A. R. Jo‘raev, A. M. Shoimov, J. E. Pardaboev


Download 4.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/189
Sana16.11.2023
Hajmi4.62 Mb.
#1777782
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   189
Bog'liq
13123 2 1FD84CBF425850F4B87C7475717DB6DB2C4A867C

Murakkab birikmalar. Murakkab birikmalar yelim yordami 
bilan biriktiriladigan birikmalarga murakkab birikmalar deyiladi. 
Murakkab birikmalar ikki detaldan tashkil topib, biri “tirnoq”, 
ikkinchisi “quloqcha” deb yuritiladi. Agar tirnoq va quloqchalar 


94 
ikkitadan ko’p bo’lsa, “ko’p tirnoqli birikma” deyiladi. Bu tirnoqli 
birikmalar 
mebelsozlik, 
shaxmat 
taxttachalarini, 
dastgohlarni 
yasashda qo’llaniladi. Murakkab birikmalarni xillari ko’p bo’lib, 
qaldirg’och quyruq, o’rtalik birikmalar, yashirin birikmalar deb 
ataladi. Qaldirg’och quyruq birikmalar ko’proq rom, eshik kesakilarini 
tayyorlashda, yog’ochdan uylar solishda ishlatiladi
Mixlar bilan biriktirish. Duradgorlikda detallarni oddiy mixlar 
bilan va burama mixlar, shurup yordamida biriktirish mumkin. 
Duradgorlikda faqat juda qo’pol buyumlarga metall mixlar qoqiladi. 
Mixning yo’g’onligi diametri u qoqiladigan detalning qalinligidan 
oshmasligi kerak. Agar mix ikkala detallardan oshib ketsa unda 
mixning uchini qayirib qo’yiladi. Mixni qoqishdan avval uning 
kallasini asta sekin urish kerak, mixning o’zagining yarmi kirgach 
qattiq zarb bilan urish kerak. Agar mix qiyshiq ketsa yoki bukilib 
qolsa uni maxsus ombur, kertikli bolg’a va maxsus mix sug’urgich 
bilan sug’urib olamiz. Qattiq va elastik yog’och mixini maxkamroq 
ushlaydi, lekin mixni bunday yog’ochga qoqish ancha qiyin. Sanoatda 
yo’g’onligi, uzunligi va kallaglari har xil mixlar ishlab chiqariladi. 
Burma mixlar duradgorlik ishlarida, ya’ni eshik va derazalarning 
oshiq-moshiqlarini o’rnatishda ishlatiladi. Bunday mixlar oddiy 
mixlarga nisbatan ancha puxta birikma hosil qiladi. Pardozlanadigan 
buyumlarni burchak birikmalarini mustahkamroq qilish uchun metall 
burchaklari va uskunalar metall mixlar bilan mahkamlanadi. Burama 
mix kallak va vintsimon o’yiqlar o’zakdan iborat mahkamlovchi 
detallardir. Burama mixning kallagida otvyortka uchun ariqcha 
bo’ladi. Burama mixlar yarim dumaloq, yashirin va yashirin kallaklari 
shuningdek, o’zaklarning uzunligi bilan farqlanadi. Burama mixni 
detallarga kiritish ancha qiyin, shuning uchun burama mixlarni 
kiritishdan oldin bigiz bilan chuqurcha hosil qilinadi. Yashirin kallakli 
uchn esa kichik parma bilan o’yiqcha ochiladi. Burma mixni shu 
o’yiqchaga o’rnatib otvyorka bilan soat strelkasining yo’nalishi 
bo’yicha buraladi. Yo’g’on va uzun burma mixlar uchun teshiklar 
parma bilan o’yiladi. Uning diametri burma mix o’zagi diametrining 
4/5 qismicha bo’lishi, chuqurcha o’zak uzunligi yarimcha 
parmalanishi kerak. 


95 

Download 4.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling