A. R. Jo‘raev, A. M. Shoimov, J. E. Pardaboev


 Yog’och detallarini biriktirish


Download 4.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/189
Sana16.11.2023
Hajmi4.62 Mb.
#1777782
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   189
Bog'liq
13123 2 1FD84CBF425850F4B87C7475717DB6DB2C4A867C

8.2. Yog’och detallarini biriktirish 
Yog’och buyumlar ko’pincha ko’pincha bir necha bo’laklardan 
yasaladi. Buyumni tashkil qiluvchi har bir alohida bo’lakni detal deb 
ataladi. Buyumni yasash uchun avval uni hosil qiluvchi barcha 
detallarni tayyorlanadi, so’ngra ularni tegishli tartibda biriktiriladi, har 
turli buyumlarni tayyorlashda detallarni to’g’ri chiziqlar, to’g’ri 
burchaklar, o’tkir yoki o’tmas burchaklar hamda shakldan ko’rinishida 
biriktiriladi. To’g’ri chiziqli biriktirish yog’och detallarni bo’yiga ulab 
uzaytirish yoki qalinligini oshirish uchun qo’llaniladi. To’g’ri 
burchakli biriktirish eng ko’p qo’llaniladi. Bunga misollar sabzavot 
taxtachasi oyoqchalari, suratlar uchun ramka detallari, deraza romlari, 
eshiklar, mebellar va shu kabilar qo’llaniladi. O’tkir yoki o’tmas 
burchakli birikmalar turli asbob- uskunalar, mebellar, imoratlar va 
boshqalarda qo’llaniladi. Shakldor birikmalar musiqa asboblari, agar 
va bochkalarda qo’llaniladi. Biriktirish shakllari yog’och detallarining 
mustahkam va aniq biriktirilishi uchun ularning biriktirma sirtlari turli 
shakllarda tayyorlanadi. Tirnoqlar to’g’ri va qiya sirtli shakllarda 
bo’ladi.
Yelimlash. Yog’ochdan buyumlar tayyorlashda detallarni 
biriktirishning asosiy usuli yelimlashdir. Yelimlanadigan yog’och 
detallari quruq bo’lishi lozim. Bu detallarni yelimlab biriktiriladigan 
sirtlari bir-biriga zich yopishadigan aniq shakllarda tayyorlanib
changlardan tozalanadi. Yelimlab yopishtirilgan yog’och sirtlari 
orasidagi yelim qatlami hosil qiladigan chokning qalinligi 0,1 mm dan 
0,15 mm gacha bo’lishi lozim. Chokning qalinligi bundan yupqa 
bo’lsa ham, qalin bo’lsa ham yelimli birikma mustahkam bo’lmaydi. 
Biriktirilayotgan sirtlarga yelim surtilgan detallarni bir-biriga 
ishqalash yoki presslash usulida biriktiriladi. Ishqalash usulida 
biriktirilayotgan sirtlarning dastlab ozgina qismini bir-biriga bosib 
turgan holda asta - sekin kerakli holatgacha surib boriladi. Presslash 
usulida ikki yoki undan ortiq detallarni bir-biriga biriktiruvchi yelim 
qatlami quriguncha press ostida tutib turiladi. Kichik reykachalarni bir 
- biriga yaxshilab yelimlash orqali uzunligi 12 metrgacha bo’lgan 
yog’och to’sinlar hamda kerakli egri shakldagi katta yog’och detallari 
tayyorlanadi. 

Download 4.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling