elektr charx. 
Nazorat savollari: 
1. Yog’ochga ishlov berish stanoklari?
2. Metallga ishlov berish dastgohlari? 
3. Plastmassa materiallariga ishlov berish jarayonida foydalaniladigan 
stanoklar? 
4. Zamonaviy ko’rinishdagi dastgohlar? 


93 
8-MAVZU. BIRIKMALI DETALLAR TAYYORLASH
KONUSSIMON, SHAKLDOR VA FASON YUZALAR HOSIL 
QILISH HAMDA ISHLOV BERISH TEXNOLOGIYASI. 
Tayanch so’zlar: birikmalar, detallar tayyorlash, oddiy 
birikmalar, murakkab birikmalar, shakldor yuza, fason yuza, 
konussimon yuza. 
8.1. Birikmalar tayyorlash texnologiyasi. Birikma turlari va 
briktirish usullari 
Duradgorlik 
yo’li bilan tayyorlanadigan buyumlarning, 
mebellarning qismlari bir-biriga turli usullar bilan biriktiriladi. 
Birikmalar hosil qilishda har xil biriktiruvchi materiallardan 
foydalaniladi va unda bir necha bog’lash usullari qo’llaniladi. 
Buyumlarning qanday materiallardan tayorlanishiga va qanday 
maqsadda ishlatilishiga, unga qanday sifat berilishiga qarab detallar 
oddiy yoki murakkab ko’rinishda biriktiriladi.
Oddiy birikmalar. Oddiy birikmalar deb mix va shuruplar 
yordamida biriktiriladigan birikmalarga aytiladi. Odiiy birikmalar bir 
necha turlardan iborat. 
- uchma-uch birikma-bunda ikki detalning chokini bir-biriga 
to’g’rilab, chok bo’lgan joyining ustiga kichik bir taxtacha qo’yib 
mixlanadi.
- burchakli birikmalar-bunda ikki detalning uchi 45º dan kesilib, 
bir-biriga to’g’rilanib mix bilan qoqiladi.
- tirnoqli birikma-bunda ikki detalning bir uchidan yarim 
yog’och kesib olinib, detallarning uchlari bir-biriga ustma-ust tushirib, 
mix qoqiladi. Bunday ulashlarda yog’ochlar bo’yiga uzaytiriladi. 
Binokorlikda yog’ochni ana shunday uzaytirib, ishlatish keng 
qo’llaniladi. Oddiy birikma orqali yog’ochlarni eniga ham uzaytirish 
mumkin. Masalan eshik, darvozalar yasashda ana shu usuldan 
foydalaniladi. Bunda yog’ochdagi yillik xalqalarning joylashishiga 
e’tbor berish kerak. 

Download 4.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling